uk
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Відкрити в Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
6 757
Підписники
+1 78224 години
+1 6637 днів
+3 46630 днів
Архів дописів

#BACKSTAGE 🇺🇿 35 yillik — faxr, e’tirof va quvonchli lahzalar!! 🇺🇿 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik Partiyasi jamoasida bayramona va unutilmas kunga tayyorgarlik jarayoni 🏅 Bugun o‘z mehnati, fidoyiligi va faol ishtiroki bilan jamoamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamkasblarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanadi. Samimiy tabriklar, quvonchli lahzalar va bir jamoa bo‘lib baham ko‘rilgan faxrli onlar... Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” munosabati bilan yurtimizda bayramona shukuh hukm surmoqda. Bu qut
🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” munosabati bilan yurtimizda bayramona shukuh hukm surmoqda. Bu qutlug‘ sana xalqimizning ozod va farovon hayot, tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini yana bir bor namoyon etmoqda. 🇺🇿Mustaqillik — bu xalqimizning bebaho qadriyati, milliy g‘ururi va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchidir. Bugun Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhi, ulkan islohotlar va yangi marralar sari dadil qadamlar har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. 35 yillik shonli yo‘l — yangi marralar, ulkan maqsadlar va yorqin kelajak sari mustahkam qadamdir! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning ertangi kunga ishonchi bardavom bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎖️“Kelajak bunyodkori” medali bilan Abdukarimov Abdurashid Dilshod o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisosla
+1
🎖️“Kelajak bunyodkori” medali bilan Abdukarimov Abdurashid Dilshod o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (avvalgi nomi) da 105-guruhda birga tahsil olganmiz. Bugun kursdoshim tibbiyot sohasida, Men esa ijtimoiy-gumanitar sohada faoliyat olib bormoqdaman. Yutuqlaringizdan faxrlanaman🔥 Davomli bo’lsin🥹

🇺🇿 Yuksak e’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqi
+5
🇺🇿 Yuksak e’tirof — sharaf va mas’uliyat timsoli! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhining davlat mukofotlari bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! 🎖️Ushbu yuksak e’tirof sohiblarini chin qalbdan qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 💐

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofa
+3
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosibining tashkiliy jarayonlarida ishtirok etish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan, Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etayotgan insonlarni ulug‘lashga bag‘ishlangan ushbu tarixiy tadbirning bir qismi bo‘lganimdan mamnunman. Bunday nufuzli tadbirning tashkiliy jarayonlarida ishtirok etish — katta mas’uliyat bilan birga, unutilmas taassurot va faxr tuyg‘usini ham beradi. 🇺🇿 Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt tinchligi yo‘lidagi xizmat — eng oliy sharaf! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning
Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!
– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat muk
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. — Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны. Facebook|Instagram|X

🗣️: Bugungi ish kunni qanday boshlab oldingiz? 👩🏻‍💼: Ajoyib guldasta, bir olam mehr bilan boshladim💐 E’tibor uchun tashakkur🥹

⭐️ JAMOA Har qanday katta maqsadga yolg‘iz erishish mumkin, ammo katta o‘zgarishlarni faqat kuchli jamoa yaratadi. Jamoaviy f
⭐️ JAMOA Har qanday katta maqsadga yolg‘iz erishish mumkin, ammo katta o‘zgarishlarni faqat kuchli jamoa yaratadi. Jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir a’zoning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘zaro ishonch va mas’uliyat muhitini shakllantirish muhim.
Buning uchun, avvalo: 🔹 Yagona maqsad — jamoaning har bir a’zosi qayerga va nima uchun ketayotganini aniq bilishi kerak. 🔹 Vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi — har kim o‘z salohiyati va imkoniyatiga mos yo‘nalishda faoliyat yuritganda natija samaraliroq bo‘ladi. 🔹 O‘zaro ishonch va hurmat — kuchli jamoaning eng mustahkam poydevori. 🔹 Ochiq muloqot — muammolarni yashirmasdan, fikrlarni tinglash va birgalikda yechim topish taraqqiyotga olib keladi. 🔹 Shaxsiy emas, umumiy manfaat — jamoa muvaffaqiyatini har qanday individual manfaatdan ustun qo‘yish muhim. 🔹 Mas’uliyat va tashabbuskorlik — har bir a’zo natijaga o‘zining daxldorligini his qilishi kerak. 🔹 Bir-birini qo‘llab-quvvatlash — jamoada raqobat emas, hamkorlik ustuvor bo‘lsa, imkoniyatlar yanada kengayadi. Unutmaylik: jamoaning haqiqiy kuchi a’zolar sonida emas, balki ularning bir maqsad yo‘lida qanchalik hamjihat harakat qila olishidadir.
✔️ “Yakka iste’dod natija yaratishi mumkin, ammo hamjihat jamoa tarix yaratadi.”

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar. — Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston
+9
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida ishtirok etdilar. — Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев приняли участие в церемонии открытия нового кампуса Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами в Новом Ташкенте. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #universitet Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✅Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✅Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.

🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
🟢“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan partiyamiz vakillarini muborakbod etamiz! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Jumladan, partiyamiz Markaziy Kengashi a’zosi, O‘zbekiston Milliy universiteti tuproqshunoslik kafedrasi professori Gafurova Lazizaxon Akramovna hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Utemuratova Sapargul Shamshetovna yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Ushbu e’tirof — yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalari, fidokorona mehnatlari va ko‘p yillik samarali faoliyatlarining yuksak e’tirofidir.
🤝O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Lazizaxon Akramovna va Sapargul Shamshetovnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! 🟢Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun juda katta imkoniyat: 8 yilgacha grant! Agar siz tabiiy yoki texnik fanlarda ishlayotgan ku
O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun juda katta imkoniyat: 8 yilgacha grant! Agar siz tabiiy yoki texnik fanlarda ishlayotgan kuchli yosh tadqiqotchi bo‘lsangiz, Royal Society University Research Fellowship 2027 tanloviga e’tibor bering. Bu oddiy qisqa stajirovka emas. Dastur doirasida: 💰 8 yilgacha moliyalashtirish beriladi; 💰 tadqiqotchining to‘liq ish haqi qoplanadi; 💰 ilmiy xarajatlar uchun 8 yilga 720 000 yevrogacha mablag‘ ajratilishi mumkin. Kimlar topshira oladi?istalgan davlat fuqarosi, jumladan O‘zbekistonliklar ham; — PhDdan keyin odatda 3 yildan 8 yilgacha ilmiy tajribaga ega tadqiqotchilar; — biologiya, biomeditsina, kimyo, muhandislik, matematika, fizika va boshqa tabiiy fanlar yo‘nalishidagi olimlar. Eng muhim shart. Bu grantni olish uchun Buyuk Britaniya yoki Irlandiyadagi universitet / ilmiy tashkilotdan host topish kerak. Ya’ni siz avval o‘zingizga mos professor yoki laboratoriya bilan kelishib olasiz, shundan keyin ariza topshirasiz. 📅 Ariza topshirish muddati: 9-sentabr 2026 Agar sizning portfelingiz kuchli bo‘lsa, bu hozirgi eng jiddiy va katta imkoniyatlardan biri. Ko‘pchilik fellowshiplar 1–2 yil yoki kichik stipendiya beradi. Bu esa sizga mustaqil ilmiy yo‘nalish qurish imkonini beradi. 🔗 Rasmiy sahifa: https://royalsociety.org/grants/university-research/ 🔗 Scheme notes (to‘liq shartlar): https://royalsociety.org/-/media/grants/university-research-fellowship/sfi-urf-scheme-notes-final.pdf

O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun juda katta imkoniyat: 8 yilgacha grant! Agar siz tabiiy yoki texnik fanlarda ishlayotgan kuchli yosh tadqiqotchi bo‘lsangiz, Royal Society University Research Fellowship 2027 tanloviga e’tibor bering. Bu oddiy qisqa stajirovka emas. Dastur doirasida: 💰 8 yilgacha moliyalashtirish beriladi; 💰 tadqiqotchining to‘liq ish haqi qoplanadi; 💰 ilmiy xarajatlar uchun 8 yilga 720 000 yevrogacha mablag‘ ajratilishi mumkin. Kimlar topshira oladi?istalgan davlat fuqarosi, jumladan O‘zbekistonliklar ham; — PhDdan keyin odatda 3 yildan 8 yilgacha ilmiy tajribaga ega tadqiqotchilar; — biologiya, biomeditsina, kimyo, muhandislik, matematika, fizika va boshqa tabiiy fanlar yo‘nalishidagi olimlar. Eng muhim shart. Bu grantni olish uchun Buyuk Britaniya yoki Irlandiyadagi universitet / ilmiy tashkilotdan host topish kerak. Ya’ni siz avval o‘zingizga mos professor yoki laboratoriya bilan kelishib olasiz, shundan keyin ariza topshirasiz. 📅 Ariza topshirish muddati: 9-sentabr 2026 Agar sizning portfelingiz kuchli bo‘lsa, bu hozirgi eng jiddiy va katta imkoniyatlardan biri. Ko‘pchilik fellowshiplar 1–2 yil yoki kichik stipendiya beradi. Bu esa sizga mustaqil ilmiy yo‘nalish qurish imkonini beradi. 🔗 Rasmiy sahifa: https://royalsociety.org/grants/university-research/ 🔗 Scheme notes (to‘liq shartlar): https://royalsociety.org/-/media/grants/university-research-fellowship/sfi-urf-scheme-notes-final.pdf

Yosh olimlar uchun £400 000 gacha ilmiy grant! Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabu
Yosh olimlar uchun £400 000 gacha ilmiy grant! Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabulni ochdi. Eng muhim jihati — O‘zbekiston grant olish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatida. Demak, tadqiqotni albatta Buyuk Britaniyada olib borish shart emas — loyiha O‘zbekistondagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida ham amalga oshirilishi mumkin. Grant imkoniyatlari: — tadqiqotchining to‘liq ish haqi; — loyiha xarajatlari uchun £400 000 gacha mablag‘; — odatda 5 yilgacha moliyalashtirish. Kimlar uchun? Asosan mustaqil ilmiy yo‘nalishini endi shakllantirayotgan yosh tadqiqotchilar uchun. PhDdan keyingi tadqiqot tajribasi odatda 3 yildan oshmagan bo‘lishi kerak. Yo‘nalishlar: Tibbiyot va biologiya bilan birga, inson salomatligi va farovonligiga bog‘liq: — psixologiya; — pedagogika; — iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar; — sun’iy intellekt; — matematika va boshqa yo‘nalishlar ham mos kelishi mumkin. Muhim shart. Ariza universitet, ilmiy institut yoki sog‘liqni saqlash tashkiloti orqali topshiriladi. Tashkilotdagi tajribali olim sponsor sifatida ishtirok etadi. 📅 Keyingi muddat: 10-noyabr 2026. 🔗 Rasmiy tanlov sahifasi: https://wellcome.org/research-funding/schemes/wellcome-early-career-awards 🔗 O‘zbekiston eligibility ro‘yxatida: https://wellcome.org/grant-funding/guidance/low-and-middle-income-countries 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

#Axborot24 | 22.08.2026 O'zbekiston ekologik partiyasi tomonidan respublika xotin-qizlar forumi o'tkazildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)