1 000
Підписники
-124 години
-187 днів
-11130 днів
Архів дописів
“Neftchi” Antaliyada!
Chempionlikka asosiy fovarid hisoblanayotgan farg’onaliklar ayni vaqtda Turkiyada bo’lib turibdi. Jamoa og’ir o’tishi kutilayotgan Superliganing 2-davrasi tayyorgarlikni boshladi. Bu shubxasiz chempionlik uchun juda katta qadam hisoblanadi.
Jahon Chempionati atmosferasida o’tayotgan kunlarda ko’pchilik farg’onalik muhlislar ham sezmay qolgan bo’lsa ajab emas. Shaxsiy fikrim, chempionlik uchun shunday kurashiladi. Mazkur holatda klubga berilayotgan moddiy e’tiborni ham ta’kidlab o’tishimiz lozim.
Ma’lumot o’rnida, “Neftchi” mavsum oldi yig’inlari Superligamizning boshqa klublariga qaraganda uzoqroq davom etgandi va yakunda jamoa birinchi davrani birinchi o’rinda yakunladi.
@davlatbekmuydinov
Olimpiyadada qilgan xatomizdan yetarli xulosa chiqarganmiz deb umid qilaman.
2024 yilda bo’lib o’tgan Parijdagi Olimpiya o’yinlarida guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib borganmiz. Yakunda guruh bosqichida 1 ochko toplagan holda 4-o’rinni qo’lga kiritgandik.
Parijga juda katta eyfariyada borgan jamoamiz birinchi o’yinda turnir fovaridi va yakundagi chempioniga qarshi maydonga chiqadi. Jamoamiz mazkur bahsga juda katta energiya sarflaydi. Vaholangki, qolgan 2 ta bahsda ochko olishimiz shart bo’lgan bir vaqtda Ispaniyaga qarshi bor kuchimiz bilan mo’jiza yaratishga harakat qilgandik.
Mazkur turnirda ham guruhdan chiqishni xohlasak, Kongoni mag’lubiyatga uchratishimiz kerak. Asosiy raqibimiz aynan ular.
Endi savol tug’iladi: jamoamiz 3 ta bahsga kuchini taqsimlay oladimi? 3-turdagi asosiy o’yinimizga qanday sport formada borar ekanmiz?
@davlatbekmuydinov
Jaloliddin Masharipov yakuniy 26 talikdan chiqarilgani futbol ommasini huddiki 2 ga bo’lib qo’ygandek. Kimlardur jarohati bor, nima uchun bir futbolchini o’rini band qilishi kerak deyotgan bo’lsa, ikkinchi tomon esa Masharipovning hozirgi holatidan kelib chiqib bu qarordan mamnun.
Yaxshi bo’lmabdi - 💔
Mamnunman - 💯
@davlatbekmuydinov
Alijonov uchun Jahon Chempionati tugadimi?
Habaringiz bo’lsa kerak, Xojiakbar Alijonov so’ngi 2 o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushurilmadi. Hattoki Niderlandiyaga qarshi bo’lib o’tgan zahira o’yinchilari o’rtasidagi bahsda ham u tarkibda yo’q edi. Uning yo’qligi o’z o’zidan o’ng qanot himoyamizda faqatgina jarohatdan so’ng birorta rasmiy o’yinda maydonga tushmagan Behruz Karimov va majburiy shu qanotda o’ynatilayotgan Farruh Sayfiyev qolganini anglatadi.
Tahminan bir oy avval kengaytirilgan tarkibga o’ng qanot himoyachilari Zafarmurod Abdurahmatov va Azizbek Turg’unboyevlarning kiritilmagani tanqid ostiga olingandi. Afsuski bu xavotirlarimiz real holatga ko’chib o’tyapti. Endi janob Fabio o’ng qanotni kimga ishonib topshirar ekan.
Agar Alijonovning holati jiddiy bo’lib chiqsa, o’rniga Jiyanov tarkibga qo’shilishi kutilmoqda.
Partugaliyada Leaoga qarshi, Kolumbiyada Luis Diasga qarshi kim harakat qilar ekan? Xavotirli-a?
@davlatbekmuydinov
Igor Sergeyev uchun juda hursandman.
Bir muddat butun xalqing seni tanqid qiladi, hattoki ba’zilar xalq dushmani deyishgacha boradi. Ammo sen to’xtamaysan, ortiqcha chalg’ishlar (instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi aktivlik) yo’q, faqat mashg’ulot jarayonlarini murakkablashtirasan. Yakunda bu tarkibga loyiq ekanligingni yillar davomida seni bir vaqtlar yomonlagan insonlarga isbotlaysan. Sen jamoa Jahon Chempionatiga chiqgan o’yindan keyingi saralashning so’ngi turida maydonga tushiboq 30 sekund o’tar o’tmas bu og’ir hayot yo’lini bosib o’tganing uchun mukofotlanasan.
Bugun esa sen jamoangning Amerikadagi birinchi goli muallifiga aylanding va bunga haqlisan. Sendagi iroda va taslim bo’lmaslik ruhi butun chempionatga ta’sir qilishini xoxlardim.
@davlatbekmuydinov
Afsus yutqazdik!
Butun o’yin davomida Niderlandiya klas nuqtai nazaridan ancha yuqori ekanliklarini isbotlashdi. Hattoki mazkur bahsda hisob yiriklashib ketish ehtimoli ham yuqori edi. Ishlashimiz kerak bo’lgan nuqtalar juda ham ko’p ekanligi yaqqol bilindi. Xususan, Sayfiyev Gakpoga umuman qarshilik ko’rsatib berolmadi, tezroq Alijonov tuzalib safga qaytishini tilab qolamiz.
Ehhhh Turg’unboyev yoki Zafarmurodning tashlab ketilgani bilinyapti….
@davlatbekmuydinov
Superligada harakat qilayotgan
Qashqadaryoning bir jamoasi ayni vaqtda moliyaviy juda yomon ahvolga kelib qolgan!
Klub mutassaddilari murakkab holatdan chiqishning harakatida, lekin oson bo’lmasligi aniq.
Futbolimizdagi harakat vektori o’zgaryapti, jamoalar hamma narsaga tayyor bo’lishi kerak.
Jang qurbonlarsiz bo’lmaydi, umid qilamizki bu qurbonlar bekorga bo’lmayapti!!!@davlatbekmuydinov
Umid qilamanki bu jamoamizning Amerikadagi ko’k libosda harakat qilgan so’ngi o’yini bo’lmaydi.
Eslatma: O’zbekiston Milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha o’yinida oq libosda harakat qiladi.
So’ngisi - 💔
So’ngisi emas - 💯
@davlatbekmuydinov
Bugungi uchrashuvda yigitlarimizda “shans” bormi?
Yarim tunda O’zbekiston Milliy terma jamoamiz Yevropa grandlaridan biri Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv orqali top yulduzlarga qarshi qanday o’ynash mumkin ekanligini Partugaliyaga qarshi o’yindan oldin tanamizda his etib olamiz.
Imkoniyatlarimizga keladigan bo’lsak, himoyaviy o’yin orqali qarshi hujumlarga tayanib, yakunda murosa ko’chasini tanlashimiz yoki omadimiz kelib qarshi hujumlardan unumli foydalana olsak minimal hisobda g’alaba qozonishimiz mumkin. Jazoyirning o’yinidan “шпаргалка” sifatida foydalanish zarar qilmaydi.
Misirga qarshi o’yinimizga o’xshash futbol ko’rsatish variant emas. Sababi Niderlandiyaliklarning klasi ancha yuqori. Bizning darvozamizni ishg’ol etish uchun ularga yarimta vaziyat yetadi.
Himoyachilarimizga kuch quvvat tilaymiz, ijobiy natija qayd etishning yagona yo’li shudek tuyilyapti.@davlatbekmuydinov
Alijonov bilan hammasi joyida deb umid qilamiz?
Birinchi turda jamoamiz Kolumbiyaga qarshi maydonga chiqadi. E’tiborlisi, raqiblarimizning chap qanot hujumida Luis Dias harakat qiladigan bo’lsa, asosiy havf bizning o’ng qanotimizda yuzaga keladi. Lekin hozir bizda mavjud bu zonamizdagi futbolchilardan Behruzbek Karimov jarohatdan so’ng hali rasmiy o’yinda maydonga tushmagan, Alijonov so’ngi vaqtlar jarohat olishga moyil bo’lib qolgan. Luis Diasga qarshi yana o’ng qanotda Sayfiyev tushadigan bo’lsa… Shunchaki tasavvur qilish ham qo’rqinchli.
Hayriyatki, Abduqodir Xusanov “Manchester Siti”da bir qator grandlarga qarshi o’ng qanotda ishonchli o’ynagan. Bu o’yinda ham qanot himoyaga yaqinroq harakat qilsa havfni biroz bo’lsada kamaytirishga erishamiz.
Kundan kunga mundial atmosferasiga kirib boryapmiz-a?
@davlatbekmuydinov
Ispaniya terma jamoasi Jahon Chempionatiga tayyorgarlik mashg’ulotlarini o’tkazayotgan vaqt, “Barselona” yarimhimoyachisi Gavi “shaxarliklar” sardori Rodriga nisbatan ancha xavfli o’ynadi.
So’ngi vaqtlarda Rodrining jarohatga moyilligi ortib ketganini hisobga olish kerak. Bunday keskin harakat tugul kichik kontakt ham uning eski jarohatini qaytalab yuborishi mumkin.
Shu sababli biroz ehtiyot bo’l Gavijon😅@davlatbekmuydinov
Jahon Chempionati startiga 4 kun qoldi.
JCH-26 Meksika va Janubiy Afrika qarama qarshiligi bilan boshlanadi. Biznikilar 18-iyun kuni soat 7:00 da tariximizdagi ilk mundialni bevosita stadiondan his qilishadi. Kalumbiyaga qarshi juda murakkab o’yin bizni kutib turibdi.
@davlatbekmuydinov
Ayni vaqtda guruhimiz fovaridi hisoblanga 🇵🇹Partugaliya 🇨🇱Chiliga qarshi bahs olib bormoqda. 20 daqiqadan shuni angladimki partugaliklarning yarim himoyasi haddan tashqari mukammal, bexato o’ynayapti.
Bu o’rtoqlik uchrashuvi ekanligidan kelib chiqsak, futbolchilar rasmiy o’yinda yana qo’shadi. Lekin bu bizga aslo bosim yuklamasligi kerak.
Shaxsiy fikrim, guruhdagi asosiy raqibimiz bu - Kongo. Asosiy e’tiborimizni, kuchimizni va energiyamizni aynan o’sha 3 turga saqlab qo’yishimiz lozim.
Siz qanday fikrdasiz, haqiqattan ham asosiy raqimiz Kongomi, Partugaliya yoki Kalumbiya emas?
@davlatbekmuydinov
7 ta markaziy himoyachi⁉️
Yakuniy 26 talik qaydnomaga e’tibor beradigan bo’lsak, markaziy himoyaga naqd 7 ta futbolchi olingan. Xusanov va Ashurmatovlar asosiy tarkibda 100% foiz maydonga tushirilishidan kelib chiqsak, qolgan 5 ta futbolchidan biri 3-markaziy himoyachi sifatida maydonga tushishi mumkin. Aytaylik 2 tasi zahiradan maydonga tushirilgan taqdirda, 2 ta himoyachimiz mutlaqo o’yin amaliyotisiz qolib ketadi. Vaholangki o’sha 2 futbolchi o’rniga bitta tayanch yarim himoyachi va bitta o’ng qanot himoyachisi olib kelinganida yaxshi bo’larmidi? Balki bu holatda o’ng qanotda Sayfiyevga ehtiyoj qolmagan bo’lardi.
Xudo ko’rsatmasin, agar JCH-26dagi bizdagi asosiy muammo o’ng qanot himoya bo’ladigan bo’lsa, biz jurnalistlar janob Kannavarodan Turg’unboyevga qay darajada ehtiyoj yuzaga kelganligini matbuot anjumanida so’rab olishimiz mumkin. Avvalo jamoa turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz, ammo bir pozitsiyaga buncha ko’p futbolchi jalb etilishi hayron qoldiradi!
@davlatbekmuydinov
Diqqat savol “?” kim😅
Do’stingizdan so’rab ko’ring⁉️
@davlatbekmuydinov
+1
1.2 mln kuzatuvchilarga ega bo’lgan FoxSoccer instagram sahifasi Jahon Chempionati starti haqidagi postni liderlarimiz Xusanov hamda Shomurodov bilan birgalikda mundialga olib ketilmagan Alisher Odilovning rasmi bilan joylashtirgan.
Qiziq, bunda qanday ma’no bor ekan?🤔
@davlatbekmuydinov
Jahon Chempionatida darvozamizni kim qo’riqlaydi?
O’tkir Yusupov shubhasiz yo’llanma qo’lga kiritilishidagi eng asosiy futbolchilarimizdan biri bo’ldi. U Katanes boshchiligidagi terma jamoamizning birinchi raqamli darvozaboni edi, ammo Don Fabio jamoasida Abduvohid Nematovning 11 talik start tarkibga kirish ehtimoli yuqori.
Katanes qo’l ostidagi jamoamiz o’yin qurishda uzoq masofaga paslar yordamida harakat qilardi, ammo Kannavaroning kelishi o’yinimizda bir qator o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Xususan, Kannavoro jamoasi “build-up”da qisqa paslar orqali hujumga chiqayotganini bir nechta o’yinlarda ko’rdik. Bu sistemada endi darvoza dahilsizligini ta’minlash bilan bir qatorda darvozabonimiz oyoq bilan ham ishonchli harakat qilolishi talab etiladi.
Mening fikrimcha, Abduvohid Nematov oyoq bilan o’ynay oladigan bizda mavjud eng kuchli darbozabon va aynan unga JCH-26 da O’tkir Yusupovdan ko’proq o’yin amaliyoti beriladigan bo’lsa ajablanmayman.
@davlatbekmuydinov
