Mehriddin_Nuriddinov
Відкрити в Telegram
Tizimli biznes qurish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo'yicha tajribadan kelib chiqqan xulosa va biznesda o'qiganlarim bo'yicha instrumentlarni berib boraman. Konsultatsiya uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
1 131
Підписники
-924 години
-337 днів
-3830 днів
Архів дописів
1 130
Yangi qo'shilgan obunachilarga o'zimni tanishtirib o'tsam, ismim Mehriddin. Sizlarga manfaatli bo'ladigan materiallar joylab borishga harakat qilaman. Bu kanal tadbirkorlikda qiynalayotgan, o'sishni xohlaydiganlar uchun tashkil etilgan. Obunachilar ko'paygan sari bitta savolni ko'p so'rashadi. Qanday qilib biznes qilsak bo'ladi, kimdan o'qib o'rgansak bo'ladi, marketingni qanday toʻgʻri tashkil qilish kerak, savdoni qanday qilamiz degan savollar bisyor. Shu murojaatlarni inobatga olgan holda bir yangilik qildik. Bir kunlik trening tashkil qilmoqchimiz. Bizda hammasi tayyor, faqat meni eshitadigan omma kerak😊.
Sizga qanday mavzuda trening tashkil qilinsa qatnashgan bo'lardingiz? Izohlarda yozing! Gaplashamiz!
1 130
Ismim Mehriddin, tadbirkorman. Kichik bir qishloqda oddiy oilada tug‘ilganman, maktabni tugatganimdan so‘ng o‘qish uchun Toshkenga kelganman. Yoshligimdan yurist bo'lishni orzu qilganman lekin falakni gardishi bilan yurist emas Milliy universitetni bitirganimdan so‘ng shu universitet O’zbekiston tarixi fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshladim. Lekin ichimda menga bir narsa umuman taskin bermasdi, 2021-yildan boshlab tadbirkorlik qilishni boshladim.
Keyingi 5 yillik faoliyatim davomida bitta narsani tushunib yetdimki, tadbirkorlikni ilm bilan olib bormasa bu biznes olamida sizni hechkim ayab o‘tirmas ekan. Ichimdagi olov tadbirkorlarga ilm berish orqali yangi marralarga olib chiqish uchun kerakli inson bo‘lib shaklanganimni taqdirni o‘zi menga anglatdi.
Kasbim o‘sha o‘sha o ‘qituvchilik, faqat auditoriya o‘zgardi xolos, tadbirkorlar auditoriyasi. Meni bu borada faoliyatimni qo‘llab quvvatlaysiz degan umiddaman!
1 130
Masalan men ishlarni ikkita jabhaga boʻlib olganman.
Katta ishlar/kichik ishlar.
Kichik ishlarni doimo yon atrofimdagi shu ishni qila oladigan insonga topshiraman. Yonib ketsa ham qilmayman bu kabi ishlarni.
Katta ishlar men uchun.
Siz shu haqda hech oʻylab koʻrganmisiz?
1 130
Tabiatan tadbirkor boʻlishning birlamchi belgilaridan biri o'ta darajada dangasa inson boʻlish.
Sababi bunday insonlarni miyasi doimo bu ishni kim qiladi deb oʻylaydi va ishga shu tariqa yondashuv qiladi.
Oʻzim buni qanday qilsam ekan degan fikr bilan ishga yondashish kichikligizcha qolishingizga sabab boʻladi.
Agar faoliyatingizda hamma ishni oʻzim qilsam zoʻr boʻladi degan yondashuv bormi? Hali sizga biroz bor ekan, ancha oʻsishingiz kerak.
Dangasa boʻling! 😊
1 130
Har bir tadbirkor biznesini his-tuyg'u bilan emas, raqamlar bilan boshqarishi kerak.
Quyidagi metrikalar deyarli har qanday biznes uchun muhim:
1. Tushum (Revenue)
Kunlik, haftalik, oylik tushum.
Savdo hajmi o'syaptimi yoki pasayyaptimi?
2. Sof foyda (Net Profit)
Barcha xarajatlardan keyin qoladigan pul.
Ko'p tadbirkor tushumni biladi, lekin foydasini aniq bilmaydi.
3. Marja (%)
Har bir mahsulot yoki xizmatdan qancha foyda qolyapti.
4. Mijoz jalb qilish narxi (CAC)
Bitta yangi mijozni olib kelish qancha pulga tushmoqda.
Reklama xarajati ÷ yangi mijozlar soni.
5. Mijozning umrbod qiymati (LTV)
Bir mijoz sizga butun hamkorlik davomida qancha foyda keltiradi.
6. Konversiya darajasi
Murojaat qilganlarning necha foizi xarid qildi.
Masalan: 100 ta lead → 20 ta sotuv = 20%.
7. Takroriy xarid foizi
Mijozlarning necha foizi qayta xarid qilmoqda.
Bu biznes sifati va mijoz sodiqligini ko'rsatadi.
8. Debitor qarzdorlik
Sizga kim va qancha pul qarz.
Pulning qog'ozda emas, hisobda bo'lishi muhim.
9. Pul oqimi (Cash Flow)
Hisobda real pul qancha kiryapti va chiqyapti.
Foydali biznes ham cash flow muammosidan yiqilishi mumkin.
10. Ombor aylanish tezligi
Mahsulot qancha kunda sotilib ketmoqda.
Omborda "muzlab" qolgan pulni ko'rsatadi.
11. Xodim samaradorligi
Har bir xodim qancha tushum yoki foyda keltiryapti.
12. Marketing ROI
Reklamaga sarflangan har 1 so'm necha so'm qaytarib beryapti.
Eng muhim 5 ta raqam
Agar faqat 5 tasini kuzatadigan bo'lsangiz:
Tushum
Sof foyda
Cash Flow
CAC (mijoz jalb qilish narxi)
LTV (mijoz umrbod qiymati)
Ko'plab tadbirkorlar pul ishlamayotgani uchun emas, shu raqamlarni o'lchamagani uchun biznesini yo'qotadi. Biznesda "o'lchanmagan narsa boshqarilmaydi".
Telegram | Instagram | YouTube
1 130
“Har kuni birinchi kun” qoidasiga amal qiling.
Muammo: muvaffaqiyat komfort zonasiga olib kiradi.
Yechim: har kuni birinchi kun ishlayotgandek ishlashingiz kerak.
1 130
Kompaniyada yuqori samaradorlikka erishish uchun eng muhim qonun-qoidalar quyidagilar:
1. Maqsad va KPI qonuni
Har bir xodim:
Nima qilishi kerakligini,
Qachongacha bajarishi kerakligini,
Natija qanday o'lchanishini aniq bilishi kerak.
Agar o'lchov bo'lmasa, samaradorlik ham bo'lmaydi.
2. Javobgarlik qonuni
Har bir vazifaning bitta mas'uli bo'lishi kerak. "Bu ishga kim javobgar?" degan savolga 3 soniyada javob topilishi kerak.
3. SOP (Standart Operatsion Jarayon) qonuni
Takrorlanadigan har bir ish yozma reglamentga ega bo'lishi kerak:
Sotuv
Mijoz bilan ishlash
Ishga qabul qilish
Hisobot berish
Tizim odamdan kuchli bo'lishi kerak.
1 130
Biznesingizda eng kerakli qonunlar majmuasi.
Delegatsiya qonuni – hamma ishni o‘zingiz qilmaslik kerak.
Tizimlash qonuni – tizim bo‘lmasa biznes uzluksiz ishlamaydi.
Jarayon qonuni – har bir jarayon yozilgan va kuzatiladigan bo‘lishi kerak.
Motivatsiya qonuni – xodimlar motivatsiyasiz ishlamaydi.
Natija qonuni – faqat faoliyat emas, natija muhim.
Pul oqimi qonuni – daromad va xarajat balansda bo‘lishi kerak.
Tezlik qonuni – biznesni tezlashtirish uchun qarorlar tez qabul qilinishi kerak.
Xatolar qonuni – xatolarni tez o‘rganish biznesni o‘stiradi.
Tajriba qonuni – tajriba va bilim uzluksiz rivojlanishi kerak.
Fokus va prioritet qonuni – resurslarni eng muhim narsaga yo‘naltirish muvaffaqiyat kaliti.
1 130
Kommunikatsiya qoidasi.
Muammo: tushunmovchilik hamma yerda bo‘ladi.
Hamma muammo odamning ichida qolib ketganidan kelib chiqadi.
Yechim: Bir biringizga qarshi o‘tirib shikoyat va norozichiliklarni qog‘ozga tushurib bir biringizga sovg‘a qiling.
1 130
2-qism. Xatolarim juda qimmatga tushgan. Siz shu xatolarni qilmang! Albatta vaqt ajratib ko'rib chiqing manfaatli bo'ladi!
1 130
Repost from Mehriddin_Nuriddinov
https://youtu.be/Tzjnlhsh-SA?si=jOBJTdYfgWDQiLN8
Youtube kanalimda ayni tadbirkorlarga mos, foydali maslahatlarga to’la video chiqdi, o’tib ko’ring! Foydali bo’lsa, xursand bo’laman!
1 130
Mana shu tavsiyalarga amal qilsangiz, vaqtingiz, pulingiz, energiyangiz, asabingiz tejaladi.
1 130
Qo'shimcha:
Mana shu ishlarni hammasini bir kunda qila olmaysiz, shoshilmang, hammasi sekin sekin boʻladi albatta. Bunga sabr, kuch, g'ayrat topa olsangiz bas.
1 130
Biznesni tizimlashtirish degani — biznes egasining har kuni hamma ishga aralashmasdan ham biznes ishlay oladigan holatga olib kelish.
Keling shuni Qadam-baqadam ko'rib chiqamiz:
1. Barcha jarayonlarni yozib chiqing
Masalan:
Mijoz kelishi
Sotuv jarayoni
To'lov olish
Xizmat ko'rsatish
Hisobot tayyorlash
Har bir jarayonning bosqichlarini yozing.
2. Lavozimlarni aniqlang
Kim nima uchun javobgar ekanini belgilang:
Direktor
Sotuv menejeri
Marketing mutaxassisi
Operator
Buxgalter
Har bir lavozim uchun vazifalar ro'yxati bo'lsin.
3. Reglament va instruktsiyalar yarating
Xodimlar ishni qanday bajarishini yozib qo'ying.
Masalan:
Mijozga qanday javob beriladi
Shartnoma qanday tayyorlanadi
To'lov qanday qabul qilinadi
Yangi xodim shu hujjatni o'qib ishni tushunishi kerak.
4. KPI va natijalarni o'lchang
O'lchanmaydigan narsani boshqarish qiyin.
Misol:
Kunlik leadlar soni
Sotuvlar soni
Konversiya
O'rtacha chek
Foyda
5. CRM va dasturlardan foydalaning
Masalan:
Bitrix24
amoCRM
Notion
Bu vositalar ma'lumotlarni tartibga soladi.
6. Hisobot tizimini yarating
Har hafta quyidagilarni ko'ring:
Tushum
Xarajat
Foyda
Mijozlar soni
Marketing natijalari
7. Vazifalarni bo'ling va kerakli xodimlarga topshiring!
Biznes egasi:
Operatsion ishlarni emas,
Strategiya va rivojlanishni boshqarishi kerak.
Tadbirkorlarning eng katta xatosi
Ko'pchilik biznesni emas, o'zini rivojlantiradi. Natijada biznes egasisiz ishlamaydi.
Agar biznesingiz 3–10 nafar xodim atrofida bo'lsa, odatda tizimlashtirishni quyidagi tartibda boshlash eng katta natija beradi:
Sotuv → Moliya hisobi → Xodimlar → Marketing → Operatsion jarayonlar
Shu ketma-ketlikda ishlasangiz, biznes asta-sekin egasiga bog'liqlikdan chiqib, mustaqil ishlay boshlaydi.
1 130
Har bir tadbirkor quyidagini aniq bilishi kerak:
• 1 ta mijoz qancha olib keladi
• Uni olib kelish narxi qancha
• Sof foyda qancha qoladi
Sizda shu o'lchovlar yo'qmi? Biznes qilyapman deb o'ylab ham o'tirmang!
1 130
Tadbirkor inson - nenormal inson!
Chunki:
Normal insonlar kuniga 8 soat ishlaydi. Tadbirkor 24/7 ishlaydi.
Normal inson doim risk qilishdan, pul tikishdan qo'rqib yashaydi. Tadbirkor hayoti doim riskda, eng oxirgi pulini biznesga tikadi.
Bir so'z bilan aytganda oddiy insonlar nima ish qilsa, shuni teskarisini qiladigan nenormal inson bu - tadbirkor.
Siz qanaqa insonsiz: normal inson yoki nenormal!
Telegram | Instagram | YouTube
1 130
Yuqoridagi postga qo'shimcha:
Thomas Edison haqida mashhur gap bor: u lampochkani yaratish jarayonida “1000 martadan ko‘proq muvaffaqiyatsizlikka uchragan”.
Lekin Edisonning o‘zi bunga boshqacha qaragan. U shunday degan degan mashhur iqtibosi bor:
“Men muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Men ishlamaydigan 10 000 usulni topdim.”
Aslida u minglab materiallarni sinab ko‘rgan: turli metall, ip, bambuk tolalari va boshqalar. Ko‘pchiligi tez kuyib ketgan yoki yaxshi ishlamagan. Oxiri esa uzoq yonadigan filament topishga muvaffaq bo‘lgan.
Haqiqiy omad lampochka ixtirosi emas, balki 10 000 marta sinab ko'rilgan tajribada.
Qisqasi, siz sindingiz degani bu oxirgi nuqta emas, bu boshlanishi!
Telegram | Instagram | YouTube
1 130
Biznesga Amerikacha qarash bor/Nemischa qarash bor.
Bir biridan farqi shundaki agar siz nemislar orasida biznesingizda omadsizlikka uchrasangiz, siz eng aqlsiz, qo'lidan bir ish kelmaydigan insonsiz.
Amerikada esa buning teskarisi. Sababi har bir xatolik sizga keyingi omad eshiklarini ochib beradi. Shuning uchun amerikaliklarni nazdida siz eng noyob kadrsiz. Omadsizlikka uchrasangiz buni keyingi omadim deb qabul qiling.
Afsuski O'zbekistonda ham nemischa qarash bor. Men shuni o'zgartirmoqchiman, hali hammasi oldinda.
Telegram | Instagram | YouTube
