Fulbright kundaligi
Відкрити в Telegram
Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
641
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
+23930 днів
Архів дописів
Repost from Xayrulla Hamidov official
ЯНГИ ЙИЛДА...
Янги йилда уруш бўлмасин,
Шомни вайрон этмасин жанглар,
Гурсиллаган танклар зарбидан
Ўрламасин фалакка чанглар.
Янги йилда тугасин бор ғам,
Шўрликлар ҳам яшасин энди.
Фарқи йўқдир, икки томон ҳам
Қуролини ташласин энди.
Янги йилнинг ҳар бир фаслини
Тарих бизга атасин баҳор,
Изламасин оналарини
Жанггоҳларда гўдаклар зинҳор.
Янги йилда ўйин қилмасин
Кучсизларни кучли жаноблар,
Ҳар бир ёвуз ишига ўксиб,
Корчалонлар берсин жавоблар.
Янги йилда афғон тоғларин
Бобурларнинг қучсин мероси,
Боғдоддан то Дамашқ боғларин
Босиб кетсин булбул овози.
Янги йилда қора қитъага
Ёруғ кунлар келсин ниҳоят —
Босиб кетди БМТни ҳам
Урушлардан ортган шикоят…
Янги йилда Фаластинда ҳам
Сокин ухлай олсин болалар.
Юракларни тешиб ташлади
Ундан оққан сўнгсиз жолалар.
Янги йилда тинчлик деган сўз
Халққа айлантирсин оммани.
Шундагина янги йил билан
Табриклашим мумкин ҳаммани!
@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
2025-yil juda mazmunli o'tdi. Yaxshi ishlarga poydevor qo'yildi. Shulardan biri Fulbright granti uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib tanlanganimdir. Hozirda universitet tanlash jarayoni ketmoqda va yakuniy natijalar mart-aprel oylarida e'lon qilinishi kutilmoqda. Erishilgan katta va kichik yutuqlar birma-bir sanab chiqilsa juda uzun post bo'lsa kerak. Asosiysi esa O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bir qismi bo'lganimdan xursandman.
Oldinda yanada katta rejalarga to‘la yangi yil kutmoqda.
@data_uzbekistan
Bugun dunyoda birinchi bo'lib Avstraliyada 16 yoshga to'lmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash bo'yicha choralar kuchga kiribdi.
@data_uzbekistan
Avvallari umuman qish bo'lmasa derdim. Lekin bu yil qish fasli bo'lmaydigan davlatlarga ko'proq borib shuni tushundimki, menga to'rt fasl bor davlatlar ko'proq yoqar ekan...
@data_uzbekistan
Bu yerga yoʻl belgisi qoʻyish nima uchun kerak boʻlishi mumkin? Yana bitta emas ikkita... 🤔
@data_uzbekistan
AQShda xalqaro talabalar oqimi keskin kamaydi
2025-yil avgust oyida AQShga kirib kelgan xalqaro talabalar soni oʻtgan yilga nisbatan 19 foizga kamaydi. Bu pandemiya davridan tashqari tarixdagi eng katta pasayish sifatida qayd etilmoqda.
Pasayish sabablari sifatida Tramp maʼmuriyati tomonidan viza jarayonlarining kechiktirilishi, 19 ta mamlakat fuqarolari uchun safar cheklovlarining joriy etilishi, Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi chiqishlar uchun xalqaro talabalarni deportatsiya qilish bilan bogʻliq tahdidlar, shuningdek, talabalar vizasi arizachilariga nisbatan tekshiruvning kuchaytirilgani keltirilmoqda.
Bu holat AQShning xalqaro taʼlim sohasidagi raqobatbardoshligiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
@data_uzbekistan
Repost from Uzbekonomics
Akademiyadan yangiliklar:
Garvard ijtimoiy fanlar (buni ichiga iqtisodiyot ham kiradi), tarix, biologiya va boshqa yo'nalishlarga kelasi ikki yildagi PhD talabalar qabulini 75%ga qisqartirayotgan ekan. Bu katta raqam. Sotsiologiya fakulteti umuman doktorant talaba olmas ekan.
Boshqa universitetlarda ham shu trend kuzatilmoqda. Garvarddan so'ng boshqalar ham "ergashadi".
@uzbekonomics
Quyidagi Yaponiya grantlari uchun ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzodlarga tekinga yordam berishim mumkin:
1. Honjo International Scholarship Foundation
2. Japan Rotary Yoneyama Scholarship
3. JDS JICA
Savollar uchun: @said_tojiboev_13
JDS 2025 stipendiya dasturi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
Yaponiyaning yetakchi universitetlarida JDS 2025 dasturi bo’yicha magistratura va doktoranturada o’qishga qiziqqan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilinadi.
📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 23-noyabr, 23:59
📌 Nomzodlar uchun qo’yilgan talablar:
- O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
- 25 yoshdan 40 yoshgacha (2026-yil 1-aprel holatiga);
- Davlat idorasida kamida 2 (ikki) yillik ish tajribasi;
- Ingliz tilini mukammal bilish (kamida IELTS 5.0).
Ayol nomzodlarning ariza topshirishi qo’llab-quvvatlanadi!
✅ Ariza berish to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni quyidagi veb-sahifadan oling: www.jds-scholarship.org
📞 Qo’shimcha ma’lumot olish uchun JICEning O’zbekistondagi vakolatxonasi JDS loyiha ofisiga murojaat qiling: (78) 140-15-60/61
@data_uzbekistan
O‘tgan haftaning men uchun eng shov-shuvli habari bu dunyoning eng ta’sirli ikki iqtisodchisi va Nobel mukofoti sovrindorlari er-xotin Abhijit Banerji va Ester Dufloning AQShning MIT universitetidan Shveytsariyaning Tsyurix universitetiga ko‘chib o‘tishga qaror qilgani bo‘ldi.
Banerji va Duflo 2019 yilda Chikago universiteti professori Maykl Kremer bilan birgalikda global qashshoqlikka qarshi kurashdagi “eksperimental yondashuvlari” uchun Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Ular Tsyurix universitetida yangi rivojlanish iqtisodiyoti markazini tashkil etishmoqda. Mazkur markazni yaratish uchun Lemann Foundation tashkiloti Tsyurix universitetiga 32 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratgan.
Tsyurix universitetining rasmiy bayonotida Abhijit Banerji va Ester Dufloni AQShni tark etishga nima undagani haqida ma’lumot berilmagan. Biroq ularning Tsyurixga ko‘chish qarori MITning AQSh hukumati tomonidan federal mablag‘ ajratish bo‘yicha belgilangan shartlarni rad etganidan so‘ng e’lon qilindi. MIT prezidenti Salli Kornblut Tramp ma’muriyati vakillariga yozgan maktubida universitet tadqiqotlarini moliyalashtirish faqat ilmiy yutuqlar asosida bo‘lishi kerakligini aytgan hamda taklif etilgan ayrim bandlar, jumladan, so‘z erkinligi va ilmiy mustaqillikka tahdid soluvchi cheklovlarga rozi emasligini bildirgan. Kommentlarda ko‘pchilik bu qarorni Tramp ma’muriyatining ilmiy mablag‘larni qisqartirish siyosati bilan bog‘lashgan.
Duflo AQSh va Fransiya fuqarosi, Banerji esa Hindiston-amerikalik iqtisodchi hisoblanadi. Banerji 1980-yildan beri MITda ishlaydi va AQSh fuqaroligini olgan. Duflo esa 1999-yildan beri MIT tarkibida.
Bu Amerika uchun katta yo'qotish va shu bilan birga Yevropa uchun katta yutuqdir.
@data_uzbekistan
Tinchlik bo'yicha 2025 yilgi Nobel mukofotiga Venesuelalik Mariya Korina Machado sazovor bo'ldi
Suratdagi Iroqlik hamkasbimiz. Iroq Oliy ta'lim vazirligida departament boshligʻi lavozimida ishlaydi. PhDni AQSHning Michigan universitetida qilgan va Pfizer kompaniyasida ishlagan. Iroq hujumati taklifiga koʻra vataniga qaytgan. Huddi biz kabi Iroqda ham hozir katta renessans boʻlayotganini aytdi. 2017-yildan buyon Iroqda urush butunlay toʻxtagan. Hukumat yoshlarni xorijda oʻqishi uchun juda katta grant ajratgan. Har yili Buyuk Britaniya uchun 3000 ta va AQSH uchun 5000 ta nomzodni oʻqishi moliyalashtirilar ekan. Har yili universitetga kirish talablariga mos keladigan buncha nomzodlarni topish oson emasligini hisobga olib, hukumat IELTS, TOEFL, GRE, GMAT, SAT kabi imtixonlardan bepul tayyorlov kurslarini yoʻlga qoʻygan ekan. Bundan tashqari nomzodlarning oʻqishga kirishida ham Iroq hukumati AQSH va Buyuk Britaniyadagi elchixonalari orqali katta yordam koʻrsatar ekan. Bundan koʻzlangan maqsad hukumat aralashuvi orqali nomzodlarni yuqoriroq reytingdagi universitetga kirishida yordam berishdir.
Bu ketishda yaqin yillar ichida mintaqada yangi oʻyinchilar paydo boʻlsa ajab emas. Tinchlik bo'lib tursa Bag'dod kabi qadimgi ilm markazlari tez orada bu statusni g'arbdan tortib oladi.
https://t.me/data_uzbekistan
2019-yili ukam bilan birinchi marta Seul milliy universitetiga borgan edik. Oʻshanda keyingi manzil faqat shunaqa top universitetlar boʻlishini niyat qilgan edik. Oradan 5 yil oʻtib shu niyatimiz amalga oshdi. O'tgan hafta ukamni Koreyaga kuzatdik. Biror narsani niyat qilishda juda ehtiyot bo'lish kerak. Chunki qachondir uni amalga oshish xususiyati bor. Nasib qilsa keyingi 3-4 yilda avlodimizdan yangi davrdagi birinchi olim chiqadi.
@data_uzbekistan
Bu yil ham Tableau Ambassador sifatida ketma-ket uchinchi bor tanlandim!
Tableau haqida (en):
https://youtu.be/VaWfRNL0-Jc?si=eJy9ZzHBMWIOAMuH
Quyidagi havolada bu yilgi nomzodlarning to'liq ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:
https://www.tableau.com/community/community-leaders/ambassadors#118943223198
https://t.me/data_uzbekistan
Singapur Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan Singapur Hamkorlik dasturi doirasida Milliy Ta’lim Institutida (NIE) o‘tayotgan vaqtimiz juda mazmunli bo‘lyapti.
Odatda ko‘plab davlatlar tajribasida Singapur Milliy ta’lim institutiga o‘xshash tashkilotlar Ta’lim vazirligi huzurida faoliyat yuritadi. Chunki hukumat tarkibida bo‘lish ularga ko‘proq status beradi.
Lekin Singapurda Milliy Ta’lim Instituti vazirlik tarkibida emas, balki Nanyang Texnologiyalar Universitetining bir qismidir. Chunki QS reytingida ta’lim sohasida dunyoda 8-o‘rinda turuvchi NTU obro‘ jihatidan Singapur Ta’lim vazirligidan ham kuchliroq sanaladi.
Singapurda deyarli xar bir piyodalar yoʻlagiga soyabonlar oʻrnatilgan. Sababi bu yerda yomgʻir bilan quyosh hech kimni ayamidi...
Singapurning hozirgi ta'lim vazirining otasi ham sobiq ta'lim vaziri boʻlgan ekan. U 1992-1997 yillar davomida Singapur ta'lim tizimini boshqargan. Vazirning oʻgʻli vazir boʻlishi yomon emasga oʻxshidi...
