uk
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Відкрити в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
4 722
Підписники
-924 години
-637 днів
-1 73830 днів
Архів дописів
#ob_havo 📆 Bugun 8-avgust, haftaning shanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik": "Marhamat" mahallasida hashar tashkil etildi 📍 "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida mahallalarda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Xususan, bugun "Marhamat" mahallasida hashar o‘tkazildi. 🧹 Hashar davomida mahalla hududi, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, yo‘laklar va bolalar maydonchalari tozalanib, tartibga keltirildi. 📌 Unda mahalla aholisi hamda boshqaruv servis kompaniyalari vakillari faol ishtirok etib, hududni yanada ozoda va tartibli saqlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon or
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi 📌 Bugun Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumta’
+4
🇺🇿 “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi 📌 Bugun Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. ⚡️ Ushbu bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi belgilangan mezon va talablar asosida baholandi. ⚡️ Har bir ishtirokchi 4-sinf o‘quv dasturiga muvofiq 5 turdagi jismoniy mashqni bajarish orqali o‘z salohiyatini namoyon etdi. Sinovlar shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etildi. ⚡️ Ma’lumot uchun, “Jasorat maktabi”da o‘qish istagida 97 nafar o‘quvchi ariza topshirgan bo‘lib, tanlov natijalariga ko‘ra 26 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi.

🇺🇿 Rasmiy munosabat 📌 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani Yo’ldosh mavzesi, Qipchoq ko’chasi hududida avtobus bekati bi
+1
🇺🇿 Rasmiy munosabat 📌 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani Yo’ldosh mavzesi, Qipchoq ko’chasi hududida avtobus bekati bilan bog’liq muammo haqida xabarlar tarqaldi. 📍 Murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu hududga vaqtinchalik avtobus bekati o‘rnatildi. Shu bilan birga, kelgusida ushbu manzilga barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtobus bekati o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 👍 Muammoni o‘z vaqtida ko‘tarib, jamoatchilik e’tiboriga havola qilgan ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda faol fuqarolarga alohida minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning befarq bo‘lmagan munosabatingiz va hamkorligingiz hududimizdagi muammolarni tezroq hal etishga xizmat qilmoqda. ___________ 🇺🇿 Официальное заявление 📌 В социальных сетях распространились сообщения о проблеме с автобусной остановкой на улице Кипчак в массиве Юлдаш Янгихаётского района. 📍 Обращение было изучено ответственными лицами, и Управлением по благоустройству Янгихаётского района на данной территории была установлена временная автобусная остановка. В последующем здесь будет установлена полноценная современная автобусная остановка. 👍 Выражаем особую благодарность средствам массовой информации, блогерам и активным гражданам, которые своевременно подняли эту проблему и довели её до сведения общественности. Ваше неравнодушное отношение и сотрудничество способствуют скорейшему решению проблем в нашем районе. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi boshchiligida har kuni tumanning turli mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 📌 Navbatdagi manzil “Do‘stlik” mahallasi bo‘ldi 📍 Erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida hududda saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. 🖼 Saf yig‘ini davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. 🏘 Saf yig‘inidan so‘ng mas’ullar ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi. Hududdagi obodonlashtirish, sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi. ✂️ O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha har bir yo‘nalishga mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar biriktirildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar belgilandi. 🌳 Bu kabi manzilli o‘rganishlar barcha mahallalarda izchil davom ettirilib, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish, Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga qaratilgan ishlar jadallashtiriladi.

🇺🇿 Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommuna
+9
🇺🇿 Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. 📌 Saf yig‘ini davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. ⚡️ Shuningdek, ishlarni belgilangan grafik asosida olib borish, barcha mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirla
+4
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 7-avgust, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 📌 Yangihayotda noodatiy aylana shakldagi bog‘cha faoliyat yuritadi 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 🇺🇿 7-fakt. Bilarmidingiz? Yangihayot tumanidagi 124-sonli "Koinot" davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Respublikadagi noodatiy aylana shaklda qurilgan ilk davlat bog‘chasi hisoblanadi. ✅ Mazkur innovatsion maktabgacha ta'lim tashkiloti 2022-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘zining zamonaviy me'moriy yechimi va qulay ta'lim muhiti bilan ajralib turadi. Bizni kuzatishda davom eting! Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

Repost from Hudud Inform
#Қонунчиликдаги_янгиликлар ☢️ Хавфли чиқиндиларни бошқариш бўйича Президент қарори: Ўзбекистонда хавфли чиқиндиларини қайта ишлаш даражаси 20 фоизга етказилади Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Хавфли чиқиндиларни бошқариш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–289-сон, 03.08.2026 й.) қабул қилинди.   ✅ Қарорга кўра, 2027 йил 1 январдан хавфли чиқиндиларни ҳосил қилувчи ташкилотлар (хавфли чиқиндиларнинг эгалари бўлган юридик шахслар):   💚 экологик экспертиза хулосасига мувофиқ хавфли чиқиндиларни бошқариш бўйича йиллик режаларни ишлаб чиқади ҳамда Чиқиндиларни бошқариш ва циркуляр иқтисодиётни ривожлантириш агентлиги (Агентлик)нинг ҳудудий бошқармалари билан келишади;   💚 йиллик режаларда қуйидаги кўрсаткичларни назарда тутади:   ➖ хавфли чиқиндилар ҳосил бўлиш ҳажмини камайтириш;   ➖ хавфли чиқиндиларни қайта ишлаш улушини ошириш, уларни хавфсиз жойлаштириш;   ➖ хавфли чиқиндиларни қайта ишлаш, зарарсизлантириш, утилизация қилиш ёки кўмишга тегишли ваколат, инфратузилма ҳамда экологик экспертизанинг ижобий хулосасига эга бўлган ихтисослашган ташкилотларга қайта ишлаш ёки кўмиш учун топшириш.   🔘 Барча фойдаланишдан чиқарилган хавфли чиқиндилар сақланаётган (жойлаштирилган) махсус иншоотлар ва очиқ майдонлар (махсус объектлар) уларни экологик қайта тиклаш учун зарур бўлган маблағлар билан биргаликда бепул асосда Агентликка ўтказилади.   📄 2026 йил 1 октябрдан хавфли чиқиндиларни ҳосил қилувчи ташкилотлар статистика ҳисоботлари йил якунига кўра шакллантириб борилади. ✈️ Каналга уланиш: 👇 @hudud_inform | Instagrаm | Facebook

🇺🇿 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda ✅ Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi umumta’li
+6
🇺🇿 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda ✅ Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” uchun jamoaviy olimpiada bellashuvlari o'tkazilmoqda. 📌 329-sonli umumta’lim maktabida olimpiadaning birinchi bosqichi doirasida ishtirokchilar tanlagan fanlari bo‘yicha test sinovlarini topshirdi. 👍 Shundan so‘ng olimpiadaning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar “Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (Startap)” mavzusida loyiha ishlarini taqdim etib, o‘z innovatsion g‘oyalarini himoya qiladi. 👍 Mazkur olimpiadaning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashuvga hamda innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga rag‘batlantirishdan iborat.

🇺🇿 10 ga yaqin fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqarolar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. ✔️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning kommunal xizmatlar, kadastr, uy-joy, ekologiya va boshqa masalalardagi muammolari tegishli idora vakillari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi. ✅ Natijada murojaatchilarining bir qismi ijobiy hal etildi. Shu bilan birga, fuqarolarga ayrim masalalar yuzasidan murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

🇺🇿 "Yoshlar kuni": yangihayotlik yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi 📌 Yangihayot tumanida har hafta payshanba k
+7
🇺🇿 "Yoshlar kuni": yangihayotlik yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi 📌 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda. 📍 Xususan, bugun Yangihayot tumani IIO FMB binosida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. ✅ Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarning kelgusi rejalari, ularni qiziqtirgan savollar, fikr-mulohazalari hamda taklif va tashabbuslari tinglandi. Shu bilan birga, uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔘 Tadbir yakunida namunali faoliyat olib borgan bir guruh mahalladagi yoshlar yetakchilari va yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, pasport olish yoshiga yetgan bir nechta yoshga tantanali ravishda ID-kartalari topshirildi.

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda ⚡️ Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida hududlarni obodonlashtirish va tozalash ishlari davom etmoqda. ⚡️ Bugun ham Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan "Tashabbus" hamda "Yangi Umid" mahallalaridagi ko‘chalar, yo‘l yoqalari, aholi gavjum hududlar hamda irrigatsiya tarmoqlarida tozalash ishlari olib borildi. 📌 Shuningdek, hududlarda to‘plangan chiqindilar olib chiqib ketilmoqda.

+4
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida o‘rganish olib bordi 📌 Kuni kecha Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosa
+9
🇺🇿 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida o‘rganish olib bordi 📌 Kuni kecha Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hududida xavfsiz muhitni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda aholi osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. ✅ Dastlab, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumani hokimligida tashkil etilayotgan vaziyatlar markazining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Unda mazkur markazning imkoniyatlari va afzalliklari yuzasidan fikr almashildi. 📊 Shundan so‘ng mas’ul rahbarlar hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida tumanning aholi gavjum maskanlari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida bo‘lib, tungi vaziyat, profilaktik tadbirlarning borishi hamda hududlarda jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. 📍 Shuningdek, o‘rganishlar mas'ullar davomida "Olchazor" hamda "Navqiron" mahallalarida bo‘lib, profilaktika inspektorlariga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" doirasida navbatdagi saf yig‘ini o‘tkazildi 🔘 Avvalroq xabar berganimizdek. bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi,Toshkent shahar soliq Boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. 📌 Saf yig‘ini davomida tumanda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mahallalar, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, barcha mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 📌 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida mahallalarning ozodaligi, tozalash va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi, hududlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi,Toshkent shahar soliq Boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori,
+5
Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi,Toshkent shahar soliq Boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Saf yig‘ini davomida tumanda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mahallalar xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishlarni belgilangan grafik asosida olib borish, barcha mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yi
#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yil 5-avgust holatiga) 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site