Ismoiliyliklar
Закритий канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
224
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-2030 днів
Архів дописів
Feruzshoh Nematullayevni she’rlarini tushunmagan odamlar aka siz klassik shoirsiz deb qattiq ishontirishgan. Akam ham rosa sodda odamda
ps: Feruz aka bu postni ayfon 11da yozdim :)
Aslida Q bilan K ni farqlab aytishga qiynaladiganlar Xorazm shevasini alohida til deb olishgan
Qora farzinga nom beringlarchi eng kreativ izohga bitta kitob mandan
ps: piyodalar bilan master klass oʻtib berdim raqabimga :)
Qishloqqa qaytgim kelmaydi dada Qishloqda odamlar yashaydiQishloq haqida qasidalardan koʻra shu ikki qator kuchli yozilgan deb hisoblayman. Qishloq haqida romantizatsiyaga berilib she’r yozishdan oldin shu ikki qatorni oʻqish va keyin shundan oʻtkazib yoza olsang mayli uni ommaga taqdim qil. Agar oʻtkaza olmasang shunchaki olovga ot yoki musurga tashlavor
Hikmatni uyidagilar agar siqilishni boshlashsa oʻzlarini yaxshiyam Hikmat oʻgʻil bola boʻlib tugʻilgani deyishsa kerak…
Men tugʻilgan tumanni shevasi shunaqa xullas. Yani sizlar bilgan Xorazmcha shevadan ancha farq qiladi
Xola gapirdi nima mani onam gapirdi nima ikkalasi bir xil 😁
Oxirgi uch yildan beri men she’r oʻqib maza qilmaydigan darajaga yetib kelganman. Sababi tahlil qilaverganim uchun. Boyagina bitta kanalda oʻzimni shoir akalarimdan birini she’rini oʻqib qoldim va ancha sodda yozibdi. Undan keyin qaysidir shoirning uslubiga taqlid qilibdi. Xuddi shunday uslubni aynan bir shoirda aniq oʻqigandim. Kim ediya oʻsha deb Novza metrodan Milliy bogʻ metrogacha piyoda yurib oʻylab keldim. Menimcha tunda yarq etib hayolimga kelsa ajabmas. Keyin oʻsha bilan ham tinchimayman. Oʻsha shoirni she’rlaridan birini olib shoir akamni she’ri bilan taqqoslayman va oʻxshashliklarini umuman aqlim yetganicha tahlil qilaman. Bu tahlil kim uchundir emas aslida oʻzim uchun boʻladi va bu haqida uncha gapirmaslikka harakat qilaman.
Bunaqa odatni qachon, qayerda orttirib olganimni bilmayman. Eng qizigʻi bu faqat she’riyatda ham emas. Boshqa narsalarda ham shunday maza qilmaslik odatini keltirib chiqaradi. Misol uchun futboldan koʻpchilik adrenalin olsa manda umuman unaqa boʻlmaydi. Chiroyli yoki super gol boʻlsa zoʻr urdi deb qoʻya qolaman. Kimdir falonchi futbolchi yomon urdida deb maqtasa hayolimga ishi shu boʻlganidan keyin boshqa nima qilsin degan fikr keladi.
Oʻylashimcha bu bir hastalik boʻlsa kerak. Dostoyevskiyning “Yer ostidan maktublar” kitobida bunaqa odamlarni hastaga chiqarar edi. Xuddi shunday aslida.
Oʻqidingmi javob yoz!
Yaqinda bir nashriyot menga aloqaga chiqdi. Xullas brend feys boʻlib bitta tadbirimizda chiqib berasizmi deyishdi. Xoʻsh men nima qilishim kerak desam qisqasi intervyu olasiz kitob taqdimoti qilamiz oʻshanda qatnashadigan spikerlarimiz bor oʻshalardan qisqa savol-javob qilasiz tahminan 15-30tacha video boʻladi bir soatcha vaqtiz ketadi deyishdi. Xoʻp dedim. Qancha deysiz deyishdi keyin man shu sohadagi odamlar bilan gaplashib narxni aytdim. Qancha aytganimni aytmay mayli. Oma bozorga nisbatan kamroq summa aytdim ancha. Xabarimni oʻqishdiyu biroq javob yozishmadi. Vaqt ham ancha kech boʻlgandi balki ertalab javob aytishar dedim. Yoʻq javob kelmadi… Oʻsha kitob taqdimoti ham oʻtdi mana. Oma javob kelmagani qiziq tuyildi menga. Balki man aytgan narx qimmatlik qilgandir. Balki arzon aytdi ishlamaymiz deyishganmikin? (hazil) Balki rejalari oʻzgargandur boshqa odam topgandur deb oʻyladim xullas balkilar juda koʻp edi. Lekin nega yozganimga oʻqib turib javob yozishmagani qiziq tuyildi.
Aytmoqchiligim oralarizda shunaqa tashkiliy ishlarni qiladiganlar bordur balki kelajakda shunaqa ishlarda ishlab qolishlariz mumkin. Oʻshanda bunaqa qilmanglar. Yani oʻqib turib javob yozmay qoʻymanglar. Juda xunuk tuyiladi. Sababi siz u payti shaxsiy ishiz boʻyicha emas butun bir biznes brendning obrosini toʻkib qoʻyishiz mumkin. Narx toʻgʻri kelmasa yozing narx toʻgʻri kelmadi ochigʻi mana shuncha budjetimiz bor edi uzr vaqtizni olganim uchun deb qoʻyinglar. Yoki boshqa odam topilsa ham ochiqchasiga yozaverish kerak. Boshqa odam topdik uzr sizni ham bezovta qildik deb. Oma oʻqib turib yozmasdan ketish juda gʻalati doʻstlar.
Butun bir jamiyat depressiyada hozir. Menimcha bunaqa depressiya Uzb tarixida boʻlmagan boʻlsa kerak
Bu yilgi jahon chempionatida Uzbdan tashqari kimga baletlik qilyapsizlar? man Braziliyaga
ps: bitta aytinglar. Uzb hisobmas mayli. yana Fransiya, Argentina, Ispaniya devormanglar. faqat bitta termani aytish.
Zamona zoʻrniki, dedilar menga, Tamosho koʻrniki, dedilar menga. Muhabbatchi, she’rchi, soʻradim qaqshab, Manglayi shoʻrniki, dedilar menga…Shukur Qurbon
