Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Відкрити в Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
201
Підписники
Немає даних24 години
+27 днів
-830 день
Архів дописів
📢 KENGASH QARORI TASDIQLANDI
Tumandagi 8 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish maqsadida maxsus korreksion xonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha Kengash qarori tasdiqlandi.✅ Loyiha doirasida: 🔹 12-maktab 🔹 18-maktab 🔹 36-maktab 🔹 39-maktab 🔹 54-maktab 🔹 58-maktab 🔹 83-maktab 🔹 97-maktablarda
maxsus korreksion xonalar tashkil etilib, zamonaviy o‘quv va reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanadi.
💰Mazkur maqsadlar uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 87 million so‘m ajratilishi belgilandi. Ushbu tashabbus imkoniyati cheklangan bolalar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Uchta muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Tuman Kengashi deputati R.Kamilov tomonidan tuman aholisini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.
1️⃣ Birinchi masala: "Bahor" MFY ichki ko'chalariga Limonzor ko'chasiga - 15 dona Qo'shqanot ko'chasiga - 25 dona Ziyonat ko'chasiga - 40 dona Matonat ko'chasiga - 40 dona simyog'och. 2️⃣Ikkinchi masala: Ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish. Qo'shqanot ko'chasiga 1 km Jasorat ko'chasi 1 km Shoxsaroy ko'chasi 1 km
Uchinchi masala: Sharq Yulduzi MFY ko'chalarini asfaltlashtirish. Temirchi ko'chasi - 2 km Shaftolizor ko'chasi - 2 km
Har ikki masala yuzasidan so'rovlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib natijasi yuzasidan ma'lumot berib boriladi.
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovna tomonidan Bog'ibaland mahalla fuqarolar yig'iniga 35 dona simyog'ochlarni yangsiga almashtirib berish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–389 va PQ–44-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yil yanvar–may oylari davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullar hisobotlari eshitildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.✅ Qaror ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olindi. DEPUTATLAR_FAOLIYATI
Ikkita muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Tuman Kengashi deputati A.Omonov tomonidan tuman aholisini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.
1️⃣ Birinchi masala: "Jilisuv" MFYda suyultirilgan gaz muammosi.
Mahalla aholisidan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, oraliq muddat shartnomada ko'rsatilgan muddatdan oshib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
2️⃣Ikkinchi masala: Ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish
"Jilisuv" MFYning ta’mirtalab ichki yo‘llari sababli yog‘ingarchilik kunlarida loy bo‘lib, maktab o‘quvchilari va aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Hududda jami 5 km masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish zarurati bor.
Har ikki masala yuzasidan so'rovlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib natijasi yuzasidan ma'lumot berib boriladi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+7
Qog‘ozdagi hisobotlar emas, amaldagi holat o‘rganildi: Deputatlar hududlarda!
Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan navbatdagi masalaga jiddiy tayyorgarlik ko'rildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining VII-Chaqiriq 19-sessiyasi kun tartibiga g‘oyat muhim masala kiritilmoqda:
Kitob tumanida elektr energiyasi ta’minoti, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Mazkur masala yuzasidan mutasaddilarning doimiy komissiyada bergan hisobotlari asosida Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiya a'zolari bevosita hududlarida amaliy o‘rganishlar olib bordilar.
Deputatlar joylarga chiqib, quyidagilarni o'rgandilar:
Yangi energiya tejovchi texnologiyalar qog‘ozda emas, amalda qay darajada ishlayapti?
Elektr ta'minotidagi muammolar va yo'l qo'yilgan sustkashliklar qayerlarda saqlanib qolmoqda?
Sohada shaffoflik qay darajada ta'minlanganlik holatlari o'rganildi.
DEPUTATLAR_FAOLI
+8
Sessiya kun tartibidagi masala doimiy komissiyada o‘rganildi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 19-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalarni sessiya muhokamasiga puxta tayyorlash maqsadida doimiy komissiyaning o‘rganish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
6-Guliston saylov okrugida Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida o'rganildi.
Unda tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlarining borishi atroflicha tahlil qilindi.
🎤 Tuman hokimi o‘rinbosari B. Murodov kun tartibidagi masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida hisobot berdi.
Sessiya muhokamasiga olib chiqiladigan mazkur masala doimiy komissiya a’zolari hamda ma’ruzachi B. Murodov ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi va yakunda tuman Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig'iniga Transformator hamda havo liniya kabellarini yangilash masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
+2
Deputat so‘rovi amalda: “Istiqbol” mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
Xalq manfaati va hududlar obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar o‘zining amaliy natijasini ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning mart oyida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Z. Norova tomonidan “Istiqbol” mahallasi ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari F. Usmonovga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputatlik so‘rovi asosida va mutasaddilarning say-harakatlari bilan bugun “Istiqbol” MFY hududida yo‘llarni tekislash va asfalt yotqizish ishlari qizg‘in pallaga kirdi.
Maqsad bitta: Aholi uzoq yillar kutgan muammoni hal etish, fuqarolarga qulaylik yaratish va mahallamiz qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirishdir.Ijro uchun mas’ullarga hamda hudud obodligiga hissa qo‘shayotgan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz! DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+7
🏛 Xalq deputatlari Kitob tumani kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Kitob tumani kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari, xalq vakillari bo‘lgan deputatlar hamda barcha daxldor tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha dolzarb masalalar deputatlar va tashkilotlar rahbarlari o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi.
Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, yakunda tuman rivoji va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi tegishli qarorlar qabul qilindi.Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+2
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala muhokamasi
Sessiya kun tartibidagi masala — "Kitob tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazish to‘g‘risida".
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B. Murodov hisobot berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya rais Z. Norova muzokaraga chiqib, yoshlarning ta’til davrini to‘g‘ri tashkil etish, mahallalardagi to‘garaklar faoliyatini jonlantirish va bu borada tizimli nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Z. Norova bevosita hududlardagi fuqarolar va yoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib, yozgi ta'til tadbirlarini yanada mazmunli qilish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.Hisobot beruvchi tomonidan ushbu taklif va mulohazalar kelgusi chora-tadbirlar rejasida alohida inobatga olinishi ma’lum qilindi.
+4
📌 1-masala muhokama qilindi
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala — "Qashqadaryo viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida".
Mazkur masala yuzasidan“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari hisobot berdi.
Masala yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Boboyev fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Hisobot beruvchi tomonidan ushbu taklif inobatga olinishi ma’lum qilindi.
Jonli efirni kuzat
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n to'qqizinchi sessiyasi o'z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish hamda boshqa qator dolzarb va muhim masalalar o‘rin olgan.
🔹 Sessiya jarayonlarini bizni kuzatishda davom eting. 🔹 Eng muhim qarorlar va yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar berib boramiz.Sessiya ishini jonli efir orqali kuzating |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
Repost from Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
🏛 Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarini tashkil etish jarayonida quyidagi muhim bosqichlarga qat’iy amal qilinadi: 📅 Tashkiliy ▪️ Deputatlar kamida 3 kun oldin xabardor qilinadi ▪️ Kun tartibi oldindan tarqatiladi ▪️ Sessiya vaqti va joyi aniq belgilanadi 👥 Ishtirok va vakolat ▪️ Deputatlarning kamida 2/3 qismi qatnashishi shart (kvorum) ▪️ Qatnashgan va qatnashmagan deputatlar qayd etiladi ▪️ Raislik qiluvchi va sessiya kotibi belgilanadi 📂 Masalalarni ko‘rib chiqish ▪️ Har bir masala avval doimiy komissiyalarda muhokama qilinadi ▪️ Ma’ruzalar va muzokaralar reglament asosida o‘tkaziladi ▪️ Deputatlar savol va takliflar bilan faol ishtirok etadi 📝 Oshkoralik va hujjatlashtirish ▪️ Bayonnoma yoki stenogramma yuritiladi ▪️ Ovoz berish natijalari rasmiy qayd etiladi ▪️ OAV vakillari ishtiroki ta’minlanadi ✅ Sessiyalar jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda ochiq va shaffof tarzda o‘tkaziladi.
Joriy yilning 16-iyun kuni soat 16:00 da tuman hokimligida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o'n to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya ishida: Kitob tumanida “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–44-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; Kitob tumanida tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, gaz ta’minoti tizimini yaxshilash yuzasidan 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida va boshqa masalalar ko'rib chiqilishi belgilangan.Sessiya ishini jonli efirda quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz va savollaringiz bo‘lsa izohlarda yozish orqali yo‘llashingiz mumkin: Jonli efir havolasi: 👉 https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy
+2
"Ayollar daftari": Deputatlar nazorati hududlarda davom etmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Egamberdiev tumandagi "Varganza", "Obod" hamda "Qo‘shdaryo" mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, "Ayollar daftari"ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida deputat har bir mahallada ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va sifati bilan tanishdi.
Suhbatlar davomida aniqlangan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini tizimli hal etish borasidagi ishlar deputatning doimiy e’tiborida.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
+4
Tuman Kengashi deputatlari joylarda: Yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda
Tuman Kengashi deputati A.Omonov hamda Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi "Jilisuv" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlarning ish boshlash jarayonlari, yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat va kotibiyat mudiri tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va muammolarini tingladilar hamda zarur tavsiyalar berdilar.
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqdaBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻 |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
HAFTALIK DAYJEST 📅 (8–12-iyun kunlaridagi eng muhim xabarlar sharhi)🗓 8-IYUN | DUSHANBA
🏥 Tibbiy xizmat sifati nazoratda: Deputatlar va soha mutaxassislari tibbiy xizmat sifatini qonun ustuvorligi doirasida atroflicha o‘rganishdi.🗓 9-IYUN | SESHANBA
👤 Fuqarolar qabuli: Xalq deputatlari tuman Kengashida aholi muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi qabul tashkil etildi.🗓 10-IYUN | CHORSHANBA
💼 Tadbirkorlik va mahalla: Kitob tumanida mahalla yettiligi faoliyati va aholi xonadonlaridagi oilaviy tadbirkorlik holati ko‘zdan kechirildi.🗓 11-IYUN | PAYSHANBA
🎭 Madaniyat: Deputatlar va soha mutasaddilari tumandagi madaniyat maskani faoliyati va shart-sharoitlari bilan tanishdilar.🗓 12-IYUN | JUMA
"Makrid" MFY tahlili: Tuman Kengashi deputati G.Kenjayeva joyiga chiqqan holda "Makrid" mahallasi yettiligining faoliyatini tahliliy o'rgandi.📢 KELGUSI HAFTA REJALARI
🗓 Anons: 15–19-iyun kunlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar rejasi e'lon qilindi
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan Sariosiyo mahalla fuqarolar yig'inini asfaltlashtirish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi DM tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
+3
Jilisuv MFYda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi va qonun targ‘iboti olib borildi
25-Jilisuv saylov okrugi deputati A.Omonov hamda kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov ishtirokida navbatdagi uchrashuv va o‘rganish tashkil etildi.
Xalq vakillari Jilisuv MFY hududida joylashgan 14-DMTT faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari, muassasaning moddiy-texnik holati va qishki-yozgi mavsumga tayyorgarlik masalalari ko‘zdan kechirildi.
⚖️ Shuningdek, uchrashuv doirasida DMTT jamoasi va pedagog xodimlari ishtirokida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda bolalarning huquqiy himoyasi, ularning ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda har tomonlama sog‘lom rivojlanishlari uchun davlat tomonidan yaratilgan kafolatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.DEPUTATLAR_FAOLIYATI
