cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Piskent tuman mahallalar uyushmasi

Рекламные посты
189
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

📣📣📣📣 DIQQAT, E’LON! 🔊Hurmatli mahalladoshlar! ✍Qadrli Toshkent viloyati ahli! ✅Barchamizga yaxshi maʼlumki, yurtimizda may oyi "Madaniyat va maʼrifat oyligi" deb eʼlon qilindi. 🃏🎪Shu munosabat bilan Sizni oila aʼzolaringiz va qoʻshnilaringiz bilan birgalikda teatrlar, muzeylar va istirohat bogʻlariga tashrif buyurishingizni kutib qolamiz. 🎺Endilikda Sizni oʻz mahallangizda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy kechalar, bir-biridan ajoyib qiziqarli shoular, ko‘ngilochar konsert dasturlari kutmoqda! Ularda Siz elimiz sevgan mashhur sanʼatkorlar, taniqli aktyorlar va kulgu ustalarining chiqishlaridan bahramand boʻlasiz. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan bir-biridan qiziqarli tadbirlarda ishtirok eting va yaqinlaringiz, do‘stu-yorlaringiz bilan maza qilib madaniy hordiq oling.👍😊 👏Eng asosiysi, tashkil etilayotgan barcha tadbirlarimizda ishtirok etish mutlaqo bepul. 🎬🎻🎭🤹‍♂🎪🎨 https://t.me/mahallada_nima_gap
Показать все...
#sayyor_qabul Piskent tumani hokimi, 1-sektor rahbari Aripov Muzaffar boshchiligida tuman mutasaddilari ishtirokida bugun, 30-aprel kuni Do‘ngqo‘rg‘on va Suvti mahallalarida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi. Yuzma-yuz muloqot tarzida o‘tgan qabulda tuman aholisi tomonidan berilgan savollar asosan suv ta’minoti, yo‘llar va tibbiyot punkti masalasiga oid bo‘ldi. Tuman hokimi muammolarni bartaraf etishda elektr, gaz ta’minoti korxonalari, kadastr idorasi rahbarlari va boshqa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | You tube
Показать все...
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi USAID bilan hamkorlikka tayyor 🔍Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Chemonics International kompaniyasining Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish dasturi rahbari Robert Bodo bilan uchrashdi. 🔍Ma’lumot uchun: Chemonics International 1975-yilda Vashingtonda tashkil etilgan kompaniya. U qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, demokratiya va boshqaruv, iqtisodiy o‘sish va savdo, barqaror energiya ta’minoti, iqlim o‘zgarishi, raqamli rivojlanish, gender tengligi va ijtimoiy inklyuziya, barqaror shaharlar kabi sohalarda tadqiqotlar olib boradi. 🔍Qahramon Quronboyev mehmonlarga Uyushma tomonidan amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. 🔍Robert Bodoning ta’kidlashicha, Chemonics International tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyaviy koʻmagida Oʻzbekistonda Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirilishi boshlagan. Dasturning vazifalari 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga hamohangdir. 🔍Davra suhbatida loyiha doirasida mahalla raislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish, chet mamlakatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini o‘rganish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🔍Tomonlar O‘zbekistonning mahalla o‘zini o‘zi boshqaruv modelini takomillashtirishga doir O‘zbekiston va AQSH hamkorligidagi istiqbolli loyihalarni o‘z ichiga oluvchi, ularni amalga oshirishga doir ikki tomonlama manfaatlarni o‘zida aks etgan memorandumni imzolashga kelishib oldilar. #Mahallalaruyushmasi #hamkorlik ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
Показать все...
Repost from Davlat boshqaruvi
PF-59/Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar uchun imtiyoz va imkoniyatlar @davlat_boshqaruvi
Показать все...
Eng faol yoshlar yetakchilari O‘zbekiston Respblikasi Yoshlar agentligi 2024 yilning 1 choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingini e’lon qildi. Mazkur reyting natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joylarda o‘z mehnatini to‘laqonli namoyish etish asnosida davlatimizning tegishli xujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va yuqori darajada bajarganligiga qarab yaratilgan deyiladi agentlik xabarida.  ✅Ushbu yoshlar orasida Piskent tumani Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Dinora Shomurodovaning ham mehnat faoliyati samarali deb topilgan. Mahalla tizimida kelgusida yanada shijoat bilan mehnat qilishiga ishonch bildiramiz. 🌐 Kanalga ulanish: https://t.me/mahalla_piskent
Показать все...
May - madaniy va marifiy tadbirlar oyligi https://t.me/kuranbayev_k
Показать все...
Показать все...
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev

May - madaniy va ma’rifiy tadbirlar oyligi

https://t.me/kuranbayev_k

#sayyor_qabul Hokim qabuli: Har bir murojaat javobsiz qolmaydi! Bugun Piskent tumani 30 - sonli Musiqa va san’at maktabi zalida Piskent tumani hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Avval ham xabar berganimizdek, tumandagi har bir mahallalarda sayyor qabul tashkil qilinmoqda. Bugun ham aynan aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va yechim topish maqsadida Piskent tumanidagi Oybek va Lolaariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Jarayonda aholini qiynagan muammolar, ko‘cha yoritkichlari o‘rnatish, gaz quvurlarini o‘rnatish, elektr ustunlarini yangilash, yo‘llarga shag‘al yotqizish singari muammolar, sud-huquq masalalariga oid murojaatlar o‘rtaga tashlandi. Tuman hokimi muammolarni bartaraf etishda elektr, gaz ta’minoti korxonalari, kadastr idorasi rahbarlari va boshqa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | You tube
Показать все...
❗️O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi? ➖ Aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun ijtimoiy (bazaviy) me'yorlar kiritiladi; ➖ 6 ta daryo (Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo) o‘zanida shag‘al qazish taqiqlanadi; ➖ Tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy ob’yektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etish huquqi beriladi; ➖ Nogironlar uchun “yugur-yugur” kamayadi; ➖ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport, musiqa, hunarmandchilik yo‘nalishida to‘garaklar yo'lga qo'yiladi; ➖ Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi; ➖ «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan «edo.ijro.uz» moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga o'tkaziladi; ➖ 17 ta turdagi xulosalar DXM va YAIDXP orqali beriladi; ➖ Har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. #Mahallalaruyushmasi ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
Показать все...
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi Nodirabegim va Abdulla Qahhor nomidagi mahallalar yettiligi bilan uchrashib, suhbatlashdik. Abdulla Qahhor nomidagi mahallada kulol Narzullayevlar xonadonida bo‘ldik. Oilaning qo‘l ishlari katta taassurot qoldirdi. https://t.me/kuranbayev_k
Показать все...