Hissiyotxonam
Відкрити в Telegram
"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
3 328
Підписники
+5524 години
+7557 днів
+75530 днів
Архів дописів
3 328
Ayt-chi, o‘zingni xarob qilayotganing kimga qiziq?
Nazim Hikmat aytganidek:
«Ba’zan yo‘lida charchaganlarimiz bunga arzimaydi...
...Xuddi shunday»
3 328
"Andisha va g'urur" romani bo'yicha shaxsiy xulosalarim
Andisha va g'urur romani XIX asr boshlaridagi Angliya aristokratik jamiyati, undagi soxta urf-odatlar hamda oilaviy tarbiya inson taqdiriga qanchalik chuqur ta'sir qilishini yaqqol ochib beradi. Asarda Bennetlar oilasi misolida ota-onaning mas'uliyatsizligi va noto'g'ri tarbiyasining salbiy oqibatlari aniq ko'rinadi. Onaning faqat qizlarini boy kishilarga uzatish xohishi, ularni yengil-yelpi hayotga o'rgatishi va bu yengiltaklikni rag'batlantirishi natijasida uchtasi ayniqsa Lidiya kabi qizlar shaddod va aqlsiz bo'lib voyaga yetadi. Otaning loqaydligi esa Lidiyaning Uikxem bilan qochib ketishiga sharoit yaratadi. Eng achinarlisi, qizlarini shunday erkin hayotga o'zlari yetaklab, natijada or-nomus toptalganida butun aybni qizning bo'yniga ag'darishadi. Shu bilan birga, o'g'il farzand bo'lmagani uchun mulkning uzoq qarindosh Kollinzga o'tib ketish qonuni ayollarni moddiy jihatdan chorasiz va himoyasiz qoldirganini ham ko'ramiz. Biroq, asardagi eng ta'sirli va to'lqinlantiruvchi taraf shundaki bir xil nosog'lom muhit va tarbiyasiz oilada ulg'aygan bo'lishiga qaramay, Elizabet va Jeyn bu yengiltaklikka berilmay, mutlaqo boshqacha, aql va farosatli bo'lib ajralib turishadi. Ular o'z hayotiga, tuyg'ulariga va kelajagiga juda katta mas'uliyat bilan qarashadi. Janob Darsi yuksak tabaqadan bo'lgani sababli, dastlab bu oilaning harakatlarini ko'rib noto'g'ri xulosa chiqargan va kibirli tuyulgan bo'lsa-da, Elizabetning tengsiz aql-zakovati, fikrlashi va ichki go'zalligi oldida taslim bo'ladi. Darsi o'z tuyg'ulari va sevgisi uchun kurashadi, hatto Ledi Ketrin kabi qudratli aristokrat qarindoshlarining qarshiligiga qaramay, Elizabetni tanlaydi. Janob Bingli ham xuddi shunday jamiyat qarashlaridan ustun turib, Jeynning samimiyligi va pokiza qalbi uchun uni sevib qoladi.
Bu holat sevgida va nikohda tabaqalanish, boylik yoki kelib chiqish emas, balki insonning shaxsiy qadri va ichki dunyosi birinchi o'rinda turishi kerakligini isbotlaydi. Har ikkala yigit qizlarni moddiy manfaati yoki oilaviy mavqeyi uchun emas, aynan barcha salbiy muhitdan ajralib turuvchi noyob fe'l-atvori va yetukligi uchun tanlaydilar.
Yakunlab aytganda, "Andisha va g'urur" inson qanday nosog'lom muhitda yashamasin, o'zligini yo'qotmasligi kerakligini, haqiqiy sevgi esa kibr, tabaqalanish va atrofdagilarning noto'g'ri fikrlarini yengib o'tishga qodir eng buyuk kuch ekanligini o'rgatuvchi asardir.
3 328
Finish 🏁
Keyin Ostin qalamiga "Andisha va gʻurur" gʻurur asari tugatdim bundan keyingi post shu haqida boʻladi
3 328
Menimcha, seni deb men hamma narsaga tayyor bo‘lsam kerak. Lekin bundan hech kimga oson bo‘lmaydi-da.
"Andisha va g'urur"
Jeyn Ostin
3 328
Barchasini sezasan, qalbing
bilan his qilasan, aqling bilan
bilasan. Lekin baribir
yanglishishga umid qilasan.
3 328
Yillar o’tib qayta ko’rilgan kino yoki qayta o’qilgan kitob butunlay boshqa hikoya…
3 328
Bu dunyoda hammani o’z haqiqati bor va meni haqiqatim sizni haqiqatingizga to’g’ri kelishi kerak degan qoida yo’q!
3 328
Xohlasa — yozadi.
Xohlasa — qo‘ng‘iroq qiladi.
Xohlasa — keladi.
Gap sharoitda emas, insonning xohishida.
3 328
Masofalar munosabatlarni barbod qilmaydi lekin kam gaplashish va kech javob berish...
3 328
vaqt kelib, odamlar seni yaxshi ko‘rishi yoki yomon ko‘rishi unchalik muhim emasligini tushunasan...
