O‘zbekiston geografiya jamiyati
Відкрити в Telegram
📖 Geografiya ilmining ixlosmandlari uchun ommaviy kanal! ➖️ Muallif: Qambarov O.X. ➖️ Murojaat: @omadbek_38 ➖️ Murojaat: +998777010205 ➖️ Kanalimiz: @geografiya_ilmi ➖️ Guruhimiz: @geografiya_ilmi_guruhi ➖️ Administrator: @geografiya_ilmi_admini
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
2 880
Підписники
+7624 години
+5127 днів
+1 71830 днів
Архів дописів
+1
#dtm | Geografiya & Tarix
OTM kirish ballari 2025/2026 o‘quv yili!
☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+1
#abituriyent | KVOTA-2026 🎓 BAKALAVR 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI va KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining taqsimlanishi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+1
#abituriyent | KVOTA-2026 🎓 BAKALAVR 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI va KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining bo‘yicha taqsimlanishi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#foydali | Yerning sharsimon shakli va uning oqibatlari Yerning haqiqiy shakli geoid bo‘lsa-da, amalda uni mukammal shar sifatida qabul qilamiz. Shu sababli kecha va kunduz almashinadi. Ekvatordan qutblarga tomon o‘zgarishlar: ➖️ Quyosh nurlarining tushish burchagi kichrayadi. ➖️ Havo harorati pasayadi. ➖️ Soyaning uzunligi ortadi. ➖️ Suvning sho‘rlanish darajasi kamayadi. ➖️ Doimiy qor chizig‘ining balandligi pasayadi. ➖️ Dehqonchilikning yuqori chegarasi pasayadi. ➖️ O‘rmonlarning yuqori chegarasi pasayadi. ➖️ Quyosh nurlarining atmosferada yutilish darajasi ortadi. ➖️ Yer aylanishining tezligi kamayadi. ➖️ Xaritalardagi buzilishlar ortadi. ➖️ Ikki meridian orasidagi proyeksion maydon kamayadi. ➖️ Kiyim-kechak turi o‘zgaradi. ➖️ Iqtisodiy faoliyat o‘zgaradi. ➖️ Meridianlar orasidagi masofa kamayadi. ➖️ Parallellarning uzunligi qisqaradi. ➖️ Kecha va kunduz davomiyligi o‘rtasidagi farq ortadi. ➖️ Tong va shom paytining davomiyligi ortadi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#foydali | Parallel chiziqlar Qutblardan teng uzoqlikdagi nuqtalarni birlashtirish natijasida hosil bo‘ladigan xayoliy chiziq ekvator deb ataladi. Ekvatorga parallel ravishda chizilgan deb tasavvur qilinadigan xayoliy aylanalarga parallellar deyiladi. Xususiyatlar esa quyidagicha: ➖️ Boshlang‘ich parallel — Ekvator. ➖️ Parallellarning uzunligi qutblarga tomon qisqarib boradi. ➖️ 90° Shimoliy kenglik va 90° Janubiy kenglik oralig‘ida jami 180 ta parallel mavjud. ➖️ Parallel darajalari qutblarga tomon ortib boradi. ➖️ Parallellar sharq–g‘arb yo‘nalishida cho‘ziladi. ➖️ Parallellar bir-biri bilan hech qachon kesishmaydi. ➖️ 90° shimoliy va 90° janubiy parallellar bitta nuqtadan iborat. ➖️ Ikki parallel orasidagi masofa 111 km ga teng.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#foydali | Meridian chiziqlar Qutb nuqtalari orasida choʻzilgan va parallellarni tik burchak ostida kesib oʻtuvchi xayoliy yarim doiralar meridianlar deb ataladi. Boshlangʻich meridian Angliyaning London shahridagi Grinvich (Greenwich) observatoriyasidan oʻtadi (0°). Xususiyatlar esa quyidagicha: ➖️ Meridianlar orasidagi masofa qutblarga tomon kamayib boradi. ➖️ Ikki meridian orasidagi mahalliy vaqt farqi 4 daqiqani tashkil etadi. ➖️ Meridian darajalari sharqqa va gʻarbga tomon ortib boradi. ➖️ 180° meridian — Xalqaro sana oʻzgartirish chizigʻi hisoblanadi. ➖️ Jami 360 ta meridian mavjud: 180 ta sharqiy uzunlik va 180 ta gʻarbiy uzunlik. ➖️ Barcha meridianlarning uzunligi teng. Lekin sana oʻzgartirish chizigʻi bundan mustasno. ➖️ Bir xil meridianda joylashgan barcha nuqtalarning mahalliy vaqti bir xil boʻladi. ➖️ Meridianlar shimol–janub yoʻnalishida choʻzilgan. ➖️ Barcha meridianlar qutblarda birlashadi. ➖️ Antimeridian — maʼlum bir meridianning Yer sharining qarama-qarshi tomonida joylashgan meridianidir.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#foydali | Masshtab haqida Masshtab – (nemischa “mass”- uzunlik, “stab”- tayoq) plan, chizma va xaritadagi ma’lum nuqtalar orasidagi masofaning yer yuzasidagi uzunligiga nisbati. Boshqacha qilib aytganda, ikki nuqta oralig‘ini necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi kasr sondir. Masshtab uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab. Foydalinish uchun eng qulayli, chiziqli masshtab hisoblanadi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#foydali | Kartografik proyeksiyalar turlari ➖️ Silindrik proyeksiya Yer shari silindr bilan o‘raladi va uning barcha elementlari tekislikka proyeksiya qilinadi. Natijada butun dunyo xaritasi hosil bo‘ladi. Yer bilan silindrning tutashish nuqtasi ekvator chizig‘i hisoblanadi. Shu sababli eng katta buzilishlar (xatoliklar) ekvatordan eng uzoq hududlarda kuzatiladi. Ushbu proyeksiya yordamida Yer yuzasi to‘liq tasvirlanadi. ➖️ Konussimon proyeksiya Konussimon proyeksiyalarda Yer shari konus ichiga joylashtiriladi. Konus yoyilganda yelpig‘ichsimon shakl hosil bo‘ladi. Yer bilan konusning tutashish chiziqlari tropiklar hisoblanadi. Shu sababli bu proyeksiya o‘rta kengliklarni tasvirlash uchun eng mos hisoblanadi. Hosil bo‘lgan tekis yuzada: meridianlar qutbdan boshlanuvchi to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi; parallellar esa konsentrik aylana yoylari shaklini oladi. ➖️ Azimutli proyeksiya Azimutli proyeksiyalarda Yer shari tekislikka proyeksiya qilinadi. Natijada aylana shaklidagi tasvir hosil bo‘ladi. Tekislik bilan sferaning yagona tutashish nuqtasi xaritasi tuzilayotgan qutb hisoblanadi. Bu proyeksiya qutbiy hududlarni eng aniq tasvirlaydi. Shuningdek, butun bir yarim sharni ko‘rsatish imkonini ham beradi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#xushxabar So‘nggi oylarda biroz band bo‘lib qolgan edim. Shu sababli kanalimizdagi faollik biroz pasaydi. Endilikda yana faoliyatimizni davom ettiramiz! ✍️🏻 Qambarov. O.X.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
#hujjatli_film | Paxtakor 79 O‘ZBEK FUTBOLI: ORZU, SABR VA G‘URUR TARIXI Bu shunchaki futbol haqida hikoya emas. Bu — millionlab muxlislarning orzusi, futbolchilarimizning mashaqqatli mehnati va butun xalqning g‘ururga to‘la yo‘li haqida hikoya. O‘zbekiston futbolining ilk qadamlaridan boshlab, tarixiy g‘alabalar, unutilmas uchrashuvlar, afsonaviy futbolchilar va jahon chempionati sari bosib o‘tilgan murakkab yo‘l ushbu hujjatli filmda o‘z aksini topadi. O‘zbekiston futbolining kechasi va buguni, orzusi va kelajagi — barchasi bir filmda!☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+7
#maqola | Davlat bilan mamlakatning farqi nimada? Ko‘pchilik “davlat” va “mamlakat” so‘zlarini bir xil ma’noda ishlatadi. Aslida esa bu ikki tushuncha o‘rtasida muhim farq mavjud. Mamlakat — ma’lum bir hudud, aholisi va geografik makonni ifodalovchi umumiy tushunchadir. Davlat esa — o‘z hududi, doimiy aholisi, boshqaruv tizimi, qonunlari va xalqaro maydondagi suveren maqomiga ega bo‘lgan siyosiy-huquqiy tuzilmadir. Shu sababli, suverenligi to‘liq tan olinmagan yoki davlatning barcha belgilariga ega bo‘lmagan ayrim hududlarni “davlat” emas, balki “mamlakat” deb atash ilmiy va mantiqiy jihatdan to‘g‘riroq hisoblanadi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+4
#tavsiya | Xaritadagi sirli hudud Geografiya darslarini yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish uchun o‘quvchilarga xaritadan turli obyektlarni topish vazifalarini bering. Bu usulni darsning yakuniy qismida qo‘llash juda ham samarali hisoblanadi. Unutmang, xarita bilan muntazam ishlagan o‘quvchi geografik tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va makonni yaxshi tasavvur qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi.☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi

+2

+3

+6
#davomi Mafkura va g‘oyalar insoniyat taraqqiyoti bilan birga shakllanib, asrlar davomida jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Qadimgi davrlarda bu tushunchalar bugungidek ilmiy va nazariy asoslarda izohlanmagan bo‘lsa-da, insonlar o‘z hayotiy qarashlari va qadriyatlari asosida yashaganlar. Aslida, har bir insonning hayotga, jamiyatga va kelajakka bo‘lgan munosabati ma’lum bir g‘oyaviy qarashlar tizimini ifodalaydi. Har qanday ijtimoiy guruh yoki muhit o‘ziga xos qoidalar va tamoyillar asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qoidalarning buzilishi esa ichki ziddiyatlar va tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, jamiyat miqyosida ham umumiy qadriyatlar va maqsadlarning yo‘qligi turli qarashlar to‘qnashuviga, ijtimoiy beqarorlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, jamiyat a’zolarining aksariyati umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi, puxta asoslangan va ezgu maqsadlarni ko‘zlagan g‘oya atrofida birlashsa, taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratiladi. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, jamiyatni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtira oladigan g‘oyaviy asoslarni mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Siyosiy mafkuralarga nazar (2-qism)☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi
+6
#mafkura | Jahon mamlakatlari mafkuralariga bir nazar Bugungi dunyo mafkuraviy jihatdan nihoyatda murakkab va serqirra tus olgan. Vaqt o‘tishi bilan g‘oyalar, qarashlar va mafkuraviy yo‘nalishlar yangilanib, turli shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Ilgari aniq chegaralarga ega bo‘lgan mafkuralar bugun yangi mazmun va ko‘rinishlarda insonlar ongiga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Hozirgi davrda g‘oyalar maydonida bir-biridan farq qiluvchi, ba’zan esa o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ko‘plab mafkuralar mavjud. Shu sababli “Mafkura bilan yashash qanchalik zarur?”, “Mafkurasiz hayot kechirish mumkinmi?” kabi savollar ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy. Ammo hayotiy haqiqat shuni ko‘rsatadiki, mutlaqo mafkurasiz yashaydigan shaxs yoki jamiyat mavjud emas. Har bir inson va har bir jamiyat ma’lum qarashlar, qadriyatlar hamda g‘oyalarga tayanib faoliyat yuritadi. Shunday ekan, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi siz uchun qanchalik ahamiyatli? Siyosiy mafkuralarga nazar (1-qism)☑️Obuna bo‘ling: @geografiya_ilmi