uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку 👈

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

Відкрити в Telegram

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz rasmiy pochta: if@agro.uz tel: +998550550755 📍Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t, Shota Rustaveli k., 8-uy

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
378
Підписники
Немає даних24 години
+87 днів
+2030 днів
Архів дописів
Takroriy monitoring: har bir fermerning zarari adolatli baholanadi 🌾 Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida fermerlarning zararlangan yer maydonlari mustaqil ekspertlar va Jamg’arma xodimlari tomonidan takroriy monitoring qilindi. Monitoringdan maqsad dalalardagi haqiqiy holatga aniqlik kiritish edi. Ekspertlar dalaga bevosita chiqib, ekinlarning holatini joyida o’rgandi, zarar ko’rgan maydonlarni qayta ko’zdan kechirdi va fermerlar bilan suhbatlashdi. Takroriy monitoring nima uchun muhim? ✅ Aniqlik. Zarar birinchi ko’rikdan keyin ham o’zgarishi mumkin. Qayta tekshiruv yakuniy xulosaning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. ✅ Adolat. Mustaqil ekspertlar ishtiroki xulosaning xolis bo’lishini kafolatlaydi. Fermer ham, Jamg’arma ham bir xil haqqoniy ma’lumotga tayanadi. ✅ Ishonch. Har bir holat joyida o’rganilgani fermerlarning sug’urta tizimiga bo’lgan ishonchini oshiradi. ✅ To’g’ri tovon. Aniq baholangan zarar tovon pulining to’g’ri hisoblanishiga asos bo’ladi. Jamg’arma har bir sug’urtalangan fermerning manfaatini himoya qilish uchun ishlashda davom etadi. 📞 Ishonch telefoni: +998550550755 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI Web | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Mustaqil ekspert nima ish qiladi? 🌾 Fermer bilan sug’urta tashkiloti o’rtasida adolatli qaror chiqishi uchun mustaqil ekspert ekin ekilgandan to zarar baholangungacha jarayonda ishtirok etadi. Uning 3 ta asosiy vazifasi bor: 1️⃣ Ekin holati bo’yicha dastlabki monitoring o’tkazish Ekspert sug’urta shartnomasi tuzilgach dalaga chiqib, ekinning dastlabki holatini o’rganadi va qayd etadi. Bu keyinchalik zararni to’g’ri baholash uchun asos bo’ladi. 2️⃣ Zarar sababi va hajmini aniqlash Tabiiy ofatdan keyin ekspert ekinga nima ta’sir qilganini (do’l, sovuq, qurg’oqchilik yoki sel) va hosilning qancha qismi yo’qolganini aniqlaydi. Tovon puli aynan shu hisob asosida belgilanadi. 3️⃣ Xolis xulosa tayyorlash Barcha ma’lumotlar fotosurat, o’lchovlar va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspert hech bir tomonga xizmat qilmaydi: fermer ham, sug’urta tashkiloti ham bir xil haqqoniy xulosaga tayanadi. ✅ Mustaqil ekspertiza adolatli tovon to’lovining kafolati. 📞 Savollaringiz bo’lsa, ishonch telefonimizga qo’ng’iroq qiling: +998550550755 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI Web | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Mehnatingiz — oilangiz rizqi. Uni tasodiflarga topshirmang! 🌾 Ekin va chorvangizni sugʻurtalang — tabiiy ofatlar va kutilmagan zararlar oldida xotirjam boʻling. 🛡 💡Jamgʻarma — har bir fermerning ishonchli hamkori. 📞 +998550550755 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI Web | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Hosilingiz — mehnatingiz. Uni tabiat injiqliklariga topshirib qo‘ymang! Do‘l, qurg‘oqchilik, sel, sovuq urishi, kasallik… Bir kunlik ofat butun yillik mehnatni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bunday paytda fermerning yonida turadigan ishonchli tayanch bu qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi. Sizning manfaatingizni himoya qiladigan mustaqil ekspertlar Respublikaning barcha hududlarida 250 nafar mustaqil ekspert faoliyat yuritmoqda. Ular Jamg‘arma tomonidan maxsus o‘qitilgan mutaxassislar: 🌱dehqonchilik va bog‘dorchilik 🐄 chorvachilik 🐔 parrandachilik 🐟 baliqchilik 🐝 asalarichilik Agronom ekspertlar ekinlarga, veterinar ekspertlar esa chorva mollariga yetgan zararni baholaydi. Ekspertlar mustaqil, ya’ni baholash xolis va adolatli bo‘ladi. Zarar ko‘rdingizmi? Hammasi 3 qadamda: 1️⃣ agrosafe.uz saytida onlayn xabarnoma qoldirasiz. 2️⃣ Ekspert dalangizga yoki fermangizga o‘zi keladi. 3️⃣ Holat joyida baholanadi, rasm va videolar Jamg‘armaga onlayn yuboriladi. Navbat yo‘q. Qog‘oz yo‘q. Ovoragarchilik yo‘q. Siz boshqa hududga borib yurmaysiz. Jarayon sizning ko‘z o‘ngingizda, rasm va video dalillar bilan shaffof o‘tadi. 💡Nega sug‘urta qildirish kerak? ✅ Tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar qoplanadi ✅ Kredit va investitsiya olishda ishonchli kafolat bo‘ladi ✅ Yangi mavsumni noldan emas, qayta tiklanib boshlaysiz ✅ Eng muhimi, ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi Ertangi kuningizni bugun himoya qiling. Mahsulotingizni sug‘urta qildiring, xotirjam mehnat qiling! Tel: +998550550755 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐 Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram | 😎 Youtube

👾Sun’iy intellekt — qishloq xo’jaligi sug’urtasi xizmatida Bugungi kunda sun’iy intellekt butun dunyoda eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Qishloq xo’jaligi sug’urtasi jamg’armasi ham zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish tarafdori. Shu maqsadda jamg’arma rahbariyati ishtirokida taqdimot o’tkazildi. Unda qishloq xo’jaligi sug’urtasi tizimi uchun demo sifatida ishlab chiqilgan sun’iy intellekt modeli taqdim etildi. Taqdimotda quyidagilar muhokama qilindi: 🔹 modelning imkoniyatlari va ishlash tamoyillari; 🔹 sug’urta jarayonlarini tezlashtirish va shaffofligini oshirishdagi o’rni; 🔹 fermer va dehqonlar uchun xizmatlar sifatini yaxshilash istiqbollari; 🔹 tizimni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish rejalari. Sun’iy intellektni joriy etish orqali qishloq xo’jaligi sug’urtasini yanada qulay, tezkor va ishonchli qilishni maqsad qilganmiz. Bu yo’nalishdagi ishlar davom etadi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram | 😎 Youtube

⚠️ Fermerlar diqqatiga! 11–12-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloya
+1
⚠️ Fermerlar diqqatiga! 11–12-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel-suv toshqini kutilmoqda. Hosilingiz va mol-mulkingizni asrash uchun: 🌾Pishgan hosilni tezroq yig‘ib, yopiq joyga oling 🐄 Chorvani soy va pastqam joylardan uzoqlashtiring 💧 Ariq va zovurlarni tozalang 🏠 Issiqxonalarni mahkamlang 🚜 Texnika va o‘g‘itlarni baland joyga olib qo‘ying Sug‘urtalangan bo‘lsangiz va zarar ko‘rsangiz: 📸 Zararni suratga va videoga oling 📞Jamg‘armaning agrosafe.uz orqali darhol xabar bering ⚠️Baholovchi kelguncha zarar ko‘rgan ekinni joyidan olmang Ishonch telefoni: +998550550755 Hosilingiz — mehnatingiz. Uni asrang! 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram | 😎 Youtube

⚠️ Fermerlar diqqatiga! 11–12-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloya
⚠️ Fermerlar diqqatiga! 11–12-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel-suv toshqini kutilmoqda. Hosilingiz va mol-mulkingizni asrash uchun: 🌾Pishgan hosilni tezroq yig‘ib, yopiq joyga oling 🐄 Chorvani soy va pastqam joylardan uzoqlashtiring 💧 Ariq va zovurlarni tozalang 🏠 Issiqxonalarni mahkamlang 🚜 Texnika va o‘g‘itlarni baland joyga olib qo‘ying Sug‘urtalangan bo‘lsangiz va zarar ko‘rsangiz: 📸 Zararni suratga va videoga oling 📞Jamg‘armaning agrosafe.uz orqali darhol xabar bering ⚠️Baholovchi kelguncha zarar ko‘rgan ekinni joyidan olmang Ishonch telefoni: +998550550755 Hosilingiz — mehnatingiz. Uni asrang! 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram | 😎 Youtube

👍 Jamg'armamizda oktabr oyi "Til oyligi" deb e'lon qilingan. Shu doirada hamda 21-oktabr – O'zbek tili bayrami munosabati bilan Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi jamoasi "Jonajon o'zbek tilim" mavzusida diktant yozdi. Tadbirda jamg'armaning barcha xodimlari qo'llariga qalam olib, ona tilimizning imlo qoidalarini yana bir bor esga oldi. Diktant shunchaki bilim sinovi bo'lmadi, balki tilimizga bo'lgan hurmat va mehrimizning yorqin ifodasiga aylandi. Til – millatning ruhi, xalqning o'zligi. Ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan bu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni to'g'ri va go'zal qo'llash har birimizning burchimizdir. Kundalik ish yuritishda, hujjatlarda va muloqotda davlat tilining sofligini saqlash esa har bir davlat xizmatchisining mas'uliyatidir. Bunday tadbirlar jamoani yanada jipslashtirib, ona tilimizga bo'lgan e'tiborni oshiradi. Bu tashabbusni kelgusida an'anaga aylantirishni rejalashtirganmiz. Barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan O'zbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 📞 Murojaat uchun jamg‘arma vakili:   (+998.97) 439-44-00), (+998.92) 093-28-88 🕊Telegram: @orif_botirov2888 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram | 😎 Youtube

📣 Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
📣 Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni asosida qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda. 📌 Dastur dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarida doirasida: ➖ sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish; ➖ sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish; ➖ sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash; ➖ yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 👥 Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi yoki ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. 📖O‘quv mashg‘ulotlar 2026-yil 2-noyabrdan boshlanadi! 📍Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruzalar binosi 📞 Murojaat uchun jamg‘arma vakili:   (+998.97) 439-44-00), (+998.92) 093-28-88 🕊Telegram: @orif_botirov2888 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

🌾 Jahon bankining AgriConnect dasturi bilan uchrashuv o‘tkazildi Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida Jahon bank
+6
🌾 Jahon bankining AgriConnect dasturi bilan uchrashuv o‘tkazildi Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida Jahon bankining (World Bank) AgriConnect dasturi rahbari Pierre Gerber boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝 Uchrashuv davomida Jamg‘armaning qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari hamda AgriConnect dasturi doirasida texnik va institutsional ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi. 💻 Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini raqamlashtirish, iqlim xavflarini boshqarish, zamonaviy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish va Jamg‘armaning institutsional salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 📌 Uchrashuv yakunida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish hamda amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

🎓Hurmatli ustoz va murabbiylar! 💐Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌿Sizning sha
🎓Hurmatli ustoz va murabbiylar!   💐Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌿Sizning sharafli mehnatingiz - bilim, tarbiya va jamiyatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir. Aynan sizning sabr-toqatingiz, donoligingiz va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz ravnaqi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, yangilik yaratadigan va Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan avlod voyaga yetadi. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, shogirdlaringiz hurmati va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✨Har kuni ulashayotgan bilim va ezgu ishlaringiz el-yurt orasida doimo ehtirom topsin. 🎉Bayramingiz muborak bo‘lsin!   Hurmat bilan, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi jamoasi QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

🌳🍇🏡 SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA: UCHINCHI KUN 30-sentabr kuni qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha o‘quv seminarlari Xorazm viloyatining Bog‘ot, Navoiy viloyatining Karmana, Toshkent viloyatining Qibray, Farg‘ona viloyatining Quva va Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanlarida davom etdi. 👨‍🌾 Uchrashuvlarda taqdimotlar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar sug‘urta masalalarini mutaxassislar bilan yuzma-yuz muhokama qilib, o‘z savollariga joyida javob oldi. 🎥 Uchinchi kun lavhalarini videoda ko‘ring. 📅 Seminarlar 2-oktabrga qadar davom etadi. #QishloqXojaligiSugurtasi #Agrosugurta #Fermer #Bogdorchilik #Issiqxona #Uzumchilik QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

+8
🌳🍇🏡 SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA: IKKINCHI KUN Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi mutaxassislari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari bilan birgalikda hududlarda bog‘dorchilik, issiqxona va uzumchilik xo‘jaliklari uchun o‘quv seminarlarini davom ettirmoqda. Seminarlar mahalliy hokimliklar hamkorligida o‘tkazilmoqda. 📍 Jamg‘arma direktori Murodjon Achilov boshchiligidagi ishchi guruh 28–29-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida seminarlar o‘tkazdi. Navbatdagi manzil Xorazm viloyati. 📍 Direktorning birinchi o‘rinbosari Umidjon Nurmatov boshchiligidagi guruh ikki kun davomida Buxoro viloyati fermerlari bilan uchrashdi. Keyingi seminarlar Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi. 📍 Boshqa ishchi guruhlar dastlabki ikki kunda Surxondaryo va Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida bo‘ldi. 👨‍🌾 Seminarlarda bog‘ egalari, issiqxona xo‘jaliklari va tokzor fermerlari faol qatnashdi. Mutaxassislar amaliy misollar bilan uch masalani tushuntirishdi: sug‘urta shartnomasi qanday tuziladi, sug‘urta mukofotining yarmini davlat qanday to‘lab beradi va zarar yuz berganda nima qilish kerak. 📌 Fermerlar o‘z savollariga joyida javob oldilar. Bog‘, issiqxona va tokzor uchun sug‘urta qanday ishlashi ko‘pchilik uchun birinchi marta aniq tushuntirilib berildi. 📅 Seminarlar 2-oktabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda davom etadi. ⚠️ Yodda tuting: sug‘urta hodisasi yuz berganda jamg‘arma javobgarlikni faqat shartnoma o‘z vaqtida tuzilgan va sug‘urta mukofoti to‘langan bo‘lsagina oladi. #QishloqXojaligiSugurtasi #Agrosugurta #Fermer #Bogdorchilik #Issiqxona #Uzumchilik QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷Instagram

🌾 G‘ALLANI SUG‘URTALASH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining asosiy ekinlaridan biri bo‘lgan g‘allani sug‘urta qilish jarayonlari davom etmoqda. 📋 Shu kungacha 22 000 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzildi. 👨‍🌾 Fermerlarimizdan shuni so‘rab qolamizki, o‘z vaqtida shartnoma tuzilsin. Ya’ni, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgunga qadar: ✅ shartnoma tuzilgan; ✅ sug‘urta mukofotlari to‘langan bo‘lsa, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi javobgarlikni oladi. ⚠️ Lekin aksincha, sug‘urta shartnomasi tuzilmasdan turib yoki sug‘urta mukofoti to‘lanmasdan turib hodisa sodir bo‘lgan bo‘lsa, bunday holatlarda to‘liq javobgarlikni taqdim eta olmaymiz. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

🌾 G‘ALLANI SUG‘URTALASH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining asosiy ekinlaridan biri bo‘lgan g‘allani sug‘urta qilish jarayonlari davom etmoqda. 📋 Shu kungacha 22 000 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzildi. 👨‍🌾 Fermerlarimizdan shuni so‘rab qolamizki, o‘z vaqtida shartnoma tuzilsin. Ya’ni, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgunga qadar: ✅ shartnoma tuzilgan; ✅ sug‘urta mukofotlari to‘langan bo‘lsa, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi javobgarlikni oladi. ⚠️ Lekin aksincha, sug‘urta shartnomasi tuzilmasdan turib yoki sug‘urta mukofoti to‘lanmasdan turib hodisa sodir bo‘lgan bo‘lsa, bunday holatlarda to‘liq javobgarlikni taqdim eta olmaymiz. 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

📹 Agroportal tizimida hosil sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish tartibi Hurmatli qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari! Agroportal tizimida hosil sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish tartibi yuzasidan video qo‘llanma tayyorlandi. 📌 Mazkur video qo‘llanmada sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lovni tizim orqali amalga oshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. 🔹 Avvalo, hosil sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan shartnomangiz holatini tekshirishingiz, shartnoma ikki tomonlama imzolanganligiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Shundan so‘ng, shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan belgilangan sug‘urta mukofoti summasini tanlab, to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. ❗️Agroportal tizimidan foydalanish yoki to‘lovni amalga oshirish jarayonida savol va muammolarga duch kelsangiz, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga yoki quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 📞 Ishonch telefoni: 55 055-07-55 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

🌳🍇 BOG‘DORCHILIK VA UZUMCHILIK XO‘JALIKLARI UCHUN: SUG‘URTA BO‘YICHA SEMINARLAR BOSHLANDI Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi mutaxassislari 27-sentabrdan 2-oktabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda seminarlar o‘tkazmoqda. 📌 Uchrashuvlarda quyidagilar tushuntiriladi: ✅ “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunning (2025-yil 14-apreldagi 1056-son) mazmun-mohiyati; ✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-sonli qarori ijrosi; ✅ bog‘, issiqxona va tokzorlarni sug‘urtalash tartibi. 🗺 Seminarlar bo‘lib o‘tadigan hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm (jamg‘arma direktori M. Achilov ishtirokida) Buxoro va Navoiy Jizzax, Sirdaryo va Toshkent Andijon, Farg‘ona va Namangan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand 👨‍🌾 Uchrashuvlarda fermerlar mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berib, shartnoma tuzish va sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olishlari mumkin. ⚠️ Esda tuting: sug‘urta hodisasi yuz berganda jamg‘arma javobgarlikni faqat shartnoma o‘z vaqtida tuzilgan va sug‘urta mukofoti to‘langan bo‘lsa oladi. #QishloqXojaligiSugurtasi #Agrosugurta #Fermer #Bogdorchilik #Uzumchilik 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

8-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO MA’LUMOTI Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechga yaqin Toshkent viloyatining ba’zi
8-SENTYABR KUNIGA OB-HAVO MA’LUMOTI Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechga yaqin Toshkent viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21–26° bo‘ladi. Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23–25° bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13–18° bo‘ladi. Manba: Hydromet.uz 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi yangilanmoqda: fermer uchun nimalar o‘zgaradi? Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni agrar sohada subsidiyalar ajratish va sug‘urtalash tizimlarini takomillashtirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi yo‘nalishi bo‘yicha takliflarni Jamg‘arma rahbari Murodjon Achilov taqdim etdi. Davlatimiz rahbari sug‘urta tizimi, avvalo, fermer uchun sodda va qulay bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Jarayonlarda inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash, sug‘urta hodisalarini adolatli baholash va tovon pulini tezkor to‘lash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Fermer uchun nima o‘zgaradi? ▫️ Sug‘urta qamrovini kengaytirish rejalashtirilmoqda: bog‘ va uzumzorlardagi ko‘chat va daraxtlar, import qilingan chorva mollari hamda tasodifiy hodisalar bilan bog‘liq xavflar ham sug‘urtalanadi. ▫️ Chorvachilik, polizchilik, kartoshka va piyoz yetishtirish uchun yangi sug‘urta mahsulotlari joriy etiladi. ▫️ Barcha jarayon arizadan tovon pulini olishgacha - "Agrosafe" tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. ▫️ Zararning o‘rnini qoplash bilan birga, uning oldini olishga ham e’tibor qaratiladi: sug‘urta mukofotining 3–5 foizini chorva mollarini emlash, ekinlarni biologik himoya qilish va bog‘larni tabiiy ofatlardan asrash tadbirlariga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 2027-yil uchun qo‘yilgan maqsadlar: 45 mingta qishloq xo‘jaligi korxonasini sug‘urta bilan qamrab olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sug‘urta qamrovini 60 foizga yetkazish, 500 nafar mustaqil ekspert tayyorlash va sug‘urta xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish. Shu munosabat bilan Jamg‘arma rahbari Murodjon Achilov "O‘zbekiston 24" telekanaliga intervyu berib, sug‘urta xizmatlarini fermerlar uchun yanada qulay qilish, jarayonlarni raqamlashtirish va yangi sug‘urta mahsulotlari haqida batafsil so‘zlab berdi. 📺 To‘liq tomosha qiling ☎️ Ishonch telefoni: +998 55 055 07 55 🌐 agrosafe.uz 👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook | 📷 Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada subsidiyalarni ajratish va sugʻurtalash tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tak
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada subsidiyalarni ajratish va sugʻurtalash tizimlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию систем субсидирования и страхования в аграрной сфере. #Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #sugurta Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X