cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Aniq fanlar fakulteti | Rasmiy kanali

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti Telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi Telegram bot:@Aniq_fanlar_tanlov_bot ☎️Murojaat uchun: +998940684060 https://t.me/adpi_aniqfanlar

Больше
Рекламные посты
360
Подписчики
-124 часа
+27 дней
-2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Qadrli talabalar ushbu so'rovnomada ishtirok etib, fuqarolik pozitsiyangizni namoyon qiling! https://forms.gle/j8CLdMK5okWXrPYv7
Показать все...
Фуқаролик позицияси

Ушбу сўровнома Андижон вилоят ички ишлар бошқармаси Жанговар ва жисмоний тайёргарликни ташкиллаштириш бўлими бошлиғи, Андижон давлат педагогика институти эркин изланувчиси Сулаймонов Махмуджон Шухратбекович томонидан тайёрланаётган докторлик диссертацияси доирасида, фуқаролик позициясини даражасини аниқлаш мақсадида ўтказилмоқда. Сизда илмий тадқиқотимизга чин дилдан, холисона ёрдам берганингиз учун миннатдорчилик билдирамиз. УШБУ СЎРОВНОМАГА ЖАВОБ БЕРИШГА 15-20 ДАҚИҚА ВАҚТ КЕТАДИ!

Instutimz uchun ovoz berishda faol bòlaylik 😊✅
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎗 YIL OLIYGOHI KO'RIK TANLOVINING YILNING ENG YAXSHI INSTITUTI 2024 NOMINATSIYASI ❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Natijalar rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi. Qabul arafasida yakuniy natijalar abituriyentlar uchun ham juda qiziq. 🏆 G'olib OTMlar statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 21 million so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar. Saralash bosqichi 27-iyun 23:59ga qadar davom etadi. 2.000 tadan ko'p ovoz to'plagan oliygoh FINALga chiqadi. 👉O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG👈 Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL
Показать все...
Repost from ANDIJON YOSHLARI
01:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
📢 Andijonlik yoshlar, galakonsertga marhamat! ⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat galakonserti Andijon shahrining qoq markazidan Sizlarni chorlamoqda. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz. ⏰ Shunday ekan, 20-iyun soat 19:30da Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi (viloyat hokimligi ro'parasi)da tashkil etiladigan galakonsertga bachani taklif etamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling. ✅ Konsert mehmonlari: 😎Jahongir Poziljonov 😎Shohrux REP 😎Shohruxxon 😎“Benom” guruhi 😎Sevinch Javliyeva 😎Otabek Mirzaxolov 😎Javlon Shodmonov 😎Oybek Teshaboyev 😎Ne'mat Atamurodov 😎Dili.Me 💯 Kirish mutlaqo bepul. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показать все...
IMG_0631.MP425.27 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🤚 🟩🟩🟩 🏛 Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida start olgan “Zakovat” bo‘yicha “Rektor kubogi”ning so'nggi tur o'yinlari o'tkaziladi. ✅Mazkur intellektual o'yin joriy yilning 12-iyun kuni soat 11:30da yoshlar saroyida bo'lib o'tadi. Ushbu intelletual o'yinda barcha bilimdonlarni kutib qolamiz. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Показать все...
03:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
🏛 #Qabul2024 📹 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA O'QISHGA MARHAMAT Andijon davlat pedagogika instituti — Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Mazkur ta'lim dargohi 2022-yil 21-iyunda Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. Hozirda 7 ta fakultetda 22 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 12 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha mamlakatimizning turli viloyatlari va qoʻshni davlatlardan tashrif buyurgan 9585 nafar talabaga 255 nafar professor-o'qituvchilar dars berib kelmoqda. O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan respublikamiz va xorijiy abituriyentlarni Andijon davlat pedagogika institutiga o‘qishga taklif etamiz. Zero sifatli ta’lim taraqqiyot garovi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA O'QISHGA MARHAMAT.mp444.18 MB
🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🎉 Bugun, 8-iyun Andijon davlat pedagogika instituti faol talaba-yoshlaridan biri Aniq fanlar fakulteti talabasi Nabiyev Fazliddinning tavallud topgan kuni. 🇺🇿 Ushbu sana munosabati bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti Yoshlar kengashi nomidan samimiy tabriklaymiz! 👏 Yoshlik shijoati sizni tark etmasin! O'qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🟦 @adpiyoshlari 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Показать все...
🎉 8👍 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zingizdagi qahramonni toping! “Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etish orqali ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatiga egasiz! 📆 Qon topshirish aksiyasi shu yilning 6-8 iyun kunlari Andijon davlat pedagogika institutida o‘tkaziladi. ⭕️ Xayriya qon topshirish aksiyasida ixtiyoriy 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (professor-o'qituvchilar, yoshlar, harbiy xizmatchilar, talabalar, davlat xizmatchilari, ko‘ngillilar va keng jamoatchilik vakillari) donor sifatida ishtirok etishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan; Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan; Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Agar ko'ngilli sifatida qon berish aksiyasida ishtirok etmoqchi bo'lsangiz +998902689195 telefon raqamiga murojaat qilishingiz so'raladi. Unutmang, bu orqali siz kimgadir hayot baxsh etasiz. #mendonorman #bizbirsafdamiz #ezgulikalbattaqaytadi
Показать все...
‼️ Hurmatli abituriyentlar qabul boshlandi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. Abituriyentlarning oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qabul2024 ⚡️Rasman: Qabul jarayonlari (5-iyundan) boshlanadi 2024-2025 o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi. Abituriyentlarning oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi. ❌Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi. 🏛 Respublikamizda 2024/2025 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazib borish maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida Call-markaz tashkil etildi. ☎️ Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin: +998(74)224-01-75; +998(95)302-01-75; +998(95)303-01-75; +998(95)301-01-75; 📆Murojaatlar markazi (Call-markaz) dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha sizning xizmatingizda! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.