Ismoiliyliklar
Закритий канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
224
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-2030 днів
Архів дописів
+4
Shanba kuni nima qilishni bilishmasang taqdimotga borish!
Oma doimgidek Qamar marketingni yorvoryapti :)
Bu xuddi Ibrohim paygʻambarni yoqishganida suv tashigan chumoliga oʻxshaydi. Ha befoyda oma oʻzini pozitsiyasi va oʻzini qaysi safda ekanligini bilarkan brat. Muhimi shu aslida.
ps: prinsip deb shunga aytiladi. Kulyotganlarga esa umuman tushunmadim. Nimasi kulguli buni. Prosta senga oʻxshamagani kulguli koʻrinsa kerakda.
Nimaga Rossiyaga ketib ishlash qishloqdagilarga normalu oma Toshkentda norm ishda ishlab karera qilish gʻalati koʻrinarkan? Uyimdagilar mani tushunishadi oma qarindoshlarim Xorazmga borsam uyoqda yurmasdan endi betga qaytib nimadir ishni boshini tut deyishadi. Shu nima ishni boshini tutishimni esa aytishmaydi. Menimcha oʻzlari ham bilmasa kerak. Oma togʻamni oʻgʻli bir gal bu yerlarga qaytma. Bu yerlar uje sani joying emas. Shuyoqlarda qol. Shuyoqlarda palak yozib qolaver bularga qarasang gapiraveradi degandi. Ochigʻi quvongandim. Sababi akamni oʻzi ham Karimov davrida Toshkentda oʻqigan edi. Keyin qishloqqa qaytgan.
Aslida Xorazm juda zoʻr joy. Yashash uchun juda qulay. Biroq karera qilish uchun emas. Hozir yashashni emas karerani tanlashim toʻgʻri qaror boʻlsa kerak!
maylimi sogʻinsam va toshsa koʻnglim maylimi yigʻlasam maylimi kulsam oʻksitmaymikinman sizni sevgilim agar men shu kecha behosdan oʻlsamKarim Bahriyev
Bizni domlalar ham oʻzini Islom dinining kichik boʻlagi hisoblaydi. Aslida Islom dini pazlmaski sen uning bir boʻlagi boʻlsang. Yani bizda ayrim shaxslarni haddan ortiq ulugʻlab yuborish bor. Misol uchun qaysidir domlani fikrlarini rad qilsang (fikrlarini deyapman!) darrov sen islomofobsan, kofirsan, doʻzahiysan uje senga jahannamdan joy tayyor deb hisoblashvoradi. Yani domlani fikriga qoʻshilmaslik va uning fikrlarini rad qilish bu Islom diniga qarshi chiqish degani emas aslida. Axir bekorga odamlarga qarab dinga baho berma deyishgan.
ps: ohirgi gapimdan keyin bir paradoks keldi miyamga. U haqida biror kun aytarman
Bitta gap bizni sharhlovchilarni ba’zilari futbolga tushunmaydi aslida. Ular oʻz fikrini aytishga harakat qiladi biroq bir tomonlama fikrlayverishadi. Chunki sababi ular chinakam futboldan nafas olishmagan. Bekorga futbolni ichidagi odamlar futbol jurnalistlarini futbolga tushunmaslikda ayblashmaydi.
Misol uchun boya Xayrulla Hamidovni bitta gapini eshitib qoldim. Unda aytilyaptiki Chelsi klublar oʻrtasida jahon chempionatida oson tomonga tushdi va asosan Braziliya klublarini yengib finalgacha chiqdi deyapti. Xoʻsh Braziliya klublari Chelsigacha qaysi jamoalarni yutishgan edi? Buning uchun shundoq oʻyinlar statistikasini ochib koʻrishni oʻzi kifoya. PSJ Bavariyani yutdi deyapti. Misol uchun Bavariya Inter ikkita oʻyinda yutgan edi ECHLda. Yani oʻsha mavsumda. Oma Inter Flumensiyaga yutqazgan. Al Hilolchi? Al Hilol Man Cityni qanaqa yutgan edi va keyin oʻsha Cityni yutgan Al Hilol Flumensiyaga yutqazgan ediku. Nega bu faktorlar hisobga olinmasdan gapirilishini hech tushunmadim. Sizlar nima deyotganimni tushunyapsizlar menimcha? Bu yerda Braziliyani bitta klubi nimalar qilganini?
Bu mavzuda oʻsha payti Abror bilan gaplashgandik. Oʻshanda toʻgʻri fikr aytgandi. Yani Braziliyani klublari kuchli va kutilganidan uzoqqa borishadi degandi. Mana raqamlar bilan isboti. Turnirda aslida Bavariya ham boshqa yevropa klublari ham yorqin oʻyin koʻrsatvormagan. Braziliya klublari esa haqiqattan zoʻr ishtirok etib berishgan. Yevropa klublari turnirga jiddiy qaramagan degan fikr kelishi tabiiy. Lekin turnirga ajratilgan summa qancha edi? Koʻpchilik futbolchilar kubokni koʻtarish uchun oʻynashadi futbol shundan iborat deb oʻylashsa xato fikr yuritadi. Aslida turnirga qoʻyilgan pullar ham bor… Ayniqsa klublar oʻrtasidagi jahon chempionatini sovrin puli katta edi…
Prosta futbol sharhlashni yorvoradi degani futbol haqidagi hamma fikrlari toʻgʻri degani emasda.
Shefim shunday deyapti: siyosatchilardan uzoq boʻlish kerak. Ilm va din yonma-yon kelmas, ilm va siyosat yonma-yon kelmas lekin siyosat va din birga keladi va odamlarning ogʻziga chichadi deyapti😂
Qogʻoz narxi oshganini kitobdan emas tualet bumagadan biladigan bu millat dunyoga qayeri bilan qaraydi deb oʻylaysiz degan odam ham aslida shefim boʻladi😁
ps: bratim tikka ateistdir. Oma uning fikrlari uning bilimi daxshat. Turkiyani ba’zi joylarida qattiq zilzila boʻladi degandi. Haromi zilzila haqiqattan boʻlganda.
Shefimdan koʻp narsa oʻrganganman. Juda aqlli odam edi. Ancha-muncha fikrlashimga ta’sir oʻtqizgan odam edi. Xay mayli oʻlim haq endi. Endi ishqilib pirim Jelal Shengoʻr boshi omon boʻlsin deyman🥲
Biz sevamiz demaymiz biz shunday deymiz deb bosvoringlar shu qoʻshiqqa videoni. Opani ovoziga qarash. Qanaqa Sardor Mamadaliyev? Olmaxon Hayitova… Bu jonli ijrodan yozvolingan tembole. Ovozni darajasini qarash. Oshiq Erkin ham sevgi-muhabbat haqida yomon yozib qoʻyganda. Tahallusni qarash. Kreativ tahallus. Manam Oshiq Jasur deb oʻzgartirsammikin? Nima deysizlar?😁
Yigitimga sovchi kelyapti demayman. Men shunaqa deyman deb video olvorsanglar harizmani top qilib yaxshi koʻrilib ketsa ajabmas. Hulkar apkani qoʻshiqlari instada trend boʻlib yotibdi hozir tembole. Yo aprel, mayda berib yuborishmoqchi Rajabboyga!Ps: boshimdan oʻpish va rahmat aytish shartmas!
Vohadagi ikki kishilik raqobatni hali beri yangilay olishmasa kerak. Xullas daryoni naryogʻida Otajon Xudoyshukurov buyogʻida Jumaniyozov Bekjon boʻlgan. Akalar bir-biriga qattiq raqobat qilgan. Xullas bir gal birinchi koʻchadagi toʻyga Otajon Xudoyshukurov kelgan ikkinchi koʻchadagi toʻyga Jumaniyoz Bekjon kelgan va toʻxtovsiz qoʻshiq kuylashgan. Yani ikkalasi ham jonli ijroda soatlab qoʻshiq kuylab kim kuchli ekanligini aniqlash boshlanib ketgan va bu oxiri bas-basakayiga olib ketgan. Hozir bunaqa raqobat boʻlishi qiyinov. Oma oʻsha toʻy qilganlar maza qilgan boʻlishsa kerak😁
ps: daryoni naryogʻi Amudaryo nazarda tutilgan. Yani daryoni naryogʻi Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqal’a tumani nazarda tutiladi. Buyogʻi deyilganda uje hozirgi Xorazmdagi tumanlar. Oʻrtada Amudaryo oʻtgani uchun shunaqa deyiladi
Mana yana bitta videolarizga idea olib keldim. Buniyam shunaqa qilib bosvorsanglar uje blogersizlarda ishonoringlar!ps: bilsanglar bilarsizlar sizlarga tekinga idea beryapman!
