Yo'lovchi
Відкрити в Telegram
Har qalb o‘z ichidagi gulning hidini berar...
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
206
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
206
Kimsasiz hech kimsa yo'qdir,
Har kimsaning bor kimsasi.
Kimsasiz qoldim yetish,
Ey, kimsasizlar Kimsasi!
✍ Avniy (Sulton Sulaymon)
15 лют, 23:03
206
Bu yer dunyo edi,
Ko'p qiymat berdik.
Holbuki, bir ekinzor edi,
Ekib, o‘rib, ketmoqchi edik.
Oqar daryolar bitdi,
Qurib poyonga yetdi.
Necha xon, necha sulton,
Taxtini tashlab ketdi.
Dunyo bir darichadir,
Kelgan bir boqdi o'tdi.
Yunus Emro quddisa sirruhu
14 лют, 13:33
206
Garibin Garip Türküsü | Abdurrahim Karakoç | Şairin Kendi Sesinden Şiir Dinle
Beste: Zafer İşleyen13 лют, 13:08
206
BERKINISH
Meni ham sog'ingan biron zot bormi?
Dunyoda hijrondek istibdod bormi?
Sizib gul yuzindan umrim o‘tarmi?
Tiniq ko‘z yoshingga berkingim keldi.
Uchaman, yuksakroq chorlar samolar,
Tubanga tortolmas meni ig'volar.
G‘ayur g'iybatchilar, shum benavolar,
Bas! Samo to‘shingga berkingim keldi.
Yerda na zo‘rim bor mening, na zarim,
Qullik ne? Zulm ne? Uzlatim, qa‘rim --
Haq yo‘l imorati - Qur'oni Karim,
Shaffof og‘ushingga berkingim keldi.
Do'stlardan yuz burdim, erkdan berkindim,
Changidim, tilsimot sochiga indim,
Yomon parchalandim, men yomon sindim --
Bir shafiq ochunga berkingim keldi.
Siz meni na shovqin-g‘avg‘odan izlang,
Na isyon, na she‘r, na dunyodan izlang,
Yoronlar, Mirzoni Mirzodan izlang,
O‘z ichu toshimga berkingim keldi!
✍ Mirzo Kenjabek
13 лют, 12:41
