Ismoiliyliklar
Закритий канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
224
Підписники
-324 години
-27 днів
-2230 днів
Архів дописів
+1
Tekin AI bilan beshinchi sinf jiyanimni oʻxshashlik taraflari bor. Misol uchun ikkalasi ham Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhorni adashtirib yuboradi.
ChatGPT chiqqanidaku juda shunaqa chalkishlar koʻp boʻlardi. Qoʻyib bersa Abdulla Avloniyning asarlarini ham Abdulla Qodiriy yozgan devorishdan qaytmasdi
Qarib boraverar asrim yilma-yil,
Milodiy muhabbat,
hijriy muhabbat, –
Urganchda kun koʻrgan intizor koʻngil,
Bir seni izlagan, bir seni, faqat,
–
Faqat, ogʻir kelgan gʻamda pishmoq ham,
Oʻzini har kimga atab erta-kech,
Birdayin qulamoq, birdayin uchmoq,
Bir shaharda yashab uchrashmaslik hech…
Ruhidan qaygʻusin aylab badargʻa,
Masrurlik qidirgan, soʻngra topgan ranj
Bir yoʻl koʻrsatmagan yorga ketarga,
Eskirgan boʻlsa ham es kirmas Urganch.
Rahmat Bobojon
Dunyo taq toʻxtadi, chap boʻldi birdan,
Armonga koʻnikkan baxtning koʻngli toʻq.
Keyin nima boʻldi,
Keyin kuz keldi…
Keyinchi qolgani esimda ham yoʻq
Rahmat Bobojon
Kitobni AI bilan yozgan desam bu yigitimiz izohlarga javobniyam AI bilan yozarkanku.
ChatGPTdan emas Geminini premyumidan foydalanganida bilmasmidik
ps: chatGPT ishlatadiganlar anov smaylik sotib qoʻyibdiya?
Ex xudo bu yigit urushga borib kelganmi deyman? Kitob ham yozgan ekan. Qoyil shu AI chiqib kitob yozish ham ish boʻlmay qoldi.
Onasini emsin manam kitob yozaman nomi soqolni silliq olish san’ati boʻladi!
Ps: yigit 2008-yil ekan. Qoyillarim lekin!
Musiqa faqat insonlar uchun deydiganlar adashadi!
Kechadan beri shu videoni qayta-qayta koʻryapman. Itni ichidan nima oʻtdiki bu darajada uvilladi degan savol qiynayapti.
Qoʻshni kampir olamdan oʻtib qopti. Islom dinini qabul qilgan ekan. Endi uygʻonudim mahalla noziri kelib yordam soʻradi. Kvdan ikkita bola chiqdikda buvini soʻngi manziliga kuzatib keldik.
Bir narsani unutmanglar bu dunyo sizdanam mandanam oldin boʻlgan sizdanam mandanam qoladi!
