4 096
Підписники
+59724 години
+4547 днів
+80630 днів
Архів дописів
4 165
Qur'onda ismi kelgan 4 jannat:
1. Jannatning o‘rta va eng yuksak yeri Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bo‘lgandir. Kahf surasi(107-oyat)
2. Jannati Naim: baxtlarga to‘la jannat ma’nosini anglatadi "Va meni Na’im jannati vorislaridan qilgin" Shuaro surasi(85-oyat)
3.Alloh yo‘lida mollari va jonlari bilan jihod qilgan taqvodorlarga va’da qilingani. "Alloh mo‘minlarga va mo‘minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan Adn jannatlaridagi pok maskanlarni va’da qildi" Tavba surasi(72-oyat)
4.Ammo iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga, albatta, ularga qilib o‘tgan amallari uchun ziyofat o‘laroq, Jannatul Ma’vo bor. Sajda surasi(19-oyat)
4 165
Qanday katta fojia:
“Chirib ketadigan tana alohida parvarish qilinayotgan bir paytda, abadiy yashaydigan ruh e’tiborsiz qoldirilmoqda.”
— Imom G‘azzoliy
4 165
Hamma narsa o‘z vaqtida go‘zal.
Ba’zi kunlar — shunchaki nafas olib,
o‘zingni qayta topish uchun beriladi...
4 165
Hasan Basriy rohimahulloh aytadi:
"Insonlarning Allohga bo'lgan muhabbatlarining alomati Uning Rasuli sunnatiga ergashish ila bo'ladi"
"Kundalik sunnat amallar" kitobidan
4 165
Qaniydi Rasululloh ﷺ davrilarida tug'ilsam, u zot bilan birga yursam...! Bir kishi sahoba Miqdod ibn Asvadga: ㅤ“Rasululloh ﷺ ni ko‘rgan mana bu ko‘zlarga naqadar yaxshi! Qani edi biz ham siz ko‘rgan narsalarni ko‘rsak edi”, dedi. ㅤShunda Miqdod shunday tushuntirdi:ㅤ“Inson, Alloh uni uzoq qilgan (bo‘lmagan) zamonda bo‘lishni nega orzu qiladi? Axir u o‘sha paytda bo‘lsa, iymon keltira oladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi-ku? Payg‘ambar ﷺ ning davrida ko‘plab insonlar u Zotga ishonmay jahannamga qulaganlar. Sizlar esa sinovlardan omon qolib, faqat Robbingizni taniydigan va Payg‘ambaringizni tasdiqlaydigan holatda dunyoga kelganingizga Allohga hamd aytinglar”
4 165
— Insonni hayoti buyuk kitobga o‘xshaydi.
Inson hayotining boshqa kitoblardan farqi shuki, hayot kitobining varaqlarini qayta ochib tahrir qilib bo‘lmaydi...
— Hasanxon Yahyo Abdulmajid
4 165
Allohim, vafotimizni yengil qilgin!
Birovning haqqi bizda, bizning haqqimiz birovda qolmasin...
Ozor ham bermaylik, ozor ham ko'rmaylik.
Jarohat ham yetkazmaylik, jarohat ham olmaylik.
Xor ham bo'lmaylik, xor qilmaylik ham.
Baxtiqaro bo'lmaylik, birov ham bizni deb badbaxt bo'lmasin.
Bu dunyodan pok holda chiqib ketaylik.
Qur'ondan maktublar
4 165
Eyy Allohim! Biz uchun xayrli deb bilgan har bir narsangni bizga yaqinlashtirgin. Biz uchun yomon deb bilgan har bir narsani bizdan uzoqlashtirgin.
Eyy Allohim! Biz uchun sen tanlagin, bizga tanlatmagin, chunki biz tanlashni bilmaymiz...!
