uk
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Відкрити в Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
200
Підписники
Немає даних24 години
+27 днів
-830 день
Архів дописів
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🐝 TADBIRKORLIK — DAROMAD VA BARAKALIK MANBAI Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov "Nurafshon" MFY, Ochamayli qishlog‘ida faoliyat yuru
+4
🐝 TADBIRKORLIK — DAROMAD VA BARAKALIK MANBAI Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov "Nurafshon" MFY, Ochamayli qishlog‘ida faoliyat yurutuvchi tadbirkor Omonov Hamzaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda tadbirkor tomonidan tashkil etilgan "Asal market" asalarichilik sohasi vakillari uchun haqiqiy ko‘makchiga aylangan. #bu_yerda ✅ Asalari parvarishlash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar; ✅ Sifatli asal mahsulotlari; ✅ Asalari yashiklari va boshqa taminot vositalari mavjud. G‘.Uzoqov tadbirkorning ish jarayoni, mahsulot yetkazib berish quvvati va kelgusidagi rejalari bilan tanishar ekan, tumanda asalarichilikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashda bunday tadbirkorlik sub’ektlarining o‘rni muhimligini ta’kidladi. O‘rganish davomida sohani yanada kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi. 📌 Maqsad: Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish. DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

MAKTAB-INTERNATIDAGI HOLAT VA QURILISH MASALALARI O‘RGANILDI Bugun tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, Xo‘jailmkoni sa
+3
MAKTAB-INTERNATIDAGI HOLAT VA QURILISH MASALALARI O‘RGANILDI
Bugun tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, Xo‘jailmkoni saylov okrugi deputati N.Mirova hamda XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldilar.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: Maktab-internati hududining obodonchilik holati; O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxona qurilishining to‘xtab qolish sabablari. Mas’ullar mavjud vaziyatni atroflicha muhokama qilib, qurilish ishlarini qayta tiklash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
Mazkur muammoli masalalar yuzasidan yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Ijro nazorati deputatlar va kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.
DEPUTAT_FAOLIYATI

DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISI HAMKORLIGI: ISSIQXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI 23-Makrid saylov okrugi deputati Gullola Kenjayeva
+2
DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISI HAMKORLIGI: ISSIQXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
23-Makrid saylov okrugi deputati Gullola Kenjayeva "Makrid" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Xususan, mahalla hokim yordamchisining tavsiyasi hamda ko‘magi bilan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida deputat tadbirkorlik subyektining bugungi holati, yetishtirilayotgan mahsulotlar turini ko‘zdan kechirib, kelgusidagi rejalar va mavjud masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Bu kabi loyihalar mahallada "mahallabay" ishlash tizimining samarasi bo‘lib, aholi daromadlarini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Prezidentimizning PQ-47-sonli qarori suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish va suv sarfini qat’iy
+2
Prezidentimizning PQ-47-sonli qarori suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish va suv sarfini qat’iy nazorat qilish borasida muhim qadam hisoblanadi. Doimiy komissiya yig‘ilishida ushbu qaror ijrosini muhokama qilish jarayonida asosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish tavsiya etiladi.
Tuman miqyosida qaror ijrosini tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega:
Suv tejovchi texnologiyalar: Tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan maydonlarning haqiqiy holati va rejaning bajarilishi.
Raqamlashtirish (Smart Water): Suv ob’ektlarida "Aqlli suv" qurilmalari o‘rnatilishi va ma’lumotlarning onlayn rejimda uzatilishi.
Kanal va ariqlarni betonlashtirish: Qaror doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda betonlashtirish ishlarining sifati.
Suvdan foydalanish madaniyati: Fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida suv isrofiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nasirova Lobar Alixonovna tomonidan
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nasirova Lobar Alixonovna tomonidan “Bog'bon” mahalla fuqarolar yig'ini, Beruniy katta yo'l ko'chasi aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ushbu ko'chaning maktab olib boruvchi katta yo'l qismiga piyodalar yo'lagi qurish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna tomoni
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna tomonidan “Oqsuv” mahalla fuqarolar yig'ini, Xo'jaisparoz hamda Nimgi qishloqlari aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ushbu ikki qishloq aholisining ichki yo'llarini asfaltlashtirish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI

🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi sport majmuasig
+3
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi sport majmuasiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar va sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ularning amaliyotdagi ijrosi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
"Sport — nafaqat sog‘lom turmush tarzi, balki qonun ustuvorligi asosida rivojlanadigan sohadir. Yangilangan qonunchilik bu borada yangi ufqlarni ochib beradi,"
DEPUTAT_FAOLIYATI |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

Maktab va sport inshootlarining holati o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Razzoqova "Savaz" saylov okrugi
+2
Maktab va sport inshootlarining holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Razzoqova "Savaz" saylov okrugi hududidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil — Sariosiyo mahalla fuqarolar yig'inidagi 81-sonli maktabda bo‘ldi.
O‘rganish davomida deputat quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratdi:
O‘quv xonalarining jihozlanishi va dars jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar;
Maktab sport zalining holati va sport inventarlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar.
D. Razzoqova: "Bolalarimizning zamonaviy bilimlarni egallashi bilan bir qatorda, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoitlarni yaxshilash — ustuvor vazifamizdir."
DEPUTAT_FAOLIYATI

🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati A. Usmonov hududdagi 12-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan j
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni 63-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga tuman Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🔵 MAHALLADAGI O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda deputat D.Razzoqov
+2
🔵 MAHALLADAGI O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda deputat D.Razzoqova "Sariosiyo" mahallasida bo‘lib, "Mahalla yettiligi" faoliyatini yaqindan o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor aholi bandligini ta’minlash va tomorqadan samarali foydalanish masalalariga qaratildi. Xususan, mahalla hududidagi xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar ko‘zdan kechirildi.
Deputat va kotibiyat mudiri xonadon egalari bilan suhbatlashib, mahsulot yetishtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish choralari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, aholi daromadlarini oshirishda issiqxona xo‘jaligining o‘rni va "Mahalla yettiligi"ning bu boradagi ko‘magi tahlil qilindi. ✅ Maqsad — mahallabay ishlash tizimi orqali aholi farovonligini yuksaltirish. DEPUTAT_FAOLIYATI

👥 Inson qadri uchun: Fuqarolar murojaatlari tinglandi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovn
+1
👥 Inson qadri uchun: Fuqarolar murojaatlari tinglandi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovna tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. deputatning asosiy e’tibori aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish va ularga huquqiy ko‘mak berishga qaratildi. Ijtimoiy masalalar: Moddiy yordam, sog‘liqni saqlash va subsidiyalar ajratish; Huquqiy maslahat: Amaldagi qonunchilikka asosan pensiya va nafaqa tayinlash tartiblari; Infratuzilma: Mahalla obodonchiligi va kommunal sohadagi muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. ✅ Qabul jarayonida har bir murojaat sinchiklab o‘rganildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlanishi belgilab olindi. Ko‘plab murojaatchilarga amaldagi qonun normalari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muammolarining yechimi ko‘rsatib o‘tildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

#yaxshi_xabar Panji va Qo‘shdaryo mahalla fuqarolar yig'inini bog‘lovchi yo‘lda asfaltlashtirish ishlari boshlandi! 🛣 Xalq d
+4
#yaxshi_xabar Panji va Qo‘shdaryo mahalla fuqarolar yig'inini bog‘lovchi yo‘lda asfaltlashtirish ishlari boshlandi! 🛣 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ismoilov M. tomonidan 2025-yilning dekabr oyida yuborilgan deputatlik so‘rovi o‘z natijasini bermoqda. #ayni_damda:Panji va Qo‘shdaryo mahallalarini bog‘laydigan asosiy yo‘lning 5 km qismini asfaltlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirdi. Ushbu loyiha hudud aholisining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishga xizmat qiladi. Deputatlarimiz tomonidan hududiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda. DEPUTAT_FAOLIYATI |Telegram|YouTube|Instagram|Facebook|

“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” 🇺🇿 Bugun tumanimizdagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zgacha shukuh h
+2
“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” 🇺🇿
Bugun tumanimizdagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zgacha shukuh hukmron. Tuman Kengashi deputati Nosirova Lobar tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarning zamonaviy bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda vatanparvarlik tuyg‘usi haqida so‘z bordi. Maktab ostonasidan boshlangan ilmga bo‘lgan ishtiyoq — yurtimiz kelajagi uchun mustahkam poydevordir.
📌 Maqsad: Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni yuksak marralarga ruhlantirish. DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🔥 Suyultirilgan gaz ta’minoti: Shaffoflik va nazorat bosh mezon. Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi aholi xonadonlariga su
🔥 Suyultirilgan gaz ta’minoti: Shaffoflik va nazorat bosh mezon.
Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish jarayonini bevosita o‘rgandi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — gaz ballonlarining belgilangan grafik asosida, o‘z vaqtida va eng muhimi, shaffoflik tamoyillari asosida tarqatilishini nazorat qilishdan iborat.
Jarayon davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
ID-kartalar tizimi: Gaz ballonlarini qabul qilishda ID-kartalardan foydalanish va to‘lov tizimining shaffofligi;
Og‘irlik o‘lchovlari: Har bir ballonning belgilangan me’yor (vazn) bo‘yicha to‘ldirilganligi;
Murojaatlar tahlili: Aholining gaz ta'minoti borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi.
G‘.Uzoqov mas'ullarga gaz ballonlarini tashishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish hamda chekka hududlarga yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
🏛 DEPUTAT_FAOLIYATI