uk
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Відкрити в Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
9 118
Підписники
-724 години
-837 днів
-3 15030 днів
Архів дописів
🖐 “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning mutlaq g‘oliblari aniqlandi! Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida “Besh tashab
+9
🖐 “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning mutlaq g‘oliblari aniqlandi! Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” respublika final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi mavsumda mamlakatimiz bo‘ylab 105 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan yosh ishtirok etdi. Katta shijoat va iroda maydoniga aylangan respublika bosqichida esa 364 nafar eng kuchli sportchilar bellashdi. 🏆Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Toshkent viloyati, 2-o‘rin Samarqand viloyati va 3-o‘rin Xorazm viloyati jamoasiga nasib qildi. G‘olib va sovrindor bo‘lgan 78 nafar sportchimizga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Eng quvonchlisi, chempionlarimiz istiqomat qiladigan mahallalarda endi zamonaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi! Iroda va matonat timsoli bo‘lgan barcha yosh sportchilarimizni chin dildan muborakbod etamiz! Batafsil: yoshlar.gov.uz 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Narkojinoyat: afsus bilan yakunlangan yo‘l IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Uchinchi mintaqaviy hudud 37-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan, shaxsi sir saqlanayotgan mahkuma o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi. U Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan, ya’ni giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan. Ushbu modda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Mahkumaning aytishicha, noto‘g‘ri tanlov va yengil daromad ilinjida qilingan birgina xato uning hayotini butunlay o‘zgartirgan. Bugun esa u o‘tgan kunlarini chuqur pushaymon bilan eslaydi va ayniqsa yoshlarni bu kabi illatlardan yiroq bo‘lishga chaqiradi.
“Hech qachon oson daromad ortidan quvmang. Bir lahzalik xato butun umringizga ta’sir qilishi mumkin. Men bosib o‘tgan yo‘lni hech kim takrorlamasligini istayman.”
Har bir qaror kelajakni belgilaydi. Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar nafaqat inson taqdirini, balki uning oilasi va yaqinlari hayotini ham izdan chiqaradi. Yoshlarni hushyorlikka, qonunlarga hurmat bilan qarashga va sog‘lom turmush tarzini tanlashga chorlaymiz.

🇺🇿🤝🇹🇷 Yoshlar uchrashuvi — kelajak sari ishonchli qadam Samarqand va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi samimiy uchrashuv ikki xalqni yanada yaqinlashtirgan, yangi g‘oyalar va mustahkam do‘stlik rishtalariga zamin yaratgan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Muloqot, tajriba almashish va o‘zaro hurmatga asoslangan ushbu uchrashuv yoshlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Birgalikdagi ezgu maqsadlar, umumiy qadriyatlar va kelajakka bo‘lgan ishonch bizni yanada birlashtiradi. Xabaringiz bor, 9-14 -iyul kunlari Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi o’zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada bo’lib qaytishdi. 🌍 Do‘stlik mustahkam, hamkorlik bardavom bo‘lsin! #Yoshlar #Doʻstlik Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📚“Yosh kitobxon” tarixidagi mutlaq rekordchilar: Top-10 ishtirokchi! 2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon”
📚“Yosh kitobxon” tarixidagi mutlaq rekordchilar: Top-10 ishtirokchi! 2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi millionlab yigit-qizlarni ezgu maqsad va kitob atrofida birlashtira oldi. Ortdagi yillar davomida turli hududlardan qatnashib, barchani lol qoldirgan va eng yuqori natijalarni qayd etgan mutolaa yulduzlari kimlar? E’tiboringizga tanlov tarixidagi eng kuchli 10 nafar ishtirokchini taqdim etamiz. Sizningcha, bu yilgi mavsumda ushbu rekordlar yangilanadimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

🇺🇿🇹🇷Samarqand yoshlari Turkiyada Samarqand viloyati yoshlaridan iborat delegatsiya Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “T
+3
🇺🇿🇹🇷Samarqand yoshlari Turkiyada Samarqand viloyati yoshlaridan iborat delegatsiya Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Turkiya–O‘zbekiston” xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Manavgat tumani hokimi Adil Karatash bilan uchrashib, yoshlar siyosati hamda Turkiyaning istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, vakillarimiz “Alanya Alaaddin Keykubat universiteti” (ALKU) rektori Kenan Ahmet Turkdog‘an bilan oliy ta’limdagi hamkorlik va akademik almashinuv bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Shu bilan birga, ular “Alaniya yoshlar markazi”da yigit-qizlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur uchrashuvlar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🌱Yosh tadbirkorning muvaffaqiyat sari ilk qadami Bugun yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, daromad manbaini yaratish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shish yo‘lida faol harakat qilmoqda. Bunday tashabbuslar yoshlarning mehnatsevarligi va kelajakka ishonchini yaqqol namoyon etadi. Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida yashovchi Nodirjon Eshqulov ham ana shunday tashabbuskor yoshlardan biri. U Prezidentimiz tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan 62-sonli qarori asosida 100 million imtiyozli kredit mablag‘idan foydalanib, o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ajratilgan mablag‘ hisobidan u o‘zining barqaror daromad manbaini yaratish yo‘lida ilk qadamini tashladi va bugun biznesini rivojlantirish ustida tinmay mehnat qilmoqda. #yoshlartadbirkorligi @sherzod_rahmonov

🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy dar
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀 Ammo keling, dastlab sizni 1-mavsumdagi ajoyib natijalarimiz bilan tanishtiraylik: 📊 1453 ta arizadan 31 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi 🧠 435 ta eksklyuziv sessiyalar o'tkazildi 💰 Demo Day'da jami $975,000 investitsiya jamlandi 🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda? 💡 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish 💻 Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis 🤝 Startapingizni qurishingizda yonma-yon turib, individual yordam berish 💵 $1000 stipendiya 💸 Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish! ⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 20-iyul! ⚠️ Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring: Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Alaniya Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi Turkiya Respublikasida bo
+9
🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Alaniya Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Alaniya Yoshlar markazida bo’lishdi. Delegatsiya a’zolari markaz faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda ta’lim, sport, madaniyat, san’at, volontyorlik va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan dasturlash, xorijiy tillar, tasviriy san’at, musiqa, shaxmat, gastronomiya, drama, kamondan otish kabi to‘garaklar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan o‘quv kurslari va innovatsion maydonlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida ikki tomon yoshlar bilan ishlashning samarali tajribalari yuzasidan fikr almashib, kelgusida xalqaro tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalar va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Ma’lumot uchun, Alaniya Yoshlar markazi Turkiya Yoshlar va sport vazirligi tizimidagi yirik markazlardan biri bo‘lib, 27 mingdan ortiq a’zoga ega. Markaz yil davomida 50 mingga yaqin tadbir tashkil etib, qariyb 700 ming nafar yoshni turli loyiha va dasturlarga qamrab oladi.

🎓 Samarqand yoshlar delegatsiyasi ALKÜda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi Turkiyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati
+6
🎓 Samarqand yoshlar delegatsiyasi ALKÜda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi Turkiyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati yoshlar delegatsiyasi “Alanya Alaaddin Keykubat Universiteti” (ALKÜ) da bo‘ldi. Universitet rektori Kenan Ahmet Türkdoğan bilan delegatsiya a’zolari o‘rtasida samimiy ruhda uchrashuv tashkil etilib, oliy ta’lim tizimi, yoshlar siyosati, ilmiy hamkorlik, xalqaro tajriba almashinuvi hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, Samarqand va Alanya o‘rtasida ta’lim hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, akademik va madaniy almashinuvlarni kengaytirish, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. @sherzod_rahmonov

❤️❤️❤️ 🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Turkiyada Ayni paytda Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Tur
+4
❤️❤️❤️ 🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Turkiyada Ayni paytda Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiya–O‘zbekiston xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etmoqda. Dastur doirasida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i, delegatsiya rahbari Sherzod Rahmonov va delegatsiya a’zolari Manavgat tumani hokimi Adil Karataş bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinyapti. Har ikki davlat yoshlari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy va ta’lim yo‘nalishidagi almashinuv dasturlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashilmoqda Shuningdek, yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro takliflar bildirilyapti. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir. Jaloliddin Rumiy. @sherzod_rahmonov
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir. Jaloliddin Rumiy. @sherzod_rahmonov

Viloyatimizning faol bloger va jurnalistlari bilan samimiy muloqot qildik Uchrashuvda giyohvandlik, kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi ijtimoiy ahamiyatga ega kontentlar yaratish, yoshlarning muvaffaqiyat hikoyalari, startap, IT, kasb-hunar, kitobxonlik va tadbirkorlikni keng targ‘ib etishda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, media treninglar, press-turlar, tajriba almashish maydonlari va Media klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdik. Tadbir yakunida “Yosh mobilograflar” maktabi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Ishonamanki, bunday hamkorlik yoshlar uchun foydali va ta’sirchan media makonini shakllantirishga xizmat qiladi. Biz doimo OAV vakillari va blogerlar uchun ochiqmiz. Yaxshi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, yoshlar manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga hamisha tayyormiz! @sherzod_rahmonov

Viloyatimizning faol yosh bloger va jurnalistlari bilan samimiy muloqot qildik Uchrashuvda giyohvandlik, kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi ijtimoiy ahamiyatga ega kontentlar yaratish, yoshlarning muvaffaqiyat hikoyalari, startap, IT, kasb-hunar, kitobxonlik va tadbirkorlikni keng targ‘ib etishda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, media treninglar, press-turlar, tajriba almashish maydonlari va Media klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdik. Tadbir yakunida “Yosh mobilograflar” maktabi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Ishonamanki, bunday hamkorlik yoshlar uchun foydali va ta’sirchan media makonini shakllantirishga xizmat qiladi. Biz doimo OAV vakillari va blogerlar bilan hamkorlik qilishga, yaxshi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, yoshlar manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga hamisha tayyormiz!

Har kuni ishga vaqtli borishga odatlanganman. Bugun esa, ish kunim boshqacha boshlandi. Ishxonaga kirib borganimda boshqarma
Har kuni ishga vaqtli borishga odatlanganman. Bugun esa, ish kunim boshqacha boshlandi. Ishxonaga kirib borganimda boshqarma binosiga mendan ancha oldin kelib, meni kutib turgan, istarasi issiq tanish chehrani ko‘rdim! Pastdarg‘omda ishlagan vaqtimda keksalik fayzi bilan doim el ardog'ida bo‘lgan Azamat hoji ota meni izlab, pastdarg‘omliklar nomidan salom olib kelibdilar. — Sizni duo qilish uchun keldim, bolam! Pastdarg‘omliklardan salom olib keldim. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz, qayerda bo‘lsangiz ham omon bo‘ling. Ishlaringizga rivoj bersin, — dedilar hoji ota. Otaxon bilan dildan suhbatlashdik, yaxshi xotiralarni birga eslashdik. Rosti, samimiy xalqimizning hurmatidagi insonlar kamtarona mehnatlaringni qadrlab alqasa, xursand bo‘larkansan kishi. Ularning duosi esa xalqimiz xizmati yo‘lida bor kuch-g‘ayrating bilan yanada yaxshi ishlashga undaydi. Avval ishlagan joylarimda men uchun qadrli bo‘lgan, doim yo‘qlab keladigan insonlar ko‘p, albatta, lekin Azamat hoji otaning sofdilligi va samimiyligini boshqacha qadrlayman. Ha, aytgancha, otaxon yoshlar masalasiga ham befarq emasligini aytib, o‘z takliflarini bildirdi. Kelgusida hamkorlikda nuroniylar bilan ishlashga ham kelishib oldik! Bugun xalqning duosi va e’tibori har qanday mukofotdan ulug‘ ekanini yana bir bor his qildim.

⚖️ Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi Kattaqo‘rg‘on tumanida
+4
⚖️ Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda sport va to‘garaklarga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat DXX mas’ul xodimi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov hamda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi J.Nasriddinov ishtirok etdi. Muhokamalar davomida mas’ullarga har bir yosh bilan manzilli ishlash, mahallalarda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. @sherzod_rahmonov

Yigirma yoki saksonda bo‘lmasin, o‘rganishdan to‘xtadimi, odam keksayishni boshlaydi. O‘rganishdan to‘xtamagan odam yoshlikni
Yigirma yoki saksonda bo‘lmasin, o‘rganishdan to‘xtadimi, odam keksayishni boshlaydi. O‘rganishdan to‘xtamagan odam yoshlikni qo‘ldan chiqarmaydi. Hayotda eng muhimi o‘zingni yosh deb bilish.
Henri Ford

💙💙💙 “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov v
💙💙💙 “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish xizmati joriy etildi. 🏆 Mazkur imkoniyatdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14–30 yoshdagi (31 yoshga to‘lmagan) a’zolari foydalanishi mumkin. 💰 Yordam miqdori: 🔹 Mahalliy bosqichlarda ishtirok etish bilan bog‘liq yashash va transport xarajatlari uchun — BHMning 4 baravarigacha; 🔹 Xalqaro bosqichlarda ishtirok etish bilan bog‘liq yashash va transport xarajatlari uchun — BHMning 40 baravarigacha. Muhim eslatma Subsidiya ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi. Ijtimoiy karta mavjud bo'lmaganda ochtirishi talab etiladi. 📌 Arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin.

Hududlarga safarimizni viloyatning olis tumanlaridan biri — Qo‘shrabot tumanidan boshladik Tumandagi Jo’sh hududining Chimmos mahallasida tashkil etilgan IT shaharchasida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladik. Chekka hududlarda yashayotgan yigit-qizlarimizning zamonaviy bilim va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi, izlanishi va intilishi quvonarli. Shuningdek, tuman yoshlar yetakchilari bilan ham ko’rishib, kelgusidagi vazifalar xususida gaplashib oldik. Safar yakuni bilan Samarqandda o’tgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da o’zining ilg’or startap loyihasi bilan chiqqan Istatpo’latov Muhammadshukurning taqdimoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, 8 million ko’rishlarga erishdi va qo’llab-quvvatlandi. Shu maqsadda yosh ixtirochimizga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning sovg’asini topshirdik. 💬 Keyingi safarimiz qaysi tuman yoki shaharga bo‘lishini istaysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring! @sherzod_rahmonov

🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan
🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi. 🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirildi. Endi har bir yosh: 💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin: 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar Boshqarma tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Qo‘shrabotda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabat
+6
Qo‘shrabotda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat hamda sport sohalarini rivojlantirishga oid qator tashabbus va takliflar o‘rtaga tashlandi. Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim vazifalar belgilab olindi. @sherzod_rahmonov