cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

Больше
Таджикистан685Узбекский6 869Категория не указана
Рекламные посты
5 789
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Xakala bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari muhokama qilindi. Xususan, transport aloqalari, madaniy almashinuvlar, taʼlim, ayollar huquqlarini himoya qilish mavzulariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, afg‘onistonlik ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan adabiy festival qatnashchilariga tabrigi Tabrik matni: https://uza.uz/posts/601354 Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
👍 4
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda qayd etilishicha, farmatsevtika sohasida o‘tgan 4 oyda 30,5 million dollarlik ikkita loyiha ishga tushirilib, 160 ta ish o‘rni yaratilgan. 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 51 million dollarlik eksport qilingan. Bu yil 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 200 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 2 milliard dollarlik 147 ta loyiha boshlanib, shundan 28 tasi joriy yilda ishga tushirilishi belgilangan. 450 turdagi yangi mahsulotni mahalliylashtirish mo‘ljallangan. Sohada raqamlashtirishni bu yil 65 foizga yetkazish, keyingi yil esa to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi. Bu orqali narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi qayd etildi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
👍 3
Prezidentga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi. FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati yurtimizda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqa 14-sentabr – 6-oktabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Mutasaddilar bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi. Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mita tuzilishi belgilandi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
⚡️O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi Ma’lumki, poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Keyinchalik undan samarali foydalanish maqsadida Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham o‘tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi ochiladi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi kursga qabul qilinadi. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
Taqdimotda Parij olimpiadasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ham hisobot berildi. Qayd etilishicha, terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda, chet ellarda maqsadli o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Sportchilarimiz futbol, suvga sakrash, kamondan o‘q otish, ayollar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha ilk bor olimpiadaga yo‘llanma olgani ahamiyatli. Oldinda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish, Olimpiya o‘yinlarida munosib qatnashish maqsad qilingan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
⚡️1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo'limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi. Kanalga ulanish:  https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

❗️Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi —Prezident Qarori. Kanalga ulanish:  https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
,, MUSTAQIL-PRESS " Axborot agentligi - "MUSTAQIL" ijtimoiy -siyosiy gazetasi

Ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий ва маърифий соҳаларда амалга оширилаётган ишлар ҳамда жойларда рўй бераётган воқеа ҳодисалар ва янгиликларни "MUSTAQIL" газетаси телеграм каналида кузатиб боринг. Таҳлил, танқид, холислик ва тезкорлик! Тел +99893-231-45-49.

Фото недоступноПоказать в Telegram
#TAYINLOV Nodirbek Sayfullayev – О'zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezident administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Sergeli tumanida profilaktika inspektori 5 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori 5 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u ushbu pul mablagʻi evaziga, oʻzaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani boʻyicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Manba Uza Kanalga ulanish: https://t.me/mustaqiluzb
Показать все...