cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Duel

Respublika Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Duel” loyihasining telegram safihasi •Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/duelloyihasi •Muhokama guruhi: https://t.me/duel_muhokama •Murojaat uchun tel: +998956622024

Больше
Рекламные посты
1 796
Подписчики
-224 часа
+247 дней
-4730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
— Eski kitoblarning hidi, rangi, mutolaa qilish zavqi boshqacha bo'ladi-da!!!
Bu gap kitobxonlar orasida mashhur. Ular yana bir gapni takrorlab turishadi:
— Ham yoqtirgan mashg'ulotim — mutolaa bilan shug'ullansam, ham daromad kelib tursa.
Bu orzuni amalga oshirgan odamlar mavjud. Ular bukinistlardir. Ammo bu kasbning ham past-baland yo'llari, bukinistlarning esa o'ziga yarasha hikoyalari bor. Ularning hikoyalarini eshitish va sizlarga yetkazish maqsadida "Bukinist hayoti" rubrikasini ochdik. Bugungi qahramonimiz — Chorsu bozorining bir chekkasida kitoblardan o'ziga qasr qurgan ayol Gulnora Tursunxo'jayevadir. 📺 Videoning toʻligʻi YouTube kanalimizda bugun 20:00 da premyera qilinadi: ➡️ https://youtube.com/@Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF 📑 Kiring, ko'ring, tinglang, xulosalaringizni izohlar qismida yozib qoldiring. @duelloyihasi
Показать все...
0626-copy-copy-copy.mp418.13 MB
👍 8🔥 6 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ustozlar_ijodi TILAK JO'RA (1947-1994)
Tilak Jo‘ra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyot qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1972). «Rayhon» (1977), «Olam ostonasi» (1980), «Yulduzlar tabassumi» (1981), «Chorrahadagi uy» (1983), «Sanduvoch» (1988), «Ruhiyat» (1990) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Hozirgi turk she’riyati», «Nozim Hikmat va O’zbekiston» singari ilmiy asarlari ham bor. 1994 yil Toshkent shahrida vafot etgan.
SARATON 1 Chaylaga osig‘liq chakki xaltadan Chak-chak tomadi Sarg‘ish tomchilar. Chaylaga suyangan katda Chol mudrar Sochiq-la quvlab uyquni. Butun poliz mudrar, — Itning qulog‘iday Palaklarning bargi osilgan… 2 Yaproqchalar jimgina boqar, Qoratolning shoxi qayrilib. Irmoqcha ham erinib oqar, Tolning soyasidan ayrilib. Tol shoxida qushcha bemajol, Halqumida tipirchilar jon. Tol tagiga berkingan shamol, O‘z hukmini o‘qir saraton. 3 Palaklarda parchalanar ko‘k Tarsillagan qovun sasidan. Ko‘saklar ham tinmay otar o‘q, Oppoq tishlar chiqar qafasdan... Damin qisib kelar harsillab, Oftobbardor kunduzlar shitob. Qoshlaridan o‘smasin yalar Horg‘in qizlar yelpigan oftob. 1980 * * * Suqlanadi tun bo‘yi menga Bolorga bosilgan vassalar, Boqolmayin tikilib, axir, Ko‘zlarimni qoplar g‘ussalar. Menga boqib miltillar chiroq, Yashiraman ko‘zimni undan. Vujudimda kezar bir titroq – To‘rt devor ham ezilar zimdan. Gʻijimlayman oppoq choyshabni, Og‘ir toshday qalqib cho‘kaman. Aytolmasdan tunga haq gapni Men tong ottirishdan qo‘rqaman... * * * Dunyoning derazasi ochiq: oftobga, oyga, yulduzga, yurakka. Oftob – uyg‘otar dunyoni Oy – yoritar. Yulduz – dunyo devorida bir surat Yurak-chi? Yurak – oftobni, oyni, yulduzni o‘g‘irlamoq istab, deraza oldida turibdi... titrab. * * * Boychechakdan oldin, Turnalardan oldin, Bahorni qarshilab Paxsa devor ostidan Chiqar chumoli. Yuzlariga sepkil toshgan qizday Hovlimizning yuziga toshar chumoli. Chumolidan ham oldin Bahorni qarshilab, Yuragimda g‘ivirlab Ko‘zlarimda ochilgan Boychechaklar... * * * Qatqaloqdan qitig‘i kelgan oyoqchalar, oyog‘imga tikan sanchib meni yig‘latgan so‘qmoqchalar, sevgilimning sochlariday ilk bor yuzlarimni qitiqlagan maysalar, xo‘rsinish, o‘kinish, totli bo‘salar, yana nima qoldi, nimani so‘zladim; ko‘zlarimning qoramtir cho‘g‘i ostidan bu oqshom – telbaday – sizni izladim. ➖➖➖➖➖➖➖ Shoirning ko‘proq she'rlarini o‘qish ➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram  🟦Facebook 🟥 Instagram  🔴YouTube
Показать все...
👍 7 7🔥 1
#sheʼr_mashqi Tayyormisiz? Unda hoziroq quloqchinlaringizni ulang. Bu dunyo tashvishlarini bir lahzaga bo'lsa ham unuting. Musiqani tinglang. Musiqa tugaguncha his qilganlaringizni, xayolingizga kelgan barcha narsani yozing. Yozavering... Biz ham ushbu kuy sadolari ostida siz yozgan misralarni o'qib boramiz! Qani, boshladik! @duelloyihasi
Показать все...
Claude-Debussy-La-Mer.m4a21.03 MB
6 4🔥 2🙏 1🏆 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tahlil
🖼Sanʼatni tushunadiganlar har bir suratni soatlab tomosha qilishi, boshqalar bilan fikr almashishi, har bir unsuri haqida bahslashishi mumkin. Keling, biz ham Isak Levitanning mashhur kartinasi qarshisida suhbat quramiz.
Bu asar haqida bizga nimalarni ayta olasiz? Fikrlaringizni izohlar qismida yozib qoldiring! @duelloyihasi
Показать все...
10🔥 3🥰 3👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#sheʼr_mashqi
Qaydadir bir kimsa yashardi men deb. (Halima Ahmad)
✏️Keling, sheʼr mashq qilamiz. Izohlar qismida shu misrani davom ettirib, kamida ikki banddan iborat sheʼr yozing. Biz esa yozganlaringizni o'qib, turli xil "reaksiya"lar orqali baholab boramiz. 🔵Telegram  🟦Facebook 🟥 Instagram  🔴YouTube.
Показать все...
🔥 16👍 8 4👏 2
Repost from zouᴉɹɥǝW
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlari va moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, (boshlanishiga) 2 nafar ijodkor qizning yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. Grant olishni istagan ijodkorlar qizlar 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot manziliga beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni yuborishlari mumkin. Shuningdek, grant gʻoliblaridan tashqari boshqa isteʼdodli nomzodlar bilan ham ijodiy hamkorlik qilish, sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishniyam xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashib, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun koʻmak bering. @mehrnoz_abbos
Показать все...
Repost from zouᴉɹɥǝW
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlari va moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, (boshlanishiga) 2 nafar ijodkor qizning yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. Grant olishni istagan ijodkorlar qizlar 1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni yuborishlari mumkin. Shuningdek, grant gʻoliblaridan tashqari boshqa isteʼdodli nomzodlar bilan ham ijodiy hamkorlik qilish, sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishniyam xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashib, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun koʻmak bering. @mehrnoz_abbos
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yoshlar_ijodi
Suhrob Ziyo – 1996-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. “Ko‘ngil yelkani”, “Ay suygulim” kitoblari chop etilgan. "Duel" adabiy tanlovining 2021-yil mavsumida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Jaloliddin Manguberdining Temur Malikka aytgani O‘jar bo‘ldim, O‘jar bo‘lding, Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding. Men-la sarson ko‘char bo‘lding. Bolamizdan kechar bo‘ldik, Yorimizdan kechar bo‘ldik – Borimizdan kechar bo‘ldik, Vatan qolsin, Vatan qolsin. Jonim oqar Jayhun bo‘lib, Joning oqar Sayhun bo‘lib. Chingiz kelar… Chingiz kelar O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib. Kim nomusdan mahrum bo‘lib, Kimdir qolar mahkum bo‘lib, Tomirlarim qaqshab ketar, Hayqiraman majnun bo‘lib: Vatan qolsin, Vatan qolsin. Anov yurgan Gurganchmi-yo? Unda yotgan bir ganjimi-yo? Qo‘llarida yov yalovi, To‘ni kafan Shayxim Kubro: “Donishidan tongan elga Kelgan balo – ketmas qazo”. O‘zing asra, Yo Iloho! O‘zing qo‘lla, Yo Iloho! Vatan qolsin, Vatan qolsin. Otam qochsa yurtni tashlab, Onam yursa fitna boshlab, Inim Oqshoh poylab tursa Izlarimdan tig‘ taroshlab. Qayga boray dilni g‘ashlab? Qayga boray ko‘zni yoshlab? Peshvolari yursa oshlab, Botirlari jonni tiksa, Biz-chi, ketsak jangga boshlab, Vatan qolsin, Vatan qolsin. Kuning shumi, Xorazmyurt? Gohi xor yurt, goh azim yurt. Senga solsam bir razm, yurt, To‘rt tomoning jang – razm, yurt. Istaganim toj-u taxtmas, Istadim yurt, istadim yurt. Gulga cho‘msin, istagim, yurt. Nurga cho‘msin, istagim, yurt. Vatan qolsin, Vatan qolsin. Vatan nadir, Vatan shuldir: Sulton ul dir, zobit uldir, O‘z ahdida sobit uldir, Kim boshini egsa, quldir. Temur Malik, Temur Malik, Shamshiringni quchib uxla, Tushingda ham yovni o‘ldir, Tushingda ham yovni o‘ldir. Vatan qolsin, Vatan qolsin. Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi, Najot kutib o‘ltiradi, Noahl el, rishvagar el Dushmanini kuldiradi. Dushman bizga tengsiz emas, E-voh, bizni Chingiz emas Bitta xoin o‘ldiradi, Bitta xoin o‘ldiradi. Biroq o‘lim so‘ngso‘z emas – Vatan qolsin, Vatan qolsin. * * * Ko‘nglim, sening zavoling tayin, Ozodliging behad, behudud. Seni siqib borar kun sayin Suhrob deya atalgan vujud.   Ko‘nglim, sening ko‘zlaganing – ko‘k, Ko‘nglim, sening qanotlaring ho‘l. Sen sultonsan, sendagi bor mulk – Suhrob deya atalgan bir qul. Ko‘nglim – ko‘kka doxil farishtam, Ishqsiz kaslar kasridan hayron. Oyog‘ingga bog‘langan kishan – Suhrob deya atalgan shayton. Ko‘nglim, sensan eng go‘zal hayot, Borlig‘imni gullatgan gulim. Ammo seni qilmas ehtiyot Suhrob deya atalgan o‘lim. Goh orzuga shaylantiradi, Goh yetaklab keladi armon. Seni she’rga aylantiradi Suhrob deya atalgan isyon. ➖➖➖➖➖➖➖ Bizni kuzatib boring: 🔵Telegram  🟦Facebook 🟥 Instagram 🔴YouTube
Показать все...
🏆 20👍 12 7😢 4🔥 3 1🤯 1🎉 1🙏 1😍 1
02:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
#lavha "Duel" My5 telekanalida...
🔈Lavha orqali saralashdan oʻtganlar uchun muhim yangiliklar aytib oʻtilgan.
📆Viloyat bosqichlari haqida boshqa xabarlar ham yaqin kunlarda eʼlon qilinadi. Bizni kuzatib boring: 🔵Telegram  🟦Facebook 🟥 Instagram 🔴YouTube
Показать все...
IMG_1368.MP4128.92 MB
🎉 10 6👍 4🏆 3 1🔥 1
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
#tirik_sheʼr 📝Muhammad Siddiq — Qaysi javonibning soyasiman men... "Izlam" kitoblar taqdimotidan parcha. ➡️ Toʻliq videoni Youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin. 🔵Telegram 🟦Facebook 🟥 Instagram  🔴YouTube
Показать все...
0627(4).mp431.92 MB
🔥 21 9👍 6👏 3🥰 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.