Kitob Javoni
Открыть в Telegram
Har bir hikoya — yolg‘iz tunning yoritgichi. Kitobjavoni — men yozgan, men sezgan, men yashagan voqealar majmuasi. Murojat uchun @Xayotadmin_bot
Больше1 143
Подписчики
-324 часа
-187 дней
-5830 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июнь '26
июнь '26
+5
в 0 каналах
май '26
+7
в 1 каналах
Get PRO
апрель '26
+119
в 3 каналах
Get PRO
март '26
+13
в 2 каналах
Get PRO
февраль '26
+7
в 0 каналах
Get PRO
январь '26
+34
в 1 каналах
Get PRO
декабрь '25
+14
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+20
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '25
+10
в 1 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+17
в 2 каналах
Get PRO
август '25
+430
в 2 каналах
Get PRO
июль '25
+10
в 0 каналах
Get PRO
июнь '25
+8
в 3 каналах
Get PRO
май '25
+15
в 5 каналах
Get PRO
апрель '25
+11
в 5 каналах
Get PRO
март '25
+71
в 4 каналах
Get PRO
февраль '25
+11
в 2 каналах
Get PRO
январь '25
+7 510
в 12 каналах
Get PRO
декабрь '24
+818
в 16 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+2 824
в 8 каналах
Get PRO
октябрь '24
+8
в 1 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+1 173
в 0 каналах
Get PRO
август '24
+22
в 1 каналах
Get PRO
июль '24
+1 726
в 5 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 26 июня | 0 | |||
| 25 июня | 0 | |||
| 24 июня | 0 | |||
| 23 июня | +1 | |||
| 22 июня | 0 | |||
| 21 июня | +1 | |||
| 20 июня | 0 | |||
| 19 июня | +1 | |||
| 18 июня | 0 | |||
| 17 июня | 0 | |||
| 16 июня | 0 | |||
| 15 июня | +1 | |||
| 14 июня | 0 | |||
| 13 июня | 0 | |||
| 12 июня | 0 | |||
| 11 июня | +1 | |||
| 10 июня | 0 | |||
| 09 июня | 0 | |||
| 08 июня | 0 | |||
| 07 июня | 0 | |||
| 06 июня | 0 | |||
| 05 июня | 0 | |||
| 04 июня | 0 | |||
| 03 июня | 0 | |||
| 02 июня | 0 | |||
| 01 июня | 0 |
Посты канала
Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziylar qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:
«Alloh uchun eng mahbub amal oz bo‘lsa ham, davomli bo‘lganidir».Oz bo‘lsa ham, har kuni maqsad sari bir qadam tashlang. Chunki davomli bo‘lgan ozgina harakat, vaqtinchalik bo‘lgan katta shijoatdan ustundir.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀@kitobjavoni_KJ
| 2 | Fakt.
💳Birinchi kredit kartasi 1950-yilda paydo bo‘lgan.
Diners Club kompaniyasi dunyodagi birinchi naqd pulsiz to‘lov uchun mo‘ljallangan kartani chiqargan.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 61 |
| 3 | Aqlli odam bilan farosatli odamning farqi shundaki, aqlli odam qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topsa, farosatli odam u vaziyatga tushmaslik chorasini ko‘radi.
Dostoyevskiy.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 101 |
| 4 | Hech qachon kichik lekin muntazam o’sishni past sanamang.
Zamonimizda kuchli tadbirkor uchun eng muhim fazilatlardan biri intizomdir.
Konfutsiy aytganidek
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 82 |
| 5 | Tog'larni talqon qiluvchi inson ishni mayda toshlardan boshlaydi.
Konfutsiy.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 82 |
| 6 | Dona bola
Bir necha asrlar oldin Bog‘dod Islom dinining ilm markazi hisoblangan. Kunlardan bir kuni rum podshohi Bog‘dod musulmonlariga uch savol berish amri bilan o‘z elchisini jo‘natdi. Elchi shaharga yetib borgach, xalifaga podshohning istagini bildirdi. Shunda xalifa shahar ulamolarini saroyga yig‘ishni buyurdi.
Elchi minbarga chiqib: –Men sizlarga podshohimning uch savolini beraman. Agar unga to‘g‘ri javob bera olsangiz, u sizlarga ko‘p mol-mulk va’da qilmoqda.
Savollar quyidagicha:
Allohdan avval nima bo‘lgan?
Alloh bir lahzada hamma yoqqa nazar sola oladimi?
Hozir Alloh nima qilyapti?
Ulamolar orasida sukunat cho‘mdi. To‘satdan olomon ichida mayin ovoz eshitildi: – Dadajon, ruxsat bering, men uning savollariga javob beray! Bu ovoz otasiga ergashib kelgan yosh bolaniki edi. Xalifadan ruxsat so‘ralgach, bolakayga gapirishga izn berildi.
Rum elchisi yosh musulmonga murojaat qilib, birinchi savolini takrorladi: – Allohdan avval nima bo‘lgan?
Bola savolga savol bilan javob berdi: O‘ndan pastga qarab sanang!
Elchi “o‘n, to‘qqiz, sakkiz, deya sanay boshladi” va nihoyat “bir” deb to‘xtadi.
Nega to‘xtadingiz?, dedi bola.
Bir sonidan oldin boshqa son yo‘q-ku?!, – dedi hayronlik bilan elchi.
Oddiy bir sonidan oldin hech narsa yo‘q ekan, qanday qilib Yakka bo‘lgan Allohdan avval bir narsa bo‘lishi mumkin?! U Avval va Oxir, Zohiru, Botindir.
Elchi bu javobga hech qanday e’tiroz bildira olmadi va ikkinchi savolni berdi: – Alloh bir lahzada hamma yoqqa nazar sola oladimi?
Sham keltirib yoqing, – dedi bola. – Endi esa uning nuri qayerga qarab taralayotganini ayting.
Ammo, shamning nuri har tarafga taraladi: sharqqa, g‘arbga, shimolga, janubga... Aniq bir tomonni aytish mushkul, – deya hayrati ortdi elchining.
Agar yaratilgan nur har tomonga taralar ekan, uning Yaratuvchisidan nimani kutmoqdasan?!
Elchi o‘z ko‘zlariga ishonmasdi. Qarshida turgan bu kichkina bolakayning donolik bilan berayotgan javoblari uni lol qoldirdi. Tushkunlikka tushgan elchi oxirgi savolni berishga og‘iz juftlar ekan, bolakay unga:
To‘xtang, siz mening o‘rnimga tushib, men esa minbarga chiqishim adolatliroqdir. Savolingizni hamma eshitdi, endi mening javobimni ham eshitishsin, dedi.
Elchi bu taklifga rozi bo‘ldi va minbardan tushib, uchinchi savolni takrorladi: – Hozir Alloh nima qilyapti?
Alloh hozir minbardan bir yolg‘onchi, shakkokni tushirib, uni hammaga kulgi qildi. Allohning borligiga va birligiga ishongan mo‘minni esa yuksaltirib, tiliga hikmat solib haqiqatni bayon qildirdi. Alloh hamma narsaga qodirdir.
Mag‘lub elchi bu so‘zlardan so‘ng isnod bilan o‘z shahriga qaytib ketdi. Bola esa Islom olamidagi eng buyuk olimlardan biri bo‘lib yetishdi. Uning ismi No‘mon ibn Sobit bo‘lib, u butun dunyoga Imomi A’zam nomi bilan mashhurdir. | 87 |
| 7 | Ba'zi insonlarni har doim aldash mumkin.
Hamma insonlarni ba'zan aldash mumkin.
Lekin hamma insonlarni har doim aldab bo‘lmaydi
Avraam Linkoln.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 82 |
| 8 | Boshqa shaftoli yemayman...
Qonli urushning barcha azobu iztiroblarini o‘z boshlaridan o’tkazgan suriyalik qochqinlar bilan suhbat qurgan ayol hikoya qiladi:
Turkiyaning Shom chegarasiga yaqin Gaziantep shaharchasida qizim tengi qizaloqqa ko‘zim tushdi. Parishonxotir ona quchog‘ida yotgan besh yoshli go‘dakning bir qo‘li va bir oyog‘i yo‘q edi. Qiz o‘z tilida bir narsalar deb injiqlik qilar, onaizorning esa ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. Ularni qochoqlardan biri ekanligini angladim. Yuraklari ezilib yig‘layotgan ona va yarimjon qizchaning ko‘zlarida ulkan alam jam bo‘lgandi, go‘yo...
Qizchaning qo‘liga shirinlik tutdim. Turkchada minnatdorchilik bildirgan ayolni yupatar ekanman, o‘rinsiz bo‘lsada, farzandi nima sababdan bu holga tushganining sababini so‘radim. Onaizor chuqur xo‘rsinib aytib bergan voqeadan larzaga tushdim.
Aytishicha, qizcha avval juda sho‘x bo‘lgan. Ular yashagan qishloq vayronaga aylangan bo‘lsada, omon qolgan tengdoshlari bilan kechgacha shataloq otib charchamagan. Bir kuni o‘ynab yurib, vayron bo‘lgan hovlilarning biriga kirib qolishibdi. Qizaloq omon qolgan yolg‘iz daraxt shoxida qizarib turgan bir dona shaftoliga ko‘zi tushgach sevinib ketibdi. Uni olaman deya daraxt ostiga yaqinlashgan zamon esa kuchli portlash yuz bergan. Ya’ni, qizcha o‘sha shaftolini olaman deb portlamay qolgan snaryadni bosib olgan ekan.
Hayoti-ku saqlab qolindi, – dedi ayol, farzandining boshini silar ekan, – Ammo har kuni yig‘lab, Xudoga iltijo qiladi.
“Allohim, men boshqa shaftoli yemayman. Faqat, iltimos, oyoqcham va qo‘limni qaytarib ber!” deyishlariga yuragim dosh berolmayapti...”
Uning boshqa gaplarini eshitishga qurbim yetmadi. O‘pkam to‘lib-to‘lib yig‘lardim.
Yurtimiz tinchligiga ko‘z tegmasin, shukur qilaylik.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 101 |
| 9 | 1 : 0
Atoqli rus shoiri Vladimir Mayakovskiy politexnika institutiga uchrashuvga boradi. U yerda nutq so‘zlayotib:
– Men ruslar orasida o‘zimni rus deb his qilaman, gruzinlar orasida esa gruzin… – deydi. Shu payt:
– Ahmoqlar orasida-chi? – deb baqiradi kimdir zaldan.
– Ahmoqlar orasida birinchi bor bo‘lishim, – deb javob beradi shoir o‘sha zahotiyoq.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 106 |
| 10 | Sizlar mening ustimdan kulasizlar, chunki men sizlardan farq qilaman. Men esa sizlarning ustingizdan kulaman. Chunki sizlar bir-biringizdan farq qilmaysizlar.
Mixail Bulgakov.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 102 |
| 11 | Mukofot
Shoir Abu Dalloma bilan abbosiy hukmdorlardan biri Mahdiy orasida qiziq voqea ro‘y bergan ekan. Abu Dalloma Abbosiylarni madh qilib yozgan qasidasini Mahdiyga o‘qib beribdi. Qasida xalifaga juda ma’qul kelib: “Nima mukofot beray?”deb so‘rabdi.
Hazrati oliylari, kamina qulingizga hech narsa kerak emas, faqat bitta ovchi it bersangiz bo‘ldi, – deya ta’zim qilibdi shoir.
Shunday go‘zal qasida uchun bor-yo‘g‘i ovchi it so‘raysanmi? – hayron bo‘ldi Mahdiy.
Ha, zoti oliylari, kamina qulingizning birdan-bir o‘tinchim shu.
Hukmdor taajjublandi, biroq shoirni xafa qilgisi kelmay buyruq berdi: Mayli, tilaging shu bo‘lsa, senga bitta ovchi it keltirishsin.
Lekin, xojam, qulingiz ovga nima bilan boraman?
Haqing bor, bitta ot ham berishsin.
Otga qanday minaman?
Ha-ya, chiroyli egar-jabduq ham kerak.
Yaxshiku-ya, lekin otga kim qaraydi?
To‘g‘ri aytasan, bir qul ham qo‘shib berishsin.
Sultonim, biroq otni qayerda saqlayman?
Bo‘pti, bir og‘il ham qurishga buyuraman.
Qul qayerda yotadi?
Bitta uy ham tiklab berishni amr qilaman.
Hukmdorim, hammasi uchun rahmat, ammo buncha tirik jonni qanday boqaman?
Mayli, tirikchilik uchun ming oltin tanga ham beriladi.
Xojam...
Ana shu joyda xalifa Mahdiy shoirning gapini bo‘ldi: – Bo‘ldi, yetar, agar xarajatlarni nazorat qiladigan bir boshqaruvchi va hisob-kitob qiladigan bitta hisobchi ham so‘raydigan bo‘lsang, itni olib qo‘yaman-a! | 103 |
| 12 | Biz yosh va ahmoq edik. Biz "keyinroq" sehrli so'ziga ishondik. Bu "keyinroq" hech qachon, hech qachon kelmadi.
Anton Chexov.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 96 |
| 13 | Qarz daftaridagi boyvachchalar
Uka “qarz daftari” bormi?
Bor aka.
Shu daftaringizda muxtoj oilalarni qarzlarini hisoblab aytsangiz, shularni qarzlaridan ozod qilib qo‘ysam degandim.
Qassob yigitni yuzida achchiq tabassum paydo bo‘ldida: – Aka keling, mana qo‘limdagi ro‘yxat, manavi akani ko‘pchilik taniydi, taglarida malibu, o’g‘illari falon joyda ishlaydi, qarzlarini bir yildan beri berolmaydilar. Manavi boyvachchani uyini ko‘rsangiz naq devorasiz deysiz, bir yarim yil bo‘ldi, “bezni yoqib” yuraveradi. Qisqasi ro‘yxatimdagilarni bari ashnaqa krutoylar.
Menga bular kerakmas, yetim bolalari bor va muxtoj kambag‘al oilalarni ro‘yxatini bering uka.
Aka, siz aytgan oilalar zaruratdan 200-300 gramm go‘sht olishsa bir haftaga qolmay pulini to‘lab chiqib ketishadi. Ularda amal va boylik bo‘lmasayam or-nomus bor. Qisqasi meni daftarimdan siz izlagan odamni topalmaysiz
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 194 |
| 14 | Dada,futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
O‘g‘lim, qachon o‘yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo‘lib qolding. Uyat emasmi? yaxshisi bor qo‘ylarga yem ber.
Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o‘ynagani chiqsam maylimi?
O‘g‘lim foydali ish bilan shug‘ullansang bo‘lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o‘tlatib kel.
Oradan yillar o‘tib, bolakay yaxshi cho‘pon bo‘lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og‘iz ko‘pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo‘qligini iddao qilib o‘tiribdi.
Xulosa: Biz insonlar shundaymiz nimanidir yaratish imkoni bo‘lsa-da, qilmasdan nuqul boshqadan kutib nolishni bilamiz xolos.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 115 |
| 15 | Onaning so‘nggi vasiyati
O‘qituvchi dars chog‘ida halokatga uchragan kema haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi...
Kemada er – xotin ham bor ekan…
Ular qutqaruv kemasigacha suzib borishdi. Birgina joy bor ekan... Er xotinini itarib yubordi... Shunda cho‘kayotgan ayol eriga nima dedi... Qani kim aytadi?
Ko‘pchilik bir ovozdan “Sendan nafratlanaman”, yoki, “Ko‘zim ko‘r bo‘lgan ekan” degan so‘zni aytgan dedi...
Shu payt o‘qituvchining ko‘zi jimgina o‘tirgan bolaga tushdi...
Nima deb o‘ylaysan, ayol eriga nima degan?...
Bolamizni ehtiyot qiling – degan.
Sen bu voqeani bilasanmi? – hayratlanib so‘radi o‘qituvchi.
Yo‘q, meni oyim ham o‘limi oldidan dadamga shunday degan – dedi.
O‘qituvchi ko‘ziga qalqib kelgan yoshni ko‘rsatmaslik uchun chetga burildi...
Jannat onalar oyog‘i ostida deb bejiz aytilmagan... Ona qabrga kirgunga qadar farzandini baxti uchun duo qilarkan... Onajoningiz borida qadrlab duosini oling.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 110 |
| 16 | Bizning farzandlarimiz - bizning qariligimizdir. To'g'ri tarbiya - xayrli oqibat, ya'ni saodatli qarilik. Yomon tarbiya - g'am-alamga, xorlikka qorishgan qarilikdir.
Tohir Malik.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 106 |
| 17 | 🇮🇷🇺🇿 Eronlik mashhur sport karikaturachisi va animator Hamid Saharining yangi ijodi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining eng yosh muxlisi dunyo yulduziga aylandi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 160 |
| 18 | LG televizorlar bozorini butunlay tark etishi mumkin.
Kompaniya TV-biznesini Xitoyning Hisense kompaniyasiga sotishni muhokama qilmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, agar ushbu bitim amalga oshsa, bu LG uchun butun bir davrning yakuni bo‘ladi: kompaniya 1966-yildan beri, ya’ni ularni GoldStar brendi ostida ishlab chiqargan paytlardan buyon televizorlar chiqarib keladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, koreyaliklar bor e’tiborini webOS, avtomobil tizimlari va dasturiy ta’minotga (softga) qaratmoqchi, televizorlar ishlab chiqarish esa asta-sekin Xitoy brendlariga o‘tmoqda. Avvalroq Sony ham shunga o‘xshash qadamni tashlab, televizorlar ishlab chiqarishni TCL kompaniyasiga topshirgan edi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 117 |
| 19 | 🇳🇷Nauru fojiasi: "Oltin togʻ" ustidagi qashshoqlik.
1970-yillarda Tinch okeanidagi mitti Nauru oroli (aholisi bor-yo‘g‘i 10 ming kishi) jon boshiga hisoblangan YaIM bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ular Saudiya Arabistoni va Quvaytdan ham boyroq edi.
Orol butunlay fosfat (million yillar davomida shakllangan noyob mineral) konidan iborat edi. Bu dunyodagi eng qimmatli o‘g‘it hisoblanardi. Davlat fosfat eksportidan tushgan pulni aholiga shunchaki ulashib berdi. Hech kim soliq to‘lamasdi. Tibbiyot, ta’lim, uy-joy, hatto xorijga samolyot chiptalari ham davlat hisobidan edi. Hamma ishlarni chetdan kelgan migrantlar bajarardi, mahalliy aholi esa faqat pul sarflash bilan band edi.
Iqtisodiy "ko‘rlik".
Odamlar shunchalik boyib ketishdiki, ular orolning o‘rtasida (atigi 21 kv. km) lamborjini va ferrari haydab yurishardi, yo‘l esa bor-yo‘g‘i bitta va juda qisqa edi. Hukumat pulni qayerga sarflashni bilmay, xorijda foydasiz mehmonxonalar va teatrlar sotib ola boshladi. Ulkan mablag‘lar noto‘g‘ri boshqaruv va korrupsiya qurboniga aylandi.
📉 Mexanizmning parchalanishi.
Iqtisodiy siyosatning eng katta xatosi — ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilmaslik va jamg‘armalarni samarasiz boshqarish bo‘ldi. 1990-yillarda fosfat zaxiralari deyarli butkul tugadi. Orolning 80% qismi qazishmalar natijasida "oy yuzasi" kabi kimsasiz toshloqqa aylandi. Na dehqonchilik qilib bo‘lardi, na chorvachilik. Davlatning xorijdagi investitsiyalari va fondlari noto‘g‘ri menejment tufayli musodara qilindi va sotib yuborildi.
Bugungi holat.
Bir paytlar "oltin tog‘"lar ichida yashagan xalq, bugun dunyodagi eng kambag‘al va sog‘lig‘i eng yomon (diabet bo‘yicha dunyo yetakchisi) millatga aylandi. Ular hozir Avstraliyaning migrantlarni saqlash markazini o‘z hududida joylashtirish evaziga beradigan dotatsiyalari bilan kun ko‘rmoqda.
❗️Iqtisodiy siyosat mexanizmi faqat iste’molga (pul tarqatishga) yo‘naltirilsa, ishlab chiqarish hamda diversifikatsiya unutilsa, har qanday ulkan boylik ham kun kelib havoga uchib ketadi. Nauru keysi — xomashyoga qaram davlatlar uchun eng mukammal saboqdir.
❇️ @iqtisodiylabirint ❇️ | 16 |
| 20 | Dunyodagi eng katta qamoqxona — bu odamlar nima deydi degan qo‘rquvdir.
Lao-Szi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ | 116 |
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
