Fulbright kundaligi
Відкрити в Telegram
Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
643
Підписники
-324 години
-27 днів
+29130 днів
Архів дописів
Imtihonlardan keyin togʻda piknik qildik. Shu yerlik aholi yoshligida gulxan atrofida videodagi shirinlikni tayyorlab yeyishar ekan. Ularga choʻgʻda kartoshka pishirishni koʻrsatdim. U joyi videoga tushmadi lekin )
@fulbright_kundaligi
https://youtube.com/shorts/I2D6771Opv8?is=mWqTy7Z9U-qVEWet
+3
Bugun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun “Health Center”ga bordim. Shu paytgacha bo‘lgan kasalliklar tarixi, qabul qilgan muolajalarim va dorilarim, shikoyatlarim, vaksinalar, bo‘y, vazn, kundalik odatlar, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, qon bosimi va boshqa narsalar haqida yarim soat davomida anketa to‘ldirdim.
COVID’dan tashqari, qaysi vaksinalarni olganimni bilmayman. Shuning uchun nimalarga qarshi emlanganligimni tekshirish uchun 5–6 ta idishga qon olishdi. Javoblari chiqishiga qarab, keyin kerakli vaksinalarni qilishar ekan. Ungacha vitamin va shunga o‘xshash ukol oldim.
Menga 2 xil turdagi sug‘urta berilgan. Birinchisi Fulbright tomonidan, ikkinchisi universitet tomonidan. Fulbright tomonidan berilgan sug‘urtaning narxini bilmayman, chunki men uchun bepul. Universitet tomonidan beriladigan sug‘urta esa yiliga $3,600 turadi. Uning xarajatini ham Fulbright universitetga to‘lab beradi.
@fulbright_kundaligi
6 yil avval yozgan ekanman. 6 yilda ko'p narsa o'zgardi. O'zbekiston degan nomni tanitishga erishdik shekilli bugun Amerika ko'chalarida O'zbekistondanman desam hammadan iliq javob eshityabman. 5 yil musofirlikda yashagan inson sifatida O'zbekiston nomini eshitmaganlarga yoki qayerda joylashganini bilmaydiganlarga juda ko'p duch kelganman. Bundan keyingi o'zgarishlarga hissamiz tegishi nasib qilsin. Bayraming muborak bo'lsin O'zbekiston!
Bu misollarni ko‘rib, 2008-yildagi litsey davrim esimga tushdi. Darsdan keyin matematikaga qatnaganim, toʻplamdagi misollar, qorli kunlar, (u paytlarda qor ko‘p yog‘ardi), yomg‘irli Toshkent, 13-avtobus, nokia 6500...
Kelajak haqidagi ko‘p o‘ylarim asosan litseydan chiqib, “Drujba” metrosigacha yurib kelgunimcha paydo bo‘lardi. “Kelajakda unday qilaman, kelajakda bunday qilaman...”
Kelajak unchalik qiziq emasligini bilganimda, o‘sha vaqtlarning ko‘proq qadriga yetardim. Ammo o‘sha paytlarda o‘qimaganimda, o‘zim orzu qilgan kelajak qiziq bo‘lsa kerak, deb yuravergan bo‘lardim, balki.
Lekin ko‘p marta duch kelgan xulosam shuki, natijadan ko‘ra, o‘sha natijagacha bo‘lgan jarayon ancha qiziqroq. Kimdir hozir shunday jarayonning ichida bo‘lsa, undan ko‘proq mazza qilib olsin. Natija bunchalik qiziq bo‘lmasligi mumkin.
@fulbright_kundaligi
🇨🇦 Lester B. Pearson International Scholarship 2027
🎓 Kanadaning Toronto Universiteti bakalavr bosqichi uchun to‘liq grant!
🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– Kanada fuqarosi bo‘lmagan xalqaro talabalar
– Toronto Universitetining bakalavr dasturlaridan biriga hujjat topshiradigan nomzodlar
– Ingliz tili darajasi: IELTS Academic kamida 6.5
💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ To‘liq kontrakt to‘lovi ✔️ Bepul turar joy ✔️ Kitoblar, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun moliyaviy yordam🏛 Dastur haqida – Har yili taxminan 37 nafar talaba saralab olinadi – O‘qish 2027-yil sentabrida boshlanadi – Avval Toronto Universitetining kamida bitta bakalavr dasturiga ariza topshirish kerak – Shundan so‘ng Lester B. Pearson stipendiyasi uchun alohida onlayn ariza topshiriladi 🗓 Muhim sanalar: – Toronto Universiteti bakalavr yo'nalishlaridan biriga ariza topshirish uchun: 16-oktabr 2026 – Pearson stipendiyasi uchun: 6-noyabr 2026 Rasmiy manba @fulbright_kundaligi
Ba’zi voqealar xotiramizdan butunlay o‘chib ketganday tuyuladi. Chunki ularni oddiy kunlarda eslamaymiz, hatto yillar davomida ularning bo‘lganini ham unutib qo‘yishimiz mumkin.
Lekin bir kuni nimadir sodir bo‘ladi va o‘sha bir necha yillar avval sodir bo‘lgan voqea ko‘z o‘ngingizda aniq-tiniq gavdalanadi. Nafaqat bir o'zi, balki u bilan bog'liq boshqa xotiralar ham birga keladi: o‘sha joylar, odamlar, ovozlar, hidlar va o‘sha paytdagi hislar...
Bir tarafdan shunaqa yaxshi davrlar bo'lgani yoqadi, lekin ularning qaytib kelmasligi og'riqli bo'ladi. Va ko'pincha shu "og'riqli" tarafi borligi uchun ham ular doimiy xotiramizdan chetga chiqib qoladi. Chunki biz ularni qachonlardir "unitishga" xarakat qilganmiz...
P.S.: 2010-yil, Toshkent, "Narxoz" litseyi, katta-katta xatolar qilishimdan avvalgi rasm...
@fulbright_kundaligi
Fulbright interview bosqichi tanlash jarayonlari juda qiziq ko'rinishga kelib qolgan. Hisoblab chiqsam bu yilgi interview bosqichiga o'tganlardan 9 kishini taniyman ekan. Hammasi turli soha vakillari va o'ziga xos kuchli taraflari bor. Tanlash menga bog'liq bo'lganida ham shu 9 kishini ichidan tanlashga juda qiynalgan bo'lardim. Endi 20 kishidan ko'proq nomzodlar interview'ga taklif qilinganini hisobga olsak tanlov juda qiyinlashadi. Bu yerda endi eng zo'r 8 ta kandidatni tanlashdan ko'ra, xato tanlab qo'ymaslikka ko'proq harakat bo'lishi tabiiy. Chunki o'qishni bitirib yaqin orada O'zbekistonga qaytmaslikni niyat qilganlar borligini bilishadi ular ham.
@fulbright_kundaligi
+7
Oʻtgan yili avgust oyida Singapurda edim. Fulbright interview javobi ijobiy chiqgan va 10 kundan keyin TOEFL va GRE testlarini topshirishim kerak edi. Lekin Singapurniyam "otkaz" qilolmaganman. Natijada koʻp vaqtim mehmonxonada testlarga tayyorlanish bilan oʻtgan edi.
Shungayam roppa rosa 1 yil boʻlibdi. Vaqt juda tez oʻtdi...
@fulbright_kundaligi
Kim davlat sektorida yuqoriroq lavozimda yoki katta loyihalarda ishlasa, shu dasturga topshirib ko‘rishni tavsiya qilaman. Networking uchun ham, tajriba almashish uchun ham juda zo‘r dastur. Singapurdagilar allaqachon 22-asrda yashayabdi desam, xato bo‘lmaydi. Dasturga topshirishda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining tavsiyanomasi kerak boʻladi.
P.S. Bu dasturda 2 marta, 2 xil soha bo‘yicha qatnashganman. Juda iliq taassurot va katta tajriba olganman.
Oxirgi marta borganimda kuniga 17 mln so‘mlik mehmonxona bron qilib berishgandi. Juda "qiyin" paytlar edi. Yeyishga oʻzbek noni yoʻqligidan tort va pirojnie yeyishga majbur boʻlgan edik deymi...?! 😄@fulbright_kundaligi
🇸🇬 Singapur Hamkorlik Dasturi (SCP) Trening Granti / Executive Kurslari
Singapur Tashqi ishlar vazirligi tomonidan boshqariladigan ushbu nufuzli SCP dasturi hamkor mamlakatlarning davlat xizmatchilari va mutaxassislariga Singapurda qisqa muddatli malaka oshirish, tajriba almashish va boshqaruv kurslarida qatnashish imkonini beradi.
🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– Hamkor mamlakatlarning davlat organlari xodimlari va davlat sektori mutaxassislari (Oʻzbekiston ham roʻyxatda bor)
– Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa aloqador sohalarda ishlayotgan o‘rta va yuqori bo‘g‘in mutasaddilari
– Kamida bakalavr darajasiga yoki tegishli sohaga oid professional tajribaga ega nomzodlar
– Rahbarlik lavozimida ishlayotgan yoki qaror qabul qilish va loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan nomzodlarga ustunlik beriladi
📚 Ustuvor yo‘nalishlar
– Davlat boshqaruvi va fuqarolik xizmati
– Barqaror rivojlanish va shaharsozlik
– Raqamlashtirish, AI va innovatsiyalar
– Atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish
– Savdo, iqtisodiy rivojlanish va moliya
– Sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlarni boshqarish
– Ta'lim
💰 Grant imkoniyatlari
✔️ O‘qish va o‘quv materiallari xarajatlari to‘liq qoplanadi
✔️ Turar joy va kunlik xarajatlar uchun stipendiya
✔️ Dastur davomida bazaviy tibbiy sug‘urta
✔️ Rasmiy sertifikat va xalqaro SCP Bitiruvchilar tarmog‘ida ishtirok etish
📍 Manzil: Singapur
🗓 Ariza topshirish muddati: Har bir kurs uchun alohida (Portalda doimiy yangilanib boriladi)
🔗 Rasmiy manba
📩 Savollar uchun: mfa_scp@mfa.gov.sg
Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13
@fulbright_kundaligi
Internetni ishlatishga ruxsat berishganda kamroq vaqt ketardi. Sunʼiy intellekt davrida qogʻoz-qalamda imtihon topshiryapmiz. Shunchaki javobni yozib ketish bilan 0 ball olish mumkin, u qanday ishlanganini ham koʻrsatib berish kerak. Bir kitob formulalar alohida mavzu.
@fulbright_kundaligi
Ehtimollar nazariyasi bilan yaxshi chiqishib oldik. 3 soatlik vaqt 10 minutdek oʻtib ketdi.
Har bir imtihondan 100 foizlik natija bilan oʻtish ehtimoli 100 foizga teng boʻlsa va ikkinchi imtihon natijasi birinchisiga bogʻliq boʻlsa, ikkinchi imtihondan 100 foizlik natija bilan oʻtish ehtimoli qancha? 😀
@fulbright_kundaligi
Bizda imtihon haftasi tugadi. Matematikani kelajakda ishlatmisan deydiganlarga ishonmaslikni maslahat berardim. Silar ishlatmasalaring, silarni ishlatadi baribir. Qidirib topadi.
@fulbright_kundaligi
Repost from Rashid Tojiboev
🎓 Talabalar uchun Google’dan zo‘r sovg‘a!
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Google universitet talabalariga 1 yillik bepul AI tariflarini taklif qilmoqda:
🌍 140+ davlat talabalari — Google AI Plus 1 yil bepul (Koreya va O‘zbekiston ham)
Ro‘yxatdan o‘tish uchun universitet emaili va tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak.
🔗 Link: Google AI Plus
Bir yil bepul — foydalanib qolishga arziydi! 😄
👉@rashidtojiboev👈
Hozirda Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg‘armasida ishlayotgan Williams'ning malavilik bitiruvchisi Daniel. Ko‘rinishidan hammasi yaxshiga oʻxshidi. Lekin hikoyasini eshitsangiz, hayron qolasiz. Siyosatchilarning noto‘g‘ri qarorlari uchun oddiy xalq o‘z hayoti bilan to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.
@fulbright_kundaligi
