cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kopirayter bitiklari

Kopirayting haqida blog Muallif: Sherzod Temirov Aloqa: @sher_temirov

Больше
Рекламные посты
342
Подписчики
Нет данных24 часа
+17 дней
+130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Eng parazit so'z:
Bo'laveradi...
Miya fikrlashdan, tana harakatdan to'xtadi. Tamom. Bo'laveradi... @matn_ustasi
Показать все...
💯 10 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Oltin qoida: Yozish — qo'rquvsiz, tahrirlash — shafqatsiz bo'lishi kerak. @matn_ustasi
Показать все...
🔥 14 3👍 1
Repost from Aziz Rahimov
Hayotingiz yaxshilanadi. O’qishni boshlang, yozgingiz keladi. Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi. O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi. G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi. Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi. Natijalarni ko’rib, boshqalar talpinadi. Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi. O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi. @azizrakhimov_blog
Показать все...
8👍 4🔥 3💯 1
Tilimizga shunchaki muloqot vositasi sifatida qaramaylik. Mirzo Zominiy akaning postidan keyin yuqoridagi postni qayta ulashishim kerak deb o'yladim.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi brendlarning davlat tilida muloqot olib borishi borasida jiddiyroq, qat’iyatliroq choralar ko‘rishi zarur. Postimni qo‘mita vakillariga ham yuborib qo‘yishingiz mumkin. Domino effekti ishlashi kerak. O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishlari – bu sizning haqqingiz. Uni talab qilishdan uyalish kerakmas. Qaysidir agentlik o‘zbek tilida yozmasa, yozolmasa, bozorda o‘zbek tilini zo‘r biladigan yoshlar yetarlicha. Bu sizni kimdir majburlashi emas, salgina fahm-farosatni yoqib, mahalliy aholiga, o‘zbek tiliga hurmat ko‘rsatish kerak degani.
— Mirzayor aka haq. Ona tilimizni avvalambor o'zimiz hurmat qilaylik. Asraylik. Talab qilaylik. Shundagina, boshqalar ham uni hurmat qilishni boshlaydi. @matn_ustasi
Показать все...
8👍 3🔥 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
So'z boyligi = fikrlash, nutq, tarix Jorj Orvelning "1984"ini o'qiyapman. Chiqarilgan muhim xulosalar: 1. Biz biladigan so'zlarimiz doirasida fikrlaymiz. Undan chetga chiqa olmaymiz. Ya'ni, so'z boyligimiz qancha kam bo'lsa, fikrlash doiramiz shuncha tor bo'ladi. Aksincha, qancha ko'p so'z bilsak, shuncha keng fikrlaymiz. Bola faqat yoshi kattargani uchungina aqlliroq bo'lib boradimi? Yo'q. Uning so'z boyligi oshib bormoqda. Demakki, fikrlashi ham. Kitob o'qiganda yangi ma'lumot olganimiz uchungina emas, balki yangi so'zlarni o'rganganimiz uchun ham dunyoqarashimiz kengayadi. 2. Lug'ati boy odam fikrlarini teran ifodalay oladi. Ham og'zaki, ham yozma nutqda. Endi tushunyapsizmi, biz nega fikrlarimizni, hissiyotlarimizni aniq, tiniq ifodalay olmaymiz. Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq. 3. Tilda — millat, tarix, qadriyatlar bor. Chet tillarini o'rganyapmiz. Bu yaxshi. Lekin, ona tilimiz e'tibordan chetda qolyapti. O'zbek tilini yo'qotyapmiz, va shu bilan birga o'zligimiz, tariximiz va qadriyatlarimizni ham. Keng fikrlash. Teran nutq. O'zbek tilimiz. O'zligimiz. Tariximiz. Qadriyatlarimiz. Yechim bitta — so'z boyligimizni oshirish. Ko'proq o'qiylik. Lug'ati boy insonlarni tinglaylik. O'zbek retro filmlarini tomosha qilaylik. Boshqa yo'li yo'q. @matn_ustasi
Показать все...
👍 8❤‍🔥 4 4🔥 1
Oz gapir, lekin soz gapir KFC'ning yaqinda chiqargan posterlari: "Life prepares you for KFC" — Hayot o'zi seni KFC'ga tayyorlab boradi. Kuchli vizual. Qisqa matn. = Tabassum qilishga majbur qiladi. Iliqlik bor. Poster tushunarsiz bo'lsa, demak KFC'ning shiori bilan tanish emassiz: "finger lickin' good" — barmoqlarni yalab qo'yadigan darajada yaxshi(mazali). Zo'r-a? @matn_ustasi
Показать все...
13👍 9👎 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Vergul va nuqta: Matn — vergul va nuqtalardan iborat. Hayot ham. Yozuv — oq va qoradan iborat. Hayot ham. Ikkisida ham eng muhimi — ma'no. Vergullar qancha ko'p bo'lmasin, oxirida baribir nuqta bor. Oq va qora: Muhimi — me'yor. Asosiysi — muvozanat. Zulmatsiz yorug'lik yo'q. Qorada oq, oqda qora: Biz yomon deb o'ylaganimiz aslida biz uchun yaxshi bo'lishi mumkin. Aksincha, biz yaxshi deb o'ylaganimiz aslida biz uchun yomon bo'lishi mumkin. Har qanday qiyin vaziyatda bir yaxshilik bor. — Rasmdagi ma'nolar shunday. Rasmni Canva'da yasadim. Logotip sifatida foydalanmoqchiman. 🔥olov desangiz foydalanamiz, 👎bo'lmaydi desangizng, demak bo'lmaydi) @matn_ustasi
Показать все...
🔥 32👎 7👍 4❤‍🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
"Siz boy bo'lishdan bitta sotuv matni orqadasiz."
bu mening so'zlarim emas. Bu kopirayting qiroli Gary Halbertning so'zlari. Garyning gapida jon bor. Sizning mahsulot/xizmat bozordagi eng zo'ri bo'lishi mumkin. Lekin, reklamangiz matni(ssenariysi) kuchli bo'lmasa, unga hech kim e'tibor bermaydi, o'qimaydi, ko'rmaydi. Siz taklif qilayotgan mahsulot/xizmat haqida hech kim xabar topmaydi. Bugun, Garyning gaplari oldingidan ham dolzarb. Chunki endi sizning reklamangiz faqat raqobatchilarning reklamasi bilan emas, balki instagram/facebook/telegramdagi boshqa qiziqarli kontentlar bilan raqobat qiladi. Reklamangiz kutilgan natijani olib kelishi uchun uning matni/ssenariysi qisqa, aniq, tushunarli, ta'sirli, ishonchli va noodatiy bo'lishi va aniq nishonga urishi lozim. Yaxshi reklama reklamaga o'xshamaydi. Yaxshi reklama miyamizdagi obrazlarni sindiradi. @matn_ustasi
Показать все...
🔥 10👍 5 2❤‍🔥 1
Haqiqiy bilimmi, yoki shunchaki shovqin? Yangiliklar chiqaradigan har qanday kanalga kirib ko'ring. Oxirgi chiqqan yangiliklar qiziq. Qolgani zerikarli. Eski yangiliklar hech kimga kerak emas. Yangiliklarning umri bir necha kun. O’rganganlarini va hayotiy tajribalarini ulashib boradigan bloglarga kirib ko'ring. Odatda obunachilari bir necha mingdan oshmaydi. Lekin, hamma eski postlarini o’qib chiqsangiz bo'ladi. Bir tonna foyda olasiz. Masalan, shaxsan o'zim barcha postlarini kamida ikki marta o'qib chiqqan bloglarim: Shaxsiy rivojlanish: @azizrakhimov_blog Kreativ kopirayting: @ozbekchayoz Har qayta o'qiganda yangi bilim o'rganaman. Bugungi shovqinli dunyoda haqiqiy bilimni shovqindan quyidagi belgilar orqali ajratib olsangiz bo'ladi. Foydali bilimlarning 5 belgisi: 1. Muammoingizni yechadi 2. Maqsadga yetishga yordam beradi 3. Ijodkorligingiz oshishiga yordam beradi 4. Ongingiz rivojlanishiga yordam beradi 5. Hayotingizni yaxshi tomonga o’zgartiradi Agar olayotgan ma’lumotingizda yoqoridagi 5 faktordan hech bo’lmasa bittasi topilmasa, siz bilim olmayabsiz, shunchaki shovqinga aldanyapsiz. Tezkor bo’lgani uchun, hamma gapirgani, “eshitdingmi?!” deb so’rashgani uchun qarayapsiz. Bilimning muddati yangiliklarga o’xshab bir necha kunda o’tib qolmaydi. Yangilik o’qimang, ko’rmang. Yangiliklar bilim emas, bilish illuziyasini beradi holos. Kerakli bilimlar maqsadli qidirib topiladi, keraksizlari esa o'zi ko'zga tashlanib turadi. @matn_ustasi
Показать все...
6🔥 5👍 3❤‍🔥 1👏 1
Kuchli tilshunos ustozimdan so'rab "keldim"😎 Javob shunday: Agar oldingi vaziyat yomonroq bo'lib, endi yaxshilangan bo'lsa — "yaxshiroq" ishlatiladi. Agar vaziyat avvaldan yaxshi bo'lgan bo'lsa — "yaxshi" ishlatiladi. Xulosa, Korzinka sifatning qiyosiy darajasini juda aqlli ishlatgan. Korzinka aytmoqchiki:
Biz o'zi yaxshi edik. Endi, yanada yaxshiroqmiz.
Yanayam kim biladi) @matn_ustasi
Показать все...
👍 9 3🤔 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.