Ismoiliyliklar
Закритий канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
224
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-2030 днів
Архів дописів
Eronda boʻlayotgan voqealardan koʻpchilik hafa. Nima uchun hafa? Misol uchun yurtimizdagi asosiy qatlam (bu meni fikrim) Eronda Islom respublikasi qulashidan qoʻrqib hafa boʻlyotgandek tuyilyapti. Yani Eronda Islom respublikasi qulashi ular uchun katta fojea hisoblanadi. Yani minglab insonlarni oʻlishi emas. Aynan Erondagi tuzum oʻzgarishidan aslida koʻpchilik hafa. Shu sabab ham Eron urushda yutishlarini ich-ichlaridan xohlashadi. Yani minglab odamlar oʻlishi bu fojea emas. Muhimi Erondagi tuzum oʻzgarmasin degan istak bor. Shu sabab ham bizning mediadagilar Eronni har tomonlama kuchli qilib koʻrsatishga urinyapti. Biroq Tehron hozir qanday ahvolda ekanligi haqida aniq tasavvur ham yoʻq ularda. Yana Amerika bilan Isroilni ayblarini sanaganlarida eng asosiy ayb sifatida odamlar oʻlayotganini aytishadi. Yani kim bilandir bahsda yengish uchun ishlatishadi xolos bu argumentni. Aslida esa u yerdagi minglab odamlarni hayoti biznikilarga zarracha qizigʻi yoʻq muhimi islom respublika boʻlib qolishi.
Aslida Eron haqida bironta tuzuk kitob oʻqimaganlar Eronda yashashni u yerdagi tuzumni oqlashi aniq. Biroq bir necha oy oldin nega Eron xalqi hozirgi tuzumga qarshi bosh koʻtarishgan edi bu haqida oʻylab ham koʻrishmaydi. Loaqal futbolga tushunadigan qatlamimiz oldinroq nima uchun Eron terma jamoasi lideri Sardor Azmun terma jamoada boshqa oʻynamasligini aytganini ham nahot esdan chiqarib yuborgan boʻlishsa?
Ps: Men uchun Erondagi minglab insonlarning hayoti muhim. Musulmonmi, buddistmi, yahudiymi, nasroniy xullas hammasi inson va bu dunyoda irqi, dini, tili bir xalq tomonidan oʻldirilishiga sabab boʻlmasligi kerak!
Sizlarni bilmadimu oma mani ichimda bitta Don Kixot yashaydi. U qasrlarni rad etib oddiy uyni qasr hisoblaydi. Dehqonlarni esa eng yuksak insonlar deb biladi. Balki rahmi kelgandandir shunaqa qilar. Yana bilmadim. Inson eng avvalo oʻzini ichidagini anglashi kerak ekan sizlarga aytsam. Ammo ba’zilar oʻzini ichidagi qolib dunyoni anglashga tushadi. Yana koʻpchilik qism borki ular dunyoni ham oʻzini ichidagini ham anglashi kerakligini oʻylab ham koʻrmaydi.
Sevgi havaslardan qurilgan ustun Ishq esa eng soʻngi nafasga qadar Gunglik kuylariga raqs tushgan tun Sizni esga olmoqlik goʻzal naqadarismoiliy
Roʻza kuni ichishyotganlarning qadah soʻzi: it boʻlur eshak boʻlur aslo boʻlmas odamiy!
*** Uni ateist ekanligini bilib qolishganidan keyin uchta mast holatdagi erkak bismillohni aytib soʻyib tashlashdi…
Hammasini shartta aytib tashladim! Borib koʻringlar. Yolgʻon gapirganim yoʻq.
https://www.instagram.com/reel/DVlU2OMCO93/?igsh=MTUwbzV4YTUyaWowNQ==
Uxlashim kerak edi ertaroq. Agar uxlaganimda hozir sigareta tutatib siqilyotgan boʻlmasmidim. Xullas instagramga kirdim. Mandan odatda futbolga oid videolar juda koʻp chiqib keladi. Video koʻrib oʻtirgandim bir paytlari bir joyda shugʻullangan asosiy oʻyinlarda zamena oʻyinchisi sifatida qaraladigan bollar bugun Oʻzbekiston chempionatida oʻynayotgan ekan. Xa ularga shans berilgan. Kerak boʻlsa muddatidan ortiq. Sababi oʻsha yigitlarning kimdiri futbol ichida yana kimdirlari kattaroq insonlar boʻlgani uchun imkoniyat keragidan ortiq berildi. Ming afsuslar boʻlsinki menga va men kabi oʻsha yigitlardan bir necha barobar ustun boʻlgan yigitlar bugun futbol oʻynamayapti. Asosiy qismi Rossiyada javlon urib stroykada ishlayapti. Oʻsha futbolda imkoniyat berilgan bollarni koʻrib demak mangayam paytida ozgina imkoniyat berilganida bular Oʻzbekiston chempionatida oʻynayotgan boʻlsa men demak kamida Turkiya chempionatida oʻynashim mumkin edikanda deb qoldim. Nu bu narsa juda ogʻriqli hissiyot. Xay mayli hozirgi hayotimdan ham nolimayman. Topishim norm. Yashashim ham yomon emas. Biroq kelajakda oʻgʻlim futbolchi boʻlaman desa oyogʻini urib sindirishim aniq. Baribir oyogʻi sinishi mumkin va uzr uje sani zayavkaga qoʻsholmaymiz yaxshisi yozda kela qol. Shunda bir sinab koʻramiz. Ungacha jamoasiz yurishing bizni addushe qiziqtirmaydi deyishlari aniqda. Xoʻp yozda borsa ham san uje bizga keraging yoʻq jamoa shakllanib boʻlgan deyishlari aniq. Oʻshaning uchun tuzukroq ish qilgani ma’qul…
Ha men shunaqa paytda oʻzbek futbolidan nafratlanaman!
Tutuq belgisi nimaga kerak oʻzi? Ochigʻi la’nat deb tutilib gapirmaymizda. Prosta hayotni qiyinlashtirish uchun qilingandek tuyiladi manga.
Oramizda ilm ahllilaridan boʻlgan tilshunoslar javob bersa yaxshi boʻlardu
