Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Відкрити в Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
4 718
Підписники
-624 години
-507 днів
-1 73930 днів
Архів дописів
Repost from Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
Madaniyat – bu nafaqat san’at, balki barcha tirik mavjudotga bo‘lgan hurmat hamdir.
Biz hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va bugungi kunda ularning farovonligi va ularga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish masalalariga, shu jumladan qonunchilik darajasida tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotganidan mamnunmiz.
Bular esa – Jamg‘armamizning eng kichik xodimlari. 🐾
O‘z jonivorlaringizni ham ko‘rsating! Mo‘ynali hamkasblaringizning fotosuratlarini ulashib, ularning ismlarini yozing.
____
Культура — это не только искусство, но и уважение ко всему живому.
Мы поддерживаем инициативы, направленные на защиту животных, и рады, что вопросам их благополучия и ответственному отношению к ним сегодня уделяется все больше внимания, в том числе на законодательном уровне.
А это — самые маленькие сотрудники нашего Фонда. 🐾
Покажите и своих! Делитесь фотографиями пушистых коллег и рассказывайте, как их зовут
____
Culture is about more than art — it’s also about showing respect for all living beings.
We support initiatives that promote animal welfare and are pleased to see growing attention being given to their protection and to responsible treatment of animals, including through legislation.
And these are the smallest members of our Foundation team. 🐾
Now it’s your turn! Share a photo of your furry colleagues and tell us their names.
ACDF | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
⚡️ "Yangihayot" mahallasida ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda
🇺🇿 Ayni kunlarda "Yangihayot" mahallasida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
👆 Xususan, “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida mahalla hududidagi jami 4 kilometr uzunlikdagi turli diametrdagi eskirgan ichimlik suvi quvurlari yangi quvurlarga almashtirilmoqda.
📌 Mazkur ishlar to‘liq yakunlangach, mahalladagi ichimlik suvi ta’minotining barqarorligi va sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
Repost from Rasmiy axborot
🔴 Hayvonlarga shafqatsizlikka qarshi murosasiz kurash: endi jazo yanada qat’iy
⛔Joriy yilning 28 iyunidan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan yanada keskin javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari kuchga kirdi.
☑️Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki barobar oshirildi. Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu kabi noqonuniy harakatlarni takroran sodir etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi ham nazarda tutilgan.
✅ Bu qonunlar faqat aybdorlarni jazolash uchun qabul qilinmaydi. Ular jamiyatimiz qanday qadriyatlarga tayanishi, mehr-oqibat va mas’uliyat har birimiz uchun birdek majburiy ekanini anglatadi.
🔴Zo‘ravonlikka murosasiz munosabat orqaligina xavfsiz va sog‘lom jamiyatni barpo etish mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi aynan shu qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.” — Saida Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari,"mahalla yettiligi" vakillari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
✅ Saf yig‘ini davomida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, keyingi bosqichda hududlarda bajariladigan vazifalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan, aholi uchun yanada qulay muhit yaratish, “Yo‘ldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlarini tizimli davom ettirish, hududni chiqindilardan holi qilish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
🔘 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari hamda mas’ul rahbarlar mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, ko‘p qavatli uylar atrofi va yashil hududlar ko‘zdan kechirildi.
+4
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida Yangihayot tumanining “Yoʻldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda.
📍 Hududda daraxt va butalarning quruq hamda ortiqcha shoxlari kesilib, ularga shakl berilmoqda. Shuningdek, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlaridan maishiy hamda qurilish chiqindilari olib chiqilib, atrof-muhitning tozaligi va obod qiyofasini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+8
Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Saf yig‘inida tumandagi, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda barcha mas’ul tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
+5
✅ “Binokor” mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Binokor” mahallasida joylashgan qabristonda tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
🔘 Tadbir davomida qabriston hududi tozalanib, qurigan shox-shabbalar va turli chiqindilar yig‘ishtirildi. Shuningdek, hudud tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
🔘“Yoʻldosh” mavzesida daraxt va butalarning quruq hamda ortiqcha shoxlari kesilib, shakl berilmoqda. Shuningdek, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlaridan maishiy hamda qurilish chiqindilari olib chiqilib, atrof-muhitning tozaligi va obod qiyofasini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Infografika
🇺🇿 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida obodonlashtirish, sanitariya va kommunal yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
✅ Infografikada 2026-yil 1-avgust kuni bajarilgan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida Yangihayot tumanining “Yoʻldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda.
📍 Hududda daraxt va butalarning quruq hamda ortiqcha shoxlari kesilib, ularga shakl berilmoqda. Shuningdek, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlaridan maishiy hamda qurilish chiqindilari olib chiqilib, atrof-muhitning tozaligi va obod qiyofasini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettirmiz.
♟️ 4-fakt.Yangihayot tumanida jahon shaxmati yulduzi istiqomat qiladi
🇺🇿 Bilarmidingiz? Xalqaro grossmeyster va jahon shaxmati yulduzlaridan biri Javohir Sindarov Yangihayot tumanida istiqomat qiladi.
📌 Javohir Sindarov yosh bo‘lishiga qaramay xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston shaxmati tarixida muhim yutuqlarga erishgan sportchilardan biri hisoblanadi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
👍 "Tashabbus" mahallasida o'rganishlar olib borildi
🔘 "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Yangihayot tumani prokuraturasi, tuman IIO FMB hamda mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan "Tashabbus" mahallasida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
👆 Reyd davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida energiya resurslarini tejash, yo‘qotishlarni qisqartirish, elektr va tabiiy gazdan oqilona foydalanish hamda energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan nazorat ishlari olib borildi. Mazkur tadbirlar aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratildi.
⚡️ Reyd yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
+3
📌 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik“ tadbirlari qizgʻin davom etmoqda
🧑🔬 Aholi salomatligini muhofaza qilish va hududlar sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, Yangihayot tumani “Viqor“ mahallasi hududida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi koʻp qavatli bino atrofi hamda yoʻlaklarida hasharotlarga qarshi tizimli dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
