ru
Feedback
"2+6" dasturi

"2+6" dasturi

Открыть в Telegram

2+6 dasturi — @yoshlaragentligi loyihasi - 14–30 yoshlarning xorijiy til o'rganishi uchun subsidiya - Ingliz | Nemis | Fransuz | Yapon | Koreys | Xitoy tillari Ro'yxatdan o'tish: https://2plus6.uz 📩 Murojaat: @yonda_support_bot

Больше
2 543
Подписчики
+324 часа
-147 дней
-6130 день
Архив постов
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi. Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan. Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi. @alisher_sadullaev

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Yaqinda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida o‘quv markazi tashkil etgan yosh oila bilan uchrashdim. Meni eng quvontirgani, Prezidentimiz yoshlar uchun e’lon qilgan “Ko’mak” loyihasining natijasini amalda ko’rish bo‘ldi. Mazkur dastur orqali bu yosh oila 130 million so‘mlik ssuda (qarz) olib, olis hududda o‘zlarining ta’lim markazini ochishgan hamda allaqachon o’nlab yoshlarga ta’lim berishmoqda. Ishonchim komil, hali minglab yoshlar olis hududlarda “Ko’mak” loyihasi orqali o’z markazlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lishadi. @alisher_sadullaev

Thompson School — O‘zbekiston o‘quv markazlar forumida! 🤝 ➡️ 6 ta filialda o‘quv markaz, xususiy maktab va bog‘chalar ➡️ 10 000+ o‘quvchi, 1000+ xodim ➡️Xalqaro standartdagi ta’lim ➡️VR, robototexnika va 3D texnologiyalari bilan jihozlangan zamonaviy maktab ⚡️Shahzod Bahodirov, Thompson School asoschisi, forum ishtirokchilari uchun o‘z bilim va tajribasini taqdim qiladi. 📆 Forum 12–13 dekabr kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. 🔗 Ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz 💬Telegram | 📹Instagram

Oʻquv markazlari forumi “Inter Nation” oʻquv markazi bilan hamkorlikda 🤩 ⚡️Barchamiz biladigan Inter Nation o'quv markazi operatsion direktori Ahmad Nazarov ham qatnashadi. Hozirda 21 ming ta yoshlar ingliz tilda aynan Inter Nationda o’qishmoqda.
Forumda 2+6 dasturi bilan bogʻliq bo’lgan barcha savollarga yechim topish imkoniyatiga ega boʻladi.
🔗Ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz Bizning sahifalarimiz: 💬Telegram | 📹Instagram

Repost from Alisher Sadullaev
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi ⚡️Yoshlarimiz uchun zamonaviy kasblar va chet tillarini o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”ga ro‘yxatga olish boshlandi. Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan, hamkorlik va tajriba almashuviga xizmat qiladigan katta maydon bo‘ladi. 12–13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum “2+6“ dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etiladi. 👉 Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz

🗻 Everest o’quv markazi - O’quv markazlari forumining navbatdagi hamkoriga aylandi! 🔥Yaqinlashayotgan o’quv markazlar forum
🗻 Everest o’quv markazi - O’quv markazlari forumining navbatdagi hamkoriga aylandi! 🔥Yaqinlashayotgan o’quv markazlar forumida bir necha bor yil brendi bo’lgan Everest o’quv markazi asoschisi Xurshid O’roqov qanday qilib sifatli va yuqori natija qilish va o’quv markazlarni yil brendi darajasiga olib chiqish haqida o’z bilimlarini bo’lishadilar. 📊Hozirgacha Everest o’quv markazi 6 marotaba yil brendi nominatsiyasini qo’lga kiritgan va 22 ta filiali faoliyat olib boradi.
Siz ham qatnashib fikr va tajribalar almashishingiz mumkin. O’quv markazlar forumi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi! Forumda boshqa oʻquv markazlar bilan ham hamkorlikni amalga oshirishga ochiqmiz)
💬Telegram | 📹Instagram

🤝🏻O’quv markazlar forumining yana bir hamkori - “Target international school” 🔖Forumda “Target International school” asosc
🤝🏻O’quv markazlar forumining yana bir hamkori - “Target international school” 🔖Forumda “Target International school” asoschisi Bekzod Jalilovdan qanday qilib o’quv markazlarni tizimlashtirishdan tortib xususiy maktab tizimini yaratishgacha bo’lgan yo’ldagi qimmatli tajribalarni o’rganish imkoniga ega bo’lasiz. 🎓Shuningdek, hozirda Target brendi ostida 4 ta xususiy maktab va ko’plab xalqaro darajadagi ta’lim loyihalari o’z faoliyatini olib borib kelmoqda.
Sizda aynan shunday muhim master-klasslarda qatnashish va o’z brendingiz xalqaro darajaga olib chiqish imkoni bor. Bu imkonni sizga O’quv markazlar forumida yaratib beramiz Biz boshqa o’quv markazlarni ham hamkorlar safida ko’rishdan mamnun bo’lamiz)
📆 Sanasi: 12–13 dekabr 📍Manzil: Yoshlar ijod saroyi 📱Telegram | 📱Instagram

🤝🏻 “Registon LC”— O'quv markazlari forumining navbatdagi hamkoriga aylandi! Registon o'quv markazining asoschisi Avazbek Tu
🤝🏻 “Registon LC”— O'quv markazlari forumining navbatdagi hamkoriga aylandi! Registon o'quv markazining asoschisi Avazbek Tulovov ham endi O'quv markazlari forumida qatnashib, o'z tajribalari bilan bo'lishadi. ⚫️Eslatib o'tamiz, Registon o'quv markazining O’zbekiston bo’ylab jami 45 ta filiali mavjud boʻlib, unda 2000 dan ortiq malakali o’qituvchilar dars beradi. 📆 Sanasi: 12–13 dekabr 📍Manzil: Yoshlar ijod saroyi
O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi — barcha oʻquv markaz egalari uchun tajriba almashish va yangi konikmaga ega bo'lish uchun eng kuchli muloqot maydoni bo'lib xizmat qiladi. Forumda boshqa o‘quv markazlar bilan ham hamkorlik qilishga ochiqmiz))
💬Telegram | 📹Instagram

⚡️O’zbekiston o’quv markazlar forumi 2025 -yil 12-13 dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tadi Forum
⚡️O’zbekiston o’quv markazlar forumi 2025 -yil 12-13 dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tadi Forumda barcha o’quv markaz rahbarlari, StartUp g’oya egalari ishtirok etishlari mumkin. 🎯Forumda “2+6” , “Ko’mak” va “Yonda” kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi loyihalar haqida to’liq ma’lumot va keng amaliy imkoniyatlar yaratiladi Boshqa qo’shimcha ma’lumotlar tez orada forum rasmiy telegram kanalida https://t.me/oquvmarkazlarforumi da berib boriladi Bundan tashqari tez orada forum uchun maxsus websayt e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilar sayt orqali ro’yhatdan o’tishlari mumkin.

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari tarkibini aniqlash uchun kichik so'rovnoma!
Anonymous voting

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Tez kunda… “Ikkinchi o’quv markazlari forumi”ga qabul boshlanadi. Taklif va tashabbusingiz bilan Prezidentimiz 2+6 dasturini qo’llab-quvvatladilar. Oldinda bizni katta hamkorlik dasturlari hamda natijalar kutmoqda. Obunachilarimiz orasida o’quv markazi rahbarlari hamda boshqaruvchilari bormi? Fikrlaringiz qanday?

Repost from "2+6" dasturi
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar: Savol: Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak? Javob: Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi. Savol: Dastur doirasida qaysi tillar uchun subsidiya ajratiladi? Javob: Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari. Savol: Ariza topshirish uchun sertifikat olinganiga qancha muddat o‘tgan bo‘lishi kerak? Javob: Dasturda ishtirok etish uchun arizaga ilova qilinadigan sertifikatlar olinganiga bir kalendar yil o‘tmagan bo‘lishi lozim. Savol: Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin? Javob: 14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar. Savol: Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi? Javob: Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin. Savol: B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi? Javob: Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin. Savol: To'lovlar qanday amalga oshiriladi? Javob: Barchasi raqamlashgan tartibda yonda.uzelektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Savol: Menda 2 ta xorijiy til sertifikatim bor. Dastur orqali 2 ta xorijiy til bo‘yicha subsidiya olishim mumkinmi? Javob: Yo‘q. Bitta yosh faqat bir turdagi xorijiy tilni o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin. ❌Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi? Javob: Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun; arizaga ilova qilingan sertifikat olingan sanadan boshlab bir kalendar yil o‘tib ketgan yoshlarga; muqaddam mazkur dasturda ishtirok etgan yoshlarga subsidiya ajratilmaydi.

Repost from "2+6" dasturi
Dasturda ishtirok etish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etilgan SERTIFIKATLAR RO‘YXATI! Barchangiz tizim ishga tushgunga qadar (2 oy ichida) mazkur sertifikatlarga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.

Repost from "2+6" dasturi
“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar: Savol: Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak? Javob: Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi. Savol: Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin? Javob: 14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar. Savol: Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi? Javob: Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin. Savol: B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi? Javob: Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin. Savol: To'lovlar qanday amalga oshiriladi? Javob: Barchasi raqamlashgan tartibda yonda.uzelektron platformasi orqali amalga oshiriladi. ❌Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi? Javob: Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun.

Repost from Alisher Sadullaev
O’zbekiston yoshlari avvalo o’z ona tillarini yaxshi bilishlari hamda global mehnat bozorida raqobat qila olishi uchun xorijiy tillarni ham yaxshi bilishlari kerak. Yoshlarimizning taklif hamda tashabbuslari bilan hozirgi kunga qadar 51 968 nafar yoshlarga 101 mlrd so’m mablag’ xalqaro imtihonlarni yuqori ballarga topshirganliklari uchun qoplab berilgan. @alisher_sadullaev

2+6 dasturida ishtirok etish istagidagi O‘QUV MARKAZLARIni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan talablar: 1. faceID kontrol tizimiga ega bo‘lishi va belgilangan tartibda tizimni “yonda” ilovasiga integratsiya qilishi. ✅ Dastur doirasida mablag‘lar faqat o‘quvchilarning davomatidan kelib chiqib to‘lab beriladi!!! 2. O‘quv markazida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha litsenziya (xabardor qilish tartibidagi ruxsatnoma) mavjud bo‘lishi. 3. O‘quv markazidagi o‘qituvchilar, guruhlar, dars jadvallari va to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar doimiy real vaqt rejimida yangilab borilishi. 4. Bino inshootlar, o‘quv xonalari, mavjud invertarlar tog‘risida ma'lumot (foto va jadval ko‘rinishida). 5. Tadbirkorlar barqarorlik reytingi bo‘yicha real vaqt rejimidagi ko‘rsatkich “C” (26 ball) yoki undan yuqori bo‘lishi lozim. O‘quv markazlarining reytingini yuritishda quyidagi tartibda ballar berib boriladi: a) “2+6” dasturi doirasida tahsil olgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda -3 ball (asos: VM-209-son qaror); b) “2+6” dasturi doirasida tahsil olgan har bir yosh fuqaro kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikat olganda -3 ball; v) o‘quv markazida oʻz hisobidan tahsil olgan har bir yosh fuqaro kompensatsiya olganda - 2 ball (asos: VM-209-son qaror); g) o‘quv markazida faoliyat olib borayotgan har bir oʻqituvchi malaka toifasi hamda xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida “B2” darajadagi yoki unga tenglashtirilgan darajadagi milliy yoxud xalqaro sertifikatga ega boʻlganda - 1 ball; d) barqarorlik reytingi boʻyicha - jami 100 ballgacha. Reyting- Respublika, hudud, tuman(shahar) va olis va chekka hududlar (VM-426-son qarorda olis va chekka hududlar belgilangan) kesimida yuritiladi.

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz tashabbusi bilan 100 ming nafar yosh — oilaviy sharoitidan qat’iy nazar iqtidoriga qarab chet tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👉https://www.instagram.com/reel/DPyqDEeiOsA/?igsh=MWExNXI1dWttc3Rzdw==

“2+6” dasturi yuzasidan beriladigan eng ko'p savollar: Savol: Qachon va qayerga ariza topshirishim kerak? Javob: Tizim 2 oyda ishga tushadi va arizalar qabuli boshlanadi. Savol: Dastur doirasida qaysi tillar uchun subsidiya ajratiladi? Javob: Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari. Savol: Ariza topshirish uchun sertifikat olinganiga qancha muddat o‘tgan bo‘lishi kerak? Javob: Dasturda ishtirok etish uchun arizaga ilova qilinadigan sertifikatlar olinganiga bir kalendar yil o‘tmagan bo‘lishi lozim. Savol: Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin? Javob: 14-30 yoshdagi (ijtimoiy holatidan qat'iy nazar) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar. Savol: Arizani doimiy yashash manzilim bo‘yicha topshirishim kerakmi? Javob: Yo'q, bu yerda yoshning doimiy yashash manzilidagi markazda tahsil olishi bo‘yicha norma belgilanmagan. Arizachi o'ziga qulay bo'lgan o'quv markazida o'qishi mumkin. Savol: B1 sertifikatini olishga imkoniyatim yo‘q, shunda men dasturda qatnasholmaymanmi? Javob: Siz bemalol Ibrat farzandlarida xorijiy tilni bepul o'rganish orqali tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib dasturda qatnashishingiz mumkin. Savol: To'lovlar qanday amalga oshiriladi? Javob: Barchasi raqamlashgan tartibda yonda.uzelektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Savol: Menda 2 ta xorijiy til sertifikatim bor. Dastur orqali 2 ta xorijiy til bo‘yicha subsidiya olishim mumkinmi? Javob: Yo‘q. Bitta yosh faqat bir turdagi xorijiy tilni o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishi mumkin. ❌Savol: Qanday holatda dasturdan foydalanish imoniyati cheklanadi? Javob: Muqaddam VM-209-son qarorga muvofiq kompensatsiya olgan, Yoshlar daftaridan xorijiy til uchun yordam olgan yoshlarga aynan ushbu til uchun; arizaga ilova qilingan sertifikat olingan sanadan boshlab bir kalendar yil o‘tib ketgan yoshlarga; muqaddam mazkur dasturda ishtirok etgan yoshlarga subsidiya ajratilmaydi.

⚡️Yana bir muhim bosqich — Prezidentimiz yoshlarning ushbu taklifini o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarimizdan birida qo‘llab-quvvatlagan edilar. Endi esa bu ishonchni amaliy ishga aylantirish va o‘z salohiyatingizni namoyon etib, yurtimiz uchun yirik ishlarni boshlash vaqti keldi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Dasturda ishtirok etish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etilgan SERTIFIKATLAR RO‘YXATI! Barchangiz tizim ishga tushgunga qadar (2 oy ichida) mazkur sertifikatlarga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.