cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Maftuna Bahriddinova|rasmiy

Ushbu kanaldagi she'rlar mualliflik huquqiga ega!Ruxsatsiz foydalanmang.. Barcha yangiliklar shu yerda. Bizga qoʻshiling va biz bilan qoling.

Больше
Рекламные посты
425
Подписчики
Нет данных24 часа
-227 дней
-2930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

KULIB YURING, KULISHDAN QISMASIN XUDO DUET SHE'R Qalbingiz dardlarga toʻlib ketsa ham, Qaygʻular holingiz xarob etsa ham. Inshonganlaringiz sizdan kechsa ham, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Ishongan tog'ingiz bo'lsa ham yakson, Kulfat ko'chasida bo'lsangiz sarson, G'am sizni sira ham yengmasin oson, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Besh kunlik bu dunyo oʻtar-u ketar, Hayotdan quvoning asli shu yetar. Insonning boshidan eh nelar oʻtar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Bor derlar umrning bahori, kuzi, Yurakda qolar goh dardlarning izi, Kulgu-la go'zaldir insonning yuzi, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Insonga hayotda uchraydi yovlar, Uchrab turar goho turfa sinovlar. Lek bular baxt uchun boʻlolmas gʻovlar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Goh sinov keladi, goh omad kular, Taqdirda borini bir Alloh bilar, Boriga, bariga qilib shukrlar, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Shukr qilish kerak boriga asli, Sinovli kunlar bu- shukrona fasli. Soʻzimni eshiting odamzod nasli, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Qadringiz past bo'lsa yerdagi xasdan, To'yib ketsangiz ham ming bitta kasdan, Dardingiz olamga aylamay doston, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova Asli sinovlardan yaralgan dunyo, Sinovlar oldida bosh egmang aslo. Suygan bandasini sinaydi axir, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Muhammad Azim Armon-u g'amlarni so'zsiz o'ldirib, Qalbingiz to'riga shodlik to'ldirib, Hech qachon sinmayman deya bildirib, Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo. ✍️ Maftuna Bahriddinova 19.05.2024.y Mualliflar: ✍️ Muhammad Azim https://t.me/sheriyat1olami_muhammadazim ✍️ Maftuna Bahriddinova https://t.me/maftuna_bahriddinova_shoira
Показать все...
👍 5🔥 2🎉 2👏 1
#PREMYERA #BUGUN KULIB YURING DUET SHE'R Mualliflar: ✍️ Muhammad Azim ✍️ Maftuna Bahriddinova Reaksiyani portlatvoringlar-chi qani!😊
Показать все...
👏 5🔥 2 1😢 1💯 1
Bu tanlovda qatnashyotganimni bilmagan edim🙈
Показать все...
👍 8👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bu menga ustozimiz Akromjon Aliqulovdan kutilmagan sovg'a bo'ldi ☺️. Judayam xursand bóldim. Kattakon raxmat Alloh rozi bo'lsin 🤲
Показать все...
👍 6👏 2🎉 1
🥀🥀"Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq"🥀🥀 (Muhammad Yusufning "Lolaqizg'aldoq" she'riga bog'langan nazira) Ariqning bo'yida ko'rdim rayhonni, Qovjirab qolibdi, labida titroq. "Shoir sevgisi" ni menda ko'rdi-yu, Muhammad qayda deb ayladi so'roq. Ne deb javob beray? o'rgat ne demoq, "Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq". 📆24.04.2024. Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani 23-maktabning 9-sinf o'quvchisi Maftuna Bahriddinova✍✍ Ushbu sheʼr ijrochisi Nazira Tojikiston Respublikasi Xoʻjand shahridan 🎙🎙 🎙💧🎙💧🎙💧🎙💧🎙💧🎙
Показать все...
Lolaqizgʻaldoq.mp35.22 MB
👍 5🔥 3😢 2
Repost from N/a
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tavallud Bugun O‘zbekiston xalq shoiri, ustozimiz Halima Xudoyberdiyevaning tavalludiga 77 yil to‘ldi. Ustoz o‘zbekona ayol madhiga ega, boy ijodi bilan hamon qalblarimizda yashamoqda: Agar nogoh chalsa bir tosh O'lim tutsa, solib to'r, Ko'zlaringga to'ldirib yosh Qay hislatim ko'rinur?! ©Halima Xudoyberdiyeva @umidjon_gayrullayev_sherlari
Показать все...
🎉 3👏 1
1.35 MB
🔥 8👍 1
Judayam ajoyib ijro bo'libdi Menga judayam yoqdi 🥰. Ovoziga ko'z tegmasin ijrochi akani👏👏👏
Показать все...
🔥 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
📚 TAKLIFNOMA Hurmatli ijodkorlar, she’riyat ixlosmandlari, Qoʻshrabot tumani hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, "Istiqbol sari" gazetasi, Qoʻshrabot tumani AKM, hamda Qo‘shrabot tuman MMTB qoshidagi ‘‘Dilmunchoq’’ yosh qalamkashlar ijodiy klubi hamkorligida 18-may kuni soat 9:30 da Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ijodiga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya doirasida "JUMANBULBUL IZDOSHLARI" mavzusidagi adabiy-ijodiy uchrashuv hamda "Dilmunchoq" ijodiy klubi a'zosi, yosh isteʼdodli ijodkor Ulugʻbek Salohning "TAFTISH" nomli birinchi kitobi taqdimotiga taklif etamiz! ✅ Manzil: "Ergash Jumanbulbul oʻgʻli uy-muzeyi" - Qo‘shrabot tumani "Qoʻshtamgʻali" MFY Qoʻrgʻon qishlogʻi 👇👇👇 https://t.me/dilmunchoq_klubi
Показать все...
👍 4
Assalomu alaykum barchaga Iltimos shu kanalga kirib 16-ishtirokchi Bahriddinova Maftunaga reaksiya bosib yuborizlar 🙏🙂
Показать все...
👍 7
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.