uk
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Відкрити в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
4 712
Підписники
+724 години
-437 днів
-1 71730 днів
Архів дописів
⚽️ Murosasiz kurashlar, keskin bahslar, g‘alabaga bo‘lgan intilish va futbolga oshno muxlislarning hayajoni — bularning barchasi “DXX kubogi” musobaqasi final bosqichida o‘z aksini topdi. 🎥 Quyidagi rolik orqali final uchrashuvlarining eng yorqin va unutilmas lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin. 👏 Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar, tashkilotchilar hamda faol muxlislarga minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🏆 “Chortoq” mahallasi Yangihayot tumani sha’nini himoya qiladi 🇺🇿 Gap shundaki, kuni kecha katta futbol bo‘yicha o‘g‘il bo
+4
🏆 “Chortoq” mahallasi Yangihayot tumani sha’nini himoya qiladi 🇺🇿 Gap shundaki, kuni kecha katta futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida "DXX kubogi" musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Chortoq” va “Navqiron” mahallalari jamoalari tuman birinchiligi uchun maydonda top surishdi. 🥇 Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda “Chortoq” jamoasi “Navqiron” jamoasini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda musobaqaning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 🥈 “Navqiron” mahallasi jamoasi esa munosib o‘yin ko‘rsatib, 2-o‘rin bilan mavsumdagi ishtirokini yakunladi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👆 Yangihayotda “Salomatlik marafoni — baxtli hayotga qadam” tadbiri o‘tkazildi 🇺🇿 Yangihayot tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida “Salomatlik marafoni — baxtli hayotga qadam” shiori ostida ommaviy tadbir tashkil etildi. 📌 Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar bu kabi tadbirlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. 🤾🏻 Tadbir doirasida turli jismoniy mashqlar bajarildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha fuqarolarga tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 5-iyun, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi boshchiligida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 👍 Unda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari, tegishli idora va tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. 👍 “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, ularning ayanchli oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ota-onalar va mas’ul tashkilotlarning bu boradagi vazifalari muhokama qilindi. ▶️ Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, transport vositalarini boshqarishda mas’uliyatli bo‘lish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish hamda yo‘llarda o‘z xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yosh
+4
👍 Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda. 👍 Navbatdagi shunday tadbir 285-sonli umumta’lim maktabida tuman prokurori ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning fikr-mulohazalari hamda taklif va tashabbuslari tinglandi. 👍 Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga ta’lim olish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash yo‘nalishlari, amaldagi qonunchilikdagi imtiyozlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚦 Toshkentda 90 kun ichida nimalar o‘zgardi? “Dolzarb 90 kun” dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 📊 3 o
+6
🚦 Toshkentda 90 kun ichida nimalar o‘zgardi? “Dolzarb 90 kun” dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
📊 3 oy ichida (1-martdan 1-iyungacha) quyidagi natijalarga erishildi: — Shaharning 271 ta yirik chorrahasi va piyodalar o‘tish joylarida yangilash ishlari amalga oshirildi, ularda 3 946 ta “aqlli” svetofor qurilmalari ishga tushirildi; — Transport oqimi yuqori bo‘lgan ko‘chalar tahlil qilinib, 264 kilometrdan ortiq yo‘llarda harakatni tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi; — 220 dan ortiq avtobus bekatlari zamonaviy ko'rinishda yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Yangi bekatlar qulay o‘rindiqlar, videokuzatuv tizimlari, elektron tablolar, “SOS” tugmalari va boshqa zamonaviy yechimlar bilan jihozlanmoqda; — Bekat hududlari kengaytirilib, yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Yangi perronlar avtobus eshigi balandligiga mos holda qurilayotgani sababli yo‘lovchilar avtobusga deyarli bir qadam bilan chiqib-tushish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda; — Avval svetofor bilan himoyalanmagan qator piyodalar o‘tish joylarida yangi svetofor obyektlari o‘rnatilib, piyodalar xavfsizlik darajasi oshirildi; — 3 754 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi hamda 174 kilometr yo‘l chiziqlari zamonaviy texnologiyalar asosida yangidan chizildi; Qisqa muddat ichida qariyb 720 ming kvadrat metrga yaqin yo‘l qoplamasi ta’mirlanib, so‘nggi yillardagi eng yirik yo‘l-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 📈 Natijada: ✅ Har soatda o‘rtacha 160 ming nafardan ortiq piyodaning xavfsiz harakatlanishi ta’minlanmoqda; ✅ Transport vositalarining yo‘lda sarflaydigan harakat vaqti qisqarmoqda; ✅ Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat transportidan foydalanish qulayligi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
🚀 Erishilgan natijalar — katta o‘zgarishlarning dastlabki bosqichi, xolos. Transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va jamoat transporti jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. ——— 🚦 Что изменилось в Ташкенте за 90 дней? В рамках программы «Ударные 90 дней», был реализован широкий комплекс работ.
📊 За 3 месяца — с 1 марта по 1 июня — достигнуты следующие результаты: — На 271 крупном перекрёстке и пешеходном переходе города проведены работы по обновлению инфраструктуры. На этих участках введены в эксплуатацию 3 946 устройств «умных» светофоров; — Проведён анализ улиц с высокой интенсивностью транспортного потока. По его итогам разработаны проекты организации дорожного движения на участках общей протяжённостью более 264 километров; — Более 220 автобусных остановок построены заново и реконструированы в современном формате. Новые остановочные комплексы оснащаются удобными сиденьями, системами видеонаблюдения, электронными табло, кнопками «SOS» и другими современными решениями; — Территории остановок расширены, благодаря чему для пассажиров создаются более комфортные условия ожидания. Новые перроны строятся с учётом высоты дверей автобусов, что позволяет пассажирам практически одним шагом заходить в автобус и выходить из него; — На ряде пешеходных переходов, которые ранее не были оборудованы светофорами, установлены новые светофорные объекты. Это позволило повысить уровень безопасности пешеходов; — Установлены 3 754 новых дорожных знака, а также с применением современных технологий обновлена дорожная разметка на 174 километрах дорог; — В короткие сроки отремонтировано более 720 тысяч квадратных метров дорожного покрытия. Это стало одним из самых масштабных объёмов дорожно-ремонтных работ за последние годы. 📈 В результате: ✅ Ежечасно обеспечивается безопасное передвижение в среднем более 160 тысяч пешеходов; ✅ Сокращается время, которое транспортные средства проводят в пути; ✅ Безопасность дорожного движения и удобство пользования общественным транспортом выводятся на новый уровень.
🚀 Достигнутые результаты — лишь первый этап больших изменений. Работы по модернизации транспортной инфраструктуры, повышению безопасности дорожного движения и усилению привлекательности общественного транспорта будут последовательно продолжены.

RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanidagi 8 va 9-qurilish yo‘lidan “Sokin Makon” aholi yashash punktiga
RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanidagi 8 va 9-qurilish yo‘lidan “Sokin Makon” aholi yashash punktiga olib boruvchi avtomobil yo‘li atrofida piyodalar harakati uchun yetarli sharoit yaratilmagani hamda yo‘laklar chiqindilar bilan to‘lib ketgani yuzasidan tanqidiy murojaat tarqaldi. 📌 Mazkur holat yuzasidan mas'ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib boriladi va hududni obodonlashtirish va yo‘l qoplamasini avvalgi holatiga keltirish ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 🤝 Hududlarda mavjud muammolarga befarq bo‘lmay, ularni jamoatchilik e'tiboriga havola etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Tuman hokimi aholi murojaatlarini tingladi 👍 Bugun Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. 👍 Qabul davomida tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi 20ga yaqin fuqaroning kommunal xizmatlar, tibbiyot, uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda obodonlashtirish sohalariga oid murojaat va takliflari mas’ul idoralar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi. ☺️ Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 124-sonli DMTTda festivali bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun 124-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “O‘yinga asoslangan ta
+6
🇺🇿 124-sonli DMTTda festivali bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun 124-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar” mavzusida festival bo‘lib o‘tdi. 😘 Festival davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, ijodiy ishlar hamda turli to‘garaklar faoliyati namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar va innovatsion yondashuvlar taqdim etildi. ✅ Festival doirasida o‘yinga asoslangan ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, didaktik o‘yinlar orqali bolalarning mantiqiy fikrlashi, tasavvuri, ijodkorligi va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullari namoyish etildi. Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar hamda kreativ pedagogik yondashuvlarning maktabgacha ta’limdagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Bugun “DXX kubogi” musobaqasining final bosqichi doirasida hal qiluvchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 🏆 Final bahsida quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi: 🔹 “Chortoq” mahallasi 🆚 🔹 “Navqiron” mahallasi 📍 Manzil: Sergeli tumani sport maktabi 🕔 Boshlanish vaqti: 17:00 😊 Barchangizni murosasiz va qiziqarli kechishi kutilayotgan final uchrashuviga taklif etamiz. Jamoalaringizni qo‘llab-quvvatlang va futbol bayramining bir qismiga aylaning! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🏆 “DXX kubogi”: katta futbol bahslarida “Gulshanobod” mahallasi 3-o‘rinni egalladi ⚽️ Xabaringiz bor, tumanimiz mahallalari o‘rtasida “DXX kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha “Gulshanobod” hamda “Do‘stlik” mahallalari jamoalari sportning katta futbol turi bo‘yicha 3-o‘rin uchun maydonga tushdi. ▶️ O‘yin davomida qayd etilgan gollar hisobi g‘olib jamoa nomini ma’lum qildi. Yakuniy natijaga ko‘ra, “Gulshanobod” mahallasi jamoasi ustunlikni qo‘lga kiritib, musobaqaning faxrli 3-o‘rinni egalladi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida “Prezident hojilari” kutib olindi 📎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbu
+3
🇺🇿 Yangihayot tumanida “Prezident hojilari” kutib olindi 📎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haj ziyoratiga yuborilgan 100 nafar yurtdoshlarimiz amallarni to‘liq ado etib, vatanga qaytdi. ▶️ Ular orasida Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham bo‘lib, kuni kecha ziyoratchilarni tuman hokimi o‘rinbosari hamda mas’ullar samimiy kutib oldi. ✔️ Hojilar Haj amallarini to‘liq ado etganliklarini bildirib, yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik izhor etdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📍 Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2-iyun kuni Toshkent shahrida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Raqamli transformatsiya markazi, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda 70 ta korxonadan 82 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 236 nafar ishtirokchi jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 300 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi. Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari tizimi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar muhokama qilindi.
✔️ Uchrashuv davomida 15 ta korxona tomonidan 25 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 8 ta korxonaning 12 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 3 ta taklif tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi. Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishning samarali mexanizmi hisoblanadi.
Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

⚽️ “DXX kubogi”: qizlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi ⚽️ Kuni kecha Yangihayot tumani sport maktabida “DXX kubogi” musobaqasining mini futbol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. ✔️ Unda “Chorbog‘”, Xoja Uchqun, “Tashabbus” hamda “Navqiron” mahallalari jamoalari faxrli o‘rinlar va tuman birinchiligi uchun maydonda o‘zaro bahslashdi. ✔️ Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, “Chorbog‘” mahallasi jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Xoja Uchqun mahallasi qizlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rinni esa “Tashabbus” mahallasi qizlar jamoasi egalladi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani “Chinor” ko‘chasida issiqlik ta'minoti tizimida ta'mirlash ishlari
RASMIY MUNOSABAT 👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani “Chinor” ko‘chasida issiqlik ta'minoti tizimida ta'mirlash ishlari olib borilganidan so‘ng ko‘cha nosoz holatda qoldirilgani yuzasidan murojaat tarqaldi. 📌 Mazkur holat yuzasidan mas'ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib boriladi va hududni obodonlashtirish va yo‘l qoplamasini avvalgi holatiga keltirish ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 🤝 Hududlarda mavjud muammolarga befarq bo‘lmay, ularni jamoatchilik e'tiboriga havola etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, tuman prokurori, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. ▶️ Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish masalalari muhokama qilinib, mas’ul idora vakillariga aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi. 📎 Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish va tadbirkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. ____________________ 🇺🇿 В Янгихаётском районе состоялся открытый диалог с предпринимателями 👍 Сегодня в хокимияте Янгихаётского района была организована встреча с предпринимателями с участием хокима района, заместителя прокурора города Ташкента, начальника Ташкентского городского управления Торгово-промышленной палаты, прокурора района, заместителей хокима района и ответственных лиц соответствующих организаций. ▶️ На встрече, прошедшей в формате открытого диалога, были всесторонне изучены проблемы, предложения и инициативы, волнующие предпринимателей. Были обсуждены вопросы положительного решения озвученных обращений, а перед представителями ответственных ведомств поставлены конкретные задачи и поручения. 📎 Также в ходе мероприятия была предоставлена подробная информация о благоприятных условиях, льготах и возможностях, создаваемых для предпринимателей в нашей стране. Было подчеркнуто, что встреча послужит дальнейшему развитию деловой среды и укреплению сотрудничества с предпринимателями. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Bilasizmi 📚 Endi ko‘p kitob o‘qiydigan harbiylar elektromobil yutib olishlari mumkin! 💬 Gap shundaki, endilikda har yili Qurolli Kuchlarning barcha toifadagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida 4 bosqichli “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi. 🇺🇿 “Bilasizmi?” loyihasining ushbu sonida tanlov qanday tashkil etilishi hamda g‘oliblarni kutayotgan imkoniyatlar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin. 🎬 Videoni harbiy do‘stlaringiz va tanishlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🎈 Yangihayotlik bolajonlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi 🇺🇿 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangihayot tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. 🦒 Xususan, bugun 508-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Magic Safari bog‘iga sayohat uyushtirildi. 🦜 Sayohat davomida bolajonlar afrikacha shoular, hayvonot olami va qiziqarli tomoshalardan zavq olib, maroqli vaqt o‘tkazishdi. Mazkur sayohat ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, unutilmas taassurotlar qoldirdi. 🎬 Jarayonlar videomizda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🔔 Hurmatli tumandoshlar! 🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasida yogʻingarchilik va shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning na
🔔 Hurmatli tumandoshlar! 🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasida yogʻingarchilik va shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning natijasida daraxt va shoxlar sinishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi mumkin. ❗️Barchangizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasligingizni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlaringizni soʻraymiz. Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang. ☎️ Favqulodda holatlarda 1050 va 1055 raqamlariga qoʻngʻiroq qiling. *** 🔔 Уважаемые жители района! 🌧 В ближайшие дни в столице ожидаются проливные дожди, сильный ветер, а также, изменение температуры воздуха. В результате чего могут сломаться ветки и деревья, а неустойчивые конструкции могут не выдержать напора ветра. ❗️ Просим вас в условиях сильного ветры не покидать помещения, парковать автомобили вт безопасные места, подальше от деревьев и неустойчивых конструкций. Берегите себя и своё имущество от несчастных случаев. ☎️ В случае возникновения чрезвычайных ситуаций звоните по номерам 1050 и 1055. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site