الذَّاكِرَات|ZAKIROT
Закрытый канал
Allohni koʻp zikir qiluvchi ayol-qizlar manzili. Manba bilan oling! ✨ Allohning zikri ✨ Quron va sunnatga qaytish ✨ Qalb va nafs tarbiyasi ✨ Tasavvuf va islomiy odoblar https://t.me/+zMJh7XcGE-VhZGYy
Больше1 281
Подписчики
-524 часа
-317 дней
-15030 дней
Архив постов
1 281
Muammolarga yechimni avvalo Allohga yuzlanishdan va undan yordam soʻrashdan boshlang.
Oʻzingiz kabi ojiz bandalardan emas💕
21 нояб., 02:35
1 281
Bizga Alloh O‘zi kifoya va U naqadar ulug‘ Zotdir.
Gunohdan xalos qiluvchi kuch, ibodatda bardavom etuvchi quvvat faqat Buyuk Allohning izni ila hosil bo‘ladi.
Allohim bizlarni doimo oʻzingning zikringda bardavom qil🤲
😎@Zakiroot
20 нояб., 23:42
1 281
Mo‘minning qalbi hech qachon gunohdan to‘liq lazzat olmaydi. Gunoh ish qilganida qalbida mahzunlik aralashib turadi. Endi u qachon ana shu mahzunlikdan xoli bo‘lsa, qalbining o‘lik xolga kelgani uchun yig‘lasin..
Ibnul Qoyyum🌿
@Zakiroot
15 нояб., 02:22
1 281
Tungi ibodat ahli o‘z tunida, o‘yin-kulgi ahli o‘z mashg‘ulotida topganidan ham ko‘proq lazzat topadi. Agar tun bo‘lmaganida, dunyoda qolishni istamasdim.
Abu Sulaymon Doroniy 📍
14 нояб., 09:54
1 281
Postlarni oʻqib reaksiya bosmaganlarni interneti ishlame qosin desammikinaa😅
14 нояб., 08:53
14 нояб., ~09:00
1 281
﴿ وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَّكَ عَسَىٰ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا ﴾
Kechaning ba’zisida u ila bedor bo‘l. Senga nofila bo‘lsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa.
Isro Surasi 79 oyat
✨Uxlashdan oldin tahajjudga turishni niyat qiling.
Allohga duo qiling bu borada
🌱Va budulnikni sozlab qoʻying.
🧎♂Tahajjudni ko‘p rakaatdan boshlash shart emas ikki rakaat bilan boshlang, muhimi oz bo‘lsa ham davomli bo‘lsin.
🧕Uyg‘onsangiz, ikki rakat Tahajjud namozi o‘qing; keyin duo va istig‘for bilan tuningizni go‘zallashtiring
13 нояб., 10:03
1 281
🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
Nafs Bilan 3 Bosqichli Bitim
Imom Abu Homid al-G‘azzoliy 🌿 aytadilar:
Inson har tong o‘z nafsiga toatda bo‘lishni shart qilib qo‘yishi, kun davomida uni nazorat qilishi va oqshomda hisobini qilishi kerak; bu oliy jannatlarga erishish tijoratidir
Bu tijoratda:Sarmoyangiz 🔽
Har bir o‘tayotgan nafas va umringizdir.
Sherigingiz — ayyor va erinchoq nafsingizdir.
Foydasi — Oliy Firdavs Jannatlari .
Kunimizni qanday qilib foydali savdoga aylantiramiz❔
1⃣ Tongda: (Shartlashuv)
Tong otishi bilan o‘z nafsimizga qat’iy shart qo‘yamiz:
Ey nafs! Mening bor-yo‘q boyligim — mana shu yangi kunim. Bugun tilni g‘iybatdan, ko‘zni haromdan tiyasan, ibodatlarni vaqtida ado etasan va menga xiyonat qilmaysan!
2⃣Kun bo‘yi: (Kuzatuv)
Nafsga shart qo‘yib, uni tashlab qo‘ysangiz — xiyonat qiladi. Har bir ish, so‘z va niyatda Alloh taolo bizni ko‘rib turganini his qilib, o‘zimizni hushyor tutamiz.
3⃣ Kechqurun:(Hisob-kitob)
Uyqudan oldin bir muddat o‘tirib sarhisob qilamiz⬇️
Bugun ertalabki bergan ahdimga vafo qildimmi?Qayerda xatoga yo‘l qo‘ydim❔
Yaxshi amallarga shukr qilib, xatolarga pushaymonlik bilan chin dildan istig‘for aytamiz💛
Dunyo matohi uchun pulini hisoblaydigan inson, abadul-abad saodati uchun har bir kunini hisoblamasligi katta ziyon emasmi❔
✈️@Zakiroot
13 нояб., 05:10
1 281
💗💗💗💗💗💗💗💗
Aziz va qadrli opa-singillar
Sayyidul ayyom — kunlarning sayyidi, qalblarga taskin va fayz bag‘ishlovchi muborak Juma tongi barchamizga xayrli va barakotli bo‘lsin🩷
💞Kunning muhim sunnatlari
Payg‘ambarimiz 💗 ga salovotni ko‘paytirish
📕Kahf surasini tilovat qilish
💖Ko‘proq duo va istig‘for aytish (ijobat soati sababli) 👇
https://t.me/c/2394932150/2886
💅Poklanish, g‘usl qilish va xushbo‘ylanish.
12 нояб., 22:10
1 281
Hayotimizdagi oʻzgarishlar💞
Hamma inson va hamma narsa vaqti kelib o‘zgaradi. Hayotimizga kirgan odamlar va hodisalar mehmon kabi kirib keladi va vazifasini bajarib ketadi. Ularga bog‘lanib qolish, doimiy shikoyat qilish va nolish qalbni toraytirib, hayotni qiyinlashtiradi.
Holbuki, hayotimizdagi har bir narsa belgilangan muddat va vazifaga ega. Hech narsa behuda yaratilmagan. Duch kelgan har bir voqea va kishi kelajagimizdagi boshqa voqealarning poydevorini quradi, bizni toblaydi.
Ammo o‘zgarmas haqiqat shuki, bu hayotning Egasi bor — bizning Egamiz. Biz Undan yuz o‘girib ketmagunimizcha, U bizdan yuz o‘girmaydi. U Zot bir eshikni yopsa, ortidan qanchadan-qancha go‘zal eshiklarni ochadi. Eng muhimi, U bizni bizdan ham ko‘proq sevadi, hech qachon yolg‘iz qoldirmaydi🌷
الحمد لله على كل حال
😎@Zakiroot
12 нояб., 12:07
