Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Відкрити в Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
6 753
Підписники
Немає даних24 години
+1 6937 днів
+3 54630 днів
Архів дописів
🟢 Bugun Botanika bog‘ida 31-may — butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Yoshlar ekologik qanoti a’zolari uchun maxsus trening tashkil etildi.
Trening davomida tamaki mahsulotlarining inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri, yoshlar orasida zararli odatlarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki har yili dunyo bo‘yicha 8 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ladi. Shundan taxminan 1,6 million nafari passiv chekish — ya’ni boshqalarning tutunidan zarar ko‘rgan insonlardir.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni ilk bor 1987-yilda e’lon qilingan bo‘lib, 1988-yildan boshlab har yili 31-may sanasida keng nishonlanib kelinadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, tamaki yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni, insult va nafas yo‘llari kasalliklarining asosiy sabablaridan biridir. Bundan tashqari, sigaret qoldiqlari va plastik filtrlar ekologiyaga ham katta zarar yetkazadi. Biz sog‘lom hayot va toza atrof-muhit tarafdorimiz! #NoTobaccoDay #31May #SoglomHayot #YoshlarEkologikQanoti #ChekishgaQarshi #EcoYouth
🟢 Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi huzuridagi “Yosh ekologlar” qanotida mutlaqo yangi formatdagi “Eko-volontyor” dasturi yoʻlga qoʻyilmoqda!
Mazkur dastur ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida faol, tashabbuskor hamda jamiyat hayotiga befarq boʻlmagan yoshlarni birlashtirishga xizmat qiladi.
♻️ “Eko-volontyor” dasturi doirasida volontyorlar:
— ekologik bilim va koʻnikmalar boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida qatnashadi;
— malaka oshirish treninglari va seminarlar orqali tajribasini boyitadi;
— ekologik aksiyalar, loyihalar va targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etadi;
— hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshadi.
📚 Dastur zamonaviy yondashuv, amaliy tajriba va innovatsion taʼlim usullariga asoslangan holda tashkil etiladi.
🌱 Biz tabiatga befarq boʻlmagan, ekologik kelajak uchun masʼuliyatni his qiladigan barcha yoshlarni ushbu yangi tashabbusga chorlab qolamiz!
Kelajak ekologiyasi — bugungi yoshlar qoʻlida!
+6
⚡ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati o‘rganildi.
Muloqot davomida Yoshlar parlamenti a’zolarining hududlardagi faoliyati, deputatlar bilan hamkorlik darajasi hamda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan takliflar umumlashtirilib, yoshlarning tashabbuskorligi, mas’uliyati hamda hududlardagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokama davomida hamkorlik tizimini kuchaytirish, hududlardagi faoliyatni yanada faollashtirish hamda kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
#YoshlarParlamenti #Yoshlar #Muhokama #EkologikPartiya
Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi.
Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi.
Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir.
—
Впервые в нашей истории состоялось международное публичное размещение акций: Национальный инвестиционный фонд Узбекистана совместно с Franklin Templeton запустил IPO одновременно на Лондонской и Ташкентской фондовых биржах.
Благодаря системным и последовательным реформам наша экономика выросла в 3 раза, повысилась эффективность государственных институтов, укрепились гарантии для инвесторов. В результате Узбекистан стал более открытым и надёжным партнёром для глобального рынка капитала.
Участие в нашем IPO крупнейших международных инвесторов, включая BlackRock, Franklin Resources, Redwheel и многих других, является убедительным свидетельством доверия международного сообщества к нашему курсу, потенциалу и будущему.
🟢 Jamoa — bu umumiy maqsad sari birlashgan kuch, o‘zaro ishonch va mas’uliyat uyg‘unligidir.
Har bir a’zo o‘z bilim va tajribasi bilan umumiy natijaga hissa qo‘shadi, bu esa barqaror rivojlanish va yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish nafaqat individual salohiyatga, balki jamoaviy hamkorlikning qanchalik puxta yo‘lga qo‘yilganiga ham bevosita bog‘liq.
Aynan jamoada shakllangan birdamlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va yagona maqsad sari intilish eng katta yutuqlarga zamin yaratadi.
🟢 Bizning jamoamiz — bu mas’uliyat, tashabbus va fidoyilik asosida shakllangan mustahkam tizimdir.
Har bir qadamimizda hamkorlik, har bir qarorimizda esa umumiy manfaat—tizimni rivojlantirish degan ustuvor maqsad yotadi.
⚡️ Birgalikda biz yanada kuchlimiz. Birgalikda — yuksalamiz.
+5
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
В рамках рабочего визита в город Баку Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Азербайджанской Республики Ильхамом Алиевым.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Ozarbayjon #hamkorlik
Telegram | Instagram | Facebook
“Yashil taraqqiyot va ekologik barqarorlik — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.”
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan ekologik tashabbuslar bugungi global iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar sharoitida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, yashil energetikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan sa’y-harakatlar kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ekologiyaga e’tibor — bu faqat tabiatni asrash emas, balki inson salomatligi, hayot sifati va ertangi kun uchun mas’uliyat demakdir.Shu bois ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yashil rivojlanish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish barchamizning muhim vazifamizdir. Batafsil: Prezident murojaati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 13-й сессии Всемирного форума по урбанизации, проходящей в Баку.
Telegram | Instagram | Facebook
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Саммите лидеров в рамках 13-й сессии Всемирного форума по урбанизации
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Leaders’ Summit of the 13th session of the World Urban Forum
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
🟢Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdim.
🔼Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida mamlakatimizda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ochiqlikni ta’minlash hamda iste’molchilar kafolatlarini yanada kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Qonun loyihasida nuqsonli tovarlarni almashtirish jarayonida qo‘shimcha tekshirishning aniq huquqiy mexanizmlarini belgilash, shuningdek, iste’molchining ushbu jarayondagi ishtiroki va huquqiy kafolatlarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
✔️Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, adolatli bozor tamoyillarini mustahkamlash va fuqarolarimiz huquqiy kafolatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan bunday tashabbuslar yurtimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
+4
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.✔️BATAFSIL Telegram | Instagram | Facebook
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from YOSH EKOLOGLAR QANOTI
🚀 “Yosh ekologlar qanoti” tomonidan tez orada yangi "ECO STARTUP" loyihasiga start beriladi!
♻️ Atrof-muhit muammolariga innovatsion yechim topmoqchimisiz?
💡 GreenTech, eco life va startup olamiga qiziqasizmi?
🌐 Unda bu loyiha aynan siz uchun!
🔥 Sizni:
• ekologik innovatsiyalar
• startup muhit
• yangi imkoniyatlar va networking kutmoqda!
🌿 Kelajakni birgalikda yashilroq qilamiz!
“Yosh ekologlar qanoti” bilan ekologik g‘oyalarni real loyihaga aylantiring!
#YoshEkologlarQanoti #EcoFuture #TabiatniAsraylik #EkologikHayot #GreenGeneration
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальном саммите Организации тюркских государств на тему «Искусственный интеллект и цифровое развитие».
#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🟢 Xizmat safari doirasida Jizzax viloyatida “Suvni tejash – yashil taraqqiyot sari qadam” ekologik forumi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🟢Forum davomida ekologik tashabbuslar, suvni tejash texnologiyalari, yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va taqdimotlar o‘tkazildi.
✔️Amalga oshirilgan ishlar hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, suv resurslarini asrash hamda yashil taraqqiyot sari muhim qadam bo‘ldi.
+4
📊 Jizzax viloyatiga xizmat safarining yettinchi manzilida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat partiya tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ekologik tashabbuslarni kengaytirish, suvni tejash va yashil loyihalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirilib, ekologik loyihalarni yanada samarali tashkil etish hamda hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.🌱 Uchrashuv yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar va yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. #Jizzax #XizmatSafari #EkologikPartiya #YashilTaraqqiyot #EkologikTashabbuslar Telegram | Instagram | Facebook
