— axloqdan !
Открыть в Telegram
Bismillah.. — Dunyo qarashingizga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Ehtiyot bo’ling.. Creator: @Muhibbuna
Больше711
Подписчики
+124 часа
-107 дней
-1230 дней
Архив постов
711
— Sochlarimni ko’rsatmayman, lekin tanamning shaklini bemalol ko’z-ko’z qilaman. Tomosha qilib olishingiz mumkin, degandek kiyinish @axloqdan emas..
711
— Yigirma yil onasi tayorlagan taomlarni yedi, bir yordam bermadi. Uylangach: “Ayoliga ko’maklashish — sunnat”, dedi so’taqo’zi.. Nima, onaga ko’maklashish bid’atmidi?
Shu @axloqdan bo’ladimi?
711
— Ota-ona qo’ng’iroq qilganda yotib olgan farzandning o’tirib olib, odob bilan gaplashishi @axloqdan..
711
— “Yaxshi ko’rgan kishingga muhabbatingni bildirib qo’y”, buyrug’iga amal qilish @axloqdan..
Lekin, biz aksini qilamiz. Insonlarga ayblarini aytamiz, ichimizdagi nafratimizni aytamiz.
Bu esa, buyruqqa teskari.
711
— “Og’ir, ko’tara olmaysan”, deyilsa hafa bo’lmay, “Bu borasida ilming yo’q, gapirma”, deyilsa hafa bo’lish @axloqdan emas..
711
— Qizlarni kelinlikka yuzaki bo’lsa ham tayyorlanganidek, yigitlarni ham oila boshilikka tayyorlash @axloqdan..
711
— Qur’onni yirtib yuborgan kishidan g’azablanib, uning ichidagi hukmlarni ochiqdan ochiq tark qilganni odatiy qabul qilish @axloqdan emas..
Bu qanday standart?
711
— Yetti (nomahram) gnomlarning orasida yashab yurgan Oppog’oyni “oppoq”, deb atash @axloqdan emas..
Unga suiqasd qilmoqchi bo’lgan yalmog’izga e’tibor bergansiz a? Bizga nimalarni singdirishga harakat qilganiga bir qarasangiz..
711
— Yarim yalang’och ayol chiqib takbir aytsa, albatta jahlingiz chiqadi. Lekin qafasda hayvondek urushib, avratlari ochilib, yuz-ko’zi qonab ketgan kishi takbir aytsa, faxr tuyasiz. Bu @axloqdan emas..
711
— “Amaldor, professor”, degani hamma narsani biladi, barcha ilmdan xabardor, deb bilish @axloqdan emas..
711
— Temir matohno boshqarish uchun oylab o’qisa-yu, turmush qurishdan oldin hech qanday bilim va ko’nikma o’rganmaslik @axloqdan emas..
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️— Moshina haydashni bilmay bir insonning hayotiga zomin bo’lish mumkin. Huddi shunday inson bilan chiqisha olish, tushunish, dalda bo’lib yashash ko’nikmasini egallamagan inson ham bir hayotga zomin bo’ladi. Balki, bir nechta insonning yuz ko’rmas bo’lishiga ham sababchi bo’ladi.
711
— Istagan so’zining oldida “islomiy” so’zini qo’yib diniy termin yasab olish @axloqdan emas.
“Islomiy to’y”, “Islomiy kiyim” va hokazo atamalar dinimizda mavjud emas..
711
— Ota-onasini qo’rqitib qo’yish @axloqdan emas..
🤩:— Ota-onang jerkib tashlashishdan qo’rqib senga biror gapini aytolmay turgan bo’lsa, allaqachon ularga oq bo’lib, Jannatingdan mahrum bo’libsan.
711
— Ilm va taqvo borasida o’zidan yuqori bo’lgan insonlarga boqish @axloqdan..
Shunda sizda ham ishtiyoq paydo bo’ladi..
