cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali. 🌍Tuman MMTB eʼlon va yangiliklari 🎓Taʼlimga oid yangiliklar 📝Tanlovlar va musobaqalar

Больше
Рекламные посты
283
Подписчики
+124 часа
+87 дней
+1630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Chiroqchi tumani 124-umumiy o‘rta ta'lim maktabning o‘quvchilari umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat olish uchun imtihon topshirib B+ sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi. @chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
"Madaniyat va Ma'rifat" oyligi davom etmoqda Chiroqchi tumani Uymovut mahallasi hududidagi 35-sonli maktabda PQ-112-qaror ijrosini ta'minlash hamda "Kasbidan baxtini topganlar" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazish maqsadida "Shuxrat" medali hamda "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi Qo‘chqor Qurbonov,  "Dunyo ta'lantlari" uyushmasi a'zosi,  Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "O‘zbekiston Resmublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi" ko‘krak nishoni sohibi  Oybek Eshonov, tuman madaniyat markazi musiqa rahbari Odil Maxmudov,  madaniyat markazi xor urgatuvchisi Xushmurod Ro‘ziqulov hamda Bozor Uzoqovlar o‘quvchilarga mahorat darslari o‘tishdi.      https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
👍 2👎 1
XAYR BOG'CHAM - SALOM MAKTABIM Chiroqchi tumanidagi 5-davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cham- salom maktabim" deb nomlangan bayram tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar bog'cha opalar, bog'cha, maktab va sevimli o'yinchoqlari haqida she'r hamda qo'shiqlar aytib berdi. Shuningdek, bolajonlar yil davomida olgan bilimlari asosida qiziqarli faoliyatlar namoyish etishdi, chiroyli raqslarga tushib mehmonlar va ustozlarini xursand qilishdi. Tadbir yakunida tashkilot direktori tarbiyalanuvchilarni bayram bilan tabriklab, kelajakda o'z o'rnini topishga va Vatanimiz uchun munosib farzand bo'lib o'sishini tiladi. Bolalarga esdalik sovg'alari topshirildi. Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi matbuot xizmati https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Чироқчида 64 нафар мактаб битирувчилари муддатидан олдин талаба бўлишди
Чироқчи тумани Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Фарҳод Жумановнинг маълум қилишича, тумандаги 2-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 36 нафар, 4 -, 5 -, 40 - ва 43-мактабларнинг 3 нафар, 86-мактабнинг 4 нафар, 7-мактабнинг 6 нафар, 8-мактабнинг 2 нафар, 10-,49- ва 99- мактабларнинг 1 нафар 11-синф битирувчи ўқувчилари муддатидан олдин талаба бўлишган.
Қувонарлиси, 64 нафар битирувчи ёшлар Россия давлатининг нуфузли олийгоҳлари талабаларига айланишган. 36 нафар ёшлар давлат гаранди асосида таълим олишса, 28 нафар ёшлар тўлов шартнома асосида ўқиш имкониятига эга бўлишди. @CHIROQCHIOVOZI
Показать все...
⚡️“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha vazirlikning rasmiy ko‘rsatma xati va tadbir ssenariysi. 2023-yil 15-may 01-06/3-255-sonli @CHIROQCHIOVOZI
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA! TAQIQLANADI ➡️Maktab, sinf ta'miri uchun ota-onalar(pedagog) dan pul yig'imi tashkil etish; ➡️So'nggi qo'ng'iroq tadbirlari, yakuniy imtihonlar uchun ota-onalardan pul yig'imi tashkil etish qat'iyan taqiqlanadi. Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling. Shuningdek, fuqaro taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "boshqarma boshligi' murojaat" boti ishga tushirilgan. ❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi) Boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘ini fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @QashVMMTBbot ishlab turibdi. Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar! Ishonch telefonlari (75)-221-33-14 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.Sizni taklif va murojaatingiz biz uchun muhim! ❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli xatiga asosan maktablardagi turli xil tadbirlar uchun ota-onalar yoki o'quvchilardan pul yig'imi tashkil etish qonunan taqiqlanganligini ma'lum qilamiz. ——— Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_vxtb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔰Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi 📃 Prezidentning 11.09.2023 yil kungi PQ–300-son qaroriga asosan: ➖ 2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. CHIROQCHI TUMANI IIB MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH BOʻLIMI https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон шимолида юз берган фожиа оқибатида Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий ва унга ҳамроҳлик қилган шахсларнинг вафот этгани муносабати билан ушбу мамлакат Олий диний раҳбари оятуллоҳ Али Хоманеийга ҳамдардлик билдирди. Мактубда, жумладан, Ўзбекистон ва Эрон ўртасидаги кенг қамровли ҳамкорликни, ўзаро манфаатли ва узоқ муддатли шериклик муносабатларини ривожлантиришга улкан ҳисса қўшган Иброҳим Раисийнинг ёрқин хотираси халқларимиз қалбларида доимий сақланиб қолиши таъкидланади. Давлатимиз раҳбари дўст Эрон халқига, марҳумларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этди. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Показать все...
Чироқчи туман Мактабгача ва мактаб таълими тасарруфидаги 95-умумий ўрта таълим мактабида тонги сафланиш тадбири ўтказилди. Тадбир давомида мактабнинг "Ватан таянчи" отряди аъзолари, ўқувчи ёшлар ҳамда мактаб маъмурияти томонидан Ўзбекистон Республикаси Давлат Мадҳияси куйланди. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...
Чироқчи туман Мактабгача ва мактаб таълими тасарруфидаги 71-умумий ўрта таълим мактабида тонги сафланиш тадбири ўтказилди. Тадбир давомида мактабнинг "Ватан таянчи" отряди аъзолари, ўқувчи ёшлар ҳамда мактаб маъмурияти томонидан Ўзбекистон Республикаси Давлат Мадҳияси куйланди. https://t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
Показать все...