Zayd Qamar
Відкрити в Telegram
Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
706
Підписники
+524 години
+147 днів
+6230 днів
Архів дописів
706
✉️ You have a new anonymous message!
Koʻpincha insonlar ) buni soʻzlarni oʻrniga boshqa soʻzlar bor lekin soʻzlay olmasalar ishlayishardi deb oʻylayman)) Chunki oʻzimda ham shundaymen yozganlarimga samimiyat va kayfiyat qo'shib turadigan narsadek his qilaman))
706
✉️ You have a new anonymous message!
Yozuvchilarga havasim keladi oʻzim yozaolmaganimgami Fikrlarni tartiblab yozish uchun tafsiyalar bering)hozir yozish bo'yicha o'zim ham kimgadir tavsiya bera oladigan ahvolda emasman. lekin menda avvaldan har doim "ishlagan" texnika — qog'ozga barini boricha yozishni odat qilish. kundan-kunga fikrlaringiz sayqallanib borayotganini his qilasiz. lekin yozmasangiz, hech narsa o'zgarmaydi)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Anchadan beri, o'qigan kitoblariz haqida video (misol uchun Ikki eshik orasi haqida ham juda ko'p videolar joylardiz) yoki postlar joylamayabsiz, nima uchun? Lekin biz ya'na shunday video va postlar joylab borishizi hohlardik. Postlariz bizga ya'nada ko'proq kitob o'qishga, ishtiyoq berayotgandi.shaxsiy muammolar va sinovlar sabab to'xtatgandim. keyin ishtiyoq biroz susaydi. yaxshi bola bo'lamiz desangizlar, ertadan qaytamiz nasib))
706
✉️ You have a new anonymous message!
I was just curious because you express yourself so well through poetry. I think poets are often emotionally mature enough to understand themselves and see the world a little differently...i feel the same way, but unfortunately, most people consider emotional sensitivity a weakness))
706
✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum. Munosabatlarda tashqi koʻrinish muhimmi yoki insonning ichki dunyosi?va alaykum assalom va rohmatulloh. albatta ichki dunyo muhim, aksincha bo'lsa hech qanday munosabat uzoqqa bormaydi. lekin tashqi ko'rinish ilk taassurotni uyg'otadi, qarshingizdagi inson haqida dastlabki tushunchalarni hosil qiladi. shuning uchun musulmon kishi har ikkisini kamol toptirishi lozim, meningcha)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum Sizda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqish qayerdan paydo boʻlgan yokida kim turtki boʻlgan? Bilasizmi kitob oʻqishimda tanaffus qilib yuborgan boʻlsam sizni kitoblar haqidagi sharhlaringizni oʻqisam yokida vidiolarni koʻrsam yana kitobga boʻlgan qiziqishim ortib boshlaydi... Rahmat manfaat ulashayotganingiz uchun😊va alaykum assalom va rohmatulloh. kitob o'qishga qiziqish «Menga Alloh kifoya» va Muhammadali ustoz tavsiya qilgan «Savdogarlar ustozi» kitoblaridan keyin boshlangan. ustozga havas qilib kitob o'qishga kirishgandim a-a-aslida) kontentlarga qaytayotgan odam uchun g'ayrat bo'ladigan so'zlar aytibsiz, rahmat)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Nega soʻzingiz ohirida bu) va * buni ishlatasiz) — jilmayish * — so'zning to'g'rilangani)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Mutolaa ilovasida sizni Davrangizni topa olmayapman.https://mutolaa.com/davra/profile/zayd_qamar hamma tarmoqlardagi havolam bir xil)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Hozirda kitob mutolaa qilishga vaqt topa olayabsizmi? Agar mutolaada boʻlsangiz qaysi kitob?asta qaytyapman mutolaaga, rosti. Ahmad Lutfiy Qozonchining tanlangan asarlari kitobini boshlayapman)
706
✉️ You have a new anonymous message!
Assalamu alaykum.How old are you?va alaykum assalom va rohmatulloh. katta bo'lsam aytaman, maylimi?)
706
bizga har doim qila olmaydiganlarimiz emas, qodir boʻla turib qilmayotganlarimiz eng koʻp tushkunlik beradi.
706
Yoza olmaslik azobini his qilganmisiz hech?
Inson chalkash hissiyotlari qarshisida chorasiz qolar ekan, oʻzining hatto oʻz qalbiga hukmi oʻtmaydigan darajada ojiz va faqir ekanini yana bir bor anglab yetadi. Biz kabilar uchun yoza olmaslik gapira olmaslik bilan barobar. Bir narsa haqida soʻzlay olmasligimiz u narsani yoʻqligini anglatmaganidek, yoza olmaslik ham dard yoʻq ekanini anglatmaydi. Aksincha, yozmaslikning oʻzi bir dard. Goʻyoki bir qurilmaning barcha ehtiyot qismlarini stol ustiga terib, soʻng qayta joyiga qoʻya olmayotgandek nochor his qiladi inson oʻzini. Qaysi biridan boshlashni, qay birini qanday ifodalashni bilolmay xunob boʻlasan kishi. Oʻtgan kunlardagi satrlaringni takror oʻqiysan. Beixtiyor «shu menmidim?» deysan. Hozirgi tushib qolgan ahvolingdan yigʻlamsiraysan. Qalbing qonay boshlaydi. Biroq buni ham yozolmaysan. Hamma his takror, hamma soʻz oʻxshash… Ha, yoza olmoq shunday narsa. Robbim rahmati ila dard berib, ilhom bermasa, yoza olmaslikning oʻzi yana bir iztirobga aylanadi. Samimiyat siyohiga botirilgan, hissiyot qalami bilan yozilgan jumlalar qalblarning eng muhtasham maskanlaridan joy egallaydi. Hatto hozir ham, ayni satrlar taqillatgan qalblardan sado kelmas ekan, yana bir iztiroblarimni ifodalay olmagan oʻzga iztirob paydo boʻlgan boʻladi xolos…
…yozishguncha!

Inson insondan rang oladi.
Ba’zan qarshingizda turgan insonning tilidan tomgan shira, yuzida porlagan nur, lablarida aks etgan moʻjaz tabassum ortida oʻzga bir inson turgan boʻlishi mumkinligi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz?
Bitta aytilgan shirin soʻz, bir chimdim ulashilgan ilm, bir lahza hadya etilgan tabassum, biroz tuhfa etilgan samimiyat nafaqat qarshingizdagi insonning, balki sizdan soʻng u uchratadigan boshqa insonlarning-da qalbiga huzur-halovat olib kirishi mumkinligi naqadar yoqimli, shunday emasmi?
Bir oʻylab koʻring-a.
Balki yuzimizda porlagan nur quyoshning emas, quyosh kabi iliq taftli kimsalarning aksidir? Balki bizni ishqning alvon rangiga burkagan narsa qon emas, ishqdan bagʻri qon boʻlgan oʻzga bir oshiqning rangidir?
Unday boʻlsa, suhbatiga koʻngil arjumand boʻlgan, ruhingizga oʻzgacha yengillik baxsh etgan birini koʻrganingizda, faqat uning haqqiga emas, u rang bergan oʻzga birining ham haqqiga duo qilishni unutmang. Axir, inson insondan rang oladi…