cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

➣꯭꯭🍃●°●🐬❀ 𝐊𝐞𝐥𝐠𝐮𝐬𝐢 𝐡𝐚𝐲𝐨𝐭𝐢𝐦 ❀🐬●°●🍃➣

Kanalga xush kelibsiz🫶 Kanal hayotiy narsalarga asoslanib ochilgan🪐 Shunchaki yurakdan yozamiz❤️‍🩹 Yoqsa qoling yoqmasa ✈️ Biz sodiqlarga sodiqmiz 🫶

Больше
Рекламные посты
350
Подписчики
Нет данных24 часа
-117 дней
-10630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

QARAGAN QIZLAR Uzun sochin taragan qizlar, Boy kuniga yaragan qizlar... Qancha kerak bugun pulim bor, Choʻntagimga qaragan qizlar. Koʻngil bersam koʻnglimni yancha, Hanjarlarin koʻksimga sancha... Mensimayin ranjitdi qancha, Choʻntagimga qaragan qizlar. Hiyonatga botishgan edi, Yolgʻon ishqdan totishgan edi. Oʻzlarini sotishgan edi, Choʻntagimga qaragan qizlar. Chin muhabbat armon ekanda, Kul ekanda hazon ekanda... Shunchalaram arzon ekanda, Choʻntagimga qaragan qizlar. Ishondilar soʻzimga emas, Koʻkka tikkan koʻzimga emas. Sevdim desam oʻzimga emas, Choʻntagimga qaragan qizlar. Hamon oʻsha koʻkda oymisiz? Goʻzal qalam qoshi yoymisiz? Boyvachchaga tegib boymisiz? Choʻntagimga qaragan qizlar. Qosh chimirib asablar tarang, Oʻtayabsiz yonimdan arang. Mana bugun boy boʻldim qarang, Choʻntagimga qaragan qizlar. ✍ Odilbek Qodirov Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

1

YOZAMAN... Gohi mendan so'rashar kulib Siz she'rlarni qanday yozasiz? Deyman,sirli makonda kelar Ilhomlarim desam yonasiz. Ba'zan hayot tutkazar qalam, Gohi kuyib yonib yozaman. Dil g'ashlansa ozor alamdan, Taqdiridan nolib yozaman. Goh kuldirib, yig'latib kelar Hijronlardan bezib yozaman. Achchiq qismat o'ynidan gohi Netay esdan butkul ozaman. Dardlarimni eshitguvchi jim Yulduzlarga ketgim keladi. Yozib, yozib ba'zan charchasam Dunyosidan ketgim keladi. Shodliklarga ergashib qayg'u Sitamlardan bezib yozaman. Kezib charchab zulmat ichidan Yorug'likni izlab yozaman. Taqdir o'zi ajib muallim, O'rgatadi tinglab yozaman. Parvoz etib she'rlarim bilan Quyoshlarga tenglab yozaman. Kimdir saboq berar hayotdan Kim uchundir yomon yozaman. Kimni ko'ngli to'lgan ijoddan Kim kimlar deb kuyib yozaman. Asablarni egovlasa goh Alamimdan yonib yozaman. Hoyot shuda goh undoq mundoq Barchasiga ko'nib yozaman. O'chiraman chizaman yana Qancha qog'oz qanday yozaman. Dardlarimni oshkora gohi Ich ichimga solib yozaman. Demang qaydan topib yozasiz Men hayotdan olib yozaman. IRODAXON QOSIMOVA. 23.08.2023.  21:00. https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Показать все...
SHERLAR

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun, Kanalimizga siz ham qo‘shiling!! Admin @bek8586 REKLAMA bering @sherlar_rek Birinchi raqamli sherlar kanali 20/12/2015

😍 1
OTA ONAM YONIMDA BOʻLSA Davrim surib zoʻr erkatoyman, Duosi har onimda boʻlsa. Dunyodagi hammadan boyman, Ota onam yonimda boʻlsa. Yorishadi tunda ham yoʻlim, Koʻkda oyga yetadi qoʻlim... Hadik qilar hattoki oʻlim, Ota onam yonimda boʻlsa. Bitib ketar bitmas ishlarim, Hamma joyga oʻtar tishlarim. Yoz boʻladi chilla qishlarim, Ota onam yonimda boʻlsa. Duo qilsa omon jon tanim, Menga ziyon berolmas gʻanim, Sira ketmas omadim manim, Ota onam yonimda boʻlsa. Boshda tashvish gʻamim boʻlmaydi, Koʻzlarimda namim boʻlmaydi... Birovlardan kamim boʻlmaydi, Ota onam yonimda boʻlsa. Suyansam Alp togʻiga oʻxshar, Borligi baxt chogʻiga oʻxshar. Uyim jannat bogʻiga oʻxshar, Ota onam yonimda boʻlsa. Shodliklarga ahdli odamman, Boyman tillo taxtli odamman. Men hammadan baxtli odamman, Ota onam yonimda boʻlsa. ✍ Odilbek Qodirov https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Показать все...
SHERLAR

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun, Kanalimizga siz ham qo‘shiling!! Admin @bek8586 REKLAMA bering @sherlar_rek Birinchi raqamli sherlar kanali 20/12/2015

❤‍🔥 1
E’TIBOR Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Bunday muhabbatni nima qilaman? Sahardan shomgacha kelmasa xabar, Mendan muhimrog’i bordir bilaman! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Havoga sovrilar qimmatli umr! Yarim tun va bazan tonglarga qadar, Meni kutmoq degan azobda qovur! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Bilib yolg’oningni ishonsam yana! Aldaysan, avraysan har gal, har safar, Zoriqqan yuragim qilmoqda ta’na! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Ketma -ket tug’ilar manosiz savol, Jimligingdan jonim beayov qaxshar, Uvol ketmoqda ishq, ketmoqda zavol! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Yonib kuyishlarim behuda, bekor! Siqilsam so’zing yo’q menga asqotar, Aldamay rad etgin, qil meni inkor! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Bunday muhabbatdan bormikan mano, Talpindim, intildim, qilmading nazar, Seni deb yonmog’im, xatodir, xato! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Muallah qolmoqda uzalgan qo’lim! Seni yo’qotishdan qo’rqdim shu qadar, Shu uchun, shu sabab kesilgan tilim! Bir tutam e’tibor bo’lmasa agar, Ishonchlarim majruh, umidim yupun! Men bilan bir yo’lda boshlama safar, G’irrom muhabbatga yasaylik yakun! Kamola Abduvaliyeva she’ri https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Показать все...
SHERLAR

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun, Kanalimizga siz ham qo‘shiling!! Admin @bek8586 REKLAMA bering @sherlar_rek Birinchi raqamli sherlar kanali 20/12/2015

🥰 1
Egilganda sindi deganlar. Bir chekkada turasiz kulib Do'stman degan niqob kiyganlar Suvsiz qolgan nixoldek so'lib Egilganim-sindi deganlar Qirg'og'idan toshgandek daryo Loyqalanib tindi deganlar Sizdan zo'ri yo'qdayda go'yo Egilganim sindi deganlar Qayrilsam bas qilasiz g'iybat Non tuzimni maqtab yeganlar Erkakda ham qolmabdi uyat Egilganim sindi deganlar . Ishim yursa bo'lasiz xozir Sal oqsasam uzoq ketganlar Alloh uzi har nega qodir Egilganni sindi deganlar. Mayli cho'zmang yordam qo'lini Artmang mayli peshona sho'rini Yigit topar uzin yo'lini Egilganni sindi deganlar. Xali kunlar keladi shunday Tashvish otib mindi deganlar Kunlaringgiz utadi tunday Egilganim sindi deganlar. Omad quvlab yurar ortimdan Dunyo suyab turar ortimdan Farqinggiz xam qolmay  Xotindan Egilganim sindi deganlar. Yashayvering bilganinggizcha Giybatimni qilganingizcha Ich ketingiz tilganinggizcha Kecha meni sindi deganlar. ✍️ Sobirjon Elboyev
Показать все...
Ona…! Allohim jonimni olmasa hali, Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona. Davrimiz kelyapti shamolday yelib, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Ust-boshim eski, noz qildi sanam, Kechib keldim bugun sevgisidan ham, Siz borsiz yonimda menga nima g’am? Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yor vafo qilmadi, bevafo ekan, Dunyo ishlariga kulaman, ona. Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q, Harakat qilyapman yana va yana, Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yo’qchilikda ketar hammasi sotib, Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona. Duo qilib turing Alloh kuch bersin, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. 08:00.13.04.2024 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Показать все...
SHERLAR

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun, Kanalimizga siz ham qo‘shiling!! Admin @bek8586 REKLAMA bering @sherlar_rek Birinchi raqamli sherlar kanali 20/12/2015

❤‍🔥 2
Показать все...
Hamster Kombat

Just for you, we have developed an unrealistically cool application in the clicker genre, and no hamster was harmed! Perform simple tasks that take very little time and get the opportunity to earn money!

❤️
Показать все...
sogʻindim .mp31.84 MB
Козинг билан севсанг хусни кеткунча Калбинг билан севсанг токи олгунча
Показать все...
😍 2❤‍🔥 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.