𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Відкрити в Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
236
Підписники
-724 години
-207 днів
-6730 днів
Архів дописів
236
Qiz bola – bu nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham gulidir. Biz – kelajak onalarimiz. Bizlarning bugungi harakatlarimiz o‘qishga, odobga, halollikka, poklikka bo‘lgan munosabatimiz ertaga qanday inson bo‘lishimizni belgilaydi. Or-nomus – o‘zini qadrlash, to‘g‘ri va halol yo‘ldan yurish, yomon so‘zlardan, nopok ishlar va illatlardan yiroq yurish demakdir. Hozirgi zamonda turli internetdagi yomon odatlar, nomaqbul tanishuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri namoyishlar sizlarning mehribonlik, iffat va andisha sifatlaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har doim o‘z qadr-qimmatingizni biling! O‘z odobingiz, kiyinish tarzingiz, so‘zlaringiz va yurish-turishingiz bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ling. Har biringiz – ota-onangizning eng katta ne’matisiz. O‘zingizni qadrlang, vaqtni foydali o‘tkazing, kitob o‘qing, ilmga intiling va eng asosiysi – or-nomusli bo’ling! Sizlarning qalbingizda ezgulik, dilingizda mehr, yuragingizda Allohga bo‘lgan muhabbat bo‘lsin!
06 лип, 19:29
236
🕯 Ilm talabida yurish – dunyoviy yoki diniy bo‘lishidan qat’i nazar, eng ulug‘ sa’y-harakatdir.
Inson qaysi ilmga intilmasin — ingliz tili bo‘lsin, arab tili bo‘lsin, Qur’on ta’limoti bo‘lsin yoki boshqa bir kasb-hunar bo‘lsin — barchasi “ilm talab qilish” degan buyuk maqomga kiradi.
Ilmning o‘zi ikki qismga bo‘linmaydi:
“Bu dunyoviy, bu diniy” deb ajratish shart emas. Chunki har bir foydali bilim insonni yuksaltiradi, qalbni nurli qiladi va hayotni tartibga soladi.
▫️Ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz — bu ilm yo‘lidir.
▫️Arab tiliga qiziqsangiz — bu ham ilm yo‘lidir.
▫️Qur’on ilmidan saboq olayotgan bo‘lsangiz — bu ham eng ulug‘ ilm yo‘lidir.
▫️Kasb-hunar, texnologiya, san’at, tibbiyotni o‘rganayotgan bo‘lsangiz — buning barchasi ilm talabidir.
Asosiysi — niyat pok, maqsad to‘g‘ri va ilm odamga foyda keltirsin.
Ilm yo‘lida yurgan har bir inson – yosh bo‘ladimi, kattami – Allohning huzurida e’zozlanadi. Chunki ilm nafaqat aqlni, balki qalbni ham tarbiyalaydi.
06 лип, 14:33
236
+1
#Mutolaada 📚
Hozirda 2–3 ta kitobni boshlab qoʻyganman.
Sahifalardan qalbimga yaqin bo‘lgan satrlar va iqtiboslarni vaqti-vaqti bilan ulashib boraman.
06 лип, 05:43
236
أَكْثَرُ لَحَظَاتِنَا أَمَانًا، فِي الْهُدُوءِ.
Bizning eng osoyishta va xavfsiz onlarimiz sukunat ichidadir.🤍
06 лип, 00:34
236
+1
Magʻlubiyat qachon keladi bilasizmi?
Qachonki faqat oʻz kuchimizga ishonib qolsak.
Alloh izn bermasa hich bir ishda gʻoliblik boʻlmaydi.
Qachonki ojizligimizni his qilib, taslimiyat ila yaratgandan tavfiq va izn soʻrasak oʻshanda hammasi biz hohlagandek boʻladi.
InshaAlloh🩷
05 лип, 01:42
236
Ayolning ilm olishi butun oila, butun jamiyat uchun eng muhim ishdir.
Uyda boʻladimi yoki ishlaydimi farqi yoʻq, ayol ummat tarbiyalovchi eng muhim shaxsdir.
Erkak kishining farzand tarbiyasidagi eng katta oʻrni ayolini ilm olishida, oʻsishida va rivojlanishida qoʻllab-quvvatlab, imkon qadar sharoit qilib berishidir.
Erkak kishining eng muhim vazifasi uyni halol rizq bilan ta’minlab, uydagi tinchlikni himoya qilishdir.
04 лип, 09:08
236
Bu hayotda katta gapirma.
Masalan, “Men hech qachon…” deb boshlanuvchi jumlalarni tuzma.
Birovning boshiga tushgan sinov bir kun kelib sening ham boshingga tushishi mumkin.
Kimningdir musibati haqida gapirishdan o’zingni tiy.
Chunki bugungi so’zlaring ertangi imtihoning, bugungi kulging esa ertangi ko’z yoshing bo’lishi mumkin.
Ummu Xoyr
04 лип, 05:34
236
+1
كانَ اليَوْمُ جَمِيلًا حتّى بِأبْسَطِ اللَّحَظاتِ.
Bugun oddiy lahzalar bilan ham go‘zal o‘tdi.
Alhamdulillah 🐳
03 лип, 13:57
236
#Mutolaa
Alloh taolo moʻmin bandani mehr-shafqatiga burkaydi. Allohning mehri bandani gunohlardan saqlasa, shafqati uni taqdiriga rozi qiladi.
02 лип, 07:11
236
📚 Abu Yusuf rohimahulloh aytadi:
O‘g‘lim vafot etganda kafanlashga ham, dafn etishga ham bora olmaganman. Uni qo‘shnilarim va qarindoshlarimga topshirganman, chunki Abu Hanifadan (darsda) biror narsani eshita olmay, keyin
doimiy armonda qolishdan qo‘rqqandim.
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri"
02 лип, 01:04
236
+1
Vaqt o‘tkazish uchun emas, amal qilish uchun o‘qing.
O‘zgarishlar uchun emas, o‘zingizni anglash uchun o‘qing.
Varaqlash uchun emas, rivojlanish uchun o‘qing.
Xato topish uchun emas, o‘zingizni tarbiyalash uchun o‘qing...
29 черв, 14:33
236
Ba’zan, avvallari biz uchun orzu boʻlgan lahzalarda yashayotganimizni unutib qoʻyamiz.
29 черв, 02:06
236
Hayotimizdagi ko‘plab muammolar aslida tashqi omillardan emas, qalbimizdagi bo‘shliqlardan boshlanadi. Bizni qiynayotgan narsa vaqtning yetishmasligi emas, uni qadrlay olmasligimiz; yolg‘izlik emas, balki Robbimizdan uzoqlashganimizdir. Inson o‘zini isloh qila boshlagan zahoti hayotidagi ko‘plab tugunlar asta-sekin yechila boshlaydi. Chunki haqiqiy huzur dunyoviy sharoitlarda emas, Allohga yaqinlikdadir. Qalb Allohning zikri bilan tirik bo‘lsa, sinovlar hikmatga, qiyinchiliklar esa kamolot sari eltuvchi sababga aylanadi.
28 черв, 13:13
236
Har bir inson yozuvchidir: oʻz kitobini yozib boradi. Ertaga oʻqib hijolat tortishni hasrat qilishni istamasangiz, faqat yaxshi narsalarni yozing!
27 черв, 03:09
236
Inson ilm talabida ekan, nur sari qadam bosayotgan bo'ladi.
Shayx Husaynxon Buxoriy
24 черв, 23:16
236
Hayot biror kishiga tekinga dars bermaydi. "Hayot menga shunday ta'lim berdi" degan paytingizda, aniq qimmat narx to'lagan bo'lasiz...
24 черв, 05:21
