uk
Feedback
Motivation_Sultanovich

Motivation_Sultanovich

Відкрити в Telegram

📌 Motivation_Sultanovich — ilhom, intilish va muvaffaqiyat sari birgalikdagi qadam.

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
364
Підписники
-224 години
-37 днів
+4730 днів
Архів дописів
😄🍽️ Тушлик вақти! Бугун ўзимга озгина меҳр кўрсатиб, Камолон ошидан тўй оши буюртма қилдим. 😋 Ош келгунча "парҳездаман" де
😄🍽️ Тушлик вақти! Бугун ўзимга озгина меҳр кўрсатиб, Камолон ошидан тўй оши буюртма қилдим. 😋 Ош келгунча "парҳездаман" деб ўтирдим... Ош келгач эса парҳез ҳам мени ташлаб кетди. 😂 Сизлар ҳам оч қоринга телефон ушлаб ўтирманг, аввал қоринни хурсанд қилинг. 😄 Барчангизга ёқимли иштаҳа ва баракали ризқ тилайман! 🤲🥘

Инсон бўлиб туғилиш осон... Аммо инсон бўлиб яшаш — фаросат талаб қилади. Баъзи инсонлар бойлик топади, мансабга эришади, обр
Инсон бўлиб туғилиш осон... Аммо инсон бўлиб яшаш — фаросат талаб қилади. Баъзи инсонлар бойлик топади, мансабга эришади, обрў орттиради... Лекин ўзлигини йўқотади. Фаросат — бу ақлдан ҳам юқори неъмат. У инсонга қачон гапиришни, қачон сукут сақлашни, кимни асрашни, кимнинг кўнглини оғритмасликни ўргатади. Ўзлигини танимаган одам, бутун дунёни кезса ҳам ўз бахтини тополмайди. Чунки энг оғир йўқотиш — бу инсоннинг ўзини йўқотишидир. Бугун атрофимизда кўплаб қалблар йиғлаяпти... Кимдир эътиборга зор, кимдир меҳрга, кимдир кечиримга, кимдир эса фақатгина инсонга муҳтож... Шундай экан, инсонларга дард эмас, дармон бўлайлик. Чунки бир кун келиб бойлигимиз ҳам, мансабимиз ҳам, ташқи кўринишимиз ҳам қолмайди... Аммо одамларга қилган яхшилигимиз ва инсонлигимиз биздан кейин ҳам яшайди. Ўзлигингизни йўқотманг... Чунки инсоннинг энг катта бойлиги — унинг фаросати ва инсонийлигидир. 🤲🥀

🌅 Пайшанба тонги муборак бўлсин! Янги тонг — янги имконият, янги мақсад ва янги ютуқлар демакдир. Бугун ҳам қалбингизда эзгу
🌅 Пайшанба тонги муборак бўлсин! Янги тонг — янги имконият, янги мақсад ва янги ютуқлар демакдир. Бугун ҳам қалбингизда эзгу ният, юзингизда табассум, ишларингизда барака ҳамроҳ бўлсин. Ҳар бир қадамингиз сизни орзу қилган манзилга яқинлаштирсин. Қийинчиликлар сизни тўхтатмасин, аксинча, янада кучлироқ бўлишингизга хизмат қилсин. Барчангизга файзли, баракали ва самарали Пайшанба тилаймиз! ☀️ ✨ Яхши кайфият билан бошланган кун — катта ютуқларнинг бошланишидир.

Yulduz Usmonova - Dunyo (Premyera)#2026.mp34.21 MB

Bu dunyoda yaxshi ham, yomon ham yashashga haqli... Ammo unutma: Yashash bir xil, hisob berish esa har kimga har xil.
Bu dunyoda yaxshi ham, yomon ham yashashga haqli... Ammo unutma: Yashash bir xil, hisob berish esa har kimga har xil.

photo content

3. Qiziqishni darsga bog‘lang Farzandingiz futbolni yaxshi ko‘radimi? Unda ingliz tilidagi futbol videolarini tomosha qilsin. Kompyuter o‘yinlarini yoqtiradimi? Ingliz tilidagi interfeysdan foydalanishga harakat qilsin. Miya o‘zi yoqtirgan mavzu orqali bilimni ancha tez qabul qiladi. 4. Xatoga boshqacha qarang Uyda shunday muhit yaratingki: "Xato qilish – o‘rganishning bir qismi." Xato uchun koyish emas, uni tahlil qilish odatini shakllantiring. Shunda bola yangi narsani sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydi. 5. Ota-ona ham o‘rganuvchi bo‘lsin Bolalar ko‘proq eshitganini emas, ko‘rganini takrorlaydi. Agar Siz: kitob o‘qisangiz; yangi til o‘rgansangiz; ilmga qiziqsangiz, farzandingiz uchun eng kuchli motivatsiya aynan shu bo‘ladi. 6. Kichik g‘alabalarni nishonlang 100 ta so‘z yod oldimi? Buni e'tiborsiz qoldirmang. Har bir kichik muvaffaqiyat: keyingi katta marraga ishonch beradi. 7. Taqqoslamang ❌ "Qo‘shnining bolasi sendan yaxshi." Bu motivatsiya emas. Bu o‘ziga ishonchni pasaytiradi. Farzandingizni faqat kechagi o‘zi bilan solishtiring. Bugun kechagidan yaxshiroq bo‘lsa — demak, u rivojlanmoqda. Esda tuting: Farzand muvaffaqiyatining eng katta siri qimmat kurslar yoki eng yaxshi maktab emas. Eng katta omil — uni tushunadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan va unga ishonadigan ota-onadir. Bugun farzandingizga bitta savol bering: "Senga qanday yordam bera olaman?" Ba'zan aynan shu birgina savol uning kelajagini o‘zgartirishi mumkin. UstozLab — farzandingiz kelajagiga ilm, motivatsiya va ishonch bilan hamroh.

UstozLab yana Siz bilan! Farzandni majburlab emas, ilhomlantirib o‘qitish mumkin. Qanday? Bugun Siz bilan juda muhim mavzu ha
UstozLab yana Siz bilan! Farzandni majburlab emas, ilhomlantirib o‘qitish mumkin. Qanday? Bugun Siz bilan juda muhim mavzu haqida gaplashamiz: Farzandingizni chet tilini o‘rganishga yoki o‘zi qiziqqan fanga chin dildan mehr qo‘yishga ota-ona sifatida qanday yordam bera olamiz? Ko‘pchilik ota-onalar: "Farzandim nega o‘qishni xohlamaydi?" deb so‘raydi. Aslida esa psixologiya va pedagogika tadqiqotlari boshqa savolni tavsiya qiladi: "Biz uning o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini uyg‘ota oldikmi?" 1. Natijani emas, harakatni maqtang ❌ "Sen aqllisan." ✅ "Bugun juda sabr bilan mashq qilding." Bunday yondashuv bolada: xatodan qo‘rqmaslikni; mehnatning qadriga yetishni; doimiy rivojlanishga intilishni shakllantiradi. 2. Tanlash imkonini bering Majburlash vaqtinchalik natija beradi. Tanlov esa mas'uliyatni uyg‘otadi. Masalan: Ingliz tilini ertalabmi yoki kechqurun o‘rganasan? 20 daqiqami yoki 30 daqiqami? Bola o‘zi tanlagan ishni ko‘proq davom ettiradi.

👨‍👧 OTA — FARZANDNING BIRINCHI QAHRAMONI Farzand otasining aytganidan ko‘ra, qilgan ishidan ko‘proq o‘rnak oladi. Sizning h
👨‍👧 OTA — FARZANDNING BIRINCHI QAHRAMONI Farzand otasining aytganidan ko‘ra, qilgan ishidan ko‘proq o‘rnak oladi. Sizning halolligingiz — uning vijdoniga, Sizning mehnatingiz — uning kelajagiga, Sizning mehringiz — uning baxtiga poydevor bo‘ladi. Har bir ota farzandi uchun eng kuchli tayanch, eng ishonchli qal'a va eng buyuk ustozdir. Bugun farzandingizga vaqt ajrating. Chunki yillar o'tadi, ammo u siz bilan o'tkazgan lahzalarni umr bo'yi eslab yashaydi. "Ota mukammal bo‘lishi shart emas. Farzandining yonida bo‘lishi esa juda muhim." ❤️ 🤲 Alloh barcha otalarga oilasi uchun suyanch bo‘lishni, farzandlariga esa ota-onasini qadrlaydigan solih farzand bo‘lishni nasib qilsin. Sizchi, farzandlaringiz uchun QAHRAMONMISIZ?

📚 Ingliz tilini o‘rganishning eng yaxshi usuli nima? Ko‘pchilik sirli formulani izlaydi: "Qaysi kitob?", "Qaysi kurs?", "Qay
📚 Ingliz tilini o‘rganishning eng yaxshi usuli nima? Ko‘pchilik sirli formulani izlaydi: "Qaysi kitob?", "Qaysi kurs?", "Qaysi ustoz?" Aslida esa javob juda oddiy. ✨ Eng yaxshi usul — bugun boshlash va ertaga ham davom etish. Har kuni atigi 20–30 daqiqa ajratsangiz, bir yil o‘tib bugungi o‘zingizni tanimay qolasiz. 🎯 Natija beradigan odatlar: 🔹 Har kuni 5–10 ta yangi so‘z o‘rganing. 🔹 Ingliz tilidagi audio va podkastlarni tinglang. 🔹 Film va seriallarni inglizcha subtitr bilan tomosha qiling. 🔹 Har kuni kamida 10 daqiqa ingliz tilida gapirishga harakat qiling. 🔹 Xato qilishdan uyalmang — har bir xato sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi. 💡 Unutmang: Ingliz tilini iqtidor emas, intizom o‘rgatadi. Bir kun kelib ingliz tilida erkin gapiradigan inson bo‘lasiz. O‘sha kunni orzu qilmang — unga bugundan qadam tashlang. 🔥 Bugun boshlang! Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz bugungi qaroringizga bog‘liq.

🌅 Чоршанба тонги муборак бўлсин! Янги кун — янги имконият, янги умид ва янги натижалар эшигидир. Бугун қиладиган ҳар бир яхш
🌅 Чоршанба тонги муборак бўлсин! Янги кун — янги имконият, янги умид ва янги натижалар эшигидир. Бугун қиладиган ҳар бир яхши амалингиз келажагингизга қўйилган мустаҳкам пойдевордир. Орзуларингиздан воз кечманг, ҳаракатдан тўхтаманг. Аллоҳнинг раҳмати ва баракаси доимо ҳамроҳингиз бўлсин! 🤲 Раббим бугунги кунимизни хайрли, ризқимиз баракали, ишларимизни унумли, қалбларимизни хотиржам қилсин. ✨ Барчангизга файзли, самарали ва баракали Чоршанба тилаймиз!

Abror Azizov - Ko rdim men (Official Video).mp34.10 MB

Bu besh kunlik hayotda ko‘z ko‘rganidan emas, qalb saqlay olmaganidan gunohkor bo‘ladi.
Bu besh kunlik hayotda ko‘z ko‘rganidan emas, qalb saqlay olmaganidan gunohkor bo‘ladi.

UstozLab loyihasi doirasida qaysi fandan yangiliklar, metodikalarning yoritilishini xohlaysiz?
Anonymous voting

📌 O‘qituvchilar uchun tavsiya Har bir darsda: ✅ 10 daqiqa — nazariya ✅ 20 daqiqa — SAT tipidagi savollar ✅ 15 daqiqa — strategiyalar tahlili ✅ 15 daqiqa — xatolar ustida ishlash 💡 Esda tuting SAT matematikasi qiyin emas. U boshqacha fikrlashni talab qiladi. O‘quvchiga formulani emas, strategiyani o‘rgating. Shunda u nafaqat SAT'da, balki universitet va hayotda ham muvaffaqiyat qozonadi. 📚 UstozLab Bilim • Tajriba • Natija

SAT strategiyasi: Variantlarni qo‘yib tekshirish ayrim hollarda tezroq.

photo content

photo content

photo content

2️⃣ "Nima uchun?" savolini ko‘proq bering Har bir javobdan keyin: ✔ Nega shu usulni tanlading? ✔ Boshqa usul bormi? ✔ Qaysi usul tezroq? Bu SAT uchun juda muhim kompetensiya.