ru
Feedback
Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)

Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)

Открыть в Telegram

Òzbekistondagi Google sheets boyicha eng katta amaliy keyslarga ega kursning demo kanali Guruh: @google_sheets_gr Kurs boyicha fikrlar: @google_sheets_course Youtube kanal: https://www.youtube.com/@google_sheets_dars Owner: @Andarov_B

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)

Канал Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) (@google_sheets_demo) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 11 998 подписчиков, занимая 10 123 место в категории Технологии и приложения и 6 552 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 11 998 подписчиков.

Согласно последним данным от 05 сентября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 115, а за последние 24 часа — -19, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 42.14%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.01% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 5 065 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 2 165 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 80.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Òzbekistondagi Google sheets boyicha eng katta amaliy keyslarga ega kursning demo kanali Guruh: @google_sheets_gr Kurs boyicha fikrlar: @google_sheets_course Youtube kanal: https://www.youtube.com/@google_sheets_dars Owner: @Andarov_B

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 06 сентября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

11 998
Подписчики
-1924 часа
-197 дней
+11530 дней
Архив постов
Kun hikmati ✅
Pulni tòy-hashamgamas, tizimga sarflang!
@google_sheets_demo

#yangi_boshlaganlar_uchun Ikkita sahifa yoki ikkita sheetsni bir-biriga boglash ✅ Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Tasavvur qiling, omboringiz bor va uni avtomatlashtirish uchun dastur qildirdingiz. Koʻpchilik quyidagilarni qilib "tizim qurdim" deb oʻylaydi: - Omborda hamma tovardan 100 tadan (yoki bir xil miqdorda) turibdi. - Qanchaga olingani va qaysi postavshikdan kelgani yozilgan. - Ombordagi umumiy balans — $12,500. - Ishlatilgan xarajat va tushum raqamlari aniq koʻrsatilgan. Natija: Sirtga qarasangiz — hamma raqamlar joyida, balans toʻgʻri, chiroyli elektron daftar turibdi. Lekin bu yerda eng katta aldamchi tuzoq bor: hamma tovardan bir xil 100 tadan olib kelingani bilan, ularning sotilish tezligi va talab yer bilan osmoncha farq qiladi: - Tovar A: Oyiga atigi 2 ta sotiladi (100 ta zaxira 50 oyga / 4 yilga yetadi! Pul muzlab yotibdi). - Tovar B: Bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketyapti (100 ta zaxira atigi 10 kunga yetadi!). Lekin sizdagi "daftar tizim"da faqat quruq raqamlar va balans boʻlgani uchun u buni farqlab bera olmaydi. Natijada, mas'ul xodim yana oʻz bilganicha, eski inersiya bilan hamma tovardan teng 100 tadan zakaz qilaveradi. Pulingiz esa kelajagi yoʻq, oʻlik tovarlarga "muzlab" yotaveradi. Eng alamli joyi: Xaridor bu oy eng koʻp sotilayotgan Tovar Bni soʻrab keladi, sizda esa u... allaqachon tugab qolgan boʻladi! Xaridor keladi, siz esa "Afsuski, bu tovarimiz tugagandi..." deysiz. U kutmaydi, toʻgʻri konkurentingizga oʻtib ketadi. Keyingi safar ham kelmay qoʻyadi, chunki xotirasida "Bularda baribir tovar boʻlmaydi" degan fikr qoladi. Natijada siz nafaqat bugungi $100 lik sotuvni, butun boshli LTV (doimiy mijozning koʻp yillik qiymati)ni boy berasiz. Nega bunday boʻldi? Chunki bu dasturda QAROR zanjiri yoʻq. Har qanday sohadagi toʻgʻri tizim quyidagi 4 ta uzviy zanjir boʻyicha ishlashi shart:
1. RAQAM ➡️ 2. METRIKA ➡️ 3. ANALIZ ➡️ 4. QAROR
Ombor tizimini kichik misolida korib chiqamiz:
- Raqam (Data): Omborda har bir tovardan 100 ta bor. (Bu shunchaki statistika, xom ma'lumot. Biznesga hech qanday foydasi yoʻq). - Metrika (Metric): A tovar bir oyda atigi 2 ta sotilyapti, lekin B tovar bu oy kutilmaganda talab oshib, kuniga 10 tadan ketmoqda. Zaxira 10 kunga yetadi, postavshikdan yetib kelish vaqti (Lead time) — 7 kun. (Mana endi real manzara shakllanyapti). - Analiz (Insight/Signal): Dastur avtomat ravishda baqirishi kerak: “Diqqat! Bu oy B tovar boʻyicha zakazlar keskin koʻpaydi. Agar 3 kundan keyin yangi zakaz berilmasa, tovar tugaydi va kuniga $1,000 tushum boy beriladi” - QAROR (Action): Dastur shunchaki ogohlantirib qoʻymaydi, balki mas'ul xodimning oldiga "B tovardan darhol 50 ta zakaz berish kerak" degan tayyor buyurtma hujjatini generatsiya qilib beradi. Rahbar esa bitta tugma bilan tasdiqlaydi
Ushbu 4 ta bosqichli formula faqat ombor uchun emas — moliya (kassa uzilishlarini oldini olish), sotuv (sovuq lidlarni ajratish), HR va boshqa barcha yoʻnalishdagi tizimlarga birdek mos tushadi. Xulosa: Dastur yoki tizim — bu shunchaki boʻlib oʻtgan faktlarni yozib boradigan arxiv emas. Haqiqiy avtomatlashtirish — bu sizni kutib turgan xavfdan ogohlantiradigan va keyingi qadamingizda toʻgʻri qaror beradigan NAVIGATOR boʻlishi kerak. Agar sizdagi dastur faqat birinchi bosqichda (raqam yigʻishda) qolib ketgan boʻlsa, demak siz tizim emas, shunchaki qimmatroq "elektron daftar" ishlatyapsiz, xolos. Endi oʻzingizga savol bering: Siz olgan yoki qurgan dasturingiz qaror qabul qilishga yordam beryaptimi yoki shunchaki raqam yigʻyabdi halosmi? @google_sheets_demo

"Hamma muammoingga sabab — TIZIMing yoʻqligi..." Hozir ijtimoiy tarmoqlarni ochsangiz, har ikki postning birida shu gap. Ochigʻi, bu ibora shunchalik koʻp ishlatilib, sotuvga aylantirib yuborildiki, hatto odamning gʻashini keltiradigan boʻlib qoldi. Huddi oʻzining qandaydir dasturi yoki xizmatini tiqishtirishdek koʻrinadi. Lekin oxirgi paytlarda menga yozayotgan tadbirkor akalarning aksariyat qismida bitta umumiy masala bor:
“Bizda dastur bor, CRM bor, xullas tizim bor. Lekin u menga men xohlagan narsani bermayapti. Qilingan ishlaringizni koʻrdim, bizni tizimni ham bir koʻrib bersangiz...”
Ularni korib bitta narsani tushindim: Muammo tizimning yoʻqligida emas, muammo u tizimning QANDAY qurilganida. Biz tadbirkorga shunchaki "tizim qil" deb reklama urishni toʻxtatib, aslida qanday ketma-ketlikda qurilgan dastur u uchun real foyda keltirishini tushuntirishimiz kerakmikan deb o'ylab qoldim. Bugungi yozganlarim ham tadbirkorga (nimani talab qilishni bilishi uchun), ham mutassis / dasturchiga (nimani qurish kerakligini anglashi uchun) birdek manfaatli boladi deb oylayman Keyingi postda aynan shu masalani bitta real keys misolida tushintirish bermoqchiman. @google_sheets_demo

Kun hikmati
Biznesni o‘rganishning eng effektiv yo‘li — biznes kursi emas, unga tizim qurib berishdir.
Kursda sizga tayyor nazariyani shunchaki chiroyli gapirib berishsa, tizim qurishda biznesning motorini, har bir detal qanday ulanishini ichiga kirib o‘rganasiz va noldan terib chiqasiz. Biznesni shunchaki chetdan kuzatmaysiz, uning ichida yashab, arxitektor sifatida qurasiz. Bu umuman boshqa daraja @google_sheets_demo

Bu kursga ancha mehr berganman. Maqsadim Google Sheets yoki Excel'ni endi boshlayotganlar ham, yillar davomida foydalanayotga
+1
Bu kursga ancha mehr berganman. Maqsadim Google Sheets yoki Excel'ni endi boshlayotganlar ham, yillar davomida foydalanayotganlar ham o'z darajasini oshira oladigan kurs yaratish edi. O'quvchilar fikrlariga qarab, bu maqsadimga erishganimni ayta olaman. Qaysi darajada bo'lishingizdan qat'i nazar, bu kurs ishlaringizni tezroq bajarish, hisobotlarni moslashuvchan yaratish va ularni bitta tugma orqali chiqaradigan mutaxassis darajasiga chiqishingizga yordam beradi. Mutaxassislar qatorida bòlmoqchi bolsangiz qoshiling: @Andarov_B @google_sheets_demo

Yana bir yakunlangan tizimlardan biri ✅ Ushbu tizim kichik bir yonalish uchun qilinganiga qaramasdan ichida bazi ish harakatlar qanday bajarilishini korib - "Google sheets ishlatishni bilgan odamga zor narsada deysiz" Qisqasi videoni koring, òrganing Shunday tizim qurdirmoqchimisiz yoki qanday qilinishini òrganmoqchimiz unda bizga aloqaga chiqing. Kutganingizdan yaxshi qilib tayyorlab beramiz: @Andarov_B @google_sheets_demo

Yana bir yakunlangan ishlardan biri ✅ Orada qilingan ishlar kop ketma-ket qoyib sizlarga ham ulashishga harakat qilaman Tadbirkor, tizimlashtiruvchi mutaxasis yoki Google sheetsda yangi organuvchi bolsangiz ham koring qiymat olasiz 🤝 Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Assalomu aleykum, hormanglar Bir oydan beri kanalda aktiv bola olmadim, bugun ancha ishlarimi yakunlab kanal uchun vaqt topdim. Shu vaziyatdan foydalanib suhbatlashmoqchiman - qiziqtirgan savolingiz yoki kopchilikka foydali boladigan taklif, fikr hammasini yozavering. Qani yozinglarchi, bir fikrlashamiz https://t.me/QuestionUz_Robot?start=d5eb700a823945

Shart bajarildi, video ham tayyor ✅ Siz tizim qildirmoqchi bolgan tadbirkor bolsangiz ham yoki shu sohadagi mutaxasis yoki endi boshlagan bolsangiz ham bu video sizni ancha vaqtingizni tejashga yordam beradi Ketma-ketlikni organish kerak bolmasa ozizdan boshqa hechkim tushinmaydigan va ishlatmaydigan tizim qilib yuraverasiz Qo'llab quvvatlash tugmasi 🔥 @google_sheets_demo

Oxirgi vaqtlarda olingan yangi loyihalarni yakunlash va eng asosiysi — offline jamoamizni kengaytirish bilan bo‘lib, kanalga biroz vaqt ajrata olmadim. Lekin bekor o‘tirganimiz yo‘q. Oldingi safar jamoaga asosan onlinedan mutaxassislar olgan bo‘lsak, bu safar offlineda ko‘zi yongan yoshlarni yig‘yabman. Hozirda ularga nafaqat texnik bilim undan tashqari real loyihalarda eng kerakli muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni ham o‘rgatyapman:
- Klient bilan to‘g‘ri muloqot — Buyurtmachi nima deyayotgani va aslida unga nima kerakligini farqlash (eng katta muammo shunda). - Biznesni ich-ichidan tushunish — Logistika, tibbiyot, turizm kabi turli yo‘nalishlar bilan ishlaganimiz uchun, har qanday sohaga tushadigan umumiy arxitektura va ketma-ketliklarni shakllantirish. - Real keyslar tahlili — Quruq teoriya emas, tayyor, tirik tizimlar ustida ishlash. - Loyihani qabul qilgandan keyingi "Do's and Don'ts" — Ish jarayonida nimalarni qilish shart va qaysi xatolarni umuman kechirib bo‘lmaydi.
Aynan shu darsni 30 minutlik qismini videoga yozib oldim. O‘ylaymanki, bu nafaqat jamoamizdagilarga, balki kanaldagi mutaxassislarga ham foydali boladi "Bormisiz, kutyapmiz!" deganlar 99 ta 🔥 reaksiya yig‘ilishi bilan, darslikni shu yerga yuboraman Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Assalomu aleykum

Google sheetsda tayyorlangan ishni foydalanuvchilarga copy qilishga tayyor holda yuborish ✅ @google_sheets_demo

#endi_organuvchilar_uchun Google sheetsda yangi spreadsheets ochishni 2 xil usuli Baribir Google sheets òrganmasam bòlmas ekan deb endi òrganishni boshlaganlar uchun kirish dars Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Matritsali formulaga misollar sòraganlar uchun⚡️✅ Ushbu bitta formula quyidagi vazifalarni bajaradi: 1-bosqich (Sanalarni ajr
+1
Matritsali formulaga misollar sòraganlar uchun⚡️✅
Ushbu bitta formula quyidagi vazifalarni bajaradi: 1-bosqich (Sanalarni ajratish): Jadvaldagi barcha sanalarni skanerlab, faqat takrorlanmagan unikal kunlarni (roʻyxatni) ajratib oladi. 2-bosqich (Kunlik qatorlarni filtrlash): Har bir sana uchun oʻsha kuni aynan qaysi somsa turlaridan necha dona chiqqanini jadvaldan dynamic ajratadi. 3-bosqich (Retsept bilan bogʻlash): Ajratilgan somsalar sonini "retsept" sahifasidagi mos ingrediyentlarning (goʻsht, piyoz, kartoshka va h.k.) gramm miqdoriga birma-bir koʻpaytiradi. 4-bosqich (Kg formatiga oʻtkazish): Chiqqan jami gramm miqdorlarini $1000$ ga boʻlib, toza kilogramm (kg) koʻrinishiga keltiradi (faqat "Ziyra tuz" ustunini oʻz holicha qoldiradi). 5-bosqich (Jadvalni yoyish): Sanalar va hisoblangan kilogrammlarni oʻzaro birlashtirib, bitta formula bilan butun matritsani avtomatik toʻldiradi.
Eng go'zal yechimlar shu yerda Davom etamizmi 🔥 Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Xodim ismini tanlasangiz, rasmi o'zi chiqadi ✅ Bu orqali dinamik ish harakatlarda unga tegishli rasmni ham avtomatik chiqarsangi bo'ladi Boshqa joylarda kormagan kontenlaringizni shu yerdan topsangiz bo'ladi 🤝 @google_sheets_demo

Kun hikmati
Yaxshi shashlikchi mahsulotini avval hidini chiqaradi, keyin sizga taklif qiladi yoki o'zingiz ixtiyoriy sotib olasiz (doimiy klient bolib qolishingiz ham mumkin)
Nimaga sotib olishmayabdi demasdan avval hidini (value demonstration) chiqaring 🤝 Agar sizda yaxshi mahsulot bolsa yoki ozingiz yaxshi mutaxasis bolsangiz buni kerakli odamlarga korsatishdan tortinmang va albatta "quruq bormang" nima manfaat bera olishizi (ROI) korsatib bering @google_sheets_demo

Bir kun logikasi o'ylangan formula ✅ Bitta formula shu vazifalarni bajaradi: - A ustunidagi xodimlarni birma-bir tekshirib ch
+3
Bir kun logikasi o'ylangan formula ✅ Bitta formula shu vazifalarni bajaradi: - A ustunidagi xodimlarni birma-bir tekshirib chiqadi. - Vaqt chegarasini chizadi: Tanlangan oydan avvalgi davr uchun chegara belgilaydi (masalan, yanvar bo'lsa, dekabrning oxirigacha bo'lgan muddat). - Shu belgilangan muddatdan avvalgi barcha to'plangan KPI summalarini hisoblaydi. - Xodim shu muddatgacha kassadan "oylik" sifatida qancha pul olgan bo'lsa, hammasini hisobdan chiqaradi. - Xodim ishga kirgan kundan boshlab har bir oyni ko'rib chiqadi. - Agar oyning yarmida ishga kirgan bo'lsa, faqat ishlagan kunlariga haq yozadi. - Oyligi o'zgargan bo'lsa, eski oylarini eski stavkada, yangilarini yangi stavkada hisoblaydi. - Xodimga o'sha muddatgacha jami hisoblangan puldan unga to'langan pullarni ayirib, haqiqiy qoldiqni (qarzdorlikni) ko'rsatadi. Qisqacha aytganda, bu formula xodimga o'sha belgilangan muddatgacha qancha qarzimiz borligini tiyin-tiyinigacha aniqlab beradi. Oddiy jadval emas shunday avtomatik ishlaydigan tizimlar kerak bolsa yoki qura oladigan darajada mutaxasis bolmoqchi bolsangiz. Boglaning: @Andarov_B Kurs haqida fikrlar | Malumot @google_sheets_demo

Oxirgi vaqtlarda qilgan yechimlarimning logikasi qanchalik yengil ishlayotganini ko‘rib, o‘zim yayrayapman 😎 Klientlarimni h
Oxirgi vaqtlarda qilgan yechimlarimning logikasi qanchalik yengil ishlayotganini ko‘rib, o‘zim yayrayapman 😎 Klientlarimni ham ishni korib, bergan reaksiyalari ham yanada kuch beryabdi @google_sheets_demo