UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Відкрити в Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Показати більше822
Підписники
-4824 години
-707 днів
-39230 днів
Архів дописів
Repost from UZAGROINSPEKSIYA XABARLARI
+7
#APROBATSİYA
#FARGONA
BESHARIQDA APROBATSIYA BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
📍 Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida “O‘zagroinspeksiya” hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi tashabbusi bilan g‘alla urug‘liklarini aprobatsiyadan sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda aprobatorlar, urug‘chilik fermer xo‘jaliklari va sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi.
✅Seminar davomida urug‘lik maydonlarida nav tozaligini saqlash, kasallik va begona o‘tlar tarqalishining oldini olish hamda aprobatsiya ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi boshqarma boshlig‘i U. Hasanov aprobatsiya ishlarida shaffoflik va mas’uliyat muhimligini ta’kidladi.⌨️ Seminar doirasida “E-urug‘” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, viloyatdagi barcha tuman komissiyalari planshetlar bilan ta'minlandi. 💖Hozirda Beshariq tumanida 208 ta urug‘chilik fermer xo‘jaligi tomonidan parvarishlanayotgan 7 ming 518 gektar maydondagi 1142 ta konturda aprobatsiya ishlari olib borilmoqda. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona davlat boshqaruvi joriy etiladi"Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–84-son, 12.05.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Farmonga ko‘ra, quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi: 🔹 sohaga mas’ul idoralarning bir-birini takrorlovchi funksiyalarini maqbullashtirish orqali yagona davlat boshqaruvini tashkil etish; 🔹“daladan dasturxongacha” tamoyili asosida xavf tahliliga asoslangan nazorat tizimini joriy etish; 🔹amaldagi sanitariya qoidalarini Alimentarius kodeksi standartlari, Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (WOAH), O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya (IPPC) talablariga muvofiqlashtirish. 🏢 Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi: ▪️O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi; ▪️ Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi. 📄 2027-yil 1-yanvardan xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan (turlari kengaytiriladigan) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash sohasidagi funksiyalar ro‘yxati tasdiqlandi. ✅ Shuningdek, Qo‘mita huzurida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti tashkil etiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
⚡️ Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.❗ E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv. Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir. 📌 Bugun yoshlar uchun: 👀 207 ta oliy ta’lim muassasasi, 👀 startaplar uchun 100 million dollar, 👀 IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar, 👀 tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor. ✅ Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.
🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+1
✅ PAXTA CHIGITINI NOQONUNIY QAYTA ISHLASH VA SOXTA HUJJATLARDAN FOYDALANISH HOLATI FOSH ETILDI
▶️ Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo va Toshkent viloyati boshqarmalari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Ko‘kdala tuman bo‘limi xodimlari hamkorlikda 2026-yil may oyida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Z.K.S.” MChJ rahbari I.Z. sanitariya-epidemiologik xulosasini soxtalashtirish orqali soxta hujjatlardan foydalangan holda tovar-xomashyo birjasi savdolarida ishtirok etib, 2025-yil davomida jami📎BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+7
#Aprobatsiya
#Andijon_viloyati
APROBATSIYA JARAYONLARIDA YANGI BOSQICH — RAQAMLI YONDASHUV
✅ Andijon viloyatida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan g‘alla urug‘liklarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini sifatli tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
💬 Seminarda Markaz boshqarma boshlig‘i U. Hasanov ishtirok etib, aprobatsiya jarayonlarini sifatli tashkil etish yuqori hosildorlik va sifatli urug‘lik fondini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.🌾 Viloyatda 243 ta urug‘chilik fermer xo‘jaligi tomonidan parvarishlanayotgan 6 ming 788 gektar maydonda g‘alla urug‘liklarini aprobatsiyadan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 📱 Seminarda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan Andijon viloyati filialining 13 nafar xodimlariga planshetlar topshirildi. 💻 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan planshetlardan foydalanish hamda aprobatsiya natijalarini “E-urug‘” elektron tizimiga kiritish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 🌱 Seminarda ishtirokchilar dala sharoitida nav tozaligi va o‘simlik holatini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ BUXORO VILOYATIDA 5 MING GEKTARDAN ORTIQ MAYDONLARDA URUG‘LIK G‘ALLA PARVARISH QILINMOQDA.
▶️ Buxoro viloyati Vobkent tumani “Qipchoq” hududidagi “Eshmurodov Bekmurod” fermer xo‘jaligi dalasida Viloyat qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, urug‘lik don qabul qilish shoxobchalari hamda urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2026-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-amaliy seminar ishtirokchilari dastlab Vobkent tumani “Qipchoq” hududidagi “Eshmurodov Bekmurod” fermer xo‘jaligi dalasida 2026-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlar ko‘zdan kechirildi.
Viloyat tumanlarida 151 ta urug‘chilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 5014 gektar maydonlarida urug‘lik g‘alla parvarish qilinmoqda.
👉 BATAFSIL
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+9
#Aprobatsiya
#Toshkent_viloyati
G‘ALLA APROBATSIYASIDA RAQAMLI NAZORAT TIZIMI JORIY ETILMOQDA
🗣Bugun Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi “MADONIZ DIAMOND URUGʻCHILIK” xususiy korxonasida g‘alla urug‘liklarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini zamonaviy raqamli tizimlar asosida tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbir “O‘zagroinspeksiya” hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilib, unda aprobatorlar, urug‘chilik xo‘jaliklari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
🌱 Seminarda aprobatsiya jarayonlarini aniq, tezkor va shaffof yuritish, dala sharoitida nav tozaligi va o‘simlik holatini baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🟦Jarayonlar davomida aprobatsiya ma’lumotlarini planshet orqali
“E urug‘” tizimiga real vaqt rejimida kiritish amaliyoti namoyish etildi. Bu inson omilini kamaytirish va ma’lumotlar aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
💬 “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi direktori J. Karimov yangi raqamli mexanizm arizalarni qabul qilishdan tortib yakuniy navdorlik guvohnomasini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona elektron tizimda boshqarish imkonini berishini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur yondashuv aprobatsiya jarayonlarida shaffoflikni ta’minlab, inson omilini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.✅Seminar yakunda ishtirokchilar mazkur yondashuv urug‘lik sifatini nazorat qilishda muhim bosqich ekanini ta’kidladilar. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+5
✅ XORAZM: G‘ALLA APROBATSIYASIDA YANGICHA YONDASHUV
▶️ G‘alla aprobatsiyasini o‘tkazishda ushbu yangicha yondashuv orqali inson omilini kamaytirish, ochiq va shaffof tarzda aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli navdor urug‘liklar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Tadbir yakunida viloyatning 10 tumanida 2 ming 119 gektar maydonda urug‘lik yetishtiruvchi sub’ektlarni aprobatsiyadan o‘tkazishda foydalanish uchun Markazning 8 nafar xodimiga planshetlar topshirildi.👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Hududlardan_yangiliklar
#OAV_biz
#TV_video
📺 Sirdaryoda g'alla mavsumiga tayyorgarlik agroinspeksiya nazoratida
📍 Sirdaryo viloyatida 2026-yil g‘alla hosilini qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilib, doimiy ravishda o’rganish ishlari o’tazilib kelinmoqda. Tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq, jami 14 ta don qabul qilish maskani faoliyat yuritadi.
🌾 Ushbu maskanlar orqali 2026-yil hosilidan jami 212 317 tonna don qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan: 106 275 tonnasi – davlat resursi, 89 042 tonnasi – vaqtincha saqlash, 17 000 tonnasi – urug‘lik don uchun ajratilgan.🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+7
#jarayon
#fotonigoh
✅ Jizzax shahri, Jizzax politexnka institutida g‘alla o‘rish kombaynlari operatorlarining malakasini oshirishga bag‘ishlangan o'quv -amaliy seminari tashkil etildi
O'quv mashg'uloti Jizzax politexnka instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, "O`zagroinspeksiya"ning Jizzax viloyati boshqarmasi hamda "O`zagrolizing" Jizzax viloyati filiali hamkorligida tashkil etildi. Unda soha olimlari, mutaxassislar hamda “O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdi.🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
“Vazirlik va agentliklar, qoʻmita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi masʼuliyatini yanada oshirish endi doimiy eʼtiborimizda boʻladi” Shavkat MirziyoyevPrezident bundan buyon “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanishini ta‘kidladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+9
#Aprobatsiya
#Sirdaryo
SIRDARYO VILOYATIDA G‘ALLA APROBATSIYASI OLDIDAN MUHIM O‘QUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
✅ Sirdaryo tumanida «O‘zagroinspeksiya» huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamkorligida g‘alla aprobatsiyasi oldidan muhim o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🔺 Seminar urug‘lik g‘allani aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini belgilangan talablar asosida samarali tashkil etish, aprobatorlar va soha mutaxassislarining amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, kelgusi hosil uchun sifatli urug‘lik fondini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
🌾 Tadbirda hududlardagi aprobatorlar, urug‘chilik subyektlari va sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi. Jarayon davomida urug‘lik maydonlarida aprobatsiya ko‘riklarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, nav tozaligini ta’minlash hamda kasallik va begona o‘tlar bilan zararlanish holatlarini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
💬 “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi direktori J. Karimov aprobatorlar faoliyatida mas’uliyat, xolislik va aniqlik muhimligini ta’kidladi. Ma’lumotlarni “E-urug‘” tizimiga o‘z vaqtida kiritish zarurligini qayd etib, bu tizim jarayonlarning shaffofligi va ishonchliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini bildirdi.📱 Shuningdek, Aprobatsiya komissiyasi a’zolarining ish samaradorligini oshirish hamda raqamli platformadan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida ularga planshetlar topshirildi. Ushbu vositalar “E-urug‘” tizimiga ma’lumotlarni tezkor va aniq kiritish imkonini berib, jarayonlar shaffofligini yanada oshiradi. 📌 Seminar yakunida urug‘lik sifatini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish hamda fermer xo‘jaliklarini sara urug‘lik bilan ta’minlashda aprobatsiya ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
“Boshqaruv idoralari odamlar muammosini, ularni qiynayotgan o‘tkir masalalarni o‘z vaqtida va adolatli hal etsa, aholining davlatga nisbatan ishonchi keskin ortadi” — Shavkat MirziyoyevPrezident “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida nutq so‘zlamoqda. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#20_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
✅ 2026 YIL G‘ALLA HOSILINI QABUL QILISHGA TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
▶️ 2026 yil g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan qabul qilish maqsadida respublika bo‘yicha don korxonalari va qabul maskanlarining moddiy-texnika bazasi tayyorgarligi o‘rganildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari tomonidan berilgan takliflariga asosan 195 ta don korxonalari va va ularga qarashli don qabul qilish maskanlarni mavsumga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi.👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
