uk
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Відкрити в Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
200
Підписники
-324 години
-17 днів
-1130 день
Архів дописів
photo content
+3

📌 PQ-48-sonli qaror ijrosi: Kitob tumanida istiqbolli loyihalar o‘rganilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-y
+2
📌 PQ-48-sonli qaror ijrosi: Kitob tumanida istiqbolli loyihalar o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida Kitob tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlarini yaxshilash hamda tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish maqsadida rejalashtirilgan loyihalar dasturi bilan Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hududiy infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

📌 Tibbiyotda korrupsiyaga o‘rin yo‘q: Asosiy maqsad — xalq roziligi! Tumanimizdagi 1-sonli oilaviy poliklinikada korrupsiyag
+3
📌 Tibbiyotda korrupsiyaga o‘rin yo‘q: Asosiy maqsad — xalq roziligi! Tumanimizdagi 1-sonli oilaviy poliklinikada korrupsiyaga qarshi kurashish va tibbiy xizmat sifatini oshirishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’kidlanganidek, tibbiyot sohasi vakillari uchun eng oliy mukofot — xalqimizning duosi va roziligidir. Shaffoflikni ta’minlash, bemorlarga xolis va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish har bir xodimning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi. ✅ Bizning shiorimiz: Halollik — sifatli tibbiyot garovi deydi - 2-Beshariq saylov okrugi deputati N.Ochilova. 👉🏻 Telegram

📌 "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun targ‘iboti diqqat markazida Bugun Kengash raisi S.Qodirov hamda kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov is
+2
📌 "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun targ‘iboti diqqat markazida Bugun Kengash raisi S.Qodirov hamda kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida qonun hujjatlaridagi yangiliklar, ta’lim tizimidagi islohotlar va soha xodimlarining huquqiy maqomi masalalari atroflicha tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar. 👉🏻 Telegram

17-Bog‘bon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna ishtirokida yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-
+1
17-Bog‘bon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna ishtirokida yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xususan, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar huquqlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid so‘nggi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirning asosiy urg‘usi: Qonun ustuvorligi: Yangi qabul qilingan qonunlarning aholi kundalik hayotidagi ahamiyati; Huquqiy savodxonlik: Fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini teran anglashlari; Muloqot: Saylovchilarning fikr-mulohazalari va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflari tinglandi. "Har bir qabul qilinayotgan qonun zamirida inson qadri va xalq manfaati yotadi. Bizning vazifamiz — ushbu yangiliklarni har bir xonadonga, har bir fuqaroga sodda va tushunarli tilda yetkazishdir," Telegram

Muammolar o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abduma
+2
Muammolar o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi infratuzilmani yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, deputat tomonidan "Denov" MFY, Gulgunpusht qishlog‘idagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi: Yo‘l infratuzilmasi: Gulgunpusht qishlog‘ining ichki yo‘llarini yaxshilash, aholi uchun qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida 2 km qismni shag‘allashtirish bo‘yicha; Elektr ta’minoti: Hududdagi ma’naviy eskirgan simyog‘ochlarni yangilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 70 dona yangi temir-beton tayanchlar (simyog‘och) o‘rnatish bo‘yicha. "Xalq vakilining asosiy vazifasi — odamlarning dardu tashvishi bilan yashash, hududdagi muammolarni hal etishda ko‘prik vazifasini o‘tashdir,"

📍 Deputatlar nazorati: Sharq Yulduzi MFYda o‘rganish ishlari olib borildi Bugun viloyat va tuman Kengashi deputatlari hududl
+4
📍 Deputatlar nazorati: Sharq Yulduzi MFYda o‘rganish ishlari olib borildi Bugun viloyat va tuman Kengashi deputatlari hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda yirik loyihalarning borishi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, viloyat Kengashi deputati G.Sattorova, tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Ergashevlar tumandagi “Sharq Yulduzi” MFYda bo‘ldilar. 1️⃣ Mahalla “yettiligi” faoliyati: Mahalla yettiligining aholi muammolarini hal etish, tomorqalardan samarali foydalanish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash borasidagi samaradorligi tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan mahalla drayverlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 2️⃣ Maktab ta’mirlanishi: Hududdagi Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan to‘liq qayta ta’mirlanayotgan umumta’lim maktabidagi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Telegram

📍 Kitob tumanida imkoniyati cheklangan fuqarolar muammolari tinglandi Bugun tuman mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Ko‘zi o
+1
📍 Kitob tumanida imkoniyati cheklangan fuqarolar muammolari tinglandi Bugun tuman mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati tuman bo‘limi a’zolari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur jamiyatning tumanda 250 nafarga yaqin a’zosi mavjud bo‘lib, ularning har biri jamiyatimizning ajralmas qismidir. 🤝 Uchrashuv davomida: Har bir murojaat diqqat bilan tinglandi; Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, moddiy yordam va bandlik masalalari muhokama qilindi; Salomatlikni tiklash uchun yo‘llanmalar va protez-ortopediya buyumlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. ✅ Asosiy maqsad — ko‘ngli daryo, irodasi bukilmas bu insonlarning og‘irini yengil qilish, ularning jamiyatga integratsiyalashuvi uchun barcha sharoitlarni yaratishdir. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏗 Kitob tumanida yangi uy-joylar qurilishi doimiy nazoratda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari va soha mutaxa
+3
🏗 Kitob tumanida yangi uy-joylar qurilishi doimiy nazoratda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari va soha mutaxassislari aholi uchun qurilayotgan turar-joylarning sifati bilan yaqindan tanishmoqdalar. Bugun “Xalqparvar” komissiyasi raisi J.Raxmonov, “Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Ergashevlar tumandagi “Yangi Zamon” MFY hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylardagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. 🔍 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: Qurilish materiallarining sifati va standartlarga mosligi; Ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar; Belgilangan muddatlarga amal qilinishi. ✅ Komissiya a’zolari tomonidan quruvchilarga ishlarni sifatli yakunlash va aholi manfaatlari yo‘lida xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

photo content
+3

XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMAN KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI 9-mart 📄Deputatlik so'rovlari tahlili yuzasidan yig'ilish o'tkazis
XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMAN KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI 9-mart 📄Deputatlik so'rovlari tahlili yuzasidan yig'ilish o'tkazish va ijrosini nazoratga olish. 10-mart 🏢Xalqparvar komissiyasi va hududiy deputatlar bilan birgalikda qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sifati va ularning o‘z vaqtida topshirilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish. Uy-joy sotib olish uchun davlatdan subsidiya so‘ragan fuqarolarning sharoitini o‘rganish. 11-mart 🏥"Kengash raisi: 'Tibbiyotda korrupsiyaga o‘rin yo‘q, asosiy maqsad — xalq roziligi'." to'g'risida tuman Sog'liqni saqlash va hududlardagi oilaviy shifokorlik punktlarida tadbirlar tashkil qilish. 12-mart 📍Deputat va yoshlar uchrashuvi 13-mart 💡Faolligi sust bo'lgan deputatlarni faoliyatini kuchaytirish va har oyda deputatlar faoliyati bo‘yicha monitoring va reyting tizimlarini joriy qilish. 14-mart 🧱PQ-44, PQ-141 va PQ-48-sonli qarorlar ijrosini joylardagi holatini nazorat qilish. Mas’ul: G'.Uzoqov

🟢 9-Qorabuloq saylov okrugi: Mahalla obodligi va taʼlim uyg‘unligi Bugun 9-Qorabuloq saylov okrugi deputati Akmal Do‘stov ha
+3
🟢 9-Qorabuloq saylov okrugi: Mahalla obodligi va taʼlim uyg‘unligi Bugun 9-Qorabuloq saylov okrugi deputati Akmal Do‘stov hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqovlar Qorabuloq mahallasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar. 📍O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Namunali mahalla hayoti: Hududda tashkil etilgan zamonaviy issiqxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bu tajriba nafaqat aholi bandligini ta’minlash, balki ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✅ Obod ko‘chalar: Mahallaning infratuzilmasi, ko‘chalarning tartibga keltirilishi va ko‘kalamzorlashtirish ishlari deputat e’tiborida bo‘ldi. Qorabuloq ko‘chalari bugun orastalik ramziga aylanmoqda. ✅ Maktab va mahalla hamkorligi: Ishchi guruh hududdagi 41-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. "Mahalladagi obodlik va issiqxonalar faoliyati yosh avlod uchun amaliy maktab vazifasini o‘tashi kerak. 👉🏻 Telegram

photo content
+3

🟢 11-Ko‘hsor saylov okrugi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Odiljon Qodirov o‘
+2
🟢 11-Ko‘hsor saylov okrugi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Odiljon Qodirov o‘z saylov okrugidagi qishloqlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Navbatdagi o‘rganishlar Jovuz va Matmon qishloqlarida bo‘lib o‘tdi. 📌 Asosiy maqsad: Aholi murojaatlarini shunchaki eshitish emas, balki muammolarni joyida ko‘rib, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish. Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 🛣 Infratuzilma: Ichki yo‘llarning holati va ularni ta’mirlash ehtiyoji; 💧 Kommunal tizim: Ichimlik suvi ta’minoti va elektr energiyasi sifatini yaxshilash; 🏥 Ijtimoiy soha: Qishloq aholisi uchun tibbiy xizmat va ta’lim muassasalari sharoitlarini ko‘zdan kechirish. "Saylovchilarimizning har bir murojaati ortida inson taqdiri va qishloq obodligi turibdi. Maqsadimiz — har bir masalani oxirigacha yetkazib, amaliy natijaga erishish," 👉🏻 Telegram

#Siyosiy_Maʼrifat_soati_9_son 💥“Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi soni Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati
+3
#Siyosiy_Maʼrifat_soati_9_son 💥“Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi soni Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati xodimlari va doimiy komissiya raislari o‘rtasida tashkil qilindi. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olganligi bilan ahamiyatlidir. 👉🏻 Telegram

AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHDA TIBBIYOTNI ZAMONAVIYLASHTIRISH MUHIM AHAMIYAT KASB ETADI Xalq deputatlari Qashqadaryo v
+3
AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHDA TIBBIYOTNI ZAMONAVIYLASHTIRISH MUHIM AHAMIYAT KASB ETADI Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi ishchi guruhi tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 19-maydagi 88-son Farmoni hamda 185-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Koson tuman tibbiyot birlashmasida bir qator masalalar o‘rganildi.
Jumladan, bemorlarni qabul qilish jarayoni, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifoxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda aholini bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida tibbiyot sohasini zamonaviylashtirish, tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, aholi hamda tibbiyot muassasalarining sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sohada samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – BARCHAMIZ UCHUN UMUMMILLIY VAZIFA Koson tibbiyot birlashmasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘
+3
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – BARCHAMIZ UCHUN UMUMMILLIY VAZIFA Koson tibbiyot birlashmasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, shuningdek tizimda “Halollik boshqaruvi” tamoyillari asosida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Anjumanda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim shakllanganini ta’kidladi. Xususan, 2017-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun ushbu yo‘nalishda mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi. Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda global xavf sanalgan korrupsiyaning oldini olish, olib borilayotgan islohotlarning barqaror davom etishi hamda jamiyat farovonligiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, patronaj xizmatini kuchaytirish, shuningdek “tibbiy xarita”ni shakllantirish masalalari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi Bugun fuqarolar murojaatlari bilan i
+2
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi Bugun fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolariga yechim topish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.A.G‘afurov hamda G‘.B.Uzoqovlar ishtirokida saylovchilarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: Aholi tomonidan kelib tushgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tahlil qilindi. Mahallalardagi infratuzilma va kommunal sohadagi muammolar tinglandi. Fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy masalalari bo‘yicha yo‘nalishlar berildi. ✅ Natija: Qabul davomida ko‘tarilgan har bir murojaat deputatlar tomonidan nazoratga olindi. Yechimi mutasaddi tashkilotlarga bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari shakllantirilib, ijrosini ta’minlash choralari ko‘rildi. Maqsadimiz — xalqimizning og‘irini yengil qilish va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his qilgan holda harakat qilishdir. 👉🏻 Telegram

📌 Saylovchilar muammolari – e’tibor markazida. Bugun 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmanova Dilrabo Abruyevna navbatd
+2
📌 Saylovchilar muammolari – e’tibor markazida. Bugun 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmanova Dilrabo Abruyevna navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida hudud aholisi tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy yordam masalalarida murojaatlar kelib tushdi. ✅ Amalga oshirilgan ishlar: Har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ayrim muammolar joyida tushuntirish va amaliy yordam berish orqali hal etildi. "Fuqarolarning dardini eshitish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish — asosiy vazifamizdir." Deputat nazorati ostiga olingan har bir murojaatning natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 👉🏻 Telegram

DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI, QONUNLAR IJROSI VA TARG‘IBOT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Viloyat ishchi guruhi tomonidan xalq
+2
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI, QONUNLAR IJROSI VA TARG‘IBOT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Viloyat ishchi guruhi tomonidan xalq deputatlari Muborak tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari ishtirokida doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Ta’kidlandiki, doimiy komissiyalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy hokimiyat to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida, shuningdek mahalliy Kengash reglamenti hamda doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashkil etib, tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va mahalliy Kengash qarorlarini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadi.
📚 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining deputatlarga biriktirilganligi hamda ularning joylarda keng targ‘ib qilinishi, mazkur qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilishi zarurligi alohida qayd etildi.
💠 Yig‘ilish yakunida ishchi guruh tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda tegishli tavsiyalar berildi: 1️⃣ Ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish; 2️⃣ Masalalarni dastlabki tarzda doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etib, sessiya kun tartibiga kiritish; 3️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati ko‘rsatmalari va qarorlari ijrosini ta’minlash; 4️⃣ Kengashning 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejalari asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqish; 5️⃣ Joriy yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilish; 6️⃣ Hokimlar, uning o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlarning hisobot va axborotlarini eshitish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish; 7️⃣Deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini ta’minlash va ularni joylarda keng targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirish.
📍 Doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va qonunlar ijrosini ta’minlash – iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube