uk
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Відкрити в Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
6 754
Підписники
-224 години
+1 6867 днів
+3 49130 днів
Архів дописів
🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport
+4
🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdusaid Isakovlar so‘zga chiqdi.
Ular ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik volontyorlik harakatini kengaytirish, “yashil” startaplar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi hamda sammit ishiga omad tiladi.

🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT #YashilStartap Startap loyihalar bilan tanishish jarayonidan lavha.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT #YashilStartap Yoshlar — ekologik islohotlarning yetakchi kuchi Xalqaro sammitda O'zbekiston Ekolog
+3
🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT #YashilStartap Yoshlar — ekologik islohotlarning yetakchi kuchi Xalqaro sammitda O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev so'zga chiqdi. Partiya rahbari ekologik barqarorlikka erishishda yosh avlodning o'rni hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor haqida to'xtaldi. Jumladan, har payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" tashabbusini alohida qayd etdi. Bunday muloqotlar davomida rahbarlar bevosita yoshlar bilan uchrashib, ularni o'ylantirayotgan muammolarni, taklif va tashabbuslarni o'rganib bormoqda.
Shuningdek, fraksiya rahbari davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to'g'risida so'zladi. Bularning barchasi yosh avlodni jamiyatdagi o'zgarishlarning, xususan ekologik islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga xizmat qilmoqda.
"Ishonchim komilki, bugungi yoshlar mamlakatimizning "yashil" kelajagini quruvchi asosiy kuch bo'ladi", — dedi Abdushukur Xamzayev. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT #YashilStartap Yashil kelajak uchun innovatsion startaplar "ECO YOUTH SUMMIT" ishtirokchilari dastl
+5
🔴#Live #ECO_YOUTH_SUMMIT #YashilStartap Yashil kelajak uchun innovatsion startaplar "ECO YOUTH SUMMIT" ishtirokchilari dastlab startap loyihalari bilan tanishdi. Loyiha mualliflari o'zlarining ekologik loyihalari haqida batafsil tushuntirishlar berdi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo'llarini taqdim qildi. Yoshlarning innovatsion g'oyalari real ekologik yechimlarga aylanishi sammitning asosiy maqsadlaridan biridir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#ECO_YOUTH_SUMMIT 🔴#Live "ECO YOUTH SUMMIT" boshlandi! O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro "ECO YOUTH SUMMIT" o'z ishini boshladi. Ushbu sammit ekologik madaniyatni yuksaltirish va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan. Mamlakatimizning turli hududlaridan 120 nafardan ortiq faol va tashabbuskor yosh bir maydonga jamlanmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, partiya Markaziy
+5
Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, partiya Markaziy Kengashi huzurida “Ekologiya huquqi” amaliyot sho’basi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yuridik universiteti rahbariyatiga “Eco Youth Summit” loyihasining taklifnomlari taqdim etildi. Tabiat uchun birlashaylik🌱🫶🏻

Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, partiya Markaziy Kengashi huzurida “Ekologiya huquqi” amaliyot sho’basi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yuridik universiteti rahbariyatiga “Eco Youth Summit” loyihasining taklifnomlari taqdim etildi. Tabiat uchun birlashaylik🌱🫶🏻

Qonun tabiat tilida so‘zlashi uchun hamkorlikning yangi ufqlari Tabiatni muhofaza qilish faqat ezgu niyat bilan amalga oshmay
+5
Qonun tabiat tilida so‘zlashi uchun hamkorlikning yangi ufqlari Tabiatni muhofaza qilish faqat ezgu niyat bilan amalga oshmaydi. Unga mustahkam huquqiy poydevor kerak. Noyob hayvonlarni ovlashga moratoriy joriy etish, ekologik ekspertizani kuchaytirish, tabiatni ifloslantiruvchilarga nisbatan javobgarlikni oshirish – bularning barchasi puxta ishlangan huquqiy hujjatlarni talab qiladi. Bunda esa Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy salohiyati bizga katta yordam beradi. ❗️Ayni shu maqsadda Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, partiya Markaziy Kengashi huzurida “Ekologiya huquqi” amaliyot sho’basi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ☝️Ushbu hamkorlik doirasida: Birinchidan, partiyamiz tomonidan tayyorlanayotgan qonun loyihalari va tashabbuslar kafedra olimlarining ilmiy ekspertizasidan o‘tadi va har bir taklifimiz huquqiy jihatdan mukammal bo‘ladi. Ikkinchidan, bu yerda talabalar uchun amaliyot eshiklari yanada kengroq ochiladi. Yosh huquqshunoslar nazariy bilimlarini real qonunchilik jarayonida sinab ko‘radi va ekologik huquq sohasida tajriba orttiradi. Uchinchidan, birgalikda fuqarolarning ekologik-huquqiy savodxonligini oshiramiz. Chunki inson o‘z huquqini bilsagina, uni himoya qila oladi. To‘rtinchidan, ekologik huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar endi kutubxona javonlarida qolib ketmaydi, ular aniq siyosiy tashabbuslar va qonun loyihalari ko‘rinishida hayotga tatbiq etiladi. ✅ Ona tabiatimiz – Vatanimizning bebaho boyligi. Uni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish bizning muqaddas burchimizdir. Bugun ochilgan ushbu amaliyot sho’basi mana shu katta maqsad yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Bugun barcha hamkor vazirlik tashkilot idoralarda “ECO YOUTH SUMMIT”loyihasining taklifnomalari yuborildi! Barchani sammitda
Bugun barcha hamkor vazirlik tashkilot idoralarda “ECO YOUTH SUMMIT”loyihasining taklifnomalari yuborildi! Barchani sammitda kutib qolamiz🤩

🌿 "Yashil qo'llar" loyihasi faollari bilan ochiq muloqot o'tkazildi Bugun "Yashil qo'llar" loyihasi faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ekologik tashabbuslarni kengaytirish hamda yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi faolligini oshirish masalalariga bag'ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Muloqot davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, ko'ngillilar harakatini rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarning tashabbuskorligi, ekologik mas'uliyati va tabiatga befarq bo'lmagan munosabati yurtimizda barqaror ekologik kelajakni barpo etishning muhim omillaridan biridir. Birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali yanada ko'proq yashil tashabbuslarni hayotga tatbiq etish yo'lida hamkorligimiz izchil davom etadi. 🌱 Tabiat uchun birlashaylik!

🌍 ECO YOUTH SUMMIT 2026 | Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv Dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayot
+3
🌍 ECO YOUTH SUMMIT 2026 | Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv Dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvda ishtirok eting! 🎓 Sizni: • Xorijda ta'lim olish tajribasi • Xalqaro ta'lim va ilmiy faoliyat imkoniyatlari • Ochiq muloqot va savol-javoblar kutmoqda.
🎙 Spikerlar: 🇩🇪 Laziza Saydaliyeva — Bonn universiteti magistranti 🇬🇧 Azizbek Xudayberdiyev — York universiteti talabasi 🇨🇳 Roza Artikbayeva — Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay shahridagi PhD doktori
📅 8-iyul, 2026-yil (Chorshanba) 📍 ZIYO FORUM 🌿 Xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlarni ECO YOUTH SUMMIT 2026 bilan kashf eting!

🌍 ECO YOUTH SUMMIT 2026 | Xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv Dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayot
+4
🌍 ECO YOUTH SUMMIT 2026 | Xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv Dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvda ishtirok eting! Sizni: 🎓 Xorijda ta'lim olish tajribasi; 🌍 Xalqaro imkoniyatlar va ilmiy faoliyat; 🤝 Ochiq muloqot va savol-javoblar kutmoqda.
🎙 Spikerlar: 🇺🇸 Mohinur Murodova- Colorado State University talabasi 🇪🇺 Ma'ruf Mamanazarov- xalqaro PhD dasturi stipendianti 🇬🇧 Hilola Orziqulova - Buyuk Britaniya, Liverpool University talabasi 🇷🇺 Mohinur Komolova - Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti (SPBGUPTD) talabasi
📅 8-iyul 2026 📍 ZIYO FORUM, Yakkasaroy tumani Xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlarni ECO YOUTH SUMMIT 2026 bilan kashf eting! 🌿

🌍 ECO YOUTH SUMMIT Tabiat uchun birlashaylik☘
ECO YOUTH SUMMIT — O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ekologik sammit bo‘lib, ekologiya yo‘nalishida faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni bir maqsad yo‘lida jamlaydi. Sammit davomida ishtirokchilar ekologik islohotlar, davlat yoshlar siyosati, yashil iqtisodiyot, xalqaro tajribalar hamda innovatsion ekologik tashabbuslar yuzasidan ekspertlar bilan fikr almashadi. Shuningdek, dastur doirasida jamoaviy ishlash, networking, startup g‘oyalarni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
ECO YOUTH SUMMIT — bu g‘oyalar muhokama qilinadigan emas, balki tashabbuslar amaliyotga aylantiriladigan sammitdir. Ushbu summitda ishtirok etishni istasangiz kommentariyaga + belgisini qoldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz !

🚀 STARTAPER YOSHLAR | Eco Youth Summit 2026 Innovatsion fikrlar, ekologik yechimlar va muvaffaqiyat sari ilk qadamlar aynan
🚀 STARTAPER YOSHLAR | Eco Youth Summit 2026 Innovatsion fikrlar, ekologik yechimlar va muvaffaqiyat sari ilk qadamlar aynan shu maydonda! Eco Youth Summit 2026 doirasida ekologik startaplar asoschilari bilan uchrashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Sizni nimalar kutmoqda? 💡 Startap g‘oyasini yaratish va uni hayotga tatbiq etish tajribasi; 🌱 Ekologik muammolarga innovatsion yechimlar; 🎤 Muvaffaqiyat hikoyalari va ilhom beruvchi chiqishlar; 🤝 Ochiq muloqot, savol-javob va networking;
🚀 O‘z loyihangizni boshlash uchun yangi bilim va motivatsiya. Ehtimol, aynan shu uchrashuv sizning kelajakdagi startapingiz uchun ilk qadam bo‘lar! 🌍 Eco Youth Summit 2026 — g‘oyalar reallikka aylanadigan maydon.

🌍 Xalqaro ECO Youth Summit | spikerlari 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ECO Youth Summit doirasida xorijlik mutaxassisl
+3
🌍 Xalqaro ECO Youth Summit | spikerlari 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ECO Youth Summit doirasida xorijlik mutaxassislar bilan tanishing. 🎙 Timur Jumurbayev (Qozog‘iston) • Qozog‘iston xalqi Assambleyasi Kengashi a’zosi • “Assambleya Jastary” yoshlar tashkiloti raisi 🎙 Stalbek Bekbolotov (Qirg‘iziston) • Shanxay hamkorlik tashkilotining “Madaniy-integratsion markazi” davlat muassasasida bosh mutaxassis 🎙 Komronbek Avezov (Tojikiston) • “LCOY Tajikistan” tashkilotchisi • “First National Youth Statement on Climate Change of Tajikistan” muharriri Ularning xalqaro tajribasi va yoshlarga yo‘llaydigan ilhomlantiruvchi murojaatlari sammit ishtirokchilari uchun muhim motivatsiya va fikr almashish maydonini yaratadi. 📍 Xalqaro ECO Youth Summit — ekologiya, barqaror rivojlanish va yoshlar hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro platforma.

Bizda tayyorgarlik boshlandi🔝
Bizda tayyorgarlik boshlandi🔝

Har bir komponent - tashkiliy jarayonlarning muhim qismi! Jamoamiz hamda eko faol yoshlar ishtirokida tashkiliy masalalar bo’yicha birgalikda ish tashkil qilmoqdamiz. Eng kichik element ham alohida ahamiyatga ega! Shu sababli bugun yosh koordinatorlarga barcha rekvizitlarni o’rgatib, kreativ dizayn va yondashuv bilanjamoaviy ish tashkil qildik. Natijalarni albatta tez kunda keng auditoriyaga taqdim etamiz! ECO YOUTH SUMMIT-2026 #BACKSTAGE

🟢ECO YOUTH SUMMIT-2026 Bugun partiyamiz tomonidan tashkil etilayotgan yirik yoshlar ekologik sammiti doirasida ishchi guruh bilan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida sammitni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazifalar taqsimlandi, ish rejalari muhokama qilindi va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilandi. Oldinda katta maqsadlar va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali ekologik tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqish va mazmunli sammitni tashkil etishga ishonamiz. #EkologikSummit #EkologikPartiya #YashilKelajak #Ekologiya #TeamW

🇺🇿2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga hurmat, milliy gʻuru
🇺🇿2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga hurmat, milliy gʻurur va yurtimiz kelajagiga sadoqat ifodasidir.
Oʻzbekistonimizning mustaqilligi, suvereniteti va milliy qadriyatlarini ifoda etuvchi muqaddas ramzimiz qabul qilinganiga 34 yil boʻldi.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

📝 Loyihada ishtirok etish istagida bo'lsangiz, quyidagi LINK orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. 🔜 Ishtirokchilar faol bo’ling! 🔔 O’rinlar to’lib bormoqda🤩