uk
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Відкрити в Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
200
Підписники
-324 години
-17 днів
-1130 день
Архів дописів
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati A. Usmonov hududdagi 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.

🐛 Pilla — xalqimiz boyligi, oilalar daromad manbai. Bugun 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmonova Dilrabo Abruevna ish
+2
🐛 Pilla — xalqimiz boyligi, oilalar daromad manbai. Bugun 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmonova Dilrabo Abruevna ishtirokida hududdagi pillakorlarga joriy yilgi mavsum uchun pilla urug‘larini tarqatish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Deputat jarayon davomida pillachilik sohasining daromadli ekanligi, bu orqali hududda mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida quyidagilar amalga oshirildi: ✅ Pillakorlarga urug‘ va zaruriy resurslar yetkazib berildi; ✅ Ipak qurtini parvarishlash bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari berildi; ✅ Deputat tomonidan aholi bilan muloqot qilinib, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘rganildi. "Pillachilik nafaqat iqtisodiy foyda, balki xalqimizning qadimiy qadriyatlaridan biridir. Maqsadimiz — har bir xonadonda baraka va qo‘shimcha daromad bo‘lishiga ko‘maklashish" KENGASH

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich tomoni
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich tomonidan joriy yilning 02-aprel kuni 47-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga tuman Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Ijtimoiy himoya — inson qadri uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich hamda mahalla yettili
+3
Ijtimoiy himoya — inson qadri uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich hamda mahalla yettiligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida hududda targ‘ibot va nazorat tadbiri o‘tkazildi O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: 🔹 Ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash: Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi; 🔹 To‘siqsiz muhit yaratish: Hududdagi infratuzilmaning (yo‘laklar, davlat idoralari) nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun moslashtirilganlik holati; 🔹 Uyda ko‘rsatiladigan xizmatlar: Yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olish va ularga kundalik hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy-maishiy yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Murojaat va ijro: Fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘
+1
Murojaat va ijro: Fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamda O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi apparat rahbari V.Parmonova ishtirokida navbatdagi qabul o‘tkazildi. 🌱 Murojaat mazmuni: Qabul davomida bir guruh fuqarolar tomonidan zamonaviy issiqxonalar tashkil etish va shu maqsadda qonuniy tartibda yer maydoni ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Tegishli tashkilot bilan murojaat batafsil o‘rganilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga: Yer maydonlarini auksion orqali olish tartibi; Issiqxona xo‘jaligini yuritishning afzalliklari; Imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tegishli tavsiyalar berildi. KENGASH

O‘zLiDeP Kitob tumani Kengashi apparat rahbari Parmonova Visola Ozodovna Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh muta
+2
O‘zLiDeP Kitob tumani Kengashi apparat rahbari Parmonova Visola Ozodovna Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Ergashevlar, O.Nosirov tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va ularning muammolarini bartaraf etish borasida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash borasidagi tushunmovchiliklar yuzasidan murojaat qilib kelgan fuqaroning arizasi batafsil o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mutasaddilar tomonidan masalaning huquqiy asoslari va amaldagi soliq imtiyozlari ko‘rib chiqilib, fuqaroning murojaati tegishliligi bo‘yicha ijobiy hal etildi. Natijada yuzaga kelgan muammo to‘liq bartaraf etilib, fuqaroga zaruriy tushuntirishlar berildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐
🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Telegram Barcha guruh va tanishlarga yuborib qo'ying

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan hududda pilla yetishtirish mavsumi doira
+2
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan hududda pilla yetishtirish mavsumi doirasida aholiga pilla qurtlari tarqatish ishlari faol ishtirok etmoqda. Mazkur jarayonda fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, pilla yetishtirishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. Aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiluvchi ushbu tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. KENGASH

🏛 Xalq dardi — deputat e’tiborida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich "Denov"
+1
🏛 Xalq dardi — deputat e’tiborida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich "Denov" mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi murojaatlarini o‘rgandi. 📍 O‘rganish manzili: Gulgunpusht qishlog‘i. O‘rganishlar davomida qishloqning asosiy qatnov qismi bo‘lgan ichki yo‘llarning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘llarni yaxshilash maqsadida aholi hashar yo‘li bilan betonlashtirish tashabbusini bildirdi. ✅ Deputat tomonidan mazkur xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, xususan, yo‘lni betonlashtirish uchun zarur bo‘lgan 30 tonna sement mahsulotini ajratishda amaliy yordam so‘rab, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🐛 Pilla — xalqimiz boyligi, oilalar daromad manbai. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovi
+2
🐛 Pilla — xalqimiz boyligi, oilalar daromad manbai. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich tomonidan "Qo‘shdaryo" mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilgi pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish ishlariga ko‘maklashilmoqda. 📍 Manzil: "Qo‘shdaryo" MFY. Mavsum doirasida deputat ishtirokida hududdagi pilla boquvchi xonadonlarga va kasanachilarga ipak qurti urug‘larini tarqatish jarayonlari amalga oshirildi. ✅ Jarayon davomida M. Ismoilov pilla boquvchilar bilan suhbatlashib, ipak qurtini parvarishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, ozuqa bazasi (tut bargi) bilan ta’minlash hamda mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. "Kumush tola" yetishtirish nafaqat hudud iqtisodiyotini yuksaltirish, balki mahalla aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda. Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan Denov MFY, Gulgunpus
Hududlarda infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda. Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan Denov MFY, Gulgunpusht qishlog‘i ichki yo‘llarini yaxshilash masalasi o‘rganilib, mazkur muammo yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi nazoratga olindi. KENGASH

Qashqadaryo viloyatida ekologik nazorat kuchaytirilmoqda. R. Alimovich tomonidan tumandagi tosh maydalash zavodlari faoliyati
Qashqadaryo viloyatida ekologik nazorat kuchaytirilmoqda.
R. Alimovich tomonidan tumandagi tosh maydalash zavodlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida bir qator kamchiliklar aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Kitob tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi nazoratga olindi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

"Китоб овози" газетасининг 2026 йил 15 мартдаги № 3-сонида халқ депутатлари туман Кенгаши депутати, Норова Зилола Эшовнанинг
"Китоб овози" газетасининг 2026 йил 15 мартдаги № 3-сонида халқ депутатлари туман Кенгаши депутати, Норова Зилола Эшовнанинг Тинчлик йўлидаги тарихий қадам: Глобал беқарорликка қарши янги халқаро ташаббус номли мақоласи чоп этилди. Халқ депутатлари Китоб туман Кенгаши

#KUN_HIKMATI Hech kim biror ishni boshlashi bilan muvaffaqiyatga erishmagan. Shunday ekan taslim bo'lmang. Qiyinmi? Chidang!
#KUN_HIKMATI Hech kim biror ishni boshlashi bilan muvaffaqiyatga erishmagan. Shunday ekan taslim bo'lmang. Qiyinmi? Chidang! Uddalang! Va siz maqsadingizga erishasiz. Tomas Eddison KENGASH

🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐
🇺🇿Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalari! Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Telegram Barcha guruh va tanishlarga yuborib qo'ying

📌 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risid
+8
📌 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi. O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi: ✅ Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarga yaratilgan sharoitlar va tibbiy xodimlarning muomalasi; ✅ Dori-darmon ta’minoti: Fuqarolarga imtiyozli asosda beriladigan bepul dori vositalarining zaxirasi va ularning taqsimlanishi; ✅ Murojaatlar nazorati: Poliklinikaga kelayotgan fuqarolarning fikr va mulohazalari. "Asosiy maqsadimiz — qonun ustuvorligini ta’minlash orqali har bir fuqaroning malakali tibbiy yordam olish huquqini amalda ko‘rish va mavjud muammolarni bartaraf etishdir," Kengash O‘rganish yakunida mas’ullarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🏛 Deputat so‘rovi yuborildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan aholi mur
🏛 Deputat so‘rovi yuborildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan aholi murojaatlarini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan uchrashuvlar davomidan aniqlangan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tumandagi tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborildi. Xalq_deputatlari_Kitob_tuman_Kengashi 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏛 Xalq dardi bilan yashash — deputatning asosiy vazifasi Bugun Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda
+2
🏛 Xalq dardi bilan yashash — deputatning asosiy vazifasi Bugun Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari R.G‘afurov hamda A.Usmonovlar aholi murojaatlarini tingladilar. Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi masalalar ko‘tarildi: 🛣 Ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish; 💡 Elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish; 🏥 Tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy yordam ajratish; 💧 Toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish.
✅ Murojaatlar nazoratga olindi Qabulga kelgan har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, muammolarning qonuniy yechimi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Joyida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar ijobiy hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.
"Fuqarolarning ishonchini oqlash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bizning eng ustuvor vazifamizdir," KENGASH

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube