uk
Feedback
O‘zbekiston geografiya jamiyati

O‘zbekiston geografiya jamiyati

Відкрити в Telegram

📖 Geografiya ilmining ixlosmandlari uchun ommaviy kanal! ➖️ Muallif: Qambarov O.X. ➖️ Murojaat: @omadbek_38 ➖️ Murojaat: +998777010205 ➖️ Kanalimiz: @geografiya_ilmi ➖️ Guruhimiz: @geografiya_ilmi_guruhi ➖️ Administrator: @geografiya_ilmi_admini

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
Buy Ad
2 908
Підписники
+7624 години
+5127 днів
+1 71830 днів
Архів дописів
#shukronalik Bugun hayotimdagi yana bir muhim sahifa ochilgan kun. Chunki maktabga ishga qabul qilindim. Allohga behisob shuk
#shukronalik
Bugun hayotimdagi yana bir muhim sahifa ochilgan kun. Chunki maktabga ishga qabul qilindim. Allohga behisob shukur endi rasman maktab o‘qituvchisiman.
Ushbu xabarni yozarkanman, ichimda juda boshqacha hayajon bor. Chunki o‘qituvchilik — shunchaki ishga kirish yoki bir lavozimga ega bo‘lish emas. Bu — katta mas’uliyat. Har kuni yuzlab nigohlar qarshisida turish, o‘quvchining savoliga javob berish, unga nafaqat bilim, balki to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga harakat qilish demakdir. Nasib qilsa, o‘quvchilarim qalbida geografiyaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga dunyoni boshqacha nigoh bilan ko‘rishni o‘rgatish va kelajakda “Menga shu ustozim ilhom bergan” deydigan shogirdlarga ega bo‘lish — eng katta maqsadlarimdan biri bo‘ladi.
Bugungi kunimga yetib kelishimda menga ishongan, maslahat bergan, qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga chin dildan rahmat aytaman... 🥹 Hurmat bilan: Qambarov O.X.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#pdf | Iqlim (1-qism) O‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlari davomida foydalanish tavsiya etiladi. Hurmat bilan: Qambarov O.X.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

Iqlim (1-qism).pdf2.87 MB

#eslatma O‘zbekiston vaqt mintaqasi haqida! O‘zbekiston hududi geografik jihatdan 2 ta soat mintaqasida – IV- va V-soat minta
#eslatma
O‘zbekiston vaqt mintaqasi haqida!
O‘zbekiston hududi geografik jihatdan 2 ta soat mintaqasida – IV- va V-soat mintaqalarida joylashgan. Jumladan, Toshkent shahri geografik joylashuviga ko‘ra esa V-soat mintaqasiga kiradi.
Nega endi V emas IV soat mintaqasi? O‘zbekistonning geografik uzunliklari taxminan 56°00'–73° sharqiy uzunliklar oralig‘ida. Shuning uchun tabiiy geografik bo‘linishda:
52°30′–67°30′ sh.u. → IV soat mintaqasi 67°30′–82°30′ sh.u. → V soat mintaqasi Biroq O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng vaqt hisobida qulaylik yaratish va mamlakat hududida yagona vaqt tizimini ta’minlash maqsadida hukumatning maxsus qarori bilan O‘zbekistonning butun hududida IV-soat mintaqasi vaqti qabul qilingan. Shu sababli topshiriqlarni bajarishda Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa barcha hududlari IV-soat mintaqasida joylashgan deb hisoblanadi. Ya’ni, hisob-kitoblarda geografik jihatdan V-soat mintaqasiga kiruvchi hududlar uchun ham IV-soat mintaqasi vaqtidan foydalanish zarur. ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#iGeo_2026 | Istanbul 🇹🇷 Yosh geograflarimiz O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda himoya qilish uchun iGeo 2026 — Xalqaro
#iGeo_2026 | Istanbul 🇹🇷
Yosh geograflarimiz O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda himoya qilish uchun iGeo 2026 — Xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etish maqsadida yo‘lga chiqishdi!
iGeo — International Geography Olympiad 16–19 yoshdagi eng iqtidorli yosh geograflar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada hisoblanadi. Olimpiada ishtirokchilari uch asosiy yo‘nalishda bellashadilar: Yozma test — geografik bilim va tahliliy fikrlash; Multimedia testi — geografik ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; Dala tadqiqoti — real hududni o‘rganish, kuzatish, xaritalash va geografik muammolarga yechim ishlab chiqish.
Ushbu bosqichlar orqali ishtirokchilarning nafaqat nazariy bilimlari, balki mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va amaliy geografik ko‘nikmalari ham baholanadi.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#qabul 👉 https://t.me/geografiya_ilmi/404
🎁 Sinflar kesimida tayyorlangan XX-variantdan iborat ehtimoliy olimpiada testlari.
Darslarimiz 18-avgustdan boshlanadi, shoshiling joylarimiz soni cheklangan! Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#darslik_7 (2022) 📖 1.1-§: Geografiya fani haqida ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+2
#darslik_7 (2022)
📖 1.1-§: Geografiya fani haqida
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

sticker.webp0.28 KB

#infografika 📖 Shimoliy Muz okeani ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+8
#infografika
📖 Shimoliy Muz okeani
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#infografika 📖 Tinch okeani ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+9
#infografika
📖 Tinch okeani
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#infografika 📖 Hind okeani ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+7
#infografika
📖 Hind okeani
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#infografika 📖 Atlantika okeani ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+8
#infografika
📖 Atlantika okeani
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#qulayliklarimiz Respublika fan olimpiadasi ishtirokchilari bilan hamkorlikda barcha darslar olib boriladi! ➖️ Nazoratli teks
#qulayliklarimiz
Respublika fan olimpiadasi ishtirokchilari bilan hamkorlikda barcha darslar olib boriladi!
➖️ Nazoratli tekshiruv ➖️ Ommaviy savol-javob ➖️ Kunlik optimal testlar ➖️ Barcha darslik tahlillari ➖️ Respublika fan olimpiadachilardan tavsiyalar
🎁 Sinflar kesimida tayyorlangan XX-variantdan iborat ehtimoliy olimpiada testlari.
Darslarimiz 18-avgustdan boshlanadi, shoshiling joylarimiz soni cheklangan! Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#xushxabar 9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun geografiya fanidan online darslar uchun qabul boshlandi! 🗓 Darslar haftada 6 kun
#xushxabar
9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun geografiya fanidan online darslar uchun qabul boshlandi!
🗓 Darslar haftada 6 kun ikki mahal ➖️ Darsliklarning infografik tahlili ➖️ Mavzulashtirilgan testlar tahlili ➖️ Atlas hamda xarita bilan ishlash ➖️ Amaliy mashg‘ulotlar bilan ishlash ➖️ Geografik ma’lumotlarni tahlil qilish
Sinflar kesimida maxsus tayyorlangan XX-variantdan iborat olimpiadasi qo‘llanmalari dars ishtirokchilariga bepul taqdim etiladi.
Darslarimiz 18-avgustdan boshlanadi, shoshiling joylarimiz soni cheklangan! Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 Murojaat: 👉 @omadbek_38 ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#qabul_boshlandi 🌎 Geografiya fan olimpiadalari ham boshlanmoqda! 9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun PREMIUM online darslar uch
#qabul_boshlandi
🌎 Geografiya fan olimpiadalari ham boshlanmoqda! 9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun PREMIUM online darslar uchun qabul boshlandi!
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#muallifdan Bugun shaxsiy kutubxonam yana bir bebaho ilm xazinasi bilan boyidi! 🏢 Urganch davlat pedagogika instituti, geogr
#muallifdan
Bugun shaxsiy kutubxonam yana bir bebaho ilm xazinasi bilan boyidi!
🏢 Urganch davlat pedagogika instituti, geografiya yo‘nalishi tayanch doktoranti Po‘latova Quvonchoy ustozimizning muallifligidagi ilmiy asar kutubxonamga yetib keldi. 📖 Har bir ilmiy asar — tajriba, izlanish va fidokorona mehnat mahsuli. Ushbu kitob ham bilimlarimni yanada boyitish, ilmiy faoliyatimda yangi g‘oyalar olishimga xizmat qilishiga ishonaman.
🤲 Ustozimizga ushbu qimmatli asar uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Ilmiy ijodlaringiz yanada, bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan: Qambarov. O.X.
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

#phd_himoya 🏢 Andijon davlat universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari kafedrasi tayanch doktoranti Toshpoʻlatov Abduqodir Maxammadjon o‘g‘li 2026-yil 16-aprel kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17 raqamli Ilmiy kengashda dissertatsiya himoyasini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Anklavlik sharoitida So‘x tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari va istiqbollari” mavzuidagi 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya) ixtisosligidan geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  dissertasiyasi.
Mazkur ilmiy himoya jarayoni geografiya sohasidagi dolzarb tadqiqotlar va ilmiy izlanishlarning yana bir muhim namunasi bo‘ldi. Ilm yo‘lida izlanayotgan barcha tadqiqotchilarga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz! ☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi