uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Відкрити в Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
256
Підписники
+124 години
-297 днів
-4730 днів
Архів дописів
Shu kunlarda o‘qishdan tashqari, o‘z soham bo‘yicha ishlashni o‘ylayapman. Bir tomondan, tajriba orttirib, sohamda rivojlanis
Shu kunlarda o‘qishdan tashqari, o‘z soham bo‘yicha ishlashni o‘ylayapman. Bir tomondan, tajriba orttirib, sohamda rivojlanishni xohlayman. Lekin boshqa tomondan, darslarim sustlashib qolishidan yoki onlayn darslarimni tashlab qo‘yishdan qo‘rqyapman. Hozircha shu ikki yo‘l orasida ikkilanib turibman...

Repost from مرآة الحق
İlmni tark qilish. Darslarni tark qilish. Kim ilm yo‘liga kirib, turli bahonalar bilan ilm yo‘lini tark etsa, ko‘pincha ilmda
İlmni tark qilish. Darslarni tark qilish. Kim ilm yo‘liga kirib, turli bahonalar bilan ilm yo‘lini tark etsa, ko‘pincha ilmdan boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib qoladi va o‘zini katta mahrumlikka duchor qiladi. Ulamolarimiz,ustozlarimiz,olimlarmiz buni takidlaydi vaa bunga bot-bot guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, farzandini ilm yo‘liga qo‘yib, turli sabab va bahonalar bilan darslarini to‘xtatib-takror qilayotgan yoki o‘zi ilm talab qilishni har xil bahonalar bilan kechiktirayotgan kishi bundan qattiq qo‘rqsin. Allohning iqobi yaqin ekanidan chochisin. Eslatma: Ilm yo‘lida eng xavfli narsalardan biri — uzrga aylanib ketgan bahonalardir. Uzr bilan bahonaning farqiga e’tibor beraylik. @Quron_Axlidan yozdi.

O‘zim uchun xarid qilgan ilk arab tili kitobim… 📖🤍 Kitoblarim orasidagi ilk qadaming muborak. Xush kelibsan yangi bilimlar
+2
O‘zim uchun xarid qilgan ilk arab tili kitobim… 📖🤍 Kitoblarim orasidagi ilk qadaming muborak. Xush kelibsan yangi bilimlar sari hamroh bo‘ladigan kitobim… ☺️) Kitobning hidi...🫠🫠

Hamma narsaga ega bo‘lish — baxt emas. Baxt — qo‘limizdagi ne’matga shukr qilishda va bor narsamizga go‘zal nazar bilan qaras
Hamma narsaga ega bo‘lish — baxt emas. Baxt — qo‘limizdagi ne’matga shukr qilishda va bor narsamizga go‘zal nazar bilan qarashda. Bugungi holatidan rozi bo‘lmagan inson ertangi kunidan ham to‘liq baxt topa olmaydi. Chunki baxtning manzili boylikda yoki ko‘proq narsaga ega bo‘lishda emas. Saodatning eng go‘zal kaliti — qanoat. Boriga shukr qilgan qalb, yo‘g‘iga ham sabr qiladi...

Islomni qabul qilishlari: Abu Bakr roziyallohu anhu ozod erkaklar ichida Islomni birinchi qabul qilgan kishi sifatida mashhur. U zot Islomni qabul qilganlaridan keyin ko‘plab insonlarning Islomga kirishiga sabab bo‘ldilar. Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abi Vaqqos va Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhum kabi buyuk sahobalarning Islomni qabul qilishlarida Abu Bakr roziyallohu anhuning da’vatlari sabab bo‘lgan. Abu Bakr roziyallohu anhu butun boyliklari va imkoniyatlarini Islom yo‘lida sarf qilganlar. Makkada qiynoqqa uchragan ayrim musulmon qullarni sotib olib, ozod qilganlar. Bilol ibn Raboh roziyallohu anhu ham Abu Bakr roziyallohu anhu ozod qilgan kishilardan edilar. Rasululloh ﷺ vafotlaridan keyin musulmonlar Abu Bakr roziyallohu anhuga birinchi xalifa sifatida bay’at qildilar. U zot xalifalik davrida musulmonlarni birlashtirdilar va Islom jamoatini og‘ir sinovlardan olib o‘tdilar. Abu Bakr roziyallohu anhuning qizlari Oisha roziyallohu anho Rasululloh ﷺning zavjalari edilar. Shu sababli Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh ﷺning qaynotalari ham edilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu 13-hijriy yilda 63 yoshida vafot etdilar. U zot Rasululloh ﷺning yonlariga, Oisha roziyallohu anhoning hujralariga, Rasululloh ﷺning qabrlari yoniga dafn qilinganlar.

سيرة الخلفاء الرّاشدين Kitobdan #Tarjima 📌Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu — Rasululloh ﷺn
سيرة الخلفاء الرّاشدين Kitobdan #Tarjima 📌Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu — Rasululloh ﷺning eng yaqin sahobalaridan, birinchi xalifa va jannat bashorati berilgan ulug‘ sahobalardan edilar. To‘liq ismlari: Abdulloh ibn Usmon ibn Omir Kunyasi: Abu Bakr Laqablari: As-Siddiq Qabilasi: Quraysh, Taym urug‘i Otalarining ismi: Usmon ibn Omir, Abu Quhofo nomi bilan mashhur Onasi: Salmo binti Saxr, Ummul Xayr nomi bilan mashhur Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh ﷺning eng yaqin do‘stlari va hamrohlari edilar. U zot Rasululloh ﷺ bilan Makkadan Madinaga qilgan hijratlarida hamroh bo‘lganlar. G‘orda birga bo‘lganlar. Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi:
U ikki kishining biri bo‘lganida, ikkovlari g‘orda bo‘lganlarida, u hamrohiga: “G‘amgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan”, degan edi. (Tavba surasi, 40-oyat)
Ushbu oyatdagi «hamrohi» — Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu edilar.

#Alhamdulillah Bundan ikki yil oldin, arab tilini endigina boshlayotgan paytimda, bir kun kelib o‘zim arab tilidagi bir kitob
#Alhamdulillah Bundan ikki yil oldin, arab tilini endigina boshlayotgan paytimda, bir kun kelib o‘zim arab tilidagi bir kitobni bemalol o‘qib, tarjima qila olishimni hech tasavvur ham qilmagan ekanman. O‘sha paytlarda har bir so‘z har bir jumla men uchun juda qiyin tuyulardi. Bugun esa alhamdulillah vaqt o‘tib, o‘zim bir kitobni arab tilida o‘qib, uning ma’nolarini o‘z tilimda anglayapman. Hali yo‘lning boshidaman, hali o‘rganadiganlarim juda ko‘p. Lekin ikki yil avvalgi “qo‘limdan kelarmikan?” degan savolimga bugungi kunimning o‘zi javob bo‘lib turibdi. Inson bir kunda emas, har kuni oz-ozdan qilgan harakati bilan o‘zgarar ekan. Ilm yo‘li uzoq… Ba’zan qiyin, ba’zan charchatadi. Lekin ortga qaramay, davom etilsa, bir kun kelib kechagi orzularing bugungi haqiqatga aylanganini ko‘rasan. Alhamdulillah, har bir o‘rganilgan so‘z, tushunilgan jumla va o‘qilgan sahifa — men uchun kichik bo‘lsada, katta bir qadam. 🤍📖

Muhimi — boshlab olish emas, oxiriga yetkazishdir! Ilm safariga chiqdingizmi — yuring, yuguring. Charchasangiz, sekinlashing,
Muhimi — boshlab olish emas, oxiriga yetkazishdir! Ilm safariga chiqdingizmi — yuring, yuguring. Charchasangiz, sekinlashing, o‘tiring, dam oling. Lekin aslo to‘xtab qolmang va ortga qaytmang!

Repost from Ikrom Sharif
Бир қиз ҳаёт учун, келажак учун касб-ҳунар ўрганишдан олдин чин аёл бўлишни ўрганиши керак. Касб-ҳунари ҳам аёллигига зийнат бўлиши лозим. Эркак эса касбидан, лавозимидан, бойлигидан ва мавқеидан олдин эркак бўлишни ўрганиши лозим. Қизга диплом беришдан олдин ҳаётни, оила қадрини, меҳрни, назокатни, сабрни, масъулиятни ва эрни эҳтиром қилишни ўргатиш керак. Ўғилга пул топишни ўргатишдан олдин омонатдорликни, ваъдасида туришни, масъулиятни зиммасига олишни, қийинчиликларга бардош беришни, аёлни асрашни ва ўз нафсини бошқаришни ўргатиш керак. Чунки жамиятга фақат касб-ҳунар мутахассислари эмас, аввало чинакам эркаклар ва аёллар керак. Аёллик фазилатларисиз касб аёлни мутахассис қилиши мумкин, аммо бахтли қилолмайди. Эркаклик фазилатларисиз мартаба эса эркакни бой қилиши мумкин, аммо уни суянадиган инсон қилиб беролмайди. Шунинг учун фарзандингизга аввал ким бўлишни, кейин нима иш қилишни ўргатинг. @IkromSharif

مَنْظَرٌ جَمِيلٌ ...🥰

Відеоповідомлення00:16

Відеоповідомлення00:05

#Qarashlar Ba’zan umr yo‘lini xuddi mana shu tekis yo‘lga o‘xshataman. Uzoqdan qaraganda hammasi ravon, hammasi aniq, manzil
#Qarashlar Ba’zan umr yo‘lini xuddi mana shu tekis yo‘lga o‘xshataman. Uzoqdan qaraganda hammasi ravon, hammasi aniq, manzil ham ko‘rinib turgandek… Ammo yo‘lning ichida nimalar yashiringanini hech kim bilmaydi. To‘g‘ridek ko‘rinadi, lekin unda jarliklar ham, qoyalar ham, qoqilganimizda oyog‘imizga botgan toshlar ham bor. Ba’zi to‘siqlarni oldindan ko‘ramiz, ba’zilariga esa kutilmaganda duch kelamiz. Shunday bo‘lsa-da, yo‘l davom etadi. Ba’zan sekin, ba’zan dadil qadam tashlaymiz. Muhimi — yo‘ldagi toshlarga qarab ortga qaytmaslik. Chunki har bir qiyinchilik bizni manzilimizga biroz bo‘lsa-da yaqinlashtiradi. Hayot yo‘li tekis ko‘ringani bilan, uning mazmuni aynan burilishlari va sinovlarida…

رَّةً أُخْرَى، ذَلِكَ الْخَرِيفُ... 🍂 "Yana oʻsha kuz"...🍂
رَّةً أُخْرَى، ذَلِكَ الْخَرِيفُ... 🍂 "Yana oʻsha kuz"...🍂

Kitobni muntazam o‘qib kelgan kishi bir muddat o‘qimay qo‘ysa, yana qaytadan boshlash ancha qiyin bo‘lar ekan. Bir oy davomid
Kitobni muntazam o‘qib kelgan kishi bir muddat o‘qimay qo‘ysa, yana qaytadan boshlash ancha qiyin bo‘lar ekan. Bir oy davomida kitob o‘qimadim. Qaytadan boshlashimga anchagina qiynaldim. Shunda angladim: kitob o‘qish ham odat ekan — uni to‘xtatib qo‘ysangiz, yana o‘sha odatni tiklash uchun o‘zingizni biroz majburlashingizga to‘g‘ri keladi. #Biroz tartibsizlik...)

Bu oy ham nihoyasiga yetay deb qoldi… 🌙 O‘qishlar boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Vaqt naqadar tez o‘tib ketayotganiga ba’zan hayron qolasan kishi. Kechagina ta’tilning ilk kunlari, yangi rejalar, chiroyli niyatlar bilan 3 oylik yozgi ta’tilni kutib olgandik. Bugun esa ortga qarasak, bu uch oy ham ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketibdi. Bu uch oy davomida qancha voqealar, quvonchlar, balki biroz sog‘inch va o‘ylar ham bo‘ldi. Har bir kun o‘zicha bir xotira qoldirdi. Ba’zi kunlarimiz mazmunli, ba’zilari esa oddiygina o‘tgan bo‘lsa-da, bari biz uchun bir bo‘lak xotiraga aylandi.
Ta’tilning oxirgi kunlarini ham qadrlab, qalbimizda chiroyli xotiralar bilan kuzataylik. Balki bu yoz biz kutganimizdan ham tezroq o‘tib ketgandir, ammo uning xotiralari uzoq vaqt biz bilan qoladi.
Vaqt to‘xtamaydi… Biz esa u bilan birga ulg‘ayib, o‘zgarib boramiz.