Ismoiliyliklar
Закритий канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
225
Підписники
+124 години
-17 днів
-1830 днів
Архів дописів
O'ligimizni qabristonda ko'mmasinlar, maktab hovlisiga ko‘msinlar. Bolalar ustimizdan yugursin.Aziz Nesin
Endi misga aylangan oltin,
Vafo so‘zin anglashar arang.
Lermontovni ayblashdan oldin,
Hayotga ham qayrilib qarangAbdulla Oripov
Menga vafo qilmagach sanam
Xotinlarga hurmatim nechun
Shu gaplarni yozayotgan dam
Osonmi Lermontov uchunAbdulla Oripov
Ayollar erkaklarni maymunga oʻxshatishadiyu oʻzlari bilmagan holda butun umr mushuklarga taqlid qilib yashashadi
Yigit kishini xunugi boʻlmaydi deb rost aytishgan. Bundoq olib qarasak biz erkaklarning barchamiz xunukmizda. Lekin qiz bolaning xunugi va goʻzali boʻladi.
Maykl Jekson oʻlimini koʻrding. Qirolicha Yelizavetta opani oʻlimini koʻrding. Covid-19ni koʻrding. You tube, instazam, tik tok paydo boʻlgan davrniyam koʻrding. DVD oʻyindan chiqib Netfliks kirib kelganini koʻrding. Oddiy televizorlar oʻrnini smart tvlar egallaganini koʻrding. 2012-yilda oxir zamon degan kunlarniyam koʻrding. SI paydo boʻlishini va uning keskin rivojlanish tarixini ham koʻryapsan. Elektro mobillarniyam rivojlanganini koʻryapsan. 34 yil deganda milliy terma jamoani jahon chempionatiga chiqqaniyu gol urganini ham koʻrding. Messi va Ranoldo erasini tugashiniyu Neymarning jahon chempionatlaridagi koʻzyoshlarigacha koʻrding. Useyn Bolt yuz metrga yaqin yillar ichida takrorlab boʻlmas darajada yugurganini ham koʻrding. Xattoki Karimovning oʻlimida uvillab sochingni yulgidek yigʻlagan kunlaringni ham yashab oʻtib keyin uni yomonlagan davrni ham koʻrding.
Eng qizigʻi san hali 30 yoshga ham chiqmading. Yani hali oldinda juda koʻp narsalar bor. Xullas sen hayotni zerikarli desang menimcha adashasan!
Isfandiyorxon haqida oldinroq video joylagandim. Shundan beri oʻsha videodan direktimga Xorazmlik zemlyaklarimdan toʻxtovsiz heyt qiladi.
Sen kimsanki butun xonlikni boshqargan odam haqida bunaqa gapirasan deyishadi. Xay Isfandiyorxon qoʻgʻirchoq xon edi xolos. Uni layoqati yetmagan davlatni boshqarishga. U faqat xotin suyib oʻtgan desam battar tutaqib keyin soʻkinishga oʻtadi.
Shu darajada Isfandiyorxonni hurmat qilsang Dishan Qal’ada yotgan qabrini yonidan mehmonxona qurilyotganini bilasanmi yoki umuman Isfandiyorxonning qabri qarovsizligi hattoki qabrida na ism na familyasi xattoki qabr atrofi oʻralgan boʻlsayam chang bosib rasvo boʻlib yotganini bilasanmi oʻzi desam gapni aylantirishni boshlashadi.
Xullas har qanday odamga doim tanqidiy koʻz bilan qaranglar. Ayniqsa ular amaldorlar boʻlsa. Davlat odami yoki davlatni boshqaryapti deb koʻkka koʻtarish shart emas!
Hamma narsaga gʻarbni ayblashadiyu yana oʻsha chirigan gʻarbga viza berilsa ketishga tayyor bular
Men bir kun kelib xalqim yuzidan o‘pgancha unga shunday xat yozib ketaman:
"Shunchalar shirin uxlab yotgan edingiz-ki, sizni uyg‘otishga ko‘zim qiymadi".Aziz Nesin
Tunda uyqu kelmasligini hisobga olib Shahboz akani birinchi kitobini oʻqib chiqdim. Ba’zi she’rlarini qayta-qayta oʻqidim.
Shahboz Fayzullayevning oʻzini doim didi boʻlgan. Aka bilan endi koʻrishib anglaganman. Xuddi shu narsa she’rlarida ham borligi odamni quvontiradi.
Lekinchi she’riy kitob oʻqish qiyin sizlarga aytsam. Bir marta oʻqish yetmaydi. Hali nechchi marta bu kitobchani metroda oʻqib ketaman. Ba’zi she’rlar oʻqilaverib yod ham boʻlib ketadi. Maslahatim sizlar ham shunaqa birinchi kitoblardan oʻqib turinglar. Endi hammasiniyam oʻqinglar deyolmayman. Biroq mana shunaqa oʻqisa odam maza qiladigan shoirlarimiz ham bor. Xullas faqat Usmon Azim bilan cheklanib qolmanglar demoqchiman.
