Jahon chempionligi uchun kechgan ikkinchi partiya ham durang bilan yakunlandi!
🇺🇿 Javohir Sindarov va 🇮🇳 D. Gukesh o‘rtasidagi ikkinchi bahs 98,4% va 98,2% aniqlik bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
15… F5 yurishidan keyin amaldagi jahon chempioni Gukesh javob uchun 30 daqiqa vaqt sarfladi. Shundan so‘ng u pozitsiyani uch marta takrorlash yo‘lini tanlab, 17. Be5 va 18. Bg3 yurishlarini amalga oshirdi. Natijada partiya durang bilan yakunlandi.
Ikkinchi partiyadan so‘ng jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsda hisob 1–1.
Ertaga dam olish kunidan oldingi so‘nggi partiya bo‘lib o‘tadi. Javohir oq donalarda bahs olib boradi. Butun O‘zbekiston hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlaydi va unga navbatdagi bahsda omad hamda muvaffaqiyat tilaydi! 🇺🇿🔥
@sindarovchessacademy
25 нояб., 12:06
