uk
Feedback
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Відкрити в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 10 351 підписників, посідаючи місце в категорії Інші.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 10 351 підписників.

За останніми даними від 02 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 39, а за останні 24 години на 0, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 2.46%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 8.14% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 255 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 843 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 3.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 03 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Інші.

10 351
Підписники
Немає даних24 години
+317 днів
+3930 день
Архів дописів
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni
+9
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida Agentlik vakillari xalqimizning mardlik va fidoyilik timsoliga aylangan “Matonat madhiyasi” monumenti hamda Millat fidoyilari xiyobonida Agentlik nomidan gulchambar qo‘yib, Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar. 🟠Shundan so‘ng Agentlik xodimlari Shon-sharaf davlat muzeyida bo‘lib, "Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorat, matonat va xalqimizning buyuk tarixini" aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. 🟠Xotira — millatni birlashtiruvchi buyuk qadriyat, ajdodlar jasorati esa kelajak avlod uchun mangu ibratdir. 🟠Qahramonlar xotirasi — qalblarimizda abadiy yashaydi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #9mayXotiravaQadrlashKuni #XotiraAbadiy #QadrMuqaddas

🇺🇿 2026-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dire
+4
🇺🇿 2026-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Polshaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi muvaqqat ishlari vakili Marian Przeździecki bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Shu bilan birga, muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida yengil sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tomonlar, shuningdek, Polsha yengil sanoat mahsulotlarini import qiluvchi kompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga biznes-missiyasini tashkil etish, B2B uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🟠Uchrashuv yakunida ikki davlat vakillari bo‘lajak tashrifni yuqori darajada tashkil etish, uni samarali o‘tkazish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dire
+1
🇺🇿 2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Hong Kong Monetary Authority (HKMA) mas’ullari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining eksport salohiyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:Gonkong banklari va moliyaviy institutlari orqali eksportga yo‘naltirilgan korxonalar uchun imtiyozli kreditlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish; — Eksport buyurtmalari asosida moliyalashtirish (order-based financing) tizimini joriy etish imkoniyatlari; — O‘zbek va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida savdoni moliyalashtirish instrumentlaridan samarali foydalanish orqali o‘zaro ishonchni mustahkamlash; — Eksportyorlar uchun pilot kredit liniyasini yaratish va uni bosqichma-bosqich kengaytirish istiqbollari.
🟠 Ma’lumot uchun: Hong Kong Monetary Authority (HKMA) — Gonkongning markaziy bank funksiyalarini bajaruvchi moliyaviy regulyatori bo‘lib, bank tizimi barqarorligini ta’minlash hamda xalqaro moliya markazi sifatida hududning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 🟠 Uchrashuv yakunida tomonlar ilg‘or moliyaviy yechimlarni joriy etish orqali O‘zbekiston yengil sanoati eksportini rag‘batlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston–Gonkong iqtisodiy forumi doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi 🇺🇿🇭🇰 Joriy yilning 6-may kun
+9
O‘zbekiston–Gonkong iqtisodiy forumi doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi 🇺🇿🇭🇰 Joriy yilning 6-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyaning davlat tashrifi amalga oshirilmoqda. Mazkur tashrifda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov ham ishtirok etmoqda. 🟠 Tashrif doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston–Gonkong iqtisodiy forumida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyalar hajmini oshirish hamda istiqbolli biznes loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda. 🟠 Forum doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 ga yaqin tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. 🟠 Tadbir davomida yengil sanoat, to‘qimachilik, charm-poyabzal, hunarmandchilik hamda eksportbop mahsulotlar namoyish etilib, xorijiy hamkorlar va investorlar tomonidan katta qiziqish bildirildi. 🟠 Ko‘rgazma mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyatini kengaytirish, yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston mahsulotlarini Osiyo bozorlarida faol targ‘ib etish uchun muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. 🟠 Shuningdek, tadbir doirasida qator B2B uchrashuvlar, muzokaralar va istiqbolli hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashuvlar tashkil etildi. 🔹 Mazkur forum O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿🇭🇰Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentl
🇺🇿🇭🇰Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Gonkongga amalga oshirilgan xizmat tashrifi doirasida Gonkongning Inside Fashion tashkiloti boshqaruv direktori Jane Singer ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoatining xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlash, eksport salohiyatini kengaytirish hamda global hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Muzokaralarda, xususan, O‘zbekistonni yengil sanoat sohasida yangi ta’minot va xarid yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi. 🟠 Tomonlar tomonidan mamlakatni xalqaro bozorlarda samarali ilgari surish maqsadida eng istiqbolli mahsulot toifalarini aniqlash yuzasidan fikr almashildi. 🟠 Shuningdek, Inside Fashion platformasi bilan axborot-tahliliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bozor tahlillari va sanoat tendensiyalari bo‘yicha hamkorlik formatlarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. 🟠 Uchrashuv davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilashda xalqaro ekspert tavsiyalarini jalb etish muhimligi qayd etildi. 🟠Ma’lumot uchun: Inside Fashion – global moda sanoati, ta’minot zanjirlari va ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur tahliliy ma’lumotlar taqdim etuvchi xalqaro platforma bo‘lib, yetakchi brendlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, O‘zbekiston yengil sanoatini xalqaro maydonda faol ilgari surish hamda aniq amaliy natijalarga erishishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проводимой работе и дальнейших планах в кожевенно-обувной промышленности. #Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #charm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UNIDO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+6
UNIDO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda UNIDOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv davomida UNIDO tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
🟠 Mazkur tashabbus doirasida yengil sanoat uchun Kompetensiyalar markazi (CoE) faoliyatini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: • kiyim konstruksiyasi (to‘liq va qisqa muddatli kurslar) • moda dizayni va fashion-illyustratsiya (uzoq va qisqa muddatli) • tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyalari • virtual prototiplash (ASSOL platformasi) • tikuv operatorlarini tayyorlash • bolalar va o‘smirlar uchun fashion-sketching • ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish • talabalar uchun amaliy stajirovkalar
🟠 Shuningdek, markaz tomonidan biznes subyektlariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: — kiyim konstruksiyasi va andozalar ishlab chiqish — mahsulot sifatini nazorat qilish 📈 Loyiha natijasida: — iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlari qo‘llab-quvvatlanadi — kichik va o‘rta korxonalarning eksport salohiyati oshiriladi — marketing, brending va dizaynda zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi — inson kapitali va texnologik salohiyat mustahkamlanadi — global qiymat zanjirlarida faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi 🟠 Tomonlar tekstil sanoati, moda va dizayn yo‘nalishlarida xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Sanoat xavfsizligi va eksport: KIOSH 2026 yakunlari 🇺🇿 Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida me
Sanoat xavfsizligi va eksport: KIOSH 2026 yakunlari 🇺🇿 Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi yo‘nalishidagi yirik xalqaro ko‘rgazma — “KIOSH 2026” bo‘lib o‘tdi. 🔷 Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy stend orqali yurtimizning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan yetakchi ishlab chiqaruvchilari munosib ishtirok etdi. 🟠 Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston mahsulotlari Qozog‘istonning yirik kompaniyalari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. 🟠 O‘tkazilgan B2B uchrashuvlar natijasida MDH bozoriga maxsus kiyim-kechak va poyabzal eksportini kengaytirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi. 🟠 Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada 100 dan ortiq xalqaro kompaniyalar va 3 000 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etdi. ✅ Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning xalqaro bozordagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #KIOSH2026 #YengilSanoat #Eksport #MadeInUzbekistan

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi nutqidan eng mu
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Xotira va qadriyatlar — kelajak poydevori 🟠Vatan ravnaqi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid bobolarimizning hayoti va faoliyatini yod etish — bugungi avlod zimmasidagi muhim mas’uliyatdir. 🟠Ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar qalbida tarixga hurmat va milliy o‘zlikni mustahkamlash maqsadida ijtimoiy videorolik tayyorlandi. ✅Mazkur videorolikni tayyorlashda suniy intellektdan foydalanilgan. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #Xotira #Qatag‘onQurbonlari #MaNaviyat #Tarbiya #TarixniUnutma

Ochiq muloqot: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va dolzarb masalalar 🇺🇿 2026-yil 2-may kuni O‘zbekiston texnik jihatda
+9
Ochiq muloqot: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va dolzarb masalalar 🇺🇿 2026-yil 2-may kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida to‘qimachilik sohasi vakillari uchun ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. 🟠Mazkur tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oflayn va onayn 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. 🟠Ochiq muloqot davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy holati, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 🟠Xususan, PF–25-son farmon asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar, shuningdek 729-son Qarorga muvofiq ajratilayotgan moliyaviy imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. 🟠Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, xususan, kompensatsiyalardan foydalanish jarayonlari, texnik tartibga solish talablari, logistika imkoniyatlari va ishlab chiqarish faoliyatiga raqamlashtirishni joriy etish masalalari ko‘tarildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli javoblar berildi. 🟠Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasini ishga tushirdi. 🟠Endilikda yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

TADBIRKORLAR HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILADI 🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish age
TADBIRKORLAR HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILADI 🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda to‘qimachilik sohasi vakillari uchun ochiq muloqot tashkil etiladi. 📌 Mazkur tadbir tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berishga qaratilgan. 🔹 Tadbir tafsilotlari: 📅 Sana: 2026-yil 2-may 🕘 Vaqt: soat 10:00 📍 Joy: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 333a, 2-qavat, majlislar zali 🌐 Hududlardan turib ishtirok etish uchun onlayn ulanish imkoniyati mavjud: https://us06web.zoom.us/j/84042064516?pwd=DcXAIXBgHf3jOIZ5ZqCQy6Lay9vuuy.1 🔹 Muhokama qilinadigan masalalar: Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoni asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar; — To‘qimachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy holati; — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratilayotgan subsidiyalar; — Subsidiyalardan foydalanish tartibi bo‘yicha taqdimot va savol-javoblar. 🟠 Tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ishtiroki kutilmoqda. 🟠 Barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni ochiq muloqotda faol qatnashishga chorlaymiz. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentl
+4
🇺🇿 Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Agentlik direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Yevrosiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Aleksey Rogachevskiy ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠 Uchrashuv davomida yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish, korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🟠 Muzokaralarda, xususan, Bank bilan hamkorlikda soha korxonalarining loyihalariga past foizli kreditlar va islomiy moliya xizmatlarini jalb etish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi. 🟠 Shuningdek, laboratoriyalar va kompetensiya markazlari tashkil etish, sohadagi asosiy ishchi kuchi hisoblangan ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida texnik ko‘mak mablag‘larini ajratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Bundan tashqari, birinchi bosqichda qiymati 10 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan 15 ta loyiha tanlab olinib, ularni kreditlash jarayonlarini boshlashga kelishib olindi. 🔹Ma’lumot uchun: Yevrosiyo Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro moliya instituti bo‘lib, yo‘l qurilishi, yashil energiya, qayta ishlash sanoati, mashinasozlik, infratuzilma va qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtiradi. Bank mahalliy banklar orqali ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham moliyalashtirish amaliyotiga ega bo‘lib, xususiy sektorga investitsiya kreditlari, savdo moliyasi, akkreditiv kafolatlari, islomiy moliya va eksport kreditlarini taklif etadi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy natijalarga erishishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida
+6
🇺🇿 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Hisob palatasi vakili Sanjar Jo‘rayev tomonidan 2025-yilning 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmoniga asosan, byudjet qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, mablag‘lardan foydalanishda xavflarni aniqlash va bartaraf etish, davlat xaridlari jarayonlarida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o'quv seminari tashkil etildi. 🟠 Seminar davomida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida tushuntirish berildi. 🟠Xususan, yangi nazorat mexanizmlarini joriy etish, komplayens va ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha fikr almashildi. 🟠 Shuningdek, “Bosh inspektorlar instituti”ni joriy etish orqali davlat organlarida doimiy monitoringni ta’minlash va moliyaviy intizomni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 🟠 Seminarda sohada raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, zamonaviy axborot tizimlari orqali nazorat samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi IT-parkda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi IT-parkda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в IT-парке в городе Фергане. #Mirziyoyev #safar #Fargona #IT Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. —
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам социально-экономического развития Ферганской области. #Mirziyoyev #safar #Fargona #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifining ikkinchi kuni Fargʻona shahridagi Investorlarga xizmat koʻrsatish markaz
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifining ikkinchi kuni Fargʻona shahridagi Investorlarga xizmat koʻrsatish markazi va koʻrgazma-yarmarka bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев во второй день поездки в Фергану ознакомился с деятельностью Центра обслуживания инвесторов и выставкой-ярмаркой в городе Фергане. #Mirziyoyev #safar #Fargona #kurgazma Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — През
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев в ходе поездки в Ферганскую область ознакомился с деятельностью предприятия «Quva Agrostar». #Mirziyoyev #safar #Fargona #agromajmua Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X