Ochiq muloqot 2026
Відкрити в Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
1 110
Підписники
-4524 години
-3297 днів
-1 55730 днів
Архів дописів
1 106
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ayrim masalalar joyida hal etilmoqda.
Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar nazoratiga olinmoqda. Joylardagi ochiq muloqotlar jarayoni haqida “O‘zbekiston 24” telekanali reportajida batafsil so‘z yuritildi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
Jizzaxda biznesga to‘sqinlik qilayotgan masalalar ochiq muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Jizzax viloyatida biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda uchrayotgan to‘siqlar, monelik holatlari va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bir qator korxonalar vakillari o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolarni bevosita mutasaddilarga yetkazdi.◾️Shuningdek, hudud aholisi va iste’molchilarning murojaat hamda takliflari ham qabul qilindi. Ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
Repost from Biznes-ombudsman
+3
#faoliyat
👍 Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv boshlandi
Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, Bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni bayon etib, soha qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashmoqdalar.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 106
+4
Qashqadaryoda ishlab chiqarish va “yashil energetika” loyihalari o‘rganildi
🗣Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Qashqadaryo viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda istiqbolli investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdi.
Qarshi shahridagi “Asian Golden Oil” korxonasi yiliga 1,5 ming tonna o‘simlik yog‘i va un ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu yerda 450 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxonaning eksport hajmi 2025-yildagi 1,8 million dollardan 2026-yilda 4,1 million dollarga yetgan.
Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha ham o‘rganildi. Yiliga 240 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi rejalashtirilgan korxona to‘liq ishga tushgach, 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilning dastlabki olti oyida loyiha doirasida 93,7 milliard so‘mlik bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
Tadbirkorlarning energetika masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi
🗣Andijon va Toshkent viloyatlarida biznes vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar o‘z faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflarni bevosita mutasaddilarga yetkazdi. Ko‘tarilgan savollar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
12 ta murojaat — 8 ta amaliy yechim
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan Andijon va Baliqchi tumanlarida biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlarda tadbirkorlarning muammo, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, PF–100-son Farmonda belgilangan yangi imkoniyatlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi.◾️Uchrashuvlarda kelib tushgan 12 ta murojaatning 8 tasi ijobiy hal etildi, 4 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirish berildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
#Ochiq_muloqot_2026
Go'zal Tojimirzayeva: “Ochiq muloqot jarayonida barcha tadbirkorlarning ishtirok etishi muhim, deb bilaman. Bu orqali biz kelajagimizga befarq emasligimizni ko‘rsatamiz va O‘zbekistondagi tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shamiz”.📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 106
Repost from Biznes-ombudsman
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun Qashqadaryo viloyatida Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Bojxona qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi.
👍 Sana: 15-iyul
🕝 Vaqt: 14:00
👍Manzil: Nuroniylar jamg‘armasi majlislar zali
Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni aniqlash, huquqlar buzilishi holatlarini bartaraf etish va sohani rivojlantirishga doir takliflarni joyida o‘rganishdir.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 106
Tadbirkor murojaati amaliy yechim topdi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabiga kelib tushayotgan har bir murojaat tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida o‘rganilmoqda.
Tadbirkor tomonidan ko‘tarilgan mazkur masala ham mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, uni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Natijada murojaatda qayd etilgan muammo ijobiy yechim topdi.
Tadbirkor masalaning hal etilgani va bu uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida telefon orqali o‘z fikrlarini bildirdi.🎧Murojaat natijasi haqida tadbirkorning fikri — audioyozuvda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
Jarayon: Ochiq muloqot shtabi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabida ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Bu yerda tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar yo‘nalishlar kesimida qabul qilinib, ekspertlar tomonidan tahlil qilinmoqda.◾️Har bir masala ortida aniq muammo, taklif va amaliy yechim kutayotgan biznes vakili bor. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+3
Toshkentda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
🗣Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Toshkent shahri tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda poytaxtdagi qator sanoat korxonalariga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda 100 nafardan ortiq biznes vakili ishtirok etib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.◾️Xususan, moliyalashtirish, muhandislik infratuzilmasiga ulanish, yer uchastkalarini ajratish, eksportni rivojlantirish hamda ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sanoat korxonalariga tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi, investitsiya loyihalarining ijrosi, mahalliylashtirish va eksport salohiyati bilan tanishildi. Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, eksport geografiyasini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
Farg‘ona viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
🗣Farg‘ona shahrida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan qabulda jami 36 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 30 tasi joyida hal etildi, 5 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.◾️Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 1 ta murojaat yuzasidan esa tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklanib, ijrosi nazoratga olindi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
Transport va logistika yo‘nalishidagi murojaatlar qanday tahlil qilinmoqda?
🗣Respublika ochiq muloqot shtabiga kelib tushayotgan taklif va muammolar ekspertlar tomonidan yo‘nalishlar kesimida o‘rganilib, tizimlashtirilmoqda.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tizimlashtirilib, amaliy yechim talab qiladigan takliflar Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti kun tartibini shakllantirishda inobatga olinadi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
Surxondaryo va Qashqadaryoda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🗣Umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 60 nafardan ortiq tadbirkor ishtirokida sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, mol-mulk solig‘ini obyektning amaldagi holatidan kelib chiqib hisoblash, kommunal xizmatlarga qayta ulanish tartibini soddalashtirish, mehmonxonalar uchun soliq va kommunal imtiyozlar berish, suv ta’minotini yaxshilash hamda subsidiya ajratish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.▪️Shuningdek, mehmonxonalarda basseyn qurish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Yakunda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan barcha taklif va murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarga yuborilishi ta’kidlandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
O‘zbekistonni tibbiy turizm markaziga aylantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
🗣Ochiq muloqotda tibbiy turizm mamlakatimiz uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi. Xususan, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkmanistondan davolanish maqsadida kelayotgan fuqarolar soni ortib borayotgani qayd etildi.
Muloqot davomida xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, “Davolanish + sayohat” turpaketlarini ommalashtirish, klinikalarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, telemeditsina va onlayn qabul tizimlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xorijiy bemorlar uchun ko‘p tilli xizmatlar, elektron viza va hamrohlik qiluvchi shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Yakunda O‘zbekistonning tibbiy turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+4
Yangi Namanganda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🗣Yangi Namangan tumanida xususiy ta’lim sektorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Biznes-ombudsmanning Namangan viloyati bo‘yicha vakillari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirayotgan savollar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va sohani rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga tegishli tushuntirishlar berildi, ayrim masalalar yuzasidan esa amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+3
Baliqchida tadbirkorlarni qiziqtirayotgan masalalar ochiq muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan Baliqchi tumanida biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda soliq qonunchiligi, amaliyotda uchrayotgan masalalar, tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog‘liq savol va takliflar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarga amaldagi tartiblar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, PF–100-son Farmonda nazarda tutilgan yangi imkoniyatlar va biznes uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida ma’lumot taqdim etildi.◾️Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+3
Bulung‘urda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🗣“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi Zarafshon mahallasi” loyihasi doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqotda loyiha doirasidagi mavjud muammolar, tadbirkorlarning takliflari, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida zarur davlat va bank xizmatlarini mahallaning o‘zida tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 106
+2
Jizzaxda tadbirkorlarni qiziqtirayotgan bojxona masalalari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan Jizzax shahrida “Ochiq muloqot – 2026” doirasida biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, bojxona tartib-taomillari, eksport jarayonlari, tashqi iqtisodiy faoliyat va qonunchilik talablariga oid savollar ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.▪️Tadbir yakunida eksportni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda bojxona organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bir qator tadbirkorlik subyektlari e’tirof etildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
