Sevara Shakirova
Відкрити в Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
5 291
Підписники
-924 години
-807 днів
-38530 днів
Архів дописів
5 292
🇺🇿 Prezidentimiz Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimida ishtirok etdi.
✅ Davlatimiz rahbari bugun dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgani, raqamli texnologiyalar, zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellekt hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganini taʼkidladi. Bunday murakkab sharoitda insonning mustaqil fikrlay olishi eng katta ustunlik ekani qayd etildi.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
🤝 Hamkasbimizni yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklayman! Ishonchimiz komil, Bahodir Bobomurodovichning boy bilimi, xalqaro tajribasi va fidoyiligi bilan universitetimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha oladi.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
🇺🇿🇨🇳 Butunjahon raqamli ta’lim konferensiyasi doirasida “Xitoy va O‘zbekiston hamkor maktablari”dasturini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladik.
🤝 Bizning asosiy maqsadimiz — ta’limda amaliy hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa, ikki mamlakat maktablari o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
🎓 Dasturning ilk bosqichida yurtimizning barcha hududlaridan 14 ta Prezident maktabi hamda Xitoyning 12 ta eng nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi.
🔶 Bu hali boshlanishi. Kelgusida ushbu tashabbus orqali umumta’lim maktablarini ham qamrab olishni rejalashtirganmiz.
⚫️ Ishonchim komil, ushbu loyiha ta’lim tizimlarimizni yaqinlashtirish bilan birga, o‘quvchi va pedagoglarimiz uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
#hamkorlik
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
🎗 Bugun mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni.
Bu sana — tinchlikning qadrini bilish, yurt ozodligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga ta’zim bajo keltirish, bugungi osoyishta hayotimiz uchun fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizni e’zozlash kunidir.
Mard hamda matonatli otaxon-u onaxonlarimizning hayot yo‘li yoshlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Ularning sabri, jasorati va Vatanga sadoqati xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi deb bilamiz.
Jasorati bilan kelajak avlodlarga tinch hayot in’om etgan qahramonlarimiz bilan doimo faxrlanamiz va ta’zimdamiz.
Aziz faxriylarimizni, barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami bilan qutlayman.
Vatanimizda tinchlik, omonlik barqaror bo‘lsin!
#9May #XotiraVaQadrlashkuni
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+3
✅ Bugun navbatdagi fuqarolarimiz uchun qabulimizni oʻtkazdik. Murojaatchilar bilan muloqotimizda ta’lim tizimiga oid dolzarb takliflarni tingladik.
🟢 Qabul davomida 2026/2027-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar qabuli hamda rahbar va pedagog kadrlar tanlovlariga oid masalalar batafsil muhokama qilindi.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+6
🖐 Bugun men va jamoamiz uchun ajoyib kun boʻldi. U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasining tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdik.
Ularga Agentligimiz nomidan bayram sovg‘alari topshirdik. Bolalar bilan birga oʻynadik, kuldik, orzular qildik, chin dildan suhbat qurdik.
Orzularingiz ijobat boʻlsin bolajonlar!
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🖌 Bugun yoshlar bilan birga bo‘lish, ularning fikr va g‘oyalarini tinglash alohida mamnuniyat bag‘ishladi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdik.
⚫️ Uchrashuvda yoshlarning ijodiy salohiyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv yilidagi yutuqlari batafsil muhokama qilindi.
🟢 Ochiq muloqot davomida yoshlarning yangi va kreativ tashabbuslarini tingladik. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, texnologiyalar va sun’iy intellekt asoslarini o‘rganish, har yili mart oyini “Ijod maktablari oyligi” deb e’lon qilish hamda “Ijod yoshlari” festivalini tashkil etish kabi takliflar kelgusida o‘z samarasini berishiga ishonamiz.
📕 Bilimli, fidoyi va keng dunyoqarashga ega yoshlarimiz bilan Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni yanada mustahkam bo‘ladi.
#payshanba_yoshlarkuni
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤝 “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berdik.
✅ Chirchiq shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida hududlardagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlaridan kelgan o‘quvchilar gʻoliblik uchun bellashadilar.
⭐️ Maqsadimiz – yoshlarimizda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda mardlik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish.
⚫️ Musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish va oʻquvchilarimiz uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida tashkiliy jarayonlar bilan ham yaqindan tanishdik.
#turonyoʻlbarslari #respublika_bosqichi
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🏆 Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boshlandi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida o‘z bilim va iqtidorini namoyon etish uchun kelgan barcha yoshlarni va ularning ustozlarini qutlayman.
✅ Ushbu olimpiada mamlakatimizda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Biologiya faniga qiziqishi baland, iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlayotgani ayniqsa quvonarli.
🌐 Bu yilgi musobaqada 12 ta davlatdan — Turkiya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Belarus, Rossiya, Malayziya, Tailand, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 94 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.
🤝 Mazkur nufuzli musobaqaga Belarus, Turkiya, Ozarbayjon va Rossiyadan malakali ekspertlar, yetuk olimlar va professorlar jalb etilgani uning darajasi va ahamiyatini yanada oshiradi.
📕 Olimpiadadagi har bir ishtirokchi — davlatimizning boyligi, biz ularning bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz.
#Namangan #olimpiada
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+6
📍 Yangi o‘quv yiligacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan muassasalardagi qurilish ishlari jarayonlarini hududlarda o‘rganib boryapmiz.
✅ Navbatdagi manzilimiz Namangan viloyatida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik.
📕 2026–2027-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan Al-Xorazmiy maktabi qurilishini ham ko‘zdan kechirdik. Mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatda, sifatli va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda yakunlash muhimligini yana bir bor ta’kidladik.
⭐️ Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti rahbariyati bilan hamkorlikda muhandislik maktabini tashkil etish masalalarini muhokama qildik.
⚫️ Har ikkala muhim loyiha Agentligimiz tomonidan doimiy nazoratga olingan.
#hududda_oʻrganish #Namangan
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤩 Jamoamiz bilan birgalikda yurtimizdagi muhtasham Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya uyushtirdik.
🟢 Poytaxtimizda joylashgan ushbu loyiha o‘tmish va bugunni uyg‘unlashtirgan holda, osudalikka cho‘mgan va mushohadalarga undaydigan zamonaviy maskanga aylanmoqda.
✅ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston mamlakatimiz faxri bo‘lgan noyob islom merosini targ‘ib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda e’tirof etilmoqda.
✅ Sayohatimiz davomida markazning zamonaviy va o‘ziga xos me’morchiligi, ekspozitsiyalar, nodir qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, yurtimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan bir qator loyihalar haqida ma'lumotga ega bo'ldik.
⭐️ Barcha yurtdoshlarimizni ushbu go'zal va tarix haqida so'zlavchi maskanga tashrif buyurishga chorlab qolaman.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+1
🤩 Bugun Pekin tillar va madaniyat universiteti nashriyoti vakili Jeng Nan bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik.
✅ Uchrashuvimizda Jeng xonimga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda yoshlar orasida xorijiy tillarga, ayniqsa, xitoy tiliga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani haqida gapirib berdim.
🇨🇳 Hamkorimiz esa zamonaviy, xalqaro standartlarga mos yangi avlod darsliklari va o‘quv-uslubiy majmualarni taqdim etdi.
📕 Muloqotimiz davomida xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dunyo tan olgan ilg‘or tajribalarni yurtimizda qo‘llash masalalarini muhokama qildik.
✔️ Uchrashuvimiz yakunida maktablarimiz uchun xitoy tilini o‘qitishga oid zamonaviy darsliklar va o‘quv resurslarini yaratish hamda yetkazib berish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.
🟢 Xitoy tili kabi dunyoda nufuzi ortib borayotgan tillarni sifatli o‘rgatish orqali yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda davom etamiz.
#uchrashuv #hamkorlik
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
Repost from Oliy Majlis Senati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yangi avlod ta’limi: imkoniyatlar, natijalar va kelajak
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan tayyorlangan "Fikr" podkastining navbatdagi soni ta'lim mavzusiga bag'ishlandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi o'qitish tizimi, o'quvchilar erishayotgan yutuqlar va sayyor qabullardagi masalalar haqida podkastda to'liq tanishishingiz mumkin.
👇 Tomosha qiling:
https://youtu.be/YU8P_zic1kA
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
5 292
+8
📍 Navbatdagi sayyor qabulimizni Samarqand viloyatidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filialida o‘tkazdik.
🟢 Ayniqsa, ota-onalar va o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirish, darslarni zamonaviy tashkil etish borasidagi jonkuyarligi meni juda quvontirdi.
✅ Ayrim masalalarni shu yerning o‘zida hal qildik. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shaxsan nazoratimizga olindi.
✅ Shuningdek, viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari bilan muloqot qilib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalarini muhokama qildik.
⚫️ Tashrif davomida maktabda o‘tkazilayotgan “Robocoding” olimpiadasining viloyat bosqichi bilan tanishdik. Iqtidorli o'quvchilarimiz yaratgan robototexnika loyihalarini ko‘rib, ularning salohiyatiga yana bir bor qoyil qoldim.
#Samarqand #sayyor_qabul
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤩 Bugun Yangi Oʻzbekiston universitetida tahsil olayotgan talaba yigit-qizlarimiz bilan samimiy muloqot qildik.
🎓 Uchrashuvimizda yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy faolligi va ijodiy loyihalarni rivojlantirish borasidagi takliflarini eshitdik.
🟢 Yoshlar bilan suhbatlashar ekanman, koʻzlaridagi ishtiyoqni koʻrdim, his qildim. Ular nafaqat oʻqishga, balki oʻz kelajagini yaratishga intilishyapti.
➡️ Biz yoshlarimizga imkoniyat yaratsak, ular albatta natija beradi. Bugungi suhbatimizda bunga yana bir bor amin boʻldim.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤩 Bugun Bavariya federal o‘lkasi Yevropa va xalqaro ishlar bo‘yicha davlat kotibi Erik Baysvenger boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetining Yangi Toshkentdagi kampusiga tashrif buyurdi.
🟢 Delegatsiya a’zolari universitet binosi loyihasi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
✔️ Tashrif davomida universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi va Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yo‘nalishlari taqdim etildi.
⭐️ Shuningdek, muloqotimizda O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan Bavariya federal o‘lkasi bilan akademik aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+4
🤩 Bugun Toshkent shahridagi “MIFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali direktori janob Yuriy Maslov bilan uchrashuv o‘tkazdik.
🟢 Muloqotimiz davomida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni ilm-fanga kengroq jalb etish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildik.
✅ Universitet 2026–2027-o‘quv yili uchun 250 ta kvota ajratadi. Shundan Agentlik eng yaxshi bitiruvchilar uchun 50 ta grant va 50 ta shartnomaviy o‘rin ajratishni taklif qildi.
✅ Shuningdek, Agentlik maktablarida muhandislik sinflarini tashkil etish va matematika hamda fizika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishni pilot sinflardan boshlash masalasi ko‘rib chiqildi.
⚫️ O‘quvchilarning ilm-fanga qiziqishini oshirish maqsadida MIFI professorlarini ta’lim jarayoniga jalb etish rejalashtirilmoqda.
✔️ Uchrashuvimiz yakunida qo‘shma ishchi guruh tuzish, aniq yo‘l xaritasi ishlab chiqish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishdik.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤩 Bugun jamoamiz bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni asrash va obodonlashtirishga qaratilgan ezgu ishlarni amalga oshirdik.
🇺🇿 “Renessans” oromgohi hududida 300 dan ortiq anjir, anor, behi va nok ko‘chatlari ekildi.
⭐️ Milliy qadriyatlarimiz va bahoriy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan sumalak va halim sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
🟢 Ishonchim komilki, tabiatga e’tibor va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan har bir tashabbus jamiyatimizda ezgulik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaydi. Har birimiz shu jarayonning faol ishtirokchisiga aylansak, yurtimiz yanada obod va farovon bo‘ladi.
🖥 Rasmiy sahifalar
5 292
+9
🤩 Navro‘z xalqimizning eng ezgu an’analari, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini mujassam etadigan beqiyos qadriyatdir.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” mavzusida o‘tkazilgan sayilda qatnashdik.
🖥 Rasmiy sahifalar
