UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Відкрити в Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Показати більше812
Підписники
-2524 години
-797 днів
-39030 днів
Архів дописів
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘i rivojlantiriladi“Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–298-son, 19.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔎 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-fevralgacha salohiyatli kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida raqamli platforma ishlab chiqiladi. ✅ Kichik va mikro GESlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda atrof-muhitga oid va ijtimoiy talablar majburiy tartibda inobatga olinishi belgilandi. 🔘 Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan kichik va mikro GESlarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash maqsadida Energetika vazirligi buyurtmasi asosida “E-auksion” elektron savdo maydonchasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish yuzasidan o‘tkaziladigan elektron auksionda boshlang‘ich narx bilan birgalikda eng quyi narxni ham belgilash tartibi joriy etiladi. 📖 Bunda narxlar II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan quyidagicha o‘rnatiladi: 🔹 quvvati 500 kVtgacha bo‘lgan mikro GESlarga – boshlang‘ich narxi 150 foiz, eng quyi narxi 50 foiz miqdorida; 🔹 quvvati 500 kVtdan 2 MVtgacha bo‘lgan kichik GESlarga – boshlang‘ich narxi 120 foiz, eng quyi narxi 40 foiz miqdorida; 🔹 quvvati 2 MVtdan 5 MVtgacha bo‘lgan kichik GESlarga – boshlang‘ich narxi 100 foiz, eng quyi narxi 30 foiz miqdorida. 📚 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab kichik quvvatli yashil energiya yo‘nalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim tizimi asosida joriy etiladi.
⭕️⭕️⭕️
#mustaqillik_viktorinasi
❗️ “Sovrinli viktorina” o‘tkaziladi☑️ Bu galgi viktorina xodimlarning davlatimiz mustaqilligiga oid ma'lumotlarni o'rganishga doir qiziqishlarini rag'batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. ⏳ Test savollari BUGUN "Google forms" shaklida 14:30 da beriladi hamda ishtirokchilardan 15:00 ga qadar javoblarini yuborish so‘raladi. 📤 Ishtirokchilar test savollariga javob berish uchun elektron pochtaga ega bo‘lishlari zarur. ✏️ Belgilangan muddatda test savollariga eng ko‘p to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi. Agar ishtirokchilarning natijalari teng kelsa, ularning javoblarni yuborish tezligi inobatga olinadi. 🎁G‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+5
✅ NAMANGAN: 27 TA PAXTA QABUL QILISH MASKANI MAVSUMGA TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA
▶️ Namangan tumanidagi “Toshbuloq Teks” klasteriga qarashli “G‘alaba” paxta qabul qilish maskanida 2026 yil paxta hosilini qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda jarayonlarda shaffoflikni taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan viloyat seminari o‘tkazildi.
📌Tadbirda O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i No‘monjon Karimov, sohadagi mutasaddi tashkilotlar va masʼul xodimlar ishtirok etdilar.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bogʻini barpo etish ishlarini boshlab berdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев дали старт работам по созданию парка «Азербайджан» в Новом Ташкенте.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #bog
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅ DEFOLIATSIYA TADBIRLARINI O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI O‘TKAZILISHI YUZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
▶️ Joriy yilda respublika hududlarida 889,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Ayni paytda g‘o‘za maydonlarida yakuniy agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, xususan, defoliatsiya tadbirlarini maqbul muddatlarda o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikada parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining bugungi kunda 25,9 ming gektari (3%) 6-7 ko‘sak, 562,1 ming gektari (63%) 8-10 ko‘sak va 301,5 ming gektari (34%) 11-14 ko‘sak fazasida rivojlanmoqda.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — UMUMIY MAS’ULIYAT
📌 2026-yil 20-avgust kuni O"zagroinspeksiya huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Farg‘ona viloyati filialida “Adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ichki nazoratni kuchaytirish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir xodim xizmat faoliyatida qonuniylik, halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.
⚖️ Korrupsiyaga murosasiz munosabat — adolatli va qonuniy jamiyatning muhim kafolatidir!
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+2
✅ AMUDARYO TUMANIDA PAXTA YIG‘IM-TERIMIGA TAYYORGARLIK YAKUNIY BOSQICHDA
▶️ Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida eng muhim va mas’uliyatli palla – kuzgi yig‘im-terim mavsumi yaqinlashmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida ham joriy yilgi paxta hosilini nest-nobud qilmasdan, uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish maqsadida qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#32_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+5
XORAZM: 700 GEKTAR MAYDONLAR URUG‘LIK CHIGIT YETISHTIRISH UCHUN NOLOYIQ DEB TOPILGAN
Xorazm viloyatida 2026-yil hosili uchun 86 nafar sub’ektlar tomonidan 4922 gektar maydonlarda urug‘lik paxta yetishtirish maqsadida g‘o‘za parvarishi o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu maydonlarning 2 089 gektari mahalliy Xorazm-127 naviga, 1 ming 959 gektari Xitoy seleksiyasiga mansub Xin Lu Zao-57 (98 ga), Xin Lu Zao-52 (87 ga), Xin Lu Zao-87 (197 ga), Xin Lu Zao-78 (191 ga), Xin Lu Zao-64 (1296 ga), Jinken-1402 (91 ga) navini tashkil qiladi.
Vegetatsiya davri davomida 3 marta monitoring dala kuzatuvlari o‘tkazilib, urug‘lik paxta yetishtirish jarayonlarida agrotexnik tadbirlarning bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun 700 gektar maydonlar urug‘lik yetishtirishga noloyiq deb topilib, yaroqsizga chiqarilishi taʼminlandi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ NAVOIY: SALKAM 2 MING GEKTAR YER MAYDONIDA URUG‘LIK PAXTA YETISHTIRILGAN, AMMO…
▶️ Navoiy viloyatida kelgusi yil hosili uchun yetishtirib kelinayotgan urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini belgilangan tartibda va sifatli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.Tadbirda Navoiy viloyati Agroinspeksiya boshqarmasi mutaxassislari, hududiy qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, urug‘chilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvaridagi PQ-106-son qarori asosida 2026 yil hosili uchun urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini belgilangan talablar asosida o‘tkazish, urug‘lik maydonlarini to‘g‘ri tanlash va baholash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ BIZNES-OMBUDSMAN VAKILI ISHTIROKIDA NAZORAT TADBIRLARINING YANGI TARTIBI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
▶️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 -yil 17 -apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Agroinspeksiya tizimi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda Biznes-ombudsmanning “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati” sho‘basi mudiri Sherzod Saidov hamda yetakchi inspektor Sardor Rahimberdiyevlar ishtirok etib, ular tomonidan Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, sohada joriy etilgan yangi tartib-tamoyillar va huquqiy kafolatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
