Geekxona
Відкрити в Telegram
Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
606
Підписники
-224 години
-37 днів
+730 днів
Архів дописів
606
G‘alati. Kechagina 700 dan oshiq obunachi bor edi - bugun 511 ta. Kimdir kuf-suf qildimi, bir kun ichida 200 obunachi yo‘q bo‘lib qoldi.
606
Istalgan katta masshtabli madaniy hodisa u MCU bo'ladimi, DC koinotimi, video o'yinlar yoki adabiyot insonga va uning psixologiyasiga xuddi shunday chuqur ta'sir ko'rsata oladi. Chunki gap konkret bitta janrda emas, balki koinotning ko'lami, uning ichidagi falsafa va inson o'sha dunyodan o'zi uchun qanchalik kuchli ruhiy suyanchiq topa olishida. Odam o'ziga yaqin deb bilgan va miqyosi keng bo'lgan har qanday muhitga sho'ng'ishi mantiqiy.
Shuning uchun buni qandaydir anime kasalligi deb baholamasdan, shunchaki yirik ommaviy madaniyatning inson psixologiyasidagi tabiiy aks-sadosi deb qarash kerak.
Biroq bu yerda nozik bir chegara bor. Agar bunday qiziqish insonning dunyoqarashini boyitadigan, unga intellektual va estetik zavq beradigan sevimli mashg‘ulot bo‘lsa, u shaxsiy rivojlanishga xizmat qilishi mumkin. Ammo bu qiziqish real hayot bilan aloqani uzish, kundalik mas’uliyatlardan qochish yoki haqiqiy dunyoni inkor etish vositasiga aylansa, masala boshqa tus oladi. Bunday holatda gap shunchaki hobbi haqida emas, balki insonning real hayotdagi ehtiyojlarini xayoliy olam orqali kompensatsiya qilishga urinishi haqida ketadi.
606
Bu va' da butunlay yoddan ko'tarilibdi. Keyingi syomkamiz shanba-yakshanba kuniga rejalashtirilgan. G'olibni podkast davomida e'lon qilib ketamiz. Shartlari o'sha-o'sha - qahramonlarni aniq sanab o'tish kerak.
606
Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur. Har doim yaxshiroq bo‘lishga va podkastni rivojlantirishga intilyapmiz.
Mehmon chaqirish borasidagi fikrlaringizni ham inobatga olamiz. Umuman olganda, noneym kanalning o‘sishida mehmonlarning o‘rni juda katta. Lekin hozircha bizda resurs va masofa bilan bog‘liq muammolar bor. Podkast Jizzaxda bo‘layotgani sababli taklif qilgan ko‘plab mehmonlarimiz rad javobini berishyapti. Bu, aslida, juda normal holat.
Maqsadimiz odamlar shu podkastga chiqishni o‘zlari niyat qiladigan darajaga yetib borish. Shundagina deyarli istalgan mehmonni podkastga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Hozircha bu darajadan kilometrlab uzoqdamiz. Muhimi, yo‘lda davom etish.
Isiriqlab, duo qilishdan to‘xtamang😁
Rahmat )
606
Ko‘rsatkichlar yomon emas, kutganimdan a’lo. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur.
P.s: keyingi videoga qadar 600 obunachiga chiqib olsak - ichimdagi maraz odamcha ancha taskin topardi😁
606
#anons
Uchinchi sonimizning mavzusi Anime olami. Mehmonimiz - Lestat
Anime bolalar uchun multfilmmi ? Agar siz hali ham shunday deb o‘ylasangiz, keyingi sonimiz aynan siz uchun. Eng qizig‘i, anime bitta janr yoki bitta auditoriyaga mo‘ljallangan olam emas. Bu yerda bolalar uchun sodda va quvnoq dunyolardan tortib, o‘smirlik davrining murakkab kechinmalarini aks ettiradigan asarlargacha, kattalar uchun esa og‘ir, falsafiy va psixologik mavzularni ko‘taradigan ummon-ummon hikoyalar bor.
Xullas keyingi sonimizda internetda yillardan beri davom etayotgan anime yosh bolalar uchun degan stereotip va bahslarga nuqta qo‘ymoqchimiz.
Youtube sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.
@geekxona
